Authors

  • Dilnoza Axatova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.138141

Keywords:

biographical method Afghanistan Soviet invasion war.

Abstract

The article discusses the life and literary work of Khaled Hosseini, a writer of Afghan origin, and the distinctive features of his creations. The purpose of the article is to show Uzbek readers the reasons behind the emergence of Hosseini’s works, the extent to which the events in his novels are connected to his personal life, and to analyze the novel “The Kite Runner” using the biographical method. The study aims to provide Uzbek readers with a comprehensive and deep understanding of Hosseini’s literary world and to introduce them to his works more closely.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

522

XOLID HUSAYNIYNINING HAYOTI VA IJODI

(“SHAMOL ORTIDAN YUGURIB”) ASARI MISOLIDA

Axatova Dilnoza Allayor qizi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

Magistri.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17458458

Annotatsiya.

Maqolada asli afg‘onistonlik bo‘lgan yozuvchi Xolid Husayniy hayoti va

ijodi, asarlaridagi o‘ziga xoslik haqida so‘z boradi. Maqoladan ko‘zlangan maqsad, o‘zbek
kitobxonlariga Xolid Husayniy asarlarining dunyoga kelish sabablari va asar voqealari
yozuvchi hayoti bilan qanchalar bog‘liq ekanligini ko‘rsatib berish hamda, “Shamol ortidan
yugurib” asarini biografik metodga ko‘ra tahlil qilishdan iborat. O‘zbek kitobxonlari orasida
Xolid Husayniy asarlari haqida yaxlit, teran tushunchalarni uyg‘otish va uning asarlari bilan
yaqindan tanishtirish.

Kalit so‘zlar:

biografik metod, Afg‘oniston, sovet istilosi, urush.

Annotation.

The article discusses the life and literary work of Khaled Hosseini, a writer

of Afghan origin, and the distinctive features of his creations. The purpose of the article is to
show Uzbek readers the reasons behind the emergence of Hosseini’s works, the extent to which
the events in his novels are connected to his personal life, and to analyze the novel “The Kite
Runner” using the biographical method. The study aims to provide Uzbek readers with a
comprehensive and deep understanding of Hosseini’s literary world and to introduce them to his
works more closely.

Keywords:

biographical method, Afghanistan, Soviet invasion, war.

Аннотация.

В статье рассказывается о жизни и творчестве писателя

афганского происхождения Халеда Хоссейни, а также об особенностях его произведений.

Цель статьи — показать узбекским читателям причины появления произведений

Халеда Хоссейни, степень их связи с жизнью автора и проанализировать роман «Бегущий
за ветром» с точки зрения биографического метода. Исследование направлено на
формирование у узбекских читателей целостного и глубокого представления о
творчестве Халеда Хоссейни и знакомство с его произведениями.

Ключевые слова:

биографический метод, Афганистан, советская оккупация,

война.

XXI asrga kelib globallashuv jarayoni butun insoniyat hayotini jadal qamrab oldi. Bu

jarayon insonlar hayotini yaxshilash bilan birga, turli siyosiy urushlar, diniy ziddiyatlar, inson
huquqlarini buzilish holatlarini ham ko‘payishiga sabab bo‘ldi. Jumladan, Afg‘onistonda sovet
istilosi vaqtida boshlangan va hozirgi kunga kelib yanada avj olgan siyosiy va diniy urushlar
ko‘plab begunoh insonlar, ayniqsa, yosh bolalarning bevaqt o‘limiga, ulardagi bolalik zavqining
yo‘qolib borishiga sabab bo‘lmoqda. Afg‘onistondagi urushlar, ommaviy qirg‘inlar, ayollar
huquqlari poymol etilishi va ularga qilinayotgan turli zo’ravonliklar, bolalardan bolalikning
tortib olinishi, diniy ziddiyatlar bilan bog‘liq muammolar yozuvchilar asarlariga, adabiyotga ham
ko‘chmay qolmadi. Ko‘plab ijodkorlar o‘z asarlarida Afg‘onistondagi murakkab va tahlikali
hayotni yoritishgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

523

Ana shunday ijodkorlardan biri afg‘on-amerikalik sobiq shifokor va yozuvchi Xolid

Husayniy bo‘lib, uning asarlari urush o‘choqlaridagi insonlar hayotini, vatanini tashlab boshqa
joylarda yashashga majbur bo‘lganlar taqdirini va ichki kechinmalarini, har qanday vaziyatda
ham insoniyligini saqlab qola olgan insonlarni mahorat bilan tasvirlaydi.

Asli Afg‘onistonlik bo‘lgan, keyinchalik Amrika fuqaroligini olgan Xolid Husayniy

1965-yil Afg‘onistonning Kobul shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan. Otasi Afg‘oniston Tashqi ishlar
vazirligida faoliyat olib borgan. 1976-yilda otasi diplomatik lavozimi sabab Tehronga oilasi
bilan ko‘chib o‘tadi. 1979-yilda uni Parij shahridagi Afg‘oniston elchixonasiga o‘tkazishadi.
Oila ham Fransiyaga ko‘chib o‘tadi. Ayni shu yili Afg‘onistonda sovet istilosi boshlanadi va
Xolid Husayniyning oilasi vataniga qayta olmaydi. 1980-yilda Xolid Husaniyning otasi
AQSHdan siyosiy boshpana so‘rab, Kaliforniya shtatiga joylashadi. Xolid Husayniyning
Amerikadagi hayoti ayni shu yillardan boshlanadi va ular Amerika fuqaroligini olishadi. Xolid
Husayniy Amerikaga kelganda endigina 15 yoshda edi. Tahsilni Amerikada davom ettirdi.

Keyinchalik esa, bialogiya va tibbiyot bo’yicha o‘qib, ichki kasalliklar shifokor bo‘lib

faoliyat olib bora boshladi. Xolid Husayniy shifokor sifatida 10 yildan ortiq ishladi. Shifokor
bo‘lishiga qaramay bo‘sh vaqtlarida hikoyalar yozib turardi. Husayniyning yozuvchilik faoliyati
2001-yildan boshlanadi.

2003-yilda Husayniyning birinchi romani “The Kite Runner” (“Shamol ortidan yugurib”)

nashr etildi. Asar katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Xolid Husayniy maskur asarida Amir va Hasan
ismli bolalar orqali afg‘on bolalari hayoti, kechinmalari tasvirlanadi. Amir va Husayn orasidagi
do‘stlik har bir bola qalbida haqiqiy do‘stlik, sadoqat nomli yuksak insoniy fazilatlarni
shakllantirishda yordam beruvchi asardir. Qolaversa, asarda hasad, va’daga vafo, vijdon azobi,
gunoh, tavba kabi mavzular ham o‘z ifodasini topgan. Asar New York Times jurnalidagi asarlar
ro‘yxatida bir necha bor birinchilikni olgan

1

. 2007-yilda esa asar asosida film olindi. Xolid

Husayniyning ilk romani 70 dan ortiq tillarga tarjima qilindi. Yozuvchini dunyoga tanitgan bu
asar Afg‘onistom hayotining turli jihatlarini kitobxonga ochib beradi.

“Xolid Husayniy 2007-yil Book Expo America nomli tadbirdagi nutqini shunday

boshlaydi: Men Hindiston, London, Sidney, Parij, Arkanzas va dunyoning turli joylaridan xatlar
oldim. Kitobimni o‘qiganlarni meni chin dildan qo‘llab-quvvatlashdi. Ularning ko‘pchiligi
Afg‘onistonga yordam yuborish yo‘llarini so‘rashdi. Ba’zilar esa afg‘on yetimlarini farzandlikka
olish istagini bildirishdi. Bu xatda men adabiyotning yagona, ammo beqiyos kuchini ko‘rdim”

2

.

Chindan ham, Xolid Husayniy o‘zining asari orqali adabiyotning kuchini yana bir bor

ko‘rsatdi. Husayniy ilk asari shuhrat qozongach shifokorlikdan to‘liq yozuvchilik faoliyatiga
o‘tdi. 2007- yilda yozuvchining “A Thousand Splendid Suns” (“Ming quyosh shu’lasi”) asari
nashrdan chiqdi. Bu asarda afg‘on ayollarining ayanchli taqdiri, tolibonlar bosqinidan keyingi
davrlarda ayollar huquqlarining poymol etilishi tasvirlanadi. Bu asar ham kitobxonlar
tomonidan yuksak baholanadi. Yozuvchining keyingi asari "And The Mountain Echoed"
(“Togʻlar ham sado berdi”) 2013-yilda yozib tugallandi.

1

New York Times Best Seller list, January 12, 2014. Retrieved February 11, 2015.

2

"Negotiating the Self and the Other in Times of Globalization: Unveiling Afghan Lives through Select Novels of

Khaled Hosseini | Ensemble"


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

524

2018-yilda esa, "Sea Prayer" (“Dengiz duosi”) asari kitobxonlarga taqdim etildi. Xolid

Husayniyning deyarli hamma asarlarida vatani tasviri beriladi. Qahramonlar esa Afgʻon ayollari,
bolalarini oʻzida aks ettiradi. Maskur asarlarni oʻqish orqali Afgʻonistondagi vaziyatni bevosita
oʻzimiz guvohi boʻlgandek mutolaa qilamiz. Husayniy asarlari koʻpgina tanqidchilar tomonidan
yurakni titratuvchi adabiyot sifatida baholangan.

Xolid Husayniyni vatandoshlarini asarlarida tasvirlash bilan bir qatorda, hozirgi kunga

qadar ularga moddiy yordam koʻrsatishga ham harakat qilib keladi. Hozirgi kunda Xolid
Husayniy Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar boʻyicha oliy komissarligi
(UNHCR)da yaxshi niyat elchisi sifatida faoliyat olib boradi. Yozuvchi "Khaled Hosseini
Foundation" (“Xolid Husayniy jamgʻarmasi”)ni yoʻlga qoʻygan boʻlib unda yigʻilgan va asari
orqali keladigan barcha pullar Afgʻonistondagi bolalar va ayollar uchun xolis taqdim etiladi.

Xolid Husayniy bir necha yil bevosita oʻzi Suriya va Afgʻoniston qochoqlari bilan ishlab

ularni huquqlarini himoya qilish, tinch hududlarga koʻchirish, zarur dori-darmonlar va oziq-
ovqat mahsulotlarini yetkazib berish bilan shugʻullangan.

Yozuvchi Afgʻonistondagi voqealarga bevosita oʻzi ham guvoh boʻlgan shaxs sifatida

tasvirlarni juda aniq va yaqqol tasvirlaydi. U koʻpgina qochqinlar bilan boʻlgan suhbatlaridan
eshitganlarini, shuningdek, oʻz boshidan kechirganlarini asarlariga koʻchiradi. Har bir asarda
yozuvchi shaxsiy hayoti bilan bogʻliq tasvirlarni uchratish mumkin boʻlganidek, Husayniy
asarlarida ham bu yaqqol seziladi. Shu oʻrinda birgina “Shamol ortidan yugurib” asarini
biografik metodga koʻra tahlil qilar ekanmiz asar voqealarining koʻp qismlari yozuvchi hayoti
bilan uzviy bogʻliqligini guvohi boʻlamiz va qiziqarli maʼlumotlarga duch kelamiz. Jumladan,
Xolid Husayniy intervyularidan birida bolalik yillari Kobulda yashagan kezlari amakivachchalari
bilan laylak koʻrinishidagi varrak uchirishgani, bu Husayniyning eng yaxshi koʻrgan oʻyinlaridan
biri ekani haqida aytib oʻtadi

3

. Uning mashhur romani "Shamol ortidan yugurib" asarida ham

aynan laylak koʻrinishidagi varrak uchirish musobaqasi va unda ikki doʻst Amir va Hasan
ishtiroki tasvirlari beriladi. Asarning eng qizgʻin nuqtasi sifatida ham ayni shu varrak uchirish
musobaqasi va undan keyingi sodir boʻlgan voqealarni aytish mumkin.

Asar qahramonlaridan biri Amir, otasi bilan vatanni tark etgan keyin 30 yoshdan

keyingina Afgʻonistonga qaytadi. Bu oʻrinda ham yozuvchi bevosita oʻz hayotini qahramonida
aks ettiradi. Sababi Xolid Husayniy ham vatanini tark etgandan soʻng 2003-yilgacha, ya'ni 38
yoshigacha qayta olmaydi. Ilk bor vataniga qaytib guvohi boʻlganlari ham kitoblarida
tasvirlaganlaridan koʻra ogʻirroq ahvolda ekanini koʻrib aybdorlik hissi ila Amerikaga qaytadi.
Ayni mana shu, Kobulga qilingan safari chogʻida guvohi boʻlgan voqealar keyinchalik
Husayniyning yangi romani uchun gʻoya beradi. Koʻrganlari asosida yaratilgan asari "Ming
quyosh shu'lasi" dunyoga keladi. Unda yozuvchi ta'biri bilan aytganda ikki ayol Maryam va
Layloning chidab boʻlmas qiyinchiliklarga chidashi tasvirlangan voqealar oʻz ifodasini topgan.
Yozuvchi bir necha bor oʻz yurti va asarlari haqida nufuzli gazeta jurnallarda, shuningdek
ommaviy uchrashuvlarda soʻzlab beradi. Ana shunday nutqlaridan birida yozuvchi "Shamol
ortidan yugurib" asaridagi Amir bilan otasi eski narsalar sotadigan bozorda sotuvchilik qilgan
tasvirni soʻzlar ekan,"... men ham otam bilan shunday qilganman deya soʻzlab beradi.

3

."Khaled Hosseini, M.D. Biography and Interview". www.achievement.org. American Academy of Achievement


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

525

Shuning uchun romanda koʻp jihatdan oʻzimni koʻraman"

4

– deydi yozuvchi. Biografik

metodga koʻra tahlil qiladigan boʻlsak, asar yozuvchi hayoti bilan koʻp jihatdan bogʻliq ekanini
koʻramiz.

Xalosa qiladigan boʻlsak, Xolid Husayniy Afgʻoniston hayotini har tomonlama oʻz

asarlarida yoritgan. Asarlari orqali Afgʻon madaniyatini, bu millatning oʻziga xos jihatlarini
butun dunyoga tanitgan afgʻon yozuvchisi boʻlib qoladi. Yozuvchi butun umr vatani bilan birga
boʻlishga uni qoʻllashga intilib kelmoqda. Shuningdek, bu haqida yozuvchi shunday deydi: ”

Yozgan har bir satrlarim yoʻqotgan bolaligim va yoʻqolgan vatanimga maktubimdir".

Albatta, har bir afgʻon Xolid Husayniy bilan faxrlanishi tabiiy. Shu oʻronda aytish joizki, Xolid
Husaynining "Shamol ortidan yugurib " asarini har bir 15 yoshgacha boʻlgan oʻsmir albatta
oʻqishi lozim. Chunki, bu asar bolada doʻstlik, hasad, va'daga vafo, gunoh, sadoqat, insoniylik
kabi tushunchalarni teran anglab yetishida muhim ahamiyatga ega asardir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

A Critical Response to the Pashtun Bashing in The Kite Runner, by Nationalist Pashtun
Rahmat Rabi Zirakyar". Dawat Independent Media Center (DIMC). Archived from the
original on August 15, 2014

2.

"Negotiating the Self and the Other in Times of Globalization: Unveiling Afghan Lives
through Select Novels of Khaled Hosseini | Ensemble"

3.

Grossman, Lev (May 17, 2007). "The Kite Runner Author Returns Home". Time. ISSN
0040-781X. Retrieved May 28, 2021

4.

Miller, David (June 7, 2013). "Khaled Hosseni author of Kite Runner talks about his
mistress: Writing". Loveland Magazine. Archived from the original on August 31, 2013.
Retrieved August 4, 2013.

5.

"Khaled Hosseini, M.D. Biography and Interview". www.achievement.org. American
Academy of Achievement.

6.

Xolid Husayniy. (2021)."Shamol ortidan yugurib". Yangi asr avlodi.

7.

Xolid Husayniy. (2022). “Ming quyosh shu’lasi”. Yoshlar matbuoti.

8.

Kaur, Harmeet (August 21, 2021). "The author of 'The Kite Runner' has a message for
anyone worried about Afghanistan". CNN. Retrieved August 22, 2021.





4

."Khaled Hosseini, M.D. Biography and Interview". www.achievement.org. American Academy of Achievement

References

A Critical Response to the Pashtun Bashing in The Kite Runner, by Nationalist Pashtun Rahmat Rabi Zirakyar". Dawat Independent Media Center (DIMC). Archived from the original on August 15, 2014

"Negotiating the Self and the Other in Times of Globalization: Unveiling Afghan Lives through Select Novels of Khaled Hosseini | Ensemble"

Grossman, Lev (May 17, 2007). "The Kite Runner Author Returns Home". Time. ISSN 0040-781X. Retrieved May 28, 2021

Miller, David (June 7, 2013). "Khaled Hosseni author of Kite Runner talks about his mistress: Writing". Loveland Magazine. Archived from the original on August 31, 2013. Retrieved August 4, 2013.

"Khaled Hosseini, M.D. Biography and Interview". www.achievement.org. American Academy of Achievement.

Xolid Husayniy. (2021)."Shamol ortidan yugurib". Yangi asr avlodi.

Xolid Husayniy. (2022). “Ming quyosh shu’lasi”. Yoshlar matbuoti.

Kaur, Harmeet (August 21, 2021). "The author of 'The Kite Runner' has a message for anyone worried about Afghanistan". CNN. Retrieved August 22, 2021.