Oktabr, 2025-Yil
357
O‘QUVCHILARNI VATANPARVARLIKKA TARBIYALASHDA PEDAGOGIK
IMKONIYATLAR
Kosimbetova Ziywar Esbosinovna
https://doi.org/10.5281/zenodo.17478708
Annotatsiya.
Maqolada o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, vatan va
millat oldidagi mas’uliyat, yuksak burch ekanligi haqida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
vatanparvarlik, vatan, millat, ajdodlar, sharq xalqlari, yurt, targ‘ibot,
tarbiya.
Vatanparvarlik tarbiyasi, milliy o‘zlikni anglash, insonparvarlik, axloqiy va insoniy
fazilatlar, mehnat, aqliy tarbiya, shaxs tarbiyasi va oila, jamiyat haqida A.Tajimuratov,
J.Bazarbayev,
A.Alimov,
T.Saparbayev,
I.Allaniyazov,
R.Torejanova,
P.Abdimuratov,
U.Seytjanova, G.Jumasheva, Z.Kurbaniyazova, A.Bekimbetova, S.Saytbekova, S.Romanova,
G.Bekimbetova, A.Erejepov va boshqa olimlar tomonidan tadqiq etilgan. Mana, biz ushbu
maqolamizda
ushbu
tadqiqotlarga
tayanib
vatanparvarlikka
tarbiyalashda
pedagogik
imkoniyatlarning o‘rni bo‘yicha ilmiy tahlillar olib bordik.
Qadimgi zamon mutafakkiri, mashhur notiq Sitseron "Sevgi haqida barcha tasavvurlarimiz
"Vatan" degan birgina so‘zga birlashgan." Savodli xalqlarning haqiqiy qahramonligi Vatan yo‘lida
qurbon bo‘lishga ham tayyor ekanliklarida, - degan fikri ilmiy pedagogik asarlar juda o‘rinli
keltirilgan. Shunday qarash shoir Sh.Betefiy tomonidan ham tahlil qilinadi. U, hayot men uchun
baridan qimmat, muhabbat hayotdan ham qimmat, lekin elimning erkinligi va ozodligi uchun
kerak bo‘lsa ikkisini ham qurbon qilishga tayyorman, -deb aytgan.
Demak, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan "vatanni sevish iymondan,"- degan hadisning
ostida ham vatanni himoya qilish, unga loyiq bo‘lish, ko‘z qorachig‘idek asrash mazmuni aks
etgan. Agar uzoq tariximizga nazar tashlaydigan bo‘lsak, vatanga sadoqat tuyg‘usi xalqimiz
tomonidan buyuk insoniy fazilat hisoblanganining guvohi bo‘lamiz.
Ota-bobolarimiz orasidan yetishib chiqqan mashhur, ulug‘ insonlarning xulq-atvorlari,
vatan gullab-yashnashi yo‘lida g‘ayrat bilan qilgan ishlari, bizgacha yetib kelgan asarlari va tarixiy
ma’lumotlar orqali bilib olishimiz mumkin. So‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan
chiqarilayotgan farmon va qarorlar ham bevosita ushbu yo‘nalishni yanada takomillashtirish
uchun xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "O‘zbek qadimiy va zamonaviy
adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari" mavzusidagi
xalqaro konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan bayram tabrigida "Adabiyot, san’at va madaniyat
yashasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavol yashaydi," deb ta’kidlagani ham yoshlarimizni
har tomonlama barkamol etib tarbiyalashda adabiyotga e’tibor qaratish muhim ijtimoiy masala
ekanidan dalolat beradi.
Vatanparvarlik tarbiyasining asosiy maqsadi - jamiyatda yuksak ijtimoiy faollik, fuqarolik
mas’uliyati, ma’naviyatni rivojlantirish, davlatni mustahkamlash, uning manfaatlari va
taraqqiyotini ta’minlashdir.
O‘quvchilarga ta’lim berishda ular ongiga fan asoslarini puxta singdirish orqali ham ularni
or-nomusli, iymonli qilib o‘stirish, ijtimoiy hayotdagi har bir hodisaga ongli munosabat
Oktabr, 2025-Yil
358
bildirishga tarbiyalash, egallangan bilim va ko‘nikmalarni hayotda qo‘llash qobiliyatini
o‘stirishdir. Bu jihatdan adabiyot darsi yoshlarni yuksak g‘oyalar ruhida tarbiyalash vositasi
hisoblanadi.
Ta’lim-tarbiya tarixiga nazar tashlar ekanmiz, dastlabki xalq og‘zaki ijodi namunalaridan
tortib, buyuk allomalar ijodigacha yoshlarni mehnatsevar bo‘lib yetishishi, kasb-hunar o‘rganishi,
keksalarni hurmat qilish hamda mehnat orqali insonni kamol toptirish masalalariga alohida e’tibor
berilgan. Tarbiyaga oid progressiv yondashuvlar tarbiyaviy jihatdan e’tiborga loyiq.
Pedagoglarimiz esa maktab o‘quvchilarini ilmli, odobli qilib tarbiyalashi va hunarga
o‘rgatishi kerak, - deb aytib o‘tgan va yoshlarning ma’naviy fazilatlari shakllanishida vatanga
bo‘lgan muhabbatni yuqori baholaydi. Masalan, xalqimiz ozgina so‘z bilan ko‘p ma’no beruvchi
maqol-matallar aytish orqali aytmoqchi bo‘lgan fikrini yetkazgan, Vatan haqida:
Qush qanoti bilan,
Odam elati bilan.
Elga el qo‘shilsa - davlat.
Eldan el ketsa - mehnat.
Dindan chiqsang ham,
Eldan chiqma.
Vatansiz odam,
baxtsiz bulbul.
Demak, insoniyatning kelajak haqidagi rejasi, fikrlari shunday bo‘lishi kerak u eli, xalqi
uchun xizmat qilishga tayyor bo‘lishi lozim. Ulug‘ mutafakkir V.A.Suxomlinskiy aytganidek,
Vatanga foydasiz o‘tgan har bir kun, inson umridagi mazmunsiz o‘tgan kunga teng. Yaqin-
yaqinlarda ham vatanparvarlik - vatan haqidagi barcha yaxshi narsalarni faxrlanishdan iborat
bo‘ladi, vatanparvar inson bo‘lish uchun endi bu narsalar yetarli emas... Vatanparvarlik tuyg‘usini
ajdodlardan meros bo‘lib qolgan zaminni sevish, urf-odatlarni, qadriyatlarni asrash, vatan ravnaqi
uchun sidqidildan mehnat qilib, vatanni dushmanlardan himoya qilish, har qanday qaramlikdan
ozod qilish, hatto zarur bo‘lsa, mustaqilligi uchun jonini ham ayamaslik kabi ezgu g‘oyalar tashkil
etadi. [3] Bu g‘oyalarni o‘quvchilar o‘rni bilan tushuntirishda pedagogik mahorat va o‘rgatish
imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi "O‘zbekistonning yangi
taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida"gi PF-6108-son qarori. J. "Ma’naviyat asoslari" Nukus; "Qoraqalpog‘iston"
nashriyoti, 2009
2.
Ibrohimov. A. Sultonov. X, Jo‘rayev. N "Vatan tuyg‘usi." Toshkent. "O‘zbekiston," 1996.
