Authors

  • Obidjon Sadirxonov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.138263

Keywords:

Young men kickboxers physical training general training special training plan

Abstract

This article examines the ways to improve the general and specific physical training of athletes engaged in kickboxing. The importance of physical preparation in achieving high athletic performance is analyzed, with particular emphasis on the correct selection and application of a complex of specific physical exercises.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

706

O‘SMIR KIBOKSCHILARNI MUSOBAQAOLDI TAYORGARLIGIDA UMUMIY VA

MAXSUS JISMONIY TAYYORGARLIGINI REJALASHTIRISH

Sadirxonov Obidjon Akramovich

Mustaqil izlanuvchi.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.

Email:

obidxon_sadirxonov@ikloud.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17491856

Annotatsiya.

Mazkur maqolada o‘smir kikboksing sport turi bilan shug‘ullanuvchi

sportchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini rejalashtirish yo‘llari ko‘rib
chiqilgan. Sportchining yuksak sport natijalariga erishishida jismoniy tayyorgarlikning
ahamiyati, ayniqsa, maxsus jismoniy mashqlar kompleksini to‘g‘ri tanlash va qo‘llashning o‘rni
tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

O‘smir kikbokschilar, jismoniy tayyorgarlik, umumiy tayyorgarlik, maxsus

tayyorgarlik rejasi.

ПЛАНИРОВАНИЕ ОБЩЕЙ И СПЕЦИАЛЬНОЙ ФИЗИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ

ЮНОШЕСКИХ КИБОКСЕРОВ В ПРЕДСОРЕВНОВАТЕЛЬНОЙ ПОДГОТОВКЕ

Аннотация.

В данной статье рассматриваются пути планирование общей и

специальной физической подготовки спортсменов, занимающихся кикбоксингом.

Анализируется значение физической подготовки для достижения высоких

спортивных результатов, особенно роль правильного подбора и применения комплекса
специальных физических упражнений.

Ключевые слова:

Юнoши кикбоксеры, физическая подготовка, общая подготовка,

специальный тренировочный план.

PLANNING GENERAL AND SPECIFIC PHYSICAL TRAINING IN

PRE-COMPETITION PREPARATION OF YOUTH BOXERS

Abstract.

This article examines the ways to improve the general and specific physical

training of athletes engaged in kickboxing. The importance of physical preparation in achieving
high athletic performance is analyzed, with particular emphasis on the correct selection and
application of a complex of specific physical exercises.

Key words:

Young men kickboxers, physical training, general training, special training

plan


Kirish

Hozirgi kunda sport sohasi jadal rivojlanib, dunyo miqyosida turli yo‘nalishlardagi

musobaqalar, turnirlar va chempionatlar orqali sportchilar o‘z mahoratlarini namoyon
etishmoqda. Xususan, jangovar san’atlar - boks, taekvondo, dzyudo va kikboksing sport turlari
keng ommalashmoqda.

Ayniqsa, yoshlar orasida kikboksing sport turiga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganini

kuzatish mumkin. Bu esa ushbu sport turi bo‘yicha samarali mashg‘ulot tizimini ishlab chiqish,
sportchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy
asoslangan yondashuvlarni ishlab chiqishni taqozo etadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

707

Kikboksing yuqori intensivlikdagi, qisqa vaqt ichida ko‘p energiya sarflanadigan,

sportchidan katta kuch, chaqqonlik, chidamlilik, koordinatsiya va ruhiy barqarorlikni talab
qiladigan murakkab sport turi hisoblanadi.

Unda sportchining jismoniy tayyorgarlik darajasi uning texnik mahoratini, taktik

yondashuvini va musobaqadagi natijalarini bevosita belgilab beradi. Shu sababli,
kikboksingchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini har tomonlama rivojlantirish
ularning sport karerasida muhim bosqich sanaladi.

Kikboksingda umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) sportchining sog‘lomlashtiruvchi va

funksional imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilsa, maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) esa
to‘g‘ridan-to‘g‘ri musobaqaga tayyorlanishda texnik va kuch kuchaytirilgan elementlarni
takomillashtirishga qaratilgan.

Bu ikki yo‘nalish o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, biri ikkinchisini to‘ldiradi. Tajriba

shuni ko‘rsatadiki, ko‘plab yosh sportchilarda kuchli texnika bo‘lishiga qaramasdan, etarli
darajadagi jismoniy tayyorgarlik bo‘lmagani sababli, jang davomida kuchni to‘g‘ri taqsimlay
olmaslik, sustlik va chidamsizlik kabi holatlar yuzaga keladi.

Bugungi kunda ko‘plab trenerlar tomonidan tayyorgarlik jarayonida maxsus jismoniy

tayyorgarlik mashqlariga yetarli e’tibor berilmayotgani kuzatilmoqda. Bu esa sportchilarning
musobaqalarda yaxshi natijalarga erishmasligiga olib kelmoqda. Chunki faqatgina umumiy
tayyorgarlikka asoslangan mashg‘ulotlar sportchining texnika va taktikasiga mos kelmaydi. Shu
nuqtai nazardan, kikboksingchilarni har tomonlama tayyorlashda umumiy va maxsus
tayyorgarlikni kompleks tarzda olib borish juda muhim.

Tadqiqot maqsadi:

Kikbokschilarni musobaqaoldi tayorgarligida umumiy va maxsus

jismoniy tayyorgarligini dinamikasini aniqlash.

Tadqiqot vazifasi:

Kikbokschilarni umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini

rejalashtirish.

Tadqiqot usullari:

Ilmiy-uslubiy adabiyotlar taxlili, pedagogik kuzatuv, pedagogik

testlash, matematik-statistik usullar va kikbokschilarning umumiy va maxsus jismoniy
tayyorgarligini ESPANDER-5 trenajoridan foydalanish orqali rivojlantirish

Ilmiy adabiyotlar va metodik qo‘llanmalar tahliliga ko‘ra, kuch, tezlik, chaqqonlik,

reaksiya tezligi va chidamlilikni o‘z ichiga olgan mashg‘ulotlar tizimi sportchining funksional
tayyorgarligini oshiradi.

Shu bilan birga, kuch bilan bir vaqtda to‘g‘ri texnik harakatlarni bajara olish qobiliyati,

sportchining nafaqat jismoniy, balki psixologik tayyorgarligini ham mustahkamlaydi. Bu holat
musobaqa jarayonida sportchining bosim ostida o‘z harakatlarini nazorat qila olishiga imkon
yaratadi.

Yuqoridagi omillarni inobatga olgan holda, kikboksingchilarning umumiy va maxsus

jismoniy tayyorgarliklarini takomillashtirish, mashg‘ulotlar tizimini zamonaviy yondashuvlar
asosida qayta ko‘rib chiqish, sportchilarga individual yondashuv asosida mashg‘ulotlar rejalarini
tuzish, sportda yuqori natijalarga erishish uchun muhim omil sanaladi.

1-jadval

Kikbokschilarni umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni oshirish bo‘yicha

ko‘rsatkich % da


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

708

Izoh:

O‘smir

kikbokschilarni umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni oshirish

bo‘yicha ko‘rsatkichlar qancha foizga oshganligi ko‘rsatilgan.

Ushbu ilmiy maqola kikboksingchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini

takomillashtirishning asosiy tamoyillarini aniqlash, samarali mashg‘ulotlar tizimini ishlab
chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish yo‘llarini yoritishga qaratilgan.

1. Umumiy jismoniy tayyorgarlik.

Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) – bu sportchining har tomonlama rivojlanishini

ta’minlaydigan mashqlar tizimidir. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Yurak-qon tomir tizimini mustahkamlovchi mashqlar (yugurish, suzish, velosiped);

Kuch va chidamlilikni oshiruvchi mashqlar (og‘irlik bilan mashqlar, plyometrik

mashqlar);

Harakatchanlik va muvozanatni rivojlantirish mashqlari (streching, koordinatsion

to‘siqlar bilan ishlash).

UJT kikboksingchilar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, chunki umumiy tayyorgarlik

yuqori darajada bo‘lmagan sportchi texnik jihatdan kuchli bo‘lsa ham, uzoq jangda kuchini
to‘g‘ri taqsimlay olmaydi.

2. Maxsus jismoniy tayyorgarlik

Maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) esa kikboksingga xos bo‘lgan harakatlarni

mukammallashtirishga qaratilgan. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Zarba kuchi va tezligini oshirish mashqlari (qop bilan ishlash, soyada jang, partnyor bilan

sparring);

Reaksiya tezligini oshirish mashqlari (ko‘zni va mushaklarni muvofiqlashtirish);

Nafas olish tizimini mashq qilish (intervallar asosida yuqori intensivlikdagi mashqlar).

MJT sportchining texnik harakatlarni tez, kuchli va samarali bajarishiga yordam beradi.

3. Mashg‘ulotlar tizimi

Kikboksingchilar uchun mashg‘ulotlar rejalashtirilganda quyidagi tamoyillar inobatga

olinadi:

Bosqichma-bosqichlik: jismoniy yuklamalar asta-sekin oshiriladi.

Individuallik: har bir sportchining yoshi, jismoniy holati va sport darajasi


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

709

O‘smir

kikbokschilar uchun haftalik mashg‘ulotlar rejasi

Kun

Mashg‘ulot turi

Asosiy yo‘nalish

Davomiyligi

Dushanba Umumiy jismoniy tayyorgarlik Yugurish (5–8 km), kuchli mashqlar

90 daqiqa

Seshanba

Texnika va maxsus

tayyorgarlik

Zarba texnikasi, qop bilan mashqlar

90 daqiqa

Chorshanba Koordinatsiya va chidamlilik

Plyometrika, reaksiya tezligi

60–75 daqiqa

Payshanba

Sparring va taktika ishlari

Juftlikda ishlash, jang

simulyatsiyasi

90–100

daqiqa

Juma

Maxsus jismoniy tayyorgarlik

Qop bilan intensiv ishlash, HIIT

75–90 daqiqa

Shanba

Ko‘p qirrali mashg‘ulotlar

Kombinatsiyalangan yuklamalar

60–75 daqiqa

Yakshanba Tiklanish va passiv faoliyat

Yengil yugurish, yoga, massaj

30–45 daqiqa

Izoh

: Har bir mashg‘ulot oldidan 10–15 daqiqa isinish va mashg‘ulotdan so‘ng 5–10

daqiqa sovuqlash mashqlari bajarilishi tavsiya etiladi.

Xulosa

Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish – bu o‘smir

kikbokschilarining musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishida asosiy omillardan biridir. Har
ikki tayyorgarlik turi bir-birini to‘ldiradi va sportchining texnik, taktika hamda psixologik
tayyorgarligini kuchaytiradi. Shu sababli, mashg‘ulotlar rejasi puxta o‘ylangan bo‘lishi,
muntazam nazorat qilinib, individual yondashuv asosida olib borilishi lozim. Yuqorida
keltirilgan fikrlar asosida xulosa qilish mumkinki, kikboksing sport turida sportchilarning yuqori
sport natijalariga erishishida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik alohida o‘rin egallaydi.

Har ikki tayyorgarlik turi sportchining texnik, taktik, ruhiy va funksional imkoniyatlarini

kompleks shakllantirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlarining
individual yondashuv asosida tuzilishi sportchining musobaqalarda yuqori natija ko‘rsatishiga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi.

Umumiy jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari orqali sportchilarda chidamlilik, kuch,

tezlik va moslashuvchanlik rivojlanadi, bu esa ularning umumiy sport bazasini shakllantiradi.

Maxsus tayyorgarlik esa bevosita kikboksingga xos bo‘lgan harakatlarni

takomillashtirish, zarba kuchi, reaksiya tezligi va jangovar texnikalarni mukammal bajarishga
yo‘naltiriladi. Ushbu ikki yo‘nalish o‘zaro uyg‘unlikda olib borilgandagina maksimal natijaga
erishish mumkin.

Shu sababli mashg‘ulot jarayonini rejalashtirishda bosqichma-bosqichlik, uzluksizlik va

individual yondashuv tamoyillariga rioya qilish muhimdir. Sportchilarning yoshi, jismoniy
holati, tajribasi va sport darajasi hisobga olingan holda mashqlar kompleksini tanlash zarur.

Trenerlar tomonidan muntazam nazorat, test sinovlari va monitoring asosida

mashg‘ulotlarga tuzatishlar kiritib borilishi maqsadga muvofiqdir.

O‘smir kikbokschilarning umumiy tayorgarligi 9-10 % ga oshgan bolsa maxsus jismoniy

tayyorgarligi 12-14 % ga oshganligini ko‘rishimiz mumkin. O‘smir kikbokschilar ESPANDER-5
trenajyorida mashg‘ulotlar vaxtida doimiy foydalanishsa xamda ilmiy asoslangan va tizimli ish
olib borilsa, ularning sportdagi muvaffaqiyat darajasi sezilarli darajada oshadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

710

Bu esa nafaqat individual sportchilar, balki jamoaviy natijalar va mamlakat sport

salohiyatining yuksalishiga xizmat qiladi.

Amaliy tavsiyalar sifatida,

o‘smir

kikbokschilarning tayyorgarligida quyidagilarni yo‘lga qo‘yish muhim:

umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun haftalik yuklamalarni bosqichma-bosqich oshirish;

maxsus mashqlarni musobaqa oldi tayyorgarligiga muvofiqlashtirish;

individual reabilitatsiya va tiklanish dasturlarini yo‘lga qo‘yish;

sportchilarning psixologik tayyorgarligini jismoniy tayyorgarlik bilan birgalikda olib

borish.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yixati

1.

«O‘zbekistonda sportni rivojlantirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 24.01.2020 yildagi PF-5924-son Farmon.

2.

Шитов В.К КИКБОКСИНГ тренировки для начинающих 1 по 36. Учебное пособие.

ФКиС, М. 2004.- 244 с.

3.

Цинис А. В. Тайский бокс: программа для высших учебных заведений по тайскому

боксу/ А. В. Цинис -

МОО

"Межрегиональная

общественная

организация

"Академия безопасности и выживания"", 2014 180с.

4.

Қосимбеков З.Т. ЁШ СПОРТЧИЛАРНИ ТАЙЁРЛАШ (бокс, кикбоксинг, муайтай).

Ўқув қўлланма. Тошкент.-2008. – 245 б.

5.

Ширяев А.Г., Филимонов В.И. Бокс и кикбокс:. Учебное пособие. Издателский

сентр. -М, 2007, - 128c.

6.

Головкин Е.В. Программа по кикибоксингу (Семи-контакт, лайт кик, фулл-контакт,

лоу-кик, К-1) Ўқув қўлланма. Уляновск-2009. 89с

7.

Umarov.Q.A. «Kikboksing atamalarining izohli lug‘ati». Uslubiy qo‘llanma. Toshkent-

2016 y. -148 b.

8.

Xalmuxamedov R.D., S.S.Tajibaevlar modifikatsiya qilgan “Yuqori malakali

bokschilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini aniqlash” (SPUDERG-4) kompyuter
dasturi O‘zbekiston Respublikasi elektron mashinalari uchun dasturlar davlat reestirida
14.03.2013 yilda Toshkent shahrida ro‘yihatdan o‘tkazilgan, talabnoma raqami DGU
2013 0032.

9.

Q.A.Umarov. “Sport pedagogik mahoratini oshirish” (kikboks). O‘quv qo‘llanma.

Toshkent-2024 y.-150 bet.

10.

Q.A.Umarov. Malakali yakkakurashchi qizlarning ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichida

mashg‘ulot yuklamalarini rejalashtirish monografiya Toshkent-2025.:134 b. “Renesans
nashiriyoti”

11.

Q.A.Umarov. Yuqori malakali yakkakurashchi qizlarning ko‘p yillik tayyorgarlik

bosqichi mashg‘ulotlarida tiklanishda qo‘llaniladigan tavsiyalar “Sportda ilmiy
tadqiqotlar” ilmiy-nazariy jurnali 2024 yil 11-15 bet. Chirchiq.

12.

Q.A.Umarov. Yuqori malakali kikbokschi qizlar terma jamoasining jismoniy va

funksional tayyorgarlik dinamikasi ko‘rsatkichlari ILMIY XABARLAR Ilmiy-nazariy
jurnal 4/2024 QOQON. DPI

293-299 bet.

References

«O‘zbekistonda sportni rivojlantirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.01.2020 yildagi PF-5924-son Farmon.

Шитов В.К КИКБОКСИНГ тренировки для начинающих 1 по 36. Учебное пособие. ФКиС, М. 2004.- 244 с.

Цинис А. В. Тайский бокс: программа для высших учебных заведений по тайскому боксу/ А. В. Цинис - МОО "Межрегиональная общественная организация "Академия безопасности и выживания"", 2014 180с.

Қосимбеков З.Т. ЁШ СПОРТЧИЛАРНИ ТАЙЁРЛАШ (бокс, кикбоксинг, муайтай). Ўқув қўлланма. Тошкент.-2008. – 245 б.

Ширяев А.Г., Филимонов В.И. Бокс и кикбокс:. Учебное пособие. Издателский сентр. -М, 2007, - 128c.

Головкин Е.В. Программа по кикибоксингу (Семи-контакт, лайт кик, фулл-контакт, лоу-кик, К-1) Ўқув қўлланма. Уляновск-2009. 89с

Umarov.Q.A. «Kikboksing atamalarining izohli lug‘ati». Uslubiy qo‘llanma. Toshkent-2016 y. -148 b.

Xalmuxamedov R.D., S.S.Tajibaevlar modifikatsiya qilgan “Yuqori malakali bokschilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini aniqlash” (SPUDERG-4) kompyuter dasturi O‘zbekiston Respublikasi elektron mashinalari uchun dasturlar davlat reestirida 14.03.2013 yilda Toshkent shahrida ro‘yihatdan o‘tkazilgan, talabnoma raqami DGU 2013 0032.

Q.A.Umarov. “Sport pedagogik mahoratini oshirish” (kikboks). O‘quv qo‘llanma. Toshkent-2024 y.-150 bet.

Q.A.Umarov. Malakali yakkakurashchi qizlarning ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichida mashg‘ulot yuklamalarini rejalashtirish monografiya Toshkent-2025.:134 b. “Renesans nashiriyoti”

Q.A.Umarov. Yuqori malakali yakkakurashchi qizlarning ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichi mashg‘ulotlarida tiklanishda qo‘llaniladigan tavsiyalar “Sportda ilmiy tadqiqotlar” ilmiy-nazariy jurnali 2024 yil 11-15 bet. Chirchiq.

Q.A.Umarov. Yuqori malakali kikbokschi qizlar terma jamoasining jismoniy va funksional tayyorgarlik dinamikasi ko‘rsatkichlari ILMIY XABARLAR Ilmiy-nazariy jurnal 4/2024 QOQON. DPI 293-299 bet.