ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
515
FYODOR MIXAYLOVICH DOSTOYEVSKIYNING “OYDIN TUNLAR” ASARI
ASOSIDA BIOGRAFIK TAHLIL
Qarshiboyeva Shohsanam
Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17458247
Annotatsiya.
Ushbu maqolada
Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy qalamiga mansub
“Oydin tunlar” romani biografik metod asosida tahlil qilingan. Bu asarda Dostayevskiy
shaxsiyatidagi muammolar, hayoliy va real dunyo o‘rtasidagi farqlar aniq ifodalangan.
Shuningdek, biografik metod yordamida yozuvchi yashagan davrga xos xususiyatlari
taxlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
biografik metod, realizm, romantik, xayolparastlik, yolg‘izlik.
BIOGRAPHICAL ANALYSIS BASED ON FYODOR MIKHAILOVICH
DOSTOEVSKY'S "MOONLIT NIGHTS"
Abstract.
This article analyzes Fyodor Mikhailovich Dostoevsky’s novel “White Nights”
through the lens of the biographical method. The study highlights the writer’s inner
psychological conflicts and the contrast between the imaginary and the real world. Furthermore,
the article interprets the social and emotional characteristics of the era in which Dostoevsky
lived using a biographical approach.
Keywords:
biographical method, realism, romanticism, imagination, loneliness.
БИОГРАФИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ПО ПРОИЗВЕДЕНИЮ ФЁДОРА МИХАЙЛОВИЧА
ДОСТОЕВСКОГО «ЛУННЫЕ НОЧИ»
Аннотация
. В данной статье роман Фёдора Михайловича Достоевского «Белые
ночи» анализируется с использованием биографического метода. В произведении чётко
отражены внутренние проблемы личности писателя, различие между воображаемым и
реальным мирами. Кроме того, с помощью биографического подхода интерпретируются
социально-психологические особенности эпохи, в которой жил Достоевский.
Ключевые слова:
биографический метод, реализм, романтизм, воображение,
одиночество.
XIX asrga kelib Rossiya jamiyat turli siyosiy o‘zgarishlar oqimida edi. Bu adabiyotga
ham jiddiy ta’sir o‘tkazdi, rus adabiyoti romantik yo‘nalishdan voz kechib g‘arbga taqlid qilib
realizmga o‘ta boshladi. Yozuvchilar o‘z asarlarida asosan oddiy xalq va ularning iztiroblari,
yashash uchun kurashlarini markaziy obrazga olib chiqish bu davr adabiyotining o‘ziga xos
xususiyatlaridan biriga aylandi.
Tabaqalanish tanqid ostiga olindi, Gogol, Turgenev, Belinskiy, Dostayevskiy aynan shu
mavzuda juda ko‘plab mashhur asarlar yaratishdi. Dostayevskiyning “Oydin tunlar” romani ham
shu davrning maxsulidir. O‘sha vaqtda Rossiyaning barcha shaharlarida jumladan Sank
peterburgda ham jiddiy o‘zgarishlar bo‘layotgan edi. Shaharlardanda turli obodonchilik ishlari
amalga oshirilib, shahar manzarasi yanada go‘zallashib borayotgan edi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
516
“19-asrda Sankt-Peterburgda jadal modernizatsiya qilinayotgan shaharni boshqaradi -
kengaytirilgan xiyobonlar, yangi arxitektura va o‘sib borayotgan aholi bilan, bu uning aloqadan
uzilish hissini paradoksal ravishda kuchaytiradi”
1
.
“Biografik metod adabiyotshunoslikdagi kontekstual tahlil metodlaridan biridir. Ushbu
metod XIX asrning ikkinchi yarmida shakllangan bo‘lib, asoschisi sifatida fransuz olimi Sh.Sent-
Byov e’tirof etiladi. Biografik metod badiiy asarni muallifining hayot yo‘li kontekstida
o‘rganishni nazarda tutadi. Zero, badiiy asarda ijodkor shaxsiyati akslanadi, shunday ekan uning
ko‘p qirralari muallif biografiyasi kontekstida anglashiladi. Boshqacha aytganda, ushbu metod
asarga muallif yuklagan mazmunni anglashda etakchi ahamiyat kasb etadi.”
2
Ushbu metod
yordamida biz yozuvchining shaxsiy hayotidagi voqealar uni asariga qay darajada taʼsir qilganini
anglaymiz. Shu tufayli asarga bo‘lgan qiziqish yanada ortadi, uning yangidan yangi maʼnolarini
kashf etamiz. “Oydin tunlar” asari orqali kitobxon nafaqat Rossiyaning 1840-yillatdagi holati
balki yozuvchining ichki kechinmalari yolgʻizlik va xayolparastlik haqidagi takrorlanmas
fikrlaridan bahramand boʻlishimiz mumkin.
Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy oʻz ijodiy uslubini yaratgan buyuk shaxsdir. Uning
asarlarida har bir qahramon oʻz fikri va azoblari ochiq ayta oladi va ularning psixologik holatlari
bir birini takrorlamaydi. Bu Dostoyevskiy mahoratining mevasidir. U ijodining ilk davrlaridanoq
personajlarining ruhiy olamiga kuchli etibor berdi, ularning har biriga alohida yondashgan holda
oʻzining ichki olamini ularga singdirib yuborishga erishgan. “Oydin tunlar” ijodining ilk
davrlarida yozilgan asardir. Ushbu hikoyaga yozuvchining Peterburgdagi yolgʻizligi, javobsiz
sevgilari asos qilib olingan. Asar bosh qahramoni xayolparast 26 yoshda boʻlsa ham xuddi
Dostoyevskiydek hali hayotda oʻz oʻrnini topmagan, yolgʻiz va xarob holatda yashagan, aytib
oʻtishimiz joizki bu hikoya yozilgan vaqtda yozuvchi 27 yoshda boʻlgan. Ijodkor onasidan erta
ayrilgan va qattiqqoʻl ota qo'lida tarbiya topganligi sababli ham mehrga tashna bo'lgan, biroq
odamlar bilan yaqin aloqa o'rnatishga qiynaladi. Shuning uchun ham yolgʻiz yashaydi, hech kim
bilan suhbatlasha olmaydi, bu holatni biz xayolparastda ko'rishimiz mumkin. Ularning har ikkisi
ham oʻz yolgʻizligini kechalari bilan Peterburg koʻchalarida sayr qilish bilan yengishga harakat
qilishadi. Koʻchalar, ulardagi har bir uy tanish goʻyo uylar ularga oʻzining holati haqida bazan
arz-u dod qiladi, bazan esa oʻz baxtini koʻz-koʻz qilib maqtanadi. Odamlar esa bazan asabiy,
bazan esa xursand holatda ularga qarab oʻtayotgandek tuyuladi. Aslida esa bularning bari
ularning tasavvurida boʻladi xolos. Oʻtkinchilarning hech biri xayolparastga eʼtibor bermaydi,
ularning barchasi oʻz uylariga yaqinlarining yoniga shoshishadi. Xayolparastning oʻzi
aytganidek “Ular juda baxtli negaki, ularning hayoti pufakdek yorilib yoʻqolib ketmaydi”
3
,
ularning hayoti muntazam zanjirlar bilan qattiq bogʻlangan. Bunday bogʻliqlik xayolparastda
ham ijodkorimizda ham yoʻq, shu bois ularning har ikkisi ham xayolot olamidan oʻzlariga najot
izlashadi.
https://www.britannica.com/topic/White-Nights?utm_source=chatgpt.com
2
Karimov O. Adabiy tanqid asoslari o’quv qo’llanma. -Namangan, 2024. -b 129
3
Достоевский Ф.М. Маъсума: Сайланма. ‒ Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1985. ‒ 159 б
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
517
Bir xayolni tugatib ikkinchisiga oʻtaverishadi, bu ishlari bilan umrlarini yelga
sovurayotganini bilishsa ham toʻxtashmaydi, chunki ular bilishadiki, agar tasavvur qilishdan
toʻxtashsa ular yana oʻzlarining maʼnosiz hayotlariga qaytishadi.
Yozuvchi yaratgan asarlarida sevgi va rahm-shafqatni insonni qutqaruvchi kuch sifatida
tasvirlaydi. Bosh qahramon Nastenkani uchratgach, u o‘zini tirik his qiladi, bu Dostoyevskiyning
hayotdagi o‘zgaruvchan ruhiy holatini eslatadi. Bu holat xayolparastda ham kuzatiladi, u ham
qizning oldidagi oʻrni faqat oddiy doʻst boʻlsa ham xayolparast Nastinkani sevishdan toʻxtay
olmaydi. Nastinka obrazi yozuvchining hayotida uchragan Apollinariya Suslova yoki Mariya
Dmitriyevna bilan bog‘liq deb qaraladi. Shuningdek, Dostoyevskiy sevgan ayollar unga iliq,
ammo beqaror va javobsiz hislar bergan. “Oydin tunlar” da bu holat majoziy shaklda aks etadi.
Nastinka ham ijodkorning real hayotida uchragan ayollardek goʻzalligi,
xushmuomalaligi, yigitga hurmat qilib munosabatda boʻlasi. Qizning yigitni tinglashi, biroq
baʼzan yaqin doʻst, bazan esa haqiqiy oshiq inson ko'rinishida gavdalanishi orqali Dostoyevskiy
hayotidagichigal munosabatlarining asardagi ko'chgan ramziy shaklini ekanligini ko'rishimiz
mumkin. Shuni ham taʼkidlashimiz joizki, sevgi insonni ulugʻaytiradi. Unga hayotiga boshqa
koʻz bilan qarashiga sababchi boʻladi. Xayolparast ham Nastinkadan ayrilgach oʻz uyiga,
Matriyonaga va xatto oʻziga boshqacha nazar bilan qaraydi. Unga hayoti go'yoki oldingidan ham
ayanchli holatga kelib qolgandek tuyuladi. “Matriyonaga qaradim... Tetik hali baquvvat kampir
edi. U, lekin negadir, to'satdan qovoqlari shishgan, yuzlari ajin qoplagan, munkaygan qarib
qolganday ko'rindi... Negadir xonam ham shu kampir kabi qarib qolgandek tuyuldi. Devorlari,
pollari eskirib ketibdi: o'rgimchak inlari battarroq ko'paygandek”
4
. Xayolparast o'zining tushkun
hayotini go'yoki o'n besh yildan keyingi hayotini ko'rgandek bo'ladı, yana yolgʻizlik ichra qoladi.
U bir lahzalik baxtdan so'ng yana o'zining rangsiz hayotidaga qaytganidan ruhiy
tushkunlikka tushib qoladi. Bu holat yozuvchi hayotida ham kuzatilgan, u ham sevgisidan
ayrilgach ruhiy kasalliklar bilan kurashgan, uning epilepsiya xurujlari, ruhiy tushkunlik va
hayotdagi iztiroblari boricha asarga ko'chgan. Dostoyevskiy xayolparastning ishqiy iztiroblari
orqali oʻzining ichki tugʻyonlarni aytishga urinadi, aynan shuning uchun u bosh qahramoniga
ism qoʻymasdan uni shunchaki xayolparast deb ataydi.
Xulosa qilib aytganda, Biografik metod orqali “Oydin tunlar” asarini Dostoyevskiyning
shaxsiy kechinmalari, ruhiy iztiroblari va hayot falsafasining badiiy shakli sifatida talqin qilish
mumkin. Asarda yozuvchining hayotiy dramatizmini ifoda etilgan: xayol va haqiqat to‘qnashuvi,
bir tomonlama sevgining vaqtinchalikligi, yolg‘izlikdan najot izlash kabi g‘oyalar
Dostoyevskiyning ichki dunyosida to'la qonli aks etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Karimov O. Adabiy tanqid asoslari o‘quv qo‘llanma. -Namangan, 2024.
2.
Достоевский Ф.М. Маъсума: Сайланма. ‒ Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1985.
3.
https://www.britannica.com/topic/White-Nights?utm_source=chatgpt.com
4
Достоевский Ф.М. Маъсума: Сайланма. ‒ Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1985. ‒ 203 б
