592
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING INTELLEKTUAL
KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH TIZIMI MODELI
Abduraxmonova Noila Nasim qizi
Guliston davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
+99899-002-72-53.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17477629
Annontatsiya.
Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining
intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish tizimi modeli mazmuni yoritilgan bo‘lib, model tarkibi,
mezonlari, bloklar mazmuni keng yoritib berilgan. Shuningdek, bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalasini rivojlantirish jarayonida qo‘llanuvchi samarali
metodika va texnologiya namunalari ham keltirilgan. Xulosa va tavsiya qismida esa kerakli
tavsiyaviy xulosalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
o‘qituvchi, mezon, intellekt, ko‘nikma, dastur, model, xorijiy tajriba, ta’lim
samaradorligi, talaba, dars jarayoni, reproduktiv, algoritmik.
МОДЕЛЬ СИСТЕМЫ РАЗВИТИЯ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫХ СПОСОБНОСТЕЙ
БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ
Аннотация.
В статье раскрывается содержание модели системы развития
интеллектуальных способностей будущих учителей начальной школы, подробно
освещаются структура, критерии и содержание блоков модели. Приводятся примеры
эффективных методик и технологий, используемых в процессе развития
интеллектуальных способностей будущих учителей начальной школы. В заключении и
рекомендациях даны необходимые рекомендации.
Ключевые слова:
учитель, критерий, интеллект, способности, программа, модель,
зарубежный опыт, образовательная эффективность, ученик, процесс урока,
репродуктивный, алгоритмический.
MODEL OF A SYSTEM FOR DEVELOPING INTELLECTUAL SKILLS OF FUTURE
PRIMARY TEACHERS
Annotation.
This article covers the content of the model of the system for developing
intellectual skills of future primary school teachers, and the structure, criteria, and content of the
blocks of the model are widely covered. Also, examples of effective methodologies and
technologies used in the process of developing intellectual skills of future primary school
teachers are presented. The conclusion and recommendations provide the necessary
recommendations.
Keywords:
teacher, criterion, intellect, skills, program, model, foreign experience,
educational effectiveness, student, lesson process, reproductive, algorithmic.
Kirish.
Jahon ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida bo‘lajak boshlang‘ich
sinfo‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish,
ta’lim jarayonini modellashtirish, loyihalashtirishga tayyorgarlikni takomillashtirish, kasbiy
sifatlar va kompetensiyalarni faoliyatli yondashuvlar asosida rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-
tadqiqotlar olib borilmoqda. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik
tayyorgarligini xalqaro malaka talablari asosida rivojlantirib boorish, ta’lim sifatini ko‘tarish,
amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirish darajasi diagnostikasini olib boorish, modulli ta’limni
yo‘lga qo‘yish, intellektual kommunikativlikni faollashtirish metodikasini takomillashtirish,
593
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining verbal ko‘nikmalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlarga
alohida e’tibor berilmoqda.
Respublikamizda so‘nggi yillarda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektual
ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish, boshlang‘ich sinflarda ta’lim
jarayonini axborot texnologiyalari vositalaridan foydalangan holda tashkil etish, kompetent
mutaxassis va kasbiy kompetensiyasini rivojlantirib, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashning
huquqiy-me’yoriy asoslari yaratilmoqda. Bugungi kunda respublikamizda “Oliy ta’lim bilan
qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va ta’lim sifatini oshirish”[1] ustuvor vazifa sifatida
belgilangan. Natijada, barcha sohalar uchun zaruur yetakchi kadrlar tayyorlash, xususan,
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish
metodikasini tashomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari kengaydi.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.
Yu.S.Manuylov fikricha tarbiyaviy-ta’limiy muhitni
“tashkil etish jarayoni, barcha ishtirokchilarning o‘zaro aloqalari orqali, ta
’
lim oluvchining
hayot tarzi modeli bilan bog‘liq bo‘lgan, muayyan pedagogik jihatdan shakllantirilgan hayot
tarzi ustuvor bo
‘
lgan muhitning bir qismi
”
[3] sifatida qaragan. Modellashtirish jarayoni
tadqiqotda “belgilangan maqsadlar va kelajakdagi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining
intellektual rivojlantirishga bo‘lgan metodik tayyorgarligini yaxshilash zarurati bilan bog‘liqdir.
Bu jarayon, o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatini samarali tashkil etish va
o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan strategiyalarni ishlab
chiqishni taqozo etadi. Bizning tadqiqot ishimizning maqsadiga ko‘ra ushbu model tadqiqot
ob’ektining haqiqiy va prognozlashtiriladigan holati to‘g‘risidagi tasavvurlar majmuini”[6]
tavsiflaydigan fikriy jadval-mazmunli model hisoblanadi.
Tadqiqot maqsadiga erishish uchun modelni pedagogik loyihalashda biz N.V.Kuzmina,
V.P.Simonov va boshqa pedagogik olimlarning ilmiy ishlarida ifodalangan pedagogik
tizimlarning nazariy asoslariga tayandik. Bo‘lajak o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini
takomillashtirish masalalari B.S.Abdullayeva, A.AAbduqodirov, R.G.Isyanov, N.Sh.Ruziqulova.
A.A.Urazimbetova, B.L.Axmedova, R.A.Mavlonova, A.Xoliqovlar bo‘lajak o‘qituvchilarning
intellektual ko‘nikmalarini rivojlanishi bo‘yicha B.Begalov, U.X.To‘raqulovlar, Sh.
Abdurahmonova tomonidan tadqiqotlar olib borilgan.
Mustaqil davlar hamdo‘stligi malakatlarida bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual
ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha G.T.Abdullina,
O.V.Baxtina,
N.N.Golovina,
N.P.Goncharuk,
S.A.Lapteva,
R.S.Nemov,
J.Piaje,
S.L.Rubenshteyn,
Z.V.Sizensova,
M.A.Xolodnaya,
V.D.Shadrikov,
G.I.Shornikovalar
tomoonidan tadqiqoqtlar olib borilgan.
Xorijlik olimlar R.K.Blank, Marshal Kavendish, H.B.Goznalez, J.J.Kuenzi, Wardat
Yousef, Belbase Shashidhar, Tairab Hassan, Pavneet Kaur Bhara bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtrishga doir
tadqiqotlar olib borishgan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqotning modelidan maqsad, pedagogik jarayon va
natijani ochib berishga xizmat qilishdir. “Modelda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining
intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish jarayonini samarali
tashkil etish uchun tanlangan yondashuvlar va shart-sharoitlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik
ko‘rsatilgan.
594
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
Maqsadga qaratilganlik bloki doirasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining
intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid takliflar va
tavsiyalar ishlab chiqish belgilangan.
Modelning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish
metodikasini takomillashtirishni chuqur o‘rganish.
2.
Ushbu metodikaning takomillashtirilishi uchun yo‘nalishlarni aniqlash.
3.
Takomillashtirish jarayonidagi bosqichlarni belgilash.
4.
Oliy ta’lim muassasalarida motivatsion muhitni yaxshilash orqali metodikaning
samaradorligini oshirish.
Ushbu model asosida pedagogik jarayon va uning natijalarini tahlil qilish mumkin.
Talabalarning intellektual ko
‘
nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish
jarayonini samarali tashkil etish, tanlangan yondashuvlar va shart-sharoitlar bilan muvofiqligini
ta
’
minlaydi.
Biz ishlab chiqqan modeli moslashuvchanlik, amaliyot bilan bog‘liqlik, ko‘rgazmalilik
,
tarbiya va rivojlantiruvchi ta’lim kabi tamoyillardan foydalanilgan.
Moslashuvchanlik tamoyili
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektual
ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishda o‘qitilayotgan fanlar mazmuni
xalqaro baholash talablariga mosligini ta’minlashdan iborat
.
Amaliyot bilan bog‘liqlik tamoyili
nazariya va amaliyot birligini puxta o‘zlashtirib, o‘quv
materialini idrok qilish va uni amaliyotda qo‘llay olishni, mustaxkamlash va esda saqlab qolish
kabi jarayonlar bilan bir butunni tashkil qiladi.
Pedagog L.Gil fikricha:
“Ko‘rgazmalilik tamoyili
o‘qitish jarayonini sifatini oshirish va
talabalarning bilim olishlarini osonlashtirishni nazarda tutadi,
tarbiya va rivojlantiruvchi ta’lim
tamoyillarining
maqsadi kognitiv rivojlanish bilan shaxsiy fazilatlarini tarbiyalashni”nazarda
tutadi.
“
Tizimli
yondashuv
.
Bu
yondashuv
Bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual
ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish jarayonini yaxlit tizim sifatida
belgilaydi.
Faoliyatli yondashuv
o‘qituvchining innovatsion faoliyati va talabaning faol o‘quv –
biluv faoliyatini hamda Bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish
metodikasini takomillashtirish maqsadini tanlash va faoliyatni rejalashtirish, tashkil etish va
tartibga solish, nazorat qilish, o‘z-o‘zini tahlil qilish va faoliyat natijalarini baholashga
o‘rgatishni” nazarda tutadi.
Integrativ yondashuv
o‘z ichiga yondashuvlar integratsiyasi, o‘qituvchi va talaba faoliyati
integratsiyasini qamrab oladi.
Innovatsion yondashuvda
ta’lim samaradorligini oshirishda foydalaniladigan maqsad,
mazmun, metod, vosita va natijalardagi yangiliklarni takomillashtirishga imkon beradi.
Mazmunga qaratilgan blokda Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektual
ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish
bosqichlari berilgan.
1.
“Fundamental bosqich:
Talabalarning intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish
maqsadida, mavjud adabiyotlar bazasini, shuningdek, tegishli qaror va farmoyishlarni o‘rganish
va tahlil qilish zarur. Ta’lim samaradorligini oshirishda bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini yaxshilashga oid adabiyotlar, so‘rovnomalar va
595
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
Milliy o‘quv dasturlarini”[8] chuqur tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon, ta’lim
jarayonining sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy va amaliy yondashuvlarni aniqlashda yordam
beradi.
2.
Motivatsion bosqich:
Bu bosqichda talabalarning intellektual ko'nikmalarini
rivojlantirishga qiziqishi va ehtiyoji shakllantiriladi. Buning uchun ularga metodik qo'llanmalar,
ilmiy maqolalar va boshqa manbalar taqdim etiladi. Ushbu manbalar orqali talabalar intellektual
ko'nikmalarining ahamiyati va ularni rivojlantirish usullari haqida ma'lumotga ega bo'ladilar.
O'qitish jarayonida olingan bilimlarning amaliy qo'llanilishini ko'rsatib berish orqali
talabalarning motivatsiyasi oshiriladi. Ta'lim sifati tahlili asosida o'quv materiallari mazmuni
doimiy ravishda takomillashtirilib boriladi.
3.
Kognitiv bosqich:
Ushbu bosqich talabalarning intellektual ko'nikmalarini amalda
qo'llash qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan. Talabalarga turli xil topshiriqlar, testlar va
intellektual mashqlar beriladi. Bu mashqlar kontent va kognitiv sohalarni qamrab oladi.
Multimediali elektron darsliklar orqali talabalar mavzuni chuqurroq o'rganish va
ko'nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Topshiriqlarning murakkablik
darajasi asta-sekin oshirib boriladi.
4.
Kreativ bosqich:
Bu bosqichda talabalarning ijodiy fikrlash qobiliyati rivojlantiriladi.
Ularga standart va nostandart vaziyatlarda olingan bilimlarni qo'llashga oid topshiriqlar
beriladi. Talabalar vaziyatni tahlil qilish, “muammolarni aniqlash va ularni hal qilishning
kreativ yechimlarini topish ko'nikmalarini egallaydilar. O'qituvchi talabalarning ijodiy
yondashuvini rag'batlantiradi va ularga kerakli ko'makni beradi.
5.
Jarayonli bosqich:
Talabalarning hayotiy va o‘quv faoliyati davomida egallangan bilimlarni ongli ravishda
qo‘llay olish ko‘nikmalarini rivojlantirish”[5]. Talabalarning axborotlashgan jamiyat talablari
bo‘yicha hayotiy va o‘quv faoliyatlari davomida egallangan bilimlarni qo‘llay olish jarayonida
faolligini ta’minlash, faoliyatlarining samaradorligini baholay olish va talabalarni intellektual
ko‘nikmalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtiruvchi topshiriqlar mohiyatini
o‘zlashtirishga bosqichma-bosqich tayyorlash.
Protsessual faoliyat bloki.
Ushbu blok talabalarning o'quv faoliyatini tashkil etishga
qaratilgan bo'lib, o'quv jarayonining barcha elementlari va yo'nalishlarini qamrab oladi.
“Jumladan, darslarni loyihalashtirish, o'quv jarayonini tashkil etish usullari, qo'llaniladigan
metodlar, taqdim etiladigan o'quv materiallarining xalqaro standartlarga muvofiqligi, topshiriqlar
mazmuni, o'quv jarayoni ishtirokchilarining faolligi, diagnostika va korreksiyalash kabi
komponentlar o'z ichiga oladi.
Tahlil va natijalar.
Bo'lajak boshlang'ich sinf” o'qituvchilarining intellektual
ko'nikmalarini rivojlantirish metodikasini optimallashtirish maqsadida quyidagi didaktik
sharoitlarni yaratish maqsadga muvofiqdir:
1. Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim muhitini yaratish: Bu muhit talabalarning intellektual
ko'nikmalarini rivojlantirishga metodik tayyorgarligini oshiradigan topshiriqlarni bajarish
bo'yicha ko'nikmalarni shakllantirishga yo'naltirilgan bo'lishi lozim. Bunda ijodiy izlanishlar
rag'batlantiriladi va o'quv jarayoni real hayotiy vaziyatlar bilan bog'lanadi. Talabalarga
o'quvchilarni intellektual rivojlantirishga metodik tayyorlash bo'yicha topshiriqlarni samarali
bajarish uchun optimal usullar va sharoitlar yaratiladi.
2. O'quv axborotini tizimlashtirish va taqdim etish: Talabalarning intellektual
ko'nikmalarini rivojlantirishga metodik tayyorgarligini oshiradigan topshiriqlarni bajarish
596
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
bo'yicha ko'nikmalarni shakllantirish uchun zarur bo'lgan o'quv axborotini tanlash, strukturaviy
va tizimli ravishda qayta ishlash hamda taqdim etish imkoniyatlari “ta'minlanadi.
1.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasini monitoring qilish va korreksiyalash:
Talabalarning axborot bilan ishlash kompetensiyasining rivojlanish dinamikasi muntazam
ravishda monitoring qilinadi. Olingan natijalar asosida o'quv jarayoniga” tegishli tuzatishlar
kiritiladi.
Ta’limning guruh va individual tashkiliy shakllari yuzasidan ko‘plab ilmiy adabiyotlarda
pedagogik izlanishlar natijalari bayon etilgan. Biz ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilar faoliyatini
tashkil etishda klasterlarni o‘zaro bog‘langan guruhlarda ma’lum ish faoliyatiga ixtisoslashgan
tegishli tarmoqdagi guruhlar sifatida tahlil qilindi.
Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining o'quv topshiriqlarining intensiv majmuasi
topshiriqlar tarkibidagi konteksitiga bog'liq. Bu intensiv topshiriqlar majmui qisqa vaqt ichida
ko'p miqdorda topshiriqlarnio’quvchilarga berish va cheklangan vaqt davomida ularni tezkor
bajarishlari nazarda tutiladi. Shuningdek, yuqori murakkablikdagi topshiriqlar shu majmua
tarkibida bo’lsa ularning sonini kamaytirish, lekin har bir topshiriq o'quvchidan chuqur fikrlash,
tahlil qilish, mustaqil izlanish va boshqa yuqori darajadagi kognitiv funksiyalarni talab qiladi.
Intensiv topshiriqlar majmui tarkibida turli xil topshiriqlarning kombinatsiyasi va yozma,
og'zaki, amaliy, ijodkorlikka oid bo’lishi, shu bilan bir qatorda o‘quvchilarning qiziqishini
oshirish, ta’lim sifatining samarali bo’lishini taqozo qiladi. Takrorlanuvchi topshiriqlar: Ba'zi
hollarda, intensiv majmua bir xil yoki o'xshash topshiriqlarning takrorlanuvchi ketma-ketligini
bildirishi mumkin. Bu usul bilimlarni mustahkamlash va avtomatlashtirishga qaratilgan.
Biz tomonimizdan ishlab chiqilgan intensiv topshiriqlarning majmuaidan foydalanishning
bir qator afzalliklari bor. Bular: ma’lumotlarni tez o'rganish va bilimlarni mustahkamlash; o’quv
materiali mazmunini chuqur anglash va nutqiy ko’nikmalarning rivojlanishi; o'quv jarayonini
qiziqarli tashkil etish.
Shulardan kelib chiqib, intensiv topshiriqlarni ta’lim jarayonida qo‘llashda ta’lim
oluvchilarning yoshi, bilimi, qobiliyatlari va individual xususiyatlarini hisobga olish ya’ni
beriladigan topshiriqlarni bosqichma-bosqich murakkablashtirish va ta’lim oluvchilarni qo'llab-
quvvatlash muhimdir. Intensiv majmuaning samaradorligi topshiriqlarning saviyasiga, o'quv
maqsadlariga mosligiga hamda o'quv jarayonini tashkil etishning o‘ziga xos uslubiga qaratilgan.
“Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish
metodikasini takomillashtirish jarayonini samarali olib borishga xizmat qiluvchi metodlar
yordamida amalga oshiriladi”. Qo‘llanilgan metodlar muloqot, talabalarda o‘z bilimlarini
faollashtirish, mustaqil fikrini bayon etish, yaakuniy xulosalar chiqara olish hamda
umumlashtirish yordamida yangi bilimlarni o’rganishga erishish, o‘rganilgan bilimlarni hayotda
qo‘llay olish, mulohazali fikrlar yurita olishlariga ko‘mak berish uchun “Flipped-learning”,
“Muammoli ta’lim”,
“Loyiha ishi”, “Interaktiv o‘yinlar” texnologiyalaridan foydalanildi.
Biz tomonimizdan aniqlangan mezon va ko‘rsatkichlar yordamida bo‘lajak boshlang‘ich
sinf o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirishni takomillashtirishning 3 ta
darajasi aniqlandi: reproduktiv, algoritmik, ijodiy.
Xulosa va takliflar:
Olib borilgan tadqiqotlar natijasida shunday xulosaga kelindi:
o'quvchilarning “intellektual rivojlanishiga ko'maklashuvchi metodikalardan samarali
foydalanishning asosi ilmiy manbalarni chuqur tahlil qilish va topshiriqlarning mazmun-
mohiyati, shuningdek, ularning funksional vazifalarini adekvat tushunishdan iboratdir”.
597
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
Shu sababli, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining intellektual ko'nikmalarini
rivojlantirish metodikasini takomillashtirish jarayonida mazkur metodikaning mazmuniy,
kognitiv va funksional aspektlarini ongli ravishda o'zlashtirish muhim ahamiyatga ega. Bu
ularning o'zlashtirilgan bilimlarni real hayotiy vaziyatlarda adekvat qo'llay olish imkoniyatini
oshiradi.
Tadqiqotimiz davomida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual
ko‘nikmalarini rivojlantirish takomillashtirish maqsadida Ona tili o‘qitish metodikasi faniga
asoslangan elektron multimediali resurs yaratildi, bunda har bir bo‘lg‘usi o‘qituvchilar bilishlari
kerak bo‘lgan mavzular, qiziqarli topshiriqlar, testlar, didaktik manbalar, dars ishlanma
namunalari keng yoritilib berilgan. Bu elektron resurs darsda qo‘llash uchun metodik qurol
sifatida tavsiya etiladi. Oxirgi bosqichda o‘rganilgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishlari
lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi «Taʼlim toʻgʻrisida»gi Qonuni (yangi tahrir). – 2020-yil 23-
sentabr.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston
Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida” PF-5847-son.
3.
Adizov B “Boshlang‘ich ta’limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari”
Ped.fan.dok.disser. T.,2003 yil (276 bet)
4.
Сельмурзаева, Марижа Рамзановна Формирование профессионально-этич еской
культуры будущего учителя начальных классов :автореферат дис. ... кандидата
педагогических
наук
:
5.8.7.
Грозный
2022.
http://dlib.rsl.ru/rsl01011000000/rsl01011131000/rsl01011131860/rsl01011131860.pdf
5.
Abduraxmonova N.N. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini metodik tayyorgarligini
takomillashtirish muammosining pedagogik zaruriyati // Science and innovation
international scientific journal volume 1 Issue 8 UIF-2022: 8.2\ISSN:2181-3337.2114-
2121 betlar.
6.
http://scientists.uz/view.php?id=3348http://scientists.uz/uploads/202208/B-432.pdf
7.
Abdurakhmanova N.N. Structural and substantive features of improving the
methodological preparation of future elementary school teachers for the intellectual
development of students
//
The field of scientific research International scientific-
online conference Part 4 November 30
th
Colletions of scientific works Warsaw 2022. /
115-121 betlar.
https://interonconf.org/index.php/pol/article/download/646/607/595
8.
Abduraxmonova N.N. Ona tili o’qitish metodikasi., Elektron ta’lim platformasi (Oliy o’quv
yurtlarining boshlang‘ich ta’lim yo’nalishi talabalari uchun). DGU 202401508
9.
Гиль Л. Б. Развитие интеллектуальных умений и способности к саморазвитию
студентов технического вуза в процессе математической подготовки, дис. ... кaнд.
пeд. нaук: 13.00.08/ Гиль Людмила Болеславна. – Томск, 2010. – 196 c.
http://www.dslib.net/i/b/2579/378317.png
