650
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
FALSAFIY G’OYALAR VA NAZARIYALAR: ASOSIY YO’NALISHLARI VA
VAZIFALARI
Habibullayeva Xadicha Sherzod qizi
Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-davolash ishi fakulteti.
Xadichahabibullayeva1@gmail.com
Tel: +99893 874 43 08
Xudoyberdiyev Rashid Zokir o’g’li
Universitet assisenti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17496672
Annotatsiya.
Ushbu maqolada falsafa fanini mohiyati, falsafiy g’oyalar va nazariyalar,
falsafa faning yo’nalishlari, vazifalari ya’ni yoshlarni zamonaviy fan yutuqlariga asoslangan
falsafiy bilimlar bilan qurollashtirish hamda ularda o’z o’zini anglash, falsafiy mushohada qilish
va to’g’ri fikrlash mahorati, ko’nikma va maklakalarini shaklantirishdan iborat.
Kalit so’zlar:
falsafa, g’oya, nazariya, yo’nalish, bioetika, materializm, idealism,
dualism, ekzistensializm, tibbiy etika, metodologiyalar.
Dolzarbligi:
Hozirgi davrda insoniyat hayoti, tafakkuri va jamiyatdagi o’zgarishlar juda
tez sur’atlarda kechmoqda. Falsafa inson tafakkurini shakllantiradi, uni atrof muhit, jamiyat va
o’z hayoti haqida chuqurroq o’ylashga o’rgatadi. Falsafiy nazariyalar orqali biz borliqning
mohiyatini, inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlarni, jamiyat taraqqiyotining yo’nalishlarini
tushunamiz. Bugungi kunda dunyoda yuz berayotgan siyosiy, ma’naviy va axloqiy inqirozlar,
atrof-muhit muammolari ham falsafiy tahlilni talab qiladi.
KIRISH
Falsafa – bu odam dunyoqarashining shakli, balki ijtimoiy ong shakli, odamlar borlig’i va
bilishining umumiy tamoyillari, ularning dunyoga munosabati aks etuvchi, tabiat, jamiyat va
tafakkurning eng umumiy qonunlari kashf etiluvchi va ta’riflanuvchi ma’naviy faoliyatdir. Ya’ni
bu dunyoga va insonning undagi o’rniga nisbatan qarashlarning umumiy tizimidir. Tibbiyot
sohasida falsafaning ahamiyati inson va uning hayoti, sog’ligi va axloqiy masalalarni
tushunishda muhim rol o’ynaydi.
Falsafiy yo’nalishlar dunyo ibtidosining tabiati to’g’risidagi masalada u moddiy yoki
g’oyaviy yagona substansiya – monizm, teng huquqli mustaqil (moddiy va ruhiy) – dualizm,
ko’pchilik substansiyalardan iborat plyuralizm deb e’tirof etiladiganlarga bo’linadi. Falsafa
tarixida dualizmning eng mashhur vakili fransuz faylasufi R.Dekart, plyuralizmniki nemis
faylasufi G. Leybnis bo’lgan.
Monizm
falsafa tarixida ikki
: materialistik
va
idealistik
shaklda mavjud.
Materializm
ruhiy ibtidoga qadar ham va unga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan
tabiat, moddiy substansiya birlamchiligidan kelib chiqadi.
Idealizm
ruh va ong birlamchiligidan, shaxsiy ong (subyektiv idealizm) yoki shaxsdan
tashqari ruhning mutlaq g’oyaligi (obyektiv idealizm)dan kelib chiqadi. Xitoy faylasufi Van Yan
Min, ingliz yepiskopi D. Berkli, «esse-percipl» (lat.mavjud bo’lmoq - demak idrok qilinadi)
prinsipini ilgari surgan nemis faylasufi I.Fixte subyektiv idealizmning yirik namoyandalari
edilar. Empiriokritisizm, neopozitivizm, neokantchilik va boshqa qator falsafiy maktablar
subyektiv idealizm prinsiplariga asoslangan. Qadimgi hind falsafasidagi braxmanizm va
vedantizm, yunon faylasufi Aflotun, xitoy faylasufi Chju Si, nemis faylasuflari Shelling, Xegel,
neotomizm kabilarning falsafiy tizimlari obyektiv idealizmga mansubdir.
651
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
Agar dunyoni bilish mumkinligi to’g’risidagi masalani oladigan bo’lsak, undagi
faylasuflar haqiqiy bilimga erishish mumkinligini e’tirof etuvchi va uni inkor qiluvchilarga
bo’linadi. Uni inkor qiluvchilar yo’nalishi
agnostisizm
degan nom oldi. Falsafiy yo’nalishlarni
bilish usullariga ko’ra, empirizm, rasionalizm va irrasionalizmga bo’lish mumkin.
Dialektika
(tafakkur metodini narsa va hodisalarni o’zaro bog’liqlikda va rivojlanishda deb qarovchi)yoki
metafizika (tafakkur metodini narsa va hodisalar umumiy bog’liqlikdan tashqarida, o’z-o’zidan
sifat jihatidan rivojlanmaydi deb qarovchi) mavqyeiga ega faylasuflar ham farqlanadi.
Falsafa bir necha funksiyalar (vazifalar) ni bajaradi. Ular orasida eng asosiylari:
1. Dunyoqarashlik funksiyasi. Falsafiy bilimlarning asosiy xususiyati bo’lib, insonni
borliq, materiya, tabiat, jamiyat, inson, inson ongi va tafakkuri, insonni dunyoning bilish
haqidagi eng umumiy qarashlari bilimi bilan qurollantiradi.
2. Metodologik funksiyasi. Falsafa boshqa fanlardan farqli o’laroq tabiat, jamiyat va
inson tafakkurining eng umumiy qonunlari haqidagi fandir. Falsafa metodologiya sifatida
tibbiyot ilmi taraqqiyotining konkret tarixiy sharoitlari bilan qonuniyatli aloqasini tushunishga,
ilmiy kashfiyotlar va ularning tadbiq etilishini ijtimoiy qiymatini va umumiy istiqbolini
chuqurroq a nglashga yordam beradi.
3. Gnoseologik funksiyasi. Falsafa dunyoni bilish asosida uni o’zgarishida insonni faol
faoliyat ko’rsatishga undaydi. Falsafa amaliy va nazariy masalalarni hal qilishda katta rol
o’ynaydi. Bularning barchasida falsafaning gnoseologik funksiyasida namoyon bo’ladi.
4. Ijtimoiy funksiyasi. Falsafa insonning ijtimoiy tabiatini va mohiyatini ochib berish
bilan birga, u insonning tabiatga munosabatini, jamiyatning tabiat bilan uzviy bog’liqligini
ko’rsatib beradi, shuningdek insonning tabiatga g’amxo’rlik bilan munosabatda bhlishini
o’rgatadi.
5. Evristik funksiyasi (“evrika” grekcha so’z bo’lib, kashf etish, degan ma’noni
anglatadi) gnoseologik vazifasi bilan bog’liq bo’lib, tabiat, jamiyat va inson tafakkuri
rivojlanishining umumiy yangi qonuniyatlarini kashf etishni xarakterlaydi.
6. Praksiologik funksiyasi falsafiy g’oya va nazariyaning ijtimoiy hayotga amaliy tat
7. Integrativ funksiyasi fan bilan chambarchas bog’liq. Real borliqning yangi va yangi
obyektlari va hodisalari inson nazariy tadqiqotlari sohasidan o’rin olishi, shuningdek ilgari
ma’lum darajada anglab yetilgan narsalar va hodisalarni yanada chuqurroq o’rganishga bo’lgan
ehtiyoj ilmiy bilim o’z rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq tabaqalanishiga turtki beradi.
8. Tarbiyaviy funksiyasi. Bu funksiyasi kishining aqliy jihatdan kamol topishida, nazariy
tafakkurning qaror topishida, jamiyatning yetuk kishisi bo’lib yetishishida yuksak g’oyaviy
mustahkam e’tiqod ruhida tarbiyalashda, ilmiy dunyoqarashni qaror toptirishda muhim rol
o’ynaydi. Umuman falsafani o’rganish va chuqur egallash har bir bo’lg’usi mutaxassisning
tafakkur doirasini va faol hayotiy pozisiyasini tarbiyalaydi. biq etilishi bilan izohlanadi.
Xulosa qilib aytganda, falsafa tafakkur rivojining buyuk yutug’i va insoniyat ma’naviy
yuksalishining muhim omilidir. U kishilarning olamni bilishi, jamiyatning yuksalishi,
odamlarning mahoratini namoyon qilishi, inson qadriyatlarining yuksaklikka ko’tarilishi bilan
bog’liq. Bugun yurtimizda yangi tarixiy davr boshlandi.’’Yangi o’zbekiston-yangicha
dunyoqarash’’g’oyasi ostida mamlakatimizda uchinchi renasans poydevori qurilmoqda. Uning
tom ma’noda tashabbuskori O’zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevdir.Yangilanayotgan
O’zbekistonda falsafiy tafakkur ham yangilanmoqda.
652
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
2.
Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021.
3.
G‘ofurov A. va boshq. Falsafa: O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: O‘zbekiston milliy
ensiklopediyasi, 2020.
4.
Abdullayev Q., Yo‘ldoshev S. Falsafa asoslari. – Toshkent: Fan, 2019.
5.
Kant I. Sof aql tanqidi. – Toshkent: Ma’naviyat, 2007.
6.
Xegel G.V.F. Ruh fenomenologiyasi. – Moskva: Mysl, 2000 (o‘zbekcha tarjima nashridan).
7.
Dekart R. Fikrlar to‘g‘risida risola. – Toshkent: Fan, 2015.
8.
Internet manbalari:www.ziyonet. uz
