ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
526
XAMSADA SALAFLAR TA’RIFI
Rabbimqulova Go‘zal Egamberdi qizi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik fakulteti 1-kurs magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17458522
Annotatsiya.
Ushbu maqola xamsachili anʼanasini davom ettirgan Xazrat Alisher Navoiy
"Xamsa" sidagi boblarda Salaflarning taʼrifi haqida. Xamsachilikda ulkan iz qoldirgan,
barchamizga maʼlum va mashhur uchta shoir Abdurahmon Jomiy, Nizomiy Ganjaviy va Xusrav
Dehlaviy vasfida yozilgan boblarning bir-biridan farqli jihatlari, qaysi dostonda qanday
taʼriflanganligi keltirib oʻtiladi. Navoiy har bir dostonida har bir Salaf haqida turli fikrlarni
bayon etadi va hech biri takrorlanmaydi.
Kalit soʻzlar:
Xamsa, xamsachilik, salaflar, soʻfiy, valiulloh, "Tuhfa", fano, "Zinda Pil",
pil, nazm, nasr, qaranful, Ganja.
Annotation.
This article discusses the description of the predecessors (Salafs) in the
chapters of Hazrat Alisher Navoi’s “Khamsa”, who continued the tradition of Khamsachilik
(writing a cycle of five epics). It highlights the differences between the chapters dedicated to the
three renowned and influential poets who left a great mark on this tradition — Abdurahman
Jami, Nizami Ganjavi, and Khusrau Dehlavi — and explains how each of them is portrayed in
different epics. In each of his works, Navoi expresses unique views about every predecessor, and
none of them are repeated.
Keywords:
Khamsa, Khamsachilik, Salafs, Sufi, Valiullah, Tuhfa, Fano, Zinda Pil,
elephant, verse, prose, clove, Ganja.
Аннотация.
В данной статье рассматривается описание салафов в главах
«Хамсы» великого поэта Хазрата Алишера Навои, продолжившего традицию
хамсачилик. Приводятся различия между главами, посвящёнными трём известным и
прославленным поэтам, оставившим глубокий след в хамсачилик — Абдуррахману
Джами, Низами Гянджеви и Хосрову Дехлеви, — а также указывается, в каком дастане
и как они описаны. В каждом из своих дастанов Навои высказывает разные мнения о
каждом из салафов, и ни одно из них не повторяется.
Ключевые слова:
Хамса, хамсачилик, салафы, суфий, валиуллох, «Тухфа», фано,
«Зинда Пил», пил, назм, наср, каранфул, Гянджа.
Sharq musulmon poetikasida xamsachilik XIII asrda vujudga kelgan. Birinchi bo’ib
ozarbayjonlik Nizomiy Ganjaviy 34 yil davomida xamsa yozgan. Biroq bu asarlari vafotidan
so’ng xamsa sifatida birlashtirilgan. Nizomiyning xamsasidagi birinchi doston “Maxzan ul-
asror” (sirlar xazinasi), ikkinchisi "Xusrav va Shirin", uchinchisi "Layli va Majnun", toʻrtinchisi
"Haft paykar", beshinchisi "Iskandarnoma". Nizomiydan soʻng javob tarzida Xusrav Dehlaviy
Xamsa yaratadi. Xamsani birinchi bor Nizomiy yozgan boʻlsa ham lekin xamsachilik anʼanasini
X. Dehlaviy boshlab beradi. Dehlaviyning "Xamsa"siga quyidagi dostonlardan iborat: 1) "Matlaʼ
ul-anvar" (nurlar chiqish joyi); 2) "Shirin va Xusrav"; 3) "Majnun va Layli"; 4) "Oyinai
Iskandariy" (Iskandar koʻzgusi); 5) "Hasht behisht" (sakkiz jannat).
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
527
Xusrav Dehlaviydan soʻng Navoiyning zamondoshi ham ustozi Jomiy Xamsa yozadi.
Jomiyning xamsasi beshta emas yettita dostondan iborat boʻlganligi uchun baʼzi olimlar ungs
Xamsa sifatida qaramaydi.
Jomiyning xamsasiga kiruvchi dostonlar: 1) "Tuhfat ul-ahror"; 2) "Suhbat ul-abror"; 3)
"Yusuf va Zulayho"; 4) "Layli va Majnun"; 5) "Xirandnomayi Iskandariy". Undan soʻng Navoiy
ikkilanishlar bilan boshlaydi. Bunday ulugʻ ishga qoʻl urish tabiiyki oson emas. Navoiy
ustozidan oq fotiha olib, men ham boshlasam va bunga u (yaʼni Jomiyni nazarda tutadi)
boʻronida rozi boʻlsa qarshi boʻlmasa va zohirida yordam berib tursa deb "Hayrat ul abror"da
qayd etadi
1
. Xamsada Abdurahmon Jomiy tavsifi. “Hayrat ul Abror”ning XIII bobida “Uning
davoti bor zulmatni o’ziga jamlab olgan; ma’nodorlik esa unga hayot suvidir. Uning bir
qatrasidan bahramand bo’lgan odam, shubhasiz, abadiy umrga erishgan bo’ladi” deb aytadi.
A.Jomiy tasavvufiy shoir hisoblanadi , shunday ekan uning asarlari boshdan ohirigacha
diniy ilmlarimizni ravshanlashtiradi. Bor yog’I bir misrasini o’qisak ham unda olam-olam ma’no
bor. Yana Navoiy aytadi: “U biron asar ustida qalam tebratsa, uning yozganini mendan oldin
boshqa birov ko’rmagan”. A.Jomiy 1414-1492-yillarda yashab ijod etgan . Bundan Navoiyga
zamondosh, ham ustoz bo’lganini bilamiz. Bunga isbot tarzida xuddi shu XIII bobda keltirilgan
hikoyani aytib o’taman. Kunlarning birida Navoiyning ko’ngli, aqli yo’l ko’rsatib Jomiyni
ko’rgilari kelib qoladi va xuzurlariga boradilar. Uning qo’llarida bir necha qog’oz ko’radilar. U
kishikulib Navoiyga imo qilib, “Tuhfa” ni yozib bo’lganliklarini aytadilar.
–Ol-da, boshdan ohirigacha ko’rib chiq, boshdan ohirigacha har bir varag’ini ko’zdan
kechir ! – deydilar. Bu dostonda Jomiyning kulbasi taʼriflanadi. Keyingi dostonlarda esa bunga
toʻxtalmay, toʻgʻridan toʻgʻri shaxsiga ijodiga toʻxtalganlar. Bu bobda yana bir hikoya keltiriladi.
“Hayrat ul Abror” da Abdurahmon Jomiy va Nizomiy Ganjaviy haqida so’z boradi. “Farhod va
Shirin” dostonining VII bobi A.Jomiy haqida. “Muhabbat jomini oxirigacha sipqargan va o’sha
katta pillardan oramizda tirik yurgan kimsan Zinda Pili Ahmadi Jom ham shudir. Uni vahdat
mayidan gʻoyat mast boʻlgan holda koʻrib, unga ana shu "Zinda pil" laqabini berganlar". Ushbu
dostonning VI bobida Nizomiy va Dehlaviylarni Pil (fil) deya taʼriflaydilar.
Keyingi bobda esa Jomiyni "hozirgi", "tirik" fil deb taʼriflaydilar. Aynan shundan ham
Jomiy Navoiyning zamondoshi ekanligini bilamiz.
Navoiy "Jomiy timsolida biz fano timsolini koʻramiz. Uning tanasidagi bir holning oʻzi
olam-olam maʼnoga ega. Fanolik uning vujudini shu qadar uoʻqotganki, natijada yoʻq narsaning
oʻrnida bor narsa paydo boʻlgan" deb Jomiyning tasavvuf ilmining choʻqqisiga chiqqan soʻfiy
ekanligini dalillab oʻtganlar. Jomiyga tarif berishda Navoiyga yetadigani boʻlmagani shubhasiz.
Navoiy Jomiyni dengizga, soʻzlarini shu dengizdagi durlarga, maʼnodorligini esa durlar ichidagi
yana bir dengizga oʻxshatadilar. "Layli va Majnun" dostonining VI bobida Jomiyning besh
dostoni qayd etilgan. "Sabbai Sayyor" dostonining VII bobida "Uning arab tilidagi darsi bir duo
misoldir. Kamina Ibn Xojibning shogirdi edi. Yoʻq, Ibn Hojibning emas, Allohning yori, tafsir
ilmining bilimdoni" deya taʼriflaydi. Ushbu fikrdan ham Jomiyning fano olamining sohibi
ekanligi isbotini topadi. Bundan tashqari bu bobda Jomiyning bir nechta, xususan "Arbain",
"Ruboiyot shahri", "Lavomeʼ", "Lavoyix", "Lamoʼot", "Tovu Mimiya" bu Ibn Foriz sheʼrlariga
sharh, "Shavohid", "Nafohot", Tuhfat ul ahror", "Subha", "Oshiq va Maʼshuq", Qasoyid",
"Gʻazaliyot" kabi asarlariga alohida alohida toʻxtalib oʻtadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
528
"Saddi Iskandariy" dostonida muallif Salaflarning shaxsiga, sifatlariga alohida
toʻxtalmasdan, yakunlovchi fikr sifatida tanqidiy yoritadi. Jomiy haqida "Jomiy xazratlari
Iskandar dostonini zeb-ziynat bilan nazmga solayotganligini eshitdim. Lekin u kishi uning
xolatlariga uncha ahamiyat bermay, ishni nutqlaridan boshlagan ekan, jumladan, Iskandarning
tarixi va u haqdagi afsonalarni tushirib qoldirib, u tarafidan aytilgan dur kabi bebaho soʻzlarni
yozgan ekan" deya qarshi fikrni bildiradi. Navoiy ustozlarini yuksaklarga koʻtarib tarif etish
bilan birga yuksak mahorat bilan shunday ulugʻ ustozlarning xatolarini ham koʻra olgan buyuk
shaxsdir. Xusrav Dehlaviy. Navoiy garchi "Hayrat ul Abror" dostonida X.Dehlaviyga
toʻxtalmagan boʻlsada ikkinchidostoni "Farhod va Shirin" dostonining VI bobida Dehlaviyni zikr
etib oʻtadi. Ushbu bobda Navoiy "Bu durlardan olamlar tinmasdan olib tursa ham, yuz yilda
mingdan biri ham kam boʻlmaydi. Xech kim shakar sochuvchi hinduzoda — Xusrav
Dehlaviydek gavhar ulashuvchi boʻla olmagan", deb aytadi. Bu misralardan Dehlaviyning ijod
yuksakligi bilangina tanishib qolmay, balki uning shaxsiga oid maʼlumotni yaʼni hind shoiri
ekanligi namoyon boʻladi. Yana shunday "Egniga nazm yashil ipakdan toʻqilgan toʻn yopgan
boʻlib, uni bu xolda toʻti emas, Xizr paygʻambar desa toʻgʻri boʻladi" deb aytilgan. Xazrat
Dehlaviy tariqat bosqichlarini bosib oʻtgan, valiulloh darajasidagi shayxdir. Yuqoridagi taʼrifdan
ham buni dalili koʻrinadi. Hattoki Navoiy Xizr paygʻambarga tenglashtirgani Dehlaviyning
ulugʻligini yanada oshiradi. Xuddi shu bobda "Bugungi kunda oʻsha pil shu hindu ekanligini
bilib ol, kichikroq boʻlsada, bir pil" deydi. Yuqorida aytib oʻtganimizdek, pil degan. Nizomiydek
yuksak boʻlmasada kichikroq fil deya taʼriflaydi. "Layli va Majnun" da Xusrav Dehlaviy juda
keng yoritilmagan ammo birgina jumla uning shaxsiyatini keng yoritib bergan. "Hindistonning
jodu ishida mohir, hidn sehirgari" degan jumla. "Sabbai Sayyor" dostonining VI bobida Nizomiy
va Dehlaviy haqidagina soʻz yuritib qolmay, qisman adabiyot nazariyasi, nazm va nasr haqida
ham yetarlicha tushunchalar yoritilgan. Bu bobda Dehlaviyga "Uni hind dema, qaro balo ham
emas, ofati xudo degin! U qoʻliga qalam olsa, nazmi bilan olamga oʻt soladi", deya taʼriflangan.
"Saddi Iskandariy" da Dehlaviyga quyidagicha sifat beriladi, "Xusrav Dehlaviy ham nazm
devonlari tuzgan. Uning nomlari chuchuk, maʼnodor nuqtalardan tashkil topgan, qalami esa nay
shakardan (shakarqamishdan) yoʻnilgan. Uning qalam uchi qaranful (qalampirmunchoq) kabi
xushboʻy hamda nozanin sarv daraxtlariga chirmashib ketgan muattar sunbul misolidir". Navoiy
Dehlaviyni nazmda Nizomiyday mohir boʻlmasada el orasida unga teng keladigani yoʻq deydi va
shunday oʻxshatish qiladi "Dehlaviy quyosh boʻlmaganda ham Mushtariy yulduziga loyiq
shoirdir".
Nizomiy Ganjaviy. Muallif "Hayrat ul Abror" dostonida Nizomiyga ajoyib taʼriflaydi,
goʻyo Nizomiyning barcha ijodining salmogʻini bir ogʻiz jumla bilan yoritadi. "Aql xazinachisi
yuz avlod umri davomida tarozuda tortsa ham baribir, uning kichik bir qismini tortib ulguradi,
xolos".
"Farhod va Shirin" dostonining VI bobida shunday keltirilgan "Uning bu xazinalaridan
hech kim Ganjada yashagan sochuvchi Nizomiy Ganjaviy kabi foydalanib, orzulariga yetgan
emas". Eʼtibor bilan qaralsa Navoiy Nizomiyga nisbatan "Ganjada yashagan" deya dunyoga
kelgan yurtini aytib soʻz yuritadi. Barchamizga maʼlum va mashhur" Bu maydon ichra tura
bilish, Nizomiy panjasiga panja urish oson emas" jumlasi "Farhod va Shirin" dostonining VI
bobida keltirilgan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
529
"Daryo qoʻzgʻalganda shamolga ham taʼsir qiladi, ammo esgan har qanday yel uni
chayqata olmaydi, Nizomiy shunday ulugʻ pil ediki, u gavharning eng katta hazinasini yaratdi".
Navoiy uch Salafni shunday taʼriflaganki, hech biri bir-biridan ortiq yo kam boʻlib
qolmagan.
"Layli va Majnun" dostonining V bobida shunday deydi "U — maʼno tangalarining zarb
etuvchisi". Nizomiyning soʻzlari, asarlarining tengi yoʻq. Hatto Navoiy Qorun ganji "Panj
Ganj"ning oldida bir vayronadek deydi.
"Sabbai Sayyor" dostonida nazmda ijod qiluvchi ijodkorlarning eng yuksak soʻzlisi
"Xamsa" yozuvchisi Nizomiydir deya taʼriflaydi.
"Saddi Iskandariy" da "Nizomiy soʻz mayi bilan shunday mast — behush boʻlardik, u
bilan tengma-teng may ichadigan qodir kimsa yoʻq edi" deydi. Bu bilan yuzuvchi Nizomiyning
ijod qilayotgandagi koʻrinishini taʼriflaydi. May deganda biz mast qiluvchi ichimlikni emas
ijodkorning ilhomini tushunishimiz lozim. Sheʼr yozish bilan mashgʻul paytlarida bor vujudi
bilan ijodga shoʻngʻib ketishini Navoiy maslikka, behushlikka qiyoslaydi. Bilamizki, mast odam
tashqi olam bilan qiziqmaydi, atrofdagilarni anglamaydi, tushunmaydi va oʻzi hohlagan ishini
qiladi. Yuqorida aytib oʻtgan fikrimiz yaʼni Nizomiyni odatda ismi bilan emas tugʻilgan joyiga
nisbat berib keltirib oʻtishiga yana bir dalil sifatida "Ganjaviy soʻz xazinasiga ega boʻlganlarning
nodiri yaktosi Ganjada parvarish topgan zotdir" degan jumlani keltirish mumkin. Nizomiy
yaratgan xazinada dunyoga sochilgan va bu xazinada bir jahon haqiqatlar yashiringan.
Darhaqiqat "Xamsa" yaratish juda mushkul ish. Navoiy ham oʻz Xamsasini yaratishdan
oldin oʻzigacha boʻlgan barcha xamsalarni sinchiklab oʻrganib chiqqan. Umuman olganda
barcha ilmlarda huddi shunday. Xamsa yozishga qoʻl urganlar juda koʻplab topiladi. Ammo
Nizomiy, Dehlaviy va Jomiy kabi oʻchmas iz qoldirish hammaning ham qoʻlidan kelavermaydi.
Navoiy ulugʻ ustozlarini ijodini esga olishda "Xamsa"sidagi birgina dostoni bilan cheklanib
qolmay barcha dostonlarida ularga toʻxtalib oʻtadi. Aynan shundan ham Navoiyning ustozlariga
boʻlgan hurmat-eʼtiborini koʻrish mumkin. Navoiy ustozlarining ijodiga adolatli va holisona
nazar soladi. "Saddi Iskandariy" da tanqidiy fikrlar ham oqilona aytib oʻtilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Sirojiddinov Sh., Yusupova D., Davlatov O."Navoiyshunoslik" (1-kitob). — Toshkent:
Tamaddun, 2018.
2.
Navoiy A. "Hayrat ul Abror"
3.
"Farhod va Shirin" nasriy bayon muallifi Gʻafur Gʻulom, nashrga tayyorlovchi
A.Hayitmetov. Toshkent: Adabiyot va sanʼat, 1975.
4.
"Layli va Majnun" nasriy bayon mualliflari Rahmonov V., Norqulov N. Adabiyot va
sanʼat. 1990.
5.
A.Navoiy "Sabbai Sayyor". —Toshkent: Gʻafur Gʻulom. 1991.
6.
A.Navoiy 'Saddi Iskandariy" Inoyat Maxsumova nusxasi asosida qayta toʻldirib, nashrga
tayyorlovchi Mavjuda Hamidova.
