ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
711
ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA ZAMONAVIY METODLARDAN
FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI
O'dayeva Rayxon Ahmadjonovna
Xorazm viloyati Yangibozor tuman 2-son politexnikumi
ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi,
https://doi.org/10.5281/zenodo.17491916
Annotatsiya
. Ushbu maqolada ona tili va adabiyot darslarida zamonaviy metodlardan
foydalanishning ahamiyati va samaradorligi, imkoniyatlari muhokama qilib, o‘rganilgan.
Bundan tashqari ona tili va adabiyot darslarida zamonaviy metodlardan foydalanilib
namunalar tahlil qilingan.
Kalit so'zlar:
metodlar, innovatsion, o'quvchi, dars, interfaol, samarali, mavzu.
Hozirgi vaqtda ta'lim jarayonida o'qitishning zamonaviy metodlari keng qo'llanilmoqda.
O'qitishning zamonaviy metodlarini qo'llash o'qitish jarayonida yuqori samaradorlikka
erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash
maqsadga muvofiq. Zamonaviy texnologiyalar qo'llanilgan mashg'ulotlar o'quvchilar
egallayotgan bilimlarni o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto
xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O'qituvchi bu jarayonda shaxs va
jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir
qatorda, boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o'quv jarayonida o'quvchi
asosiy figuraga aylanadi.
Dars jarayonida har xil metodlardan foydalanish o'qituvchini izlanishga va o'quvchini o'z
ustida ishlashga erkin fikrlashga undaydi. Metod shunday tanlanishi kerakki unda o'quvchi o'zini
erkin tuta olishi, fikrlarini ravon aytishi, mavzuni juda yaxshi o'zlashtirilishi lozimligi muhim
ahamiyatga ega. Ma'lumki, hozirgi kunda interfaol metodlarning yuzdan ortiq turi mavjud bo'lib,
ularning aksariyati tajriba-sinovdan o'tib, yaxshi natija bergan.
Keng qo'llaniladigan usullar - «Klaster», «Aqliy hujum», «Davom ettir», «Taqdimot»,
«Blits-so'rov», «Muammoli vaziyat» kabilardan foydalanib, darsda samarali natijalarga erishish
mumkin. Darsning o'tilgan mavzuni so'rash qismida «Sinkveyn», «Teskari test», «Aql charxi»
metodlarini, yangi mavzuni tushuntirish qismida «Insert», «Pinbord», «Zinama-zina»,
«Bumerang» texnologiyalarini, mavzuni mustahkamlash qismida «Venn diagrammasi», "Baliq
skeleti", «Nima uchun? », «Qanday? », « Konseptual jadval», « Nilufar guli» kabi grafik tashkil
etuvchilar hamda «Tushunchalar tahlili», «T-jadval», «Rezyume»,«Kungaboqar», «Charxpalak»
metodlarini, uyga vazifa berishda «FSMU», «Klaster», «Bo'g'inlar zanjiri», «BBB» metodlarini
qo'llash dars samaradorligini ta'minlab, o'quvchilarning bilimini oshirishga yordam beradi. Ona
tili darslarida ham yuqorida sanab o'tilgan interfaol metodlardan tashqari «Ha... yo'q», «Ta'rif
egasini top», «Men kimman?», «Domino», «Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi ...) ortiqcha»,
«Sirli sandiqcha metodi»,«Harfni his qilish» metodlari kabi didaktik o'yinlardan foydalanish
mumkin. O'yin vaqtida o'quvchilar o'zini erkin tutadi, bilimini namoyon etgisi keladi. Natijada
o'quvchida ishonch, qat'iyat paydo bo'ladi. Munozaraga kirishishni o'rganadi. Fikrini asoslashga
odatlanadi. Bunda o'quvchilarning yoshi, bilim darajasi inobatga olinishi lozim.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
712
O'quvchilarga har darsda bir xil dars o'tish ularning zerikishiga olib keladi va mavzuga
bo'lgan e'tiborini pasaytiradi.
Bunday holatlarning oldini olish uchun dars mashg'ulotlari jarayonida turli xil qiziqarli
metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Turli xil qiziqarli metodlardan foydalanish
o'quvchilarning diqqatini oshiradi. Masalan o'quvchilarga «Bo'g'in» mavzusini o'tayoygan
o'qituvchi «Bo'g'inlar zanjiri» metodidan foydalanishi mumkin. Bunda birinchi aytilgan so'zning
oxirgi bo'g'ini keying so'zning birinchi bo'g'iniga to'g'ri kelishi kerak bo'ladi. Namuna: maktab -
tabrik; rassom - somsa va shu kabi zayilda davom etadi. Bu metoddan o'quvchilarda o'tilayotgan
yangi mavzuni mustahkamlash bilan birga ularning tezkor fikrlashlari, so'z boyligini aniqlash
maqsadida ham foydalansa bo'ladi.
«Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi ...) ortiqcha» metodi. «Oshxona jihozlari»,
«Qushlar», «Uy hayvonlari va parrandalar» kabi mavzularini o'rganishda yangi mavzuni
mustahkamlash uchun mazkur metodni qo'llash ijobiy natija beradi. Bunda mavzuga oid to'rtta
va taalluqli bo'lmagan (ortiqcha) bitta so'z (tushuncha, fikr) beriladi. O'quvchilar ana shu so'zni
(tushuncha, fikr) aniqlaydilar. Yozuv ekranda ko'rsatiladi. O'quvchilar ortiqcha so'zni
aniqlashadi. Uy hayvonlari: sigir, qo'y, toshbaqa, ot, it. So'ng bu so'zlar ishtirokida gap tuzish
topshirig'i beriladi va tuzilgan gaplar asosida axloqiy tarbiya beriladi. Namuna: Ot - insonning
eng ishonchli do'sti. O'quvchilar tomonidan tuzilgan gaplar asosida o'quvchilar qalbida ona
tabiatga muhabbat uyg'otiladi, uy hayvonlariga nisbatan ijobiy munosabatda bo'lishga o'rgatiladi.
«Sirli sandiqcha» metodi. Sirli sandiqcha metodi ham o'quvchining mantiqiy fikrlashini
shakllantirishga yordam beradi. Ushbu metoddan foydalanish uchun o'quvchilar guruhlarga
bo'linadi. O'qituvchi doskaga 4 ta mavzu nomini ilib ular haqida hech qanday ma'lumot
yozmaydi. Masalan, So'z turkumlarill mavzusi o'tilganda Ot, Sifat, Son, Fe'l kabi. Sirli
sandiqchalda esa so'z turkumlariga oid ma'lumotlar, misollar yozilgan bo'ladi. O'quvchilar bu
ma'lumotlar qaysi so'z turkumiga tegishli bo'lsa qog'ozni shu so'z turkumi tagiga qistirib boradi.
O'qituvchi bajarilgan ishni tahlil qiladi va rag'bat kartochkalari beradi. Eng ko'p rag'bat
kartochkasi to'plagan guruh g'olib bo'ladi.
«So'zdan so'z yasash» o'yini. Bu o'yin o'quvchilarni so'z boyligini oshirishga, qayta
xotirlashga va mantiqan fikrlashni kengaytirishga undaydi. Bu usul orqali bir so'zdan bir necha
so'z tuzish o'yini o'quvchilarni ziyraklikka, hozirjavoblikka undaydi. Yozuv taxtasiga o'qituvchi
tomonidan bir so'z yozib qo'yiladi. Masalan: O'zbekiston, Zanjir... Shundan so'ng o'qituvchi
ma'lum vaqt davomida ana shu so'z harflaridan foydalangan holda boshqa so'z yasashlarini
aytadi.. Masalan, O'zbekiston - o'z, ek, bek, o'zbek, on, Zanjir - zar, zira, arz, ariza, jar, ranj
kabilar.
"Xotira mashqi" o'yini. Hozirjavoblik va zukkolikni oshirish maqsadida, ayniqsa birinchi
tanishuv darsida qo'llash mumkin bo'lgan o'yin. O'quvchi o'z ismini aytadi va shu ism bilan
boshlanuvchi biror adib ismini aytadi. Adham -Alisher Navoiy, Bahodir- Zahiriddin Muhammad
Bobur, Gavhar-Gulhaniy. O'yin shartiga ko'ra o'qituvchi bir nechta imlosi qiyin yoki
o'quvchilarga o'zlashtirilishi rejalashtirilgan so'zlami aytadi, o'quvchilar esa bu so'zlarni eslab
qolib, daftarlariga imlo qoidalari asosida yozadilar.
Xulosa qilib aytganda, innovatsion metodlar o'quvchilarning savodxon bo'lishiga, DTS
talablariga qo'yilgan bilim va ko'nikmalarni oson va qiziqarli egallashlarida muhim rol o'ynaydi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
713
Dars mashg'ulotlari davomida shu va shu kabi metodlardan foydalanish o'tilgan mavzuni
takrorlash va yangi mavzuni o'zlashtirishga katta yordam beradi. Dars jarayonida o'quvchilarning
diqqatini mavzuga qaratishda albatta o'zining samarasini ko'rsatadi.
Yuqorida keltirilgan interfaol metodlarni ona tili va adabiyot darslarida qo'llash natijasida
o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishlarini oshirishga, o'zlarining fikrini erkin bayon eta
olishga, atrofidagilarning fikrlarini hurmat qilishga, o'zining nuqtayi nazarini himoya qila olish
qobiliyatlarini rivojlantirishga erishish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1.
Pedagogika. /prof. M.X. Toxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida. - T.: "O'zbekiston
faylasuflari milliy jamiyati" nashriyoti, 2010,- 400 b.
2.
Mavlonova R. va boshqalar. Pedagogika T.: O'qituvchi. 2010 y. 254-263 b.
3.
Bobomurodova A. Ona tili ta'limi jarayonida o'yin-topishmoqlardan foydalanish. T.:
Musiqa. 2009.
4.
N.A. Muslimov, M. Usmonboeva, M. Mirsoliyeva — Innovatsion ta'lim texnologiyalari
va pedagogik kompetentlik —O'UM Toshkent -2016
5.
O.U. Avlayev, S.N. Jo'rayeva, S.P. Mirzayeva "Ta'lim metodlari" o'quv-uslubiy
qo'llanma, "Navro'z" nashriyoti, Toshkent - 2017.
