ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
575
TASVIRIY SAN’ATDA RANGLAR YORDAMIDA QO’LLANILADIGAN USULLAR
Qaxramonova Gulruh Shuxrat qizi
Qarshi Davlat Universiteti San'atshunislik fakulteti 3 bosqich talabasi.
Murojaat uchun Tel. 94 554 23 05
qaxramonovagulruh@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.17468468
Annotatsiya.
Tasviriy san’at turlari ichida akvarel buyoqlar bilan ishlash o’ziga xos
noyob texnika va noziklikni talab etadi. Akvarel buyo’g’i yengillik, shaffoflik va ranglar
uyg’unligini ifodalash imkonini beradi. Shuning uchun u rangtasvir san’atida keng qullaniladi.
Kalit so’zlar:
Tasviriy san’at, tushuvchi soya, rangli ashyolar, kompozitsia, rasm, rang
va ritm.
METHODS USED IN FINE ARTS WITH THE HELP OF COLORS
Annotation.
Among the types of fine arts, working with watercolor paints requires a
unique technique and subtlety. Watercolor paint allows you to express lightness, transparency
and harmony of colors. Therefore, it is widely used in fine art.
Keywords:
Fine art, falling shadow, colored objects, composition, painting, color and
rhythm.
ПРИЁМЫ, ИСПОЛЬЗУЕМЫЕ В ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОМ ИСКУССТВЕ С
ПОМОЩЬЮ ЦВЕТА
Аннотация.
Среди видов изобразительного искусства работа акварелью требует
особой техники и тонкости. Акварель позволяет передать лёгкость, прозрачность и
гармонию цветов. Поэтому она широко используется в изобразительном искусстве.
Ключевые слова:
Изобразительное искусство, падающая тень, цветные объекты,
композиция, живопись, цвет и ритм.
Kirish
Rang-tasvir- tasviriy san’at turi biror qattiq yuzada rangli ashyolarda, masalan bo’yoqlar
yordamida yaratiladigan badiiy asar. Rangli voqelikni badiiy tasvirlash va talqin qilish,
tomoshabin fikri va tuyg’ulariga ta’sir etishning muhim vositasi: muhim ijtomoiy mazmun va
rang-barang g’oyaviy vazifalarga ega. Rangli asarning g’oyaviy mazmuni uning mavzu syujetida
mujassamlashadi, sujetni rassom Rangli ifoda vositalari kompozitsiya, rasm, rang, ritm va
boshqalar orqali ro’yobga chiqaradi.
Asosiy qism
Rasimning muhim tasviriy va ta’sir vositasi- rang. Rang orqali borliq yoki xayoliy
dunyoni ko’rinarli shakllarda tasvirlaydi, makonning cheksizligi, undagi narslarning rang-
barangligini, moddiyligini hajm va fakturasini ko’rsatishi, harakat, inson ruhiyatidagi
o’zgarishlar, murakkab hissiy kechinmalar, o’y-xayollarni aks ettirishi mumkin. Rangning
tasviriy ifoda vositasi va ishlash uslubi ishlatiladigan rang, qurollar xususiyati, eritgichlar, asosi
funtga bog’liq, yuzasi silliq yoki g’adirbudir berilishiga qarab asar ko’rinishiga turlicha ta’sir
ko’rsatishi mumkin. Ijodkor asavvuri va ongida paydo bo’lgan g’oya qorlamasini qalam
yordamida qog’oz yoki kartonda ishlab oladi va bajariladigan ishning mohiyatiga ko’ra ishlov
beriladi. Rang berishda esaasta suyultirilgan rang bilanboshlab ko’p qatlamli lessirovka yoki
kerak rangni bir qo’yishda bir qatlamli alla prima bajarish mumkin.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
576
O’zbekistonda Rang san’ati qadimdan mavjud bo’lgan. Ilk namunalar ibtidoiy jamoa
davriga borib taqaladi- Ibtidoiy san’at, Zarautsoy rasmlari. Miloddan avvalgi 1 ming yillikning
oxiri va milodiy 1 ming yillik boshlarida Rang o’zining gullagan davrini boshidan kechirgan
Afrosiyob, Varaxsha, Bolaliktepa, Tuproqqal’a va boshqalardagi devoriy rasmlar. Bu davrda
Rangning yassi bezak yo’nalishida mahalliy local ranglari bajarilgan. Amir Temur va Temuriylar
davrida monumental Rang-devoriyrassomlik, mozaika bilan birga miniatyura san’ati rivojlangan.
Kamoliddin Behzod, Mahmud QMuzahqib, Muhammad Murod Samarqandiy va boshqalarning
asarlari dunyoga keldi. 19-asr o’rtalaridan boshlab Turkistonda dastgoh san’ati shakllana
boshladi va 20- asr o’zbek milliy Rasm maktabi yaratildi. Rasmning hamma tur va janrlarida
asarlar yaratildi. Rasmning hamma tur va janrlarida asarlar yaratildi, miniatyura, vitraj san’ati
qayta tiklandi. Bugungi kunda Rasm san’ati janr hamjamiyati bilan qaorda rivojlanmoqda, uning
g’oyaviy plastic rivoji ustida rassomlar izlanmoqda mehnat qilmoqda.
Xulosa
Tasviriy san’atda ranglarning o‘rni beqiyos bo‘lib, ular asarning mazmuni, g‘oyasi va
hissiy ta’sirini belgilovchi asosiy omil sanaladi. Ranglar orqali rassom o‘z ichki kechinmalarini
ifodalaydi, tabiat go‘zalligini yoki inson ruhiyatini yoritadi. Har bir rangning o‘ziga xos
ohangdorligi, uyg‘unligi va kontrasti mavjud bo‘lib, ularni to‘g‘ri qo‘llash asarning badiiy
qiymatini oshiradi. Shuningdek, ranglar yordamida yorug‘lik, soya, masofa va shaklni
ifodalashda turli usullar — tonallik, kontrast, komplementar ranglar va rang o‘tish texnikalari
samarali qo‘llanadi.
Takliflar
1. Tasviriy san’at darslarida rangshunoslik bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarga ko‘proq
e’tibor qaratish lozim.
2. O‘quvchilarda rang sezgirligini rivojlantirish uchun rang aralashtirish, kontrast yaratish,
rang uyg‘unligini topish mashqlari tizimli o‘rgatilishi kerak.
3. Mahalliy rassomlar ijodidan namunalar asosida milliy ranglar uyg‘unligini o‘rganish
metodikasini takomillashtirish zarur.
4. Zamonaviy raqamli san’at (digital art) yo‘nalishida rang ishlash texnologiyalarini
o‘qitish bo‘yicha maxsus dasturlar ishlab chiqish maqsadga muvofiq.
5. Ranglarning psixologik ta’sirini o‘rganish orqali san’at asarlarida inson ruhiyatiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatish yo‘nalishlarini rivojlantirish tavsiya etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Taktash R.X. Izobrazitelnoye iskusstvo Uzbekistana. – Toshkent: 1972.
2.
Iskusstvo Sovetskogo Uzbekistana. – Moskva: 1976.
3.
Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi. Birinchi jild. – Toshkent: 2000.
4.
Raxmonov A. Tasviriy san’at asoslari. – Toshkent: “Oʻqituvchi”, 2010.
5.
Jo‘rayev M. Rangshunoslik va tasviriy san’at metodikasi. – Toshkent: “Fan va
texnologiya”, 2015.
