Authors

  • Ozodjon Eliboyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.138269

Keywords:

Kushan period Gandhara art Ajanta paintings royal iconography footwear boots dress culture art and ideology symbolic meaning social status coins sculptural tradition religious imagery political expression cultural interaction.

Abstract

The article analyzes the main elements of Kushan military and political iconography — headgear, helmets, and their symbolic meanings. Based on numismatic, sculptural, and mural evidence, it reveals the ideological message embodied in the ruler’s image. The form, ornamentation, and emblems of the headgear reflect concepts of divine legitimacy, royal power, and celestial protection. The author argues for a close interrelation between military costume, royal insignia, and the state ideology of the Kushan period. This approach allows Kushan art to be understood not merely as an aesthetic phenomenon but as an essential component of the empire’s politico-religious system.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

733

KUSHON IKONOGRAFIYASIDA BOSH KIYIM VA HARBIY TIMSOLLAR:

TANGALAR, HAYKAL VA DEVORIY SURATLAR ASOSIDA TAHLIL

Ozodjon Eliboyev

FA Tarix instituti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17492295

Annotatsiya.

Maqolada

Kushonlar

davrida

shakllangan

harbiy

va

siyosiy

ikonografiyaning asosiy unsurlari — bosh kiyimlar, dubulg‘alar va ularning ramziy mazmuni
tahlil qilingan. Tadqiqotda tangalar, haykallar hamda devoriy suratlar asosida hukmdor
timsolining siyosiy va diniy mohiyati yoritiladi. Har bir bosh kiyim shakli, bezagi va undagi
timsollar orqali hokimiyatning ilohiy legitimatsiyasi, qudrat va osmoniy himoya g‘oyalari
ifodalangan. Muallif Kushon ikonografiyasida harbiy libos va atributlarning davlat mafkurasi
bilan uzviy bog‘liqligini asoslaydi. Ushbu yondashuv Kushon san’atini nafaqat estetik, balki
ideologik tizim sifatida ham baholash imkonini beradi.

Kalit so‘zlar:

Kushon davri; Gandhara san’ati; Ajanta rasmlari; podshoh ikonografiyasi;

oyoq kiyimi; etik; kiyim madaniyati; san’at va mafkura; ramziy ma’no; ijtimoiy maqom;
tangalar; haykaltaroshlik an’analari; diniy tasvirlar; siyosiy ifoda; madaniy o‘zaro ta’sir.

Аннотация.

В статье анализируются основные элементы военной и

политической иконографии кушанского периода — головные уборы, шлемы и их
символическое значение. На основе нумизматических, скульптурных и настенных
изображений раскрывается идеологическое содержание образа правителя. Форма и
орнаментация головных уборов, а также используемые эмблемы отражают идеи
божественной легитимации власти, могущества и небесной защиты. Автор
обосновывает взаимосвязь военного костюма и царских атрибутов с государственной
идеологией кушанской эпохи. Такой подход позволяет рассматривать кушанское
искусство не только как эстетический феномен, но и как важный элемент политико-
религиозной системы империи.

Ключевые слова:

Эпоха Кушанов; искусство Гандхары; росписи Аджанты;

царская иконография; обувь; сапоги; культура одежды; искусство и идеология;
символическое значение; социальный статус; монеты; скульптурные традиции;
религиозные образы; политическая экспрессия; культурное взаимодействие.

English.

The article analyzes the main elements of Kushan military and political

iconography — headgear, helmets, and their symbolic meanings. Based on numismatic,
sculptural, and mural evidence, it reveals the ideological message embodied in the ruler’s
image. The form, ornamentation, and emblems of the headgear reflect concepts of divine
legitimacy, royal power, and celestial protection. The author argues for a close interrelation
between military costume, royal insignia, and the state ideology of the Kushan period. This
approach allows Kushan art to be understood not merely as an aesthetic phenomenon but as an
essential component of the empire’s politico-religious system.

Keywords:

Kushan period; Gandhara art; Ajanta paintings; royal iconography;

footwear; boots; dress culture; art and ideology; symbolic meaning; social status; coins;
sculptural tradition; religious imagery; political expression; cultural interaction.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

734

Kirish

Kushon sulolasi chog‘i nafaqat siyosiy va iqtisodiy jihatdan, balki madaniy, diniy hamda

san’at sohasida ham muhim sintez davri bo‘ldi. Ayniqsa, Kushon hukmdorlik ikonografiyasida
tangalar, haykaltaroshlik va devoriy tasvirlar orqali ifodalangan hokimiyat timsollari, bosh
kiyimlar va harbiy atributlar davlat mafkurasi va ilohiy legitimatsiya g‘oyalarining muhim
ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi. Mazkur maqola Kushon ikonografiyasida aks etgan bosh
kiyimlar, oyoq kiyimlari va ularning siyosiy-ideologik mazmunini manbashunoslik va
arxeologik materiallar asosida tahlil qilishga qaratilgan.

Asosiy qism

Miloddan avvalgi 2-yuzyillikning ikkinchi yarmi va milodiy 1-yuzyillik boshlarida Turon

siyosiy jarayonini tubdan o‘zgarish davrini boshdan kechirdi. Bu davrda Turon tarixida muhim
rol o‘ynagan Yue-chjilar, xitoy manbalarida Da-ruziy (Da Yue-chji )

1

nomi bilan qayd etilgan va

sharqiy Turkiston hamda Tangritog‘ (Tyan-Shan) tog‘larining g‘arbiy etaklaridan boshlab, asta-
sekin Janubiy Turon tomon siljiy boshladilar va Janubiy Turonda Kushon sulolasi shakllanishiga
olib keldi. Buning asosiy sabi esa yuechjilar Usunlar va Hunlarning qoʻshma qoʻshinlari
tomonidan magʻlubiyatga uchrashi edi. Bu haqida aniqroq ma’lumotlar qadimgi Xitoy
manbalarda uchraydi.

Xususan Hunnu qabilasi o‘rtasidagi mojaroni qayd etadi. Bu to‘qnashuv taxminan

miloddan avvalgi 209–207 yillarda boshlangan va “Xanshu” manbasiga ko‘ra, Xunnu sardori
Modu Yue-chji boshlig‘ining kallasidan sharob idishi (qadah) yasatgani bilan tugagan

2

. Aynan

shu mojaro natijasida Yue-chji o‘z hududlarini Gansu viloyatini (Tarim havzasining sharqiy
chegarasi) tark etishga majbur bo‘ldilar.

G‘arbga siljigan Yue-chji avval Tyan-Shan tog‘laridagi Urumchi atrofida yoki undan

ham g‘arbda Ili vodiysi va Balxash ko‘li yaqinlarida vaqtincha joylashdilar. Ammo ular bu yerda
ham miloddan avvalgi 174 yilda Xunnu yoki Usun (Vusun) qabilalari tomonidan yana hujumga
uchradilar va mag‘lubyatga uchradi. Aynan shu voqealardan so‘ng Yuechjilar janubiy Turonga
ko‘chib kela boshladi.

Dastlab ular Sak (massaget) va To‘xar qabilalari bilan to‘qnash kelib, asta-sekin

Amudaryoning quyi havzalarida joylashgan Boxtardagi hujum qildi. Buning natijasida miloddan
oldingi 2-yuzyillik oxirlariga kelib Boxtarda Yunon hukumronligi chog‘i yakun topdi, o‘rniga
Yuechjilarning qabilalar ittifoqi vujudga keldi. Bu o‘rinda bu g‘alabalarga asosiy sabablardan
biri 100 000 dan ziyod otli qo’shini bazi manbalarda o‘q yoy o‘tuvchilari borligi

3

.

1

Хўжайев А. Ўзбек халқи ва давлатчилиги тарихи манбалари туркистон Хитой ёзма манбаларид. Тошкент.

2024. – Б. 365

2

Skinner, Michael. Marks of Empire: Extracting a Narrative from the Corpus of Kuṣāṇa Inscriptions. 2017

.

Pp. 25-

26.; Хўжайев А. Ўзбек халқи ва давлатчилиги тарихи манбалари туркистон Хитой ёзма манбаларид.
Тошкент. 2024. – Б. 372.

3

Хўжайев А. Ўзбек халқи ва давлатчилиги тарихи манбалари туркистон Хитой ёзма манбаларид. Тошкент.

2024. – Б. 372; Акеров Т. А. Усуни-кыргызы Кыргызы на просторах Евразии (Мигрatsiонные и этнические
процессы кочевников Притяньшанья и сопредельных регионов в VIII- XIV вв.). Бишкек. 2020. - C. 108.
Nikonorov V. P.

The Armies of Bactria. Vol. I.

Yorkshire, UK. 1997.

P. 50.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

735

Arxeologik va yozma manbalarga ko‘ra, dastlabki bosqinchilik davrida Yue-chjilar bir

necha mustaqil qabilalarga bo‘lingan bo‘lib, ularning har biri Amudaryoning janubiy va shimoliy
qirg‘oqlarida o‘z hududini mustahkamlashga intilgan.

Milodiy 1-yuzyillik kelib, Yuechjilarning beshta qabilasi ichida eng kuchlisi Guyshuan

(Kushon) qabilasi yabgʻusi Syujsyue (Kujula Kadfiz) qolgan toʻrt qabilalarni o‘ziga
bo‘ysundiradi. Shu tariqa Kushonlar davlati shakllanadi va uning asoschisi sifatida Kujula
Kadfiz tilga olinadi

4

.

Yuechjilarning g‘arbga siljishi va ularning siyosiy ustuvorligi natijasida shakllangan

yangi siyosiy tuzilma Kushon davlati, o‘z mohiyatiga ko‘ra, harbiy an’analar va mahalliy
madaniy unsurlarning sinteziga asoslangan edi. Bu sintez nafaqat boshqaruv va harbiy tizimda,
balki davlat timsollarida, hokimiyat ifodasida ham yaqqol namoyon bo‘ldi. Ayniqsa, hukmdorlik
ikonografiyasida (tangalardagi tasvirlar, haykal va devoriy suratlarda) siyosiy qudrat, ilohiy
himoya va saltanat g‘oyalarining ramziy ifodasi o‘z aksini topgan. Shu boisdan Kushon
davrining moddiy madaniyati, xususan harbiy kiyimlar va bosh kiyimlar tizimi, ularning siyosiy
mafkurasi va hokimiyat konsepsiyasini o‘rganishda muhim manba vazifasini o‘taydi.

Kushon imperiyaning davlat boshqaru harbiy boshqaruv tizimiga asoslangani tufayli

devoriy suratlarda ham jang sahnalari va gʻalaba tasvirlarini juda koʻp uchratishimiz mumkin.

Ular orqali shu davr ijtimoiy munosabatlar va odamlarning kiyinish tarzlarini

aniqlashimiz mumkin.

Xususan bu suratlarda harbiy kiyimlar haqida ma’lumotlar nisbatan koʻproq, xususan

Xolchayondagi tasvirlarida Kushon jangchilari liboslari oʻziga xos boʻlib, ular quyidagicha
tavsiflanadi: Qizil yoki och yashil rangli kaftanlar zich toʻqilgan matodan tayyorlangan, beldan
pastga qarab kengayadigan, dumaloq yoki uchburchak yoqali. Boʻyin qismida ilgaklar bilan
yopiladigan ruba qorin yoki koʻkrak qismida tugma yoki ilgak bilan mahkamlanadi. Koʻkrakdan
belgacha kamar bilan bogʻlangan, bu jihat askarning harbiy holatini bildiradi. Shalvarlar – keng,
dumba va son qismlarida doka bilan bezatilgan, toʻpiqqa yaqin qismlarda bogʻlangаn

5

.

Kushon davrida oyoq kiyimlari tanaga yopishadigan, harakatga qulay tarzda tikilgan

bo‘lib, ular nafaqat amaliy, balki marosimiy maqsadga ham xizmat qilgan. Bu kiyimlar shakl va
bezak jihatidan nafis, shu bilan birga erkin harakatlanishga imkon beruvchi xususiyatga ega edi.

Kushon tangalarida podshohlar baland etik kiygan holda tasvirlangan. Shuningdek,

Ajanta g‘orlaridagi devor rasmlarida ham oyoqni to‘liq yopuvchi etik va oyoq kiyimlari bilan
tasvirlangan shaxslar uchraydi

6

. Tuproq qal’adan ham topilgan devoriy suratda harbiy jangchilar

tasviri hаm bor. Uning ahamyatli chihati harbiy jangchilar antrapologik jihatidan shimoliy
Hindiston odamlariga oxshаydi

7

.

4

Зиё А. Ўзбек давлатчилиги тарихи. Тошкент. 2001. – Б. 368.; Хўжайев А. Ўзбек халқи ва давлатчилиги

тарихи манбалари туркистон Хитой ёзма манбаларид. Тошкент. 2024. – Б. 373. Ставийский Б.Я. Кушанская
Бактрия: Проблемы истории и культуры. М., 1977. - C. 17.; Ртвеладзе Э.В., Алимова Д.А. Ўзбек
давлатчилиги тарихи. 1-жилд. Тошкент. 2021. – Б. 220.

5

Пугаченкова.Г. Скульптура Халчаяна. Москва. 1971. С. 64.

6

Siddiqui K. S., Hakal M. Depiction of Footwear in Gandhara Art: An Appraisal //Journal of Asian Civilizations. –

2018. – Т. 41. – №. 1. P. 82.

7

Rosenfield, John M.

The Dynastic Arts of the Kushans

. Berkeley: University of California Press, 1967. pp. 68-69.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

736

Bosh kiyimlar va belgilar: dubulgʻalar yuzasida ikki metall yarim gumbazdan iborat

boʻlib, old va orqa tomondan uzluksiz tasma yoki qavariq chiziq bilan bogʻlangan. Bundan
tashqari bu dubulgʻalar quloqni toʻliq yopib turgan. (xususan, Halchayan va Surx-Kotalda).

Tangalarda ham bosh kiyimlar aks etgan bo‘lib, bular Huvishka tangalarida podshoh

tasvirlarida namoyon etilgan murakkab bosh kiyimlar hukmdorlik shukuhi va saroy
dabdabasining yuqori darajada rivojlanganini ko‘rsatadi. Eng e’tiborga molik unsurlar
dubulg‘alar bo‘lgan.

Ularning bir necha turlari Huvishka, shuningdek, Vima va Kanishka tangalarida uchraydi.
Biroq bu dubulg‘alar Kushon davri haykaltaroshlik yodgorliklarida kamroq aks etgan.
Ushbu bosh kiyimlarning ayrim qismlarining ramziy ma’nosi hozircha aniq emas, hattoki

ularning shakl va tuzilishi ham ba’zan to‘liq tushunilmaydi. Quyida ularning asosiy turlari tasnif
va tavsif asosida keltiriladi

8

.

Birinchi tur — baland gumbazsimon, silindr shaklli dubulg‘a bo‘lib, uning old qismida

g‘ayrioddiy tarzda oldinga chiqib turgan soyabonli qismi mavjud. Yon tomonlari to‘lqinli
naqshlar bilan bezatilgan, tepasida esa e’tiborga molik cho‘qqi bezagi joylashgan. Bu turdagi
dubulg‘a faqat Vima tangalarida uchraydi.

Ikkinchi tur — past, qopqoqsimon bosh kiyim bo‘lib, uning qirrasi ehtimol qimmatbaho

toshlar bilan bezatilgan. Yon tomonida to‘lqinli naqsh va tepasida cho‘qqi bezagi mavjud. Bu
shakl Kanishka I davrining eng keng tarqalgan turi hisoblanadi.

Uchinchi tur — past, uchli qopqoqsimon bosh kiyim bo‘lib, shaklan Frigiya bosh

kiyimiga o‘xshaydi, biroq yanada mustahkam tuzilgan. Uning yon tomonlarida doira shaklidagi
bezaklar, yuqorisida esa cho‘qqi bezagi bor. Bu tur Kanishka I hamda Huvishka tangalarida
uchraydi.

To‘rtinchi tur — tor, cho‘qqisi yumaloq dubulg‘a, shaklan Parfiya shohi Mitridat II

dubulg‘asiga o‘xshash. Uning peshonasida pat va qimmatbaho toshdan yasalgan nishon mavjud.

Cho‘qqi atrofida marvarid naqshi o‘tkazilgan, yon tomonida esa doira shaklidagi, ehtimol

oy timsolini eslatuvchi bezak joylashgan. Bu turdagi bosh kiyim faqat Huvishka tangalarida
kuzatiladi.

Beshinchi tur — baland, uchli bosh kiyim bo‘lib, orqa tomonida burchakli chiqindisi bor.
Peshona qismidan yuqoriga cho‘zilgan, tog‘ echkisi shoxiga o‘xshash to‘g‘ri shoxi bilan

ajralib turadi. Uning tomonlarida to‘rtburchak shaklli flaplar (qopqoqchalar) mavjud bo‘lib, ular
iyak ostida bog‘lanadi. Shu shoxsiz turdagi bosh kiyim Huvishka, Vasudeva I va Kanishka III
tangalarida ham uchraydi.

Oltinchi tur — to‘rtinchi turga o‘xshash, biroq har ikki yonida uchburchak shaklli

qopqoqchalar bo‘lib, ular iyak ostida tutashadi. Peshonadagi bezak mukammal doira shaklida
bo‘lib, ehtimol markazida tosh bilan bezatilgan g‘ildirak ko‘rinishidagi nishon bo‘lgan. Ushbu
bosh kiyim cho‘qqi bezagiga ega bo‘lib, yonlari va peshona qismi marvaridli chet bilan
bezatilgan.

8

Rosenfield, John M.

The Dynastic Arts of the Kushans

. Berkeley: University of California Press, 1967. P. 70.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

737

Yettinchi tur — yumaloq dubulg‘a, shaklan birinchi turga o‘xshash, ammo soyabon

o‘rnida peshonasida ikki tishli (vilkasimon) nishon joylashgan. Uning yonida ochiq doira
shaklidagi naqsh, tepasida cho‘qqi bezagi va marvaridli diadem (yoki tasma) mavjud

9

.

Ushbu bosh kiyimlar turining xilma-xilligi Kushon hukmdorlik ikonografiyasida

hukmdor timsolining nafaqat siyosiy, balki diniy-majoziy mazmun kasb etganini ko‘rsatadi.

Bosh kiyimlardagi shox, marvarid, g‘ildirak, pat va qimmatbaho toshlar bilan bezaklar

hokimiyat qudrati, osmoniy himoya va ilohiy legitimatsiya g‘oyalarini ifodalagan bo‘lishi
mumkin

Xulosa

Kushon ikonografiyasidagi bosh kiyim va harbiy timsollar davlat hokimiyatining siyosiy

va diniy g‘oyalarini aks ettiruvchi muhim belgilar bo‘lgan. Tangalar, haykallar va devoriy
tasvirlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, hukmdorlar obrazida ilohiylik va qudrat birlashgan holda
namoyon etilgan. Bosh kiyimlarning shakl, bezak va ramziy elementlari hokimiyatning
qonuniyligi, osmoniy himoya va g‘alaba timsoli sifatida ishlatilgan. Shu jihatdan Kushon san’ati
nafaqat estetik, balki mafkuraviy-ma’naviy mazmunni ham mujassam etgan bo‘lib, u imperiya
siyosiy ideologiyasining muhim ifodasi sifatida tarixiy ahamiyat kasb etadi.

Adabiyotlar:

1.

Хўжайев А. Ўзбек халқи ва давлатчилиги тарихи манбалари туркистон Хитой ёзма
манбаларид. Тошкент. 2024.

2.

Skinner, Michael. Marks of Empire: Extracting a Narrative from the Corpus of Kuṣāṇa
Inscriptions. 2017.

3.

Акеров Т. А. Усуни-кыргызы Кыргызы на просторах Евразии (Мигрatsiонные и
этнические процессы кочевников Притяньшанья и сопредельных регионов в VIII-
XIV вв.). Бишкек. 2020.

4.

Nikonorov V. P. The Armies of Bactria. Vol. I. Yorkshire, UK. 1997.

5.

Зиё А. Ўзбек давлатчилиги тарихи. Тошкент. 2001.

6.

Ставийский Б.Я. Кушанская Бактрия: Проблемы истории и культуры. М., 1977.

7.

Ртвеладзе Э.В., Алимова Д.А. Ўзбек давлатчилиги тарихи. 1-жилд. Тошкент. 2021.

8.

Пугаченкова.Г. Скульптура Халчаяна. Москва. 1971.

9.

Siddiqui K. S., Hakal M. Depiction of Footwear in Gandhara Art: An Appraisal //Journal
of Asian Civilizations. – 2018. – Т. 41. – №. 1.

10.

Rosenfield, John M. The Dynastic Arts of the Kushans. Berkeley: University of California
Press, 1967.

9

Rosenfield, John M.

The Dynastic Arts of the Kushans

. Berkeley: University of California Press, 1967. pp. 70-71.

References

Хўжайев А. Ўзбек халқи ва давлатчилиги тарихи манбалари туркистон Хитой ёзма манбаларид. Тошкент. 2024.

Skinner, Michael. Marks of Empire: Extracting a Narrative from the Corpus of Kuṣāṇa Inscriptions. 2017.

Акеров Т. А. Усуни-кыргызы Кыргызы на просторах Евразии (Мигрatsiонные и этнические процессы кочевников Притяньшанья и сопредельных регионов в VIII- XIV вв.). Бишкек. 2020.

Nikonorov V. P. The Armies of Bactria. Vol. I. Yorkshire, UK. 1997.

Зиё А. Ўзбек давлатчилиги тарихи. Тошкент. 2001.

Ставийский Б.Я. Кушанская Бактрия: Проблемы истории и культуры. М., 1977.

Ртвеладзе Э.В., Алимова Д.А. Ўзбек давлатчилиги тарихи. 1-жилд. Тошкент. 2021.

Пугаченкова.Г. Скульптура Халчаяна. Москва. 1971.

Siddiqui K. S., Hakal M. Depiction of Footwear in Gandhara Art: An Appraisal //Journal of Asian Civilizations. – 2018. – Т. 41. – №. 1.

Rosenfield, John M. The Dynastic Arts of the Kushans. Berkeley: University of California Press, 1967.