Oktabr, 2025-Yil
426
YUQORI SINF O‘QUVCHILARIGA KIMYO FANINI O‘QITISH USULLARI
Yuldashova Mavluda Ibrohimjon qizi
Muhammad al- Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi
Guliston filiali kimyo fani o'qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17488213
Annotatsiya
. Kimyo fani o‘quvchilarga atrof-muhit, moddalar va ularning o‘zaro ta'siri
haqida chuqur tushuncha beruvchi muhim fanlardan biridir. Yuqori sinf o‘quvchilariga kimyoni
o‘qitishda samarali usullarni tanlash, ularning qiziqishini oshirish va ilmiy tafakkurini
rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada yuqori sinf o‘quvchilariga kimyo fanini
o‘qitishning eng samarali usullari ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
kimyoviy modda, tafakkur, yondashuv,tajriba, amaliy mashg‘ulot,
texnologiya, didaktika, metodika, usul, o‘quvchi, o‘qituvchi.
Аннотация.
Химия — один из важных предметов, который формирует у учащихся
глубокое понимание окружающей среды, веществ и их взаимодействия. Выбор
эффективных методов обучения химии старшеклассникам важен для повышения их
интереса и развития научного мышления. В данной статье рассматриваются наиболее
эффективные методы обучения химии старшеклассникам.
Ключевые слова:
химическое вещество, мышление, подход, эксперимент,
практическое обучение, технология, дидактика, методика, метод, студент, учитель.
Abstract.
Chemistry is one of the important subjects that provides students with a deep
understanding of the environment, substances and their interactions. Choosing effective methods
in teaching chemistry to senior students is important in increasing their interest and developing
their scientific thinking. This article reviews the most effective methods of teaching chemistry to
senior students.
Keywords:
chemical substance, thinking, approach, experiment, practical training,
technology, didactics, methodology, method, student, teacher.
Hozirgi kun ta'lim jarayonida yuksak intellektual salohiyatga ega, raqobatbardosh kadrlarni
tayyorlashda pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish-har tomonlama barkamol, yuksak
ma'naviyatli shaxsni shakllanlantirishning istiqbolli yo'llarini izlab topishga alohida e'tibor
qaratilmoqda. Kimyoni o'qitishning eng muhim omillaridan biri, uzluksiz o'quv tizimida yangi
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan ilg'or va boy tajribalarni dars jarayonlarida
qo'llash, jumladan, kimyo fanini o'qitishda o’quvchilarning fanni chuqur bilishlariga erishishning
muhim omillaridan biri, ma'ruzalarda kimyoviy jarayonlarni aks ettiruvchi turli sxema va
jadvallardan, ko'rgazmali qurollardan, maket va kimyoviy moddalardan hamda interfaol
usullardan keng foydalanishdir. Pedagogik texnologiya bu o'qitishga o'ziga xos bo'lgan yangicha-
yo'ndashuvdir. Kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish ko'rsatmalarini amalga oshirish
maqsadida pedagog-olim o'z o’quvchilarining fanni chuqur va puxta o'zlashtirishlari uchun
ma'ruza matnlarini bayon qilishda dars jarayonini tushunarli, oson va qulay usullarda olib borsa,
ularning faolligi va fanga bo'lgan qiziqishi ortadi. Buning uchun ma'ruzalarda butun guruhning
barcha o’quvchilari diqqatini jalb qiluvchi yangicha yondashish, yangi didaktik materiallar
kompleksidan keng foydalanish muhim rol o'ynaydi.
Oktabr, 2025-Yil
427
Kimyo darslarida o`quvchilarda juda ko'p tajribaviy ko'nikmalar shakllanadi. Kimyo
o’qitishning metodlari, shakllari, manbalari o’qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etish, kimyo
o’qitish nazariyasining eng muhim bo’limlari sanaladi. O’qitish metodi falsafiy nuqtai - nazardan
ta’lim jarayonida ta’lim mazmunini harakatlantirish shakli bo’lib hisoblanadi. Agar predmetning
mazmuni fanning didaktik ekvivalenti bo’lib hisoblansa, o’qitish metodlari o’rganilayotgan fan
yoki bilish lozim bo’lgan narsalar metodlarining didaktik ekvivalentidir.
Metodlarni optimal tanlash muammolari mavjud. Unda quyidagilarga e’tibor berish kerak.
1) O’qitishning qonuniyatlari va prinsiplari. 2) O’qitishning maqsad va vazifalari. 3) Shu
fan mazmu nining hamda o’rganilayotgan mavzuning mazmun va uzviy mosligi. 4) Maktab
o’quvchilarning o’qish imkoniyatlari. (yoshi, tayyorgarlik darajasi, sinf jamoasining
xususiyatlari). 5) Tashqi sharoitning o’ziga xosligi. 6) O’qituvchining o’z imkoniyatlari. O’qitish
metodlarining tuzilishi har xil bo’lib, ular ma’lum jarayonning takomillashuvi bilan to’xtovsiz
ravishda o’sib boradi. Bu o’sish jamiyatda madaniyat darajasini o’sishiga bog’liq. Shu sababli
o’qitish metodlarini tartibga solish va klassifikasiyalash zarurati kelib chiqadi. Maktablarda bilim
asoslarini berish lozim.
Kimyo o’qitishning metodlari turli usullarda olib boriladi. Metod – bu «yo’l» demakdir.
U dogmatik, illyustrativ, evristik bo’lishi mumkin.
O’qitishning dogmatik metodi – o’qituvchining materialni og’zaki, ko’rsazma vositalardan
foydalanmay, dalil isbotsiz va faqat o’quvchilarni bu materialni takrorlashga va yod olishgagina
jalb etish bilan bayon qilishdan iborat. O’qitishning ilyustrativ metodi – o’qituvchi o’quvchiga
tayyor bilimlarni tushintirib, har xil xususiy metodlarni qo’llaydi. Ular: o’qituvchining
tushuntirishi, darslik bilan ishlash, magnitafon va hakozolar bilan ishlash.
Bunday ko’rgazmalar eksperiment, modellar, ekran qo’llanmalari tablisalardan
foydalaniladi. O’qituvchi laboratoriya tajribalarini ko’rsatib tushuntirib beradi. Ilyustrativ metodda
o’qituvchi ayrim amaliy mashg’ulotlarni bajarish texnikasi va metodikasini bajarish tartibini
qo’llaganda ham foydalanadi. Bu metod o’quvchilarda minimum bilimlar zapasi yig’ilgach
kengroq qo’llaniladi. O’quvchilarda amaliy o’quv ko’nikmalarini shakllantirish, tajribalarni
bajarib ko’rsatish texnikasini shakllantirishda M: probirkaga eritmani qo’yish, qoshiqchadagi
eritmani bo’g’latish kabilarda tushuntirib ko’rsatish amalga oshiriladi.
O’qitishning illyustrativ metodi – kimyo kursining boshlang’ich qismida ko’p qo’llanadi.
Bu davrda o’quvchilarda ko’nikma va malakalar yetarli bo’lmaydi. Shu davrda o’qituvchi
tajribalarni o’zi ko’rsatib tushintirib beradi. Bu metoddan o’quvchilar tajribalarni mustaqil bajarib
izohlab berishda ham keng foydalaniladilar. O’qitishning evristik metodi - o’quvchilarning o’zlari
qiladigan ish asosida tuziladi, o`quvchilar bevosita o’qituvchining faol ishtiroki ostida kashfiyot
qiladilar. Bu metodning «evristik» degan nomi «tadqiqot» metodi degan so’zdan kelib chiqqan.
Masalan, kaliy yodid eritmasiga kraxmal kleystrini qo’ysak rang sezilmaydi, alohida xlorli suvga
kraxmal kleystrini qo’shsak yana rang o’zgarishi sezilmaydi.
Uch komponentni birgalikda qo’shib aralashtirsak kraxmal ko’k tusga kiradi. Sababini esa
o’quvchilar o’zlari izohlab berishlsri lozim. Bu qisman izlanuvchanlikdir. Izlanuvchanlik metodi
mustaqil ishlash, mustaqil izlanishning bir turi bo’lib hisoblanadi.
O’quvchi nazariy bilimlar to’g’riligini amalda sinab ko’radi. Masalan, eksperimental
masalalar yechishda bu metoddan foydalaniladi.
Oktabr, 2025-Yil
428
Klassifikasiyalash asosiy xarakterga (nisbiy xarakter) ega. Amaliyotda metodlarning bir
nechtasidan bir vaqtda foydalaniladi. Ular o’zaro bog’liqlikka ega. Klassifikasiyada har xil
holatlar asosiy belgi sifatida qabul qilinadi.
Quyida yuqori sinf kimyo darslarida qo‘llashda eng samarali bo’lgan usullarini
keltirmoqchimiz:
1.
Amaliy mashg‘ulotlar kimyo darslarida o‘quvchilarning qiziqishini oshiradi va nazariy
bilimlarni amaliyotda qo‘llash imkonini beradi. Laboratoriya ishlarini o‘tkazish orqali o‘quvchilar
kimyoviy reaksiyalarni ko‘rishadi, tajribalar o‘tkazadilar va natijalarni tahlil qilishni o‘rganadilar.
Bu usul, shuningdek, xavfsizlik qoidalarini tushuntirish va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishda
ham muhimdir.
2.
Interaktiv darslar o‘quvchilarning faol ishtirokini ta'minlaydi. O‘yinlar, guruhli
muhokamalar va rol o‘yinlari orqali o‘quvchilar kimyo fanining asosiy tushunchalarini qiziqarli
shaklda o‘zlashtiradilar. Masalan, kimyoviy elementlar yoki birikmalar haqida ma'lumot berishda
interaktiv taqdimotlar va vizual materiallardan foydalanish samarali bo‘ladi.
3.
Proyekt asosidagi o‘qitish o‘quvchilarga muayyan kimyoviy muammolarni hal qilish yoki
tadqiqotlar olib borish imkonini beradi. O‘quvchilar jamoa bo‘lib ishlashadi, ilmiy tadqiqotlar olib
boradilar va natijalarni taqdim etadilar. Bu usul o‘quvchilarning ijodkorligini, muammolarni hal
qilish qobiliyatini va jamoaviy ish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
4.
Zamonaviy texnologiyalar, masalan, virtual laboratoriyalar, simulyatsiyalar va onlayn
resurslar kimyo darslarini yanada qiziqarli va samarali qiladi. O‘quvchilar internet orqali turli xil
tajribalarni ko‘rishlari yoki simulyatsiyalar yordamida kimyoviy jarayonlarni o‘rganishlari
mumkin. Bu usul, ayniqsa, laboratoriya sharoitlari cheklangan bo‘lgan holatlarda foydalidir.
5.
Kontekstual o‘qitish usuli o‘quvchilarga kimyo fanining kundalik hayotdagi ahamiyatini
tushuntirishga yordam beradi. Misol uchun, kimyoviy reaktsiyalarni oziq-ovqat, toza suv yoki
atrof-muhit masalalari bilan bog‘lab tushuntirish, o‘quvchilarning qiziqishini oshiradi va ularning
bilimlarini amaliyotga tatbiq etishga imkon beradi.
6.
Har bir o‘quvchi o‘ziga xos tarzda o‘rganadi, shuning uchun darslarni turli darajadagi
qobiliyatlar va qiziqishlarga moslashtirish muhimdir. Differensial o‘qitish usuli orqali o‘qituvchi
har bir o‘quvchining ehtiyojlariga qarab turli xil materiallar va faoliyatlarni taklif etishi mumkin.
Bu usul barcha o‘quvchilar uchun muvaffaqiyatli ta'lim olish imkoniyatini yaratadi.
XULOSA.
Yuqori sinf o‘quvchilariga kimyo fanini o‘qitishda zamonaviy va interaktiv
usullarni qo‘llash muhimdir. Amaliy mashg‘ulotlar, interaktiv darslar, loyiha asosidagi o‘qitish,
texnologiyalarni qo‘llash, kontekstual o‘qitish va differensial yondashuvlar orqali o‘quvchilarning
qiziqishi oshadi va ularning ilmiy tafakkuri rivojlanadi. O'qituvchilar bu usullarni birlashtirib,
talabalar uchun qiziqarli va samarali ta'lim jarayonini yaratishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Abdullaev SH.V., Muxitdinova D.X. «Kimyo o’qitish metodikasi»dan metodik qo’llanma. -
Namangan, 2003.
2.
Umumiy O’rta ta'lim davlat ta'lim standarti va o’quv dasturi. Toshkеnt, 1999, 3-son
3.
N. Borisov. Ximiya o’qitish mеtodikasi. Toshkеnt, 1958.
4.
Z.Azimova. “Kimyo darslarida o’quvchilarga ekologik ta'lim-tarbiya bеrish” T.: 1995.
Oktabr, 2025-Yil
429
5.
X.T.Omonov., M.N.Mirvoxidova. “Kimyo o’qitish mеtodikasi” ma'ruzalar matni. 2001.
6.
Mamajanov SH.A. Pedagogika ta’lim muassasalari«Kimyo va uni o’qitish metodikasi»
bosqichining tuzilishi va mazmuni.: Avtoref. dis. … kand. ped. nauk. – Farg’ona: FDU,
2003. – B. 22
