Authors

  • Kamola Lutfullayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.138322

Abstract

Zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilarning bilim darajasini oshirish bilan bir qatorda, ularni mustaqil fikrlaydigan, ijodkor va tashabbuskor shaxs sifatida tarbiyalash muhim o‘rin tutadi. “Ziyo Zukko” umumta’lim maktabi aynan shunday yondashuvni o‘z faoliyatining markaziga qo‘ygan. Ayniqsa, ingliz tili faniga alohida e’tibor qaratilib, darslar zamonaviy va interaktiv usullar asosida tashkil etilmoqda.

background image

653

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

ZIYO ZUKKO UMUMTA’LIM MAKTABIDA INTERAKTIV DARSLAR VA

XALQARO NATIJALAR

Kamola Lutfullayeva

“Ziyo Zukko” ingliz tili o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17496691

Zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilarning bilim darajasini oshirish bilan bir qatorda,

ularni mustaqil fikrlaydigan, ijodkor va tashabbuskor shaxs sifatida tarbiyalash muhim o‘rin
tutadi. “Ziyo Zukko” umumta’lim maktabi aynan shunday yondashuvni o‘z faoliyatining
markaziga qo‘ygan. Ayniqsa, ingliz tili faniga alohida e’tibor qaratilib, darslar zamonaviy va
interaktiv usullar asosida tashkil etilmoqda.

Ingliz tili darslarida interaktiv yondashuv

Bugungi kunda ingliz tili — dunyo bilan muloqot, zamonaviy fan va texnologiyalarni

o‘zlashtirish kalitidir. “Ziyo Zukko” maktabida ingliz tili darslari an’anaviy yodlash yoki
grammatik mashqlargagina asoslanmaydi. Aksincha, o‘quvchilar dars jarayonida faol ishtirok
etadilar, o‘z fikrlarini erkin ifoda etishni o‘rganadilar. O‘qituvchilar interaktiv metodlardan —
debate, role-play, storytelling, brainstorming va project-based learning kabi usullardan keng
foydalanadilar.

Bunday yondashuvning asosiy maqsadi — o‘quvchilarda ingliz tilini real hayotiy

vaziyatlarda tabiiy tarzda qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirish, ularning muloqot madaniyatini
rivojlantirishdir. Darslarda multimedia texnologiyalari, onlayn platformalar va o‘yinli metodlar
(gamification) ham qo‘llaniladi, bu esa o‘quvchilarda fanga bo‘lgan qiziqishni yanada oshiradi.

O‘qituvchilar jamoasining ijodiy yondashuvi

“Ziyo Zukko” maktabida faoliyat yuritayotgan ingliz tili o‘qituvchilari o‘z ishiga ijodiy

yondashuvni ustuvor deb biladilar. Ular nafaqat dars beradilar, balki o‘quvchilar uchun esda
qolarli loyihalar, turli tadbirlar tashkil etadilar. Masalan, Poetry Club, Pizza Day, Movie Day,
Talent Show, Food Festival kabi loyihalar o‘quvchilar uchun haqiqiy bayramga aylanadi.

Ushbu tadbirlarning barchasi ingliz tilini o‘rganishni hayotiy, qiziqarli va foydali

jarayonga aylantiradi. O‘quvchilar sahnaga chiqish, she’r o‘qish, taomlar tayyorlash, film tahlil
qilish orqali tilni tabiiy muhitda ishlatishni o‘rganadilar. Bunday yondashuv nafaqat bilimni,
balki o‘ziga ishonchni, jamoada ishlash ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi.

Eng faol ishtirokchilar maktab tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan

taqdirlanadilar. Bu esa o‘quvchilarni yanada ilhomlantiradi, ularni yangi marralarga chorlaydi.


background image

654

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Til bayrami — ABC Party

“Ziyo Zukko” maktabida ingliz tili ta’limining ilk bosqichida o‘quvchilarning

motivatsiyasini oshirish va ularni yangi til muhitiga yanada yaqinlashtirish maqsadida ABC
Party nomli bayram tadbiri o‘tkaziladi.

Bu tadbir o‘z mazmuni va ruhiy jihatidan bizdagi “Alifbe bayrami”ga o‘xshash bo‘lsa-da,

to‘liq ingliz tilida olib borilishi bilan ajralib turadi.

ABC Party odatda 2-sinf o‘quvchilari ishtirokida tashkil etilib, ularning ingliz tili

alifbosini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgani va endilikda tilni tinglab tushunish, o‘qish va gapirish
bosqichiga o‘tganini nishonlashga bag‘ishlanadi.

Tadbir davomida o‘quvchilar ingliz tilidagi she’rlar, qo‘shiqlar, raqslar, sahna

ko‘rinishlari va dialoglarni ijro etadilar.

Bunday bayramlarning pedagogik ahamiyati juda katta. U nafaqat bolalarning

o‘zlashtirgan bilimlarini mustahkamlaydi, balki ularda tilni madaniy kontekstda qo‘llash,
sahnada chiqish va o‘z fikrini ifoda etish kabi ko‘nikmalarni rivojlantiradi.

Shuningdek, bu tadbir o‘quvchilarga ingliz tili o‘rganish jarayonida erishgan yutuqlarini

namoyish etish imkonini beradi va ularda yangi marralarga intilish hissini uyg‘otadi.

Xalqaro natijalar va yutuqlar

Yuqori sinf o‘quvchilari muntazam ravishda CEFR, IELTS va SAT kabi xalqaro

imtihonlarda o‘z kuchlarini sinab kelmoqdalar. Bu natijalar o‘quvchilarning faqat grammatik
bilimlarini emas, balki ularning amaliy kommunikativ salohiyatini ham namoyon etadi.

Shuningdek, “Ziyo Zukko” maktabining IELTS-Kids guruhi o‘quvchilari Edu-Action test

markazi tomonidan o‘tkaziladigan Cambridge Young Learners English (YLE) imtihonlarida
muvaffaqiyatli natijalarga erishib kelmoqda.

Kichik yoshdagi o‘quvchilarning bunday xalqaro darajadagi sinovlarda qatnashishi —

ularning tilga bo‘lgan ishtiyoqi, ota-onalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi hamkorlikning samarasi
hisoblanadi.


background image

655

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Hamjihatlik va o‘sish sari ilhom

Maktabdagi barcha ingliz tili o‘qituvchilari bir jamoa sifatida ishlaydilar. Ular muntazam

tarzda seminar, ichki treninglar, “lesson study”lar tashkil etib, o‘z tajribalarini almashadilar. Bu
esa dars sifatining uzluksiz takomillashuviga, yangi pedagogik yondashuvlarning joriy etilishiga
olib kelmoqda.

O‘quvchilar esa o‘z navbatida ustozlarining namunasi va qo‘llab-quvvatlashi orqali

doimo o‘sishga intiladilar. Ularning muvaffaqiyatlari — bu butun jamoaning mehnati,
mehnatsevarlik va mehr natijasidir.

Xulosa

“Ziyo Zukko” umumta’lim maktabida ingliz tili ta’limi nafaqat o‘quv dasturini

bajarishga, balki yoshlarning global dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Har bir
o‘quvchi o‘zini sinab ko‘rish, ijod qilish, va eng muhimi, o‘z fikrini ingliz tilida erkin ifoda etish
imkoniga ega.

Bu maktab nafaqat bilim beradi, balki o‘quvchilarda motivatsiya, ijodkorlik va o‘z

kuchiga ishonchni shakllantiradi. Shu bois “Ziyo Zukko” ingliz tili jamoasining har bir
tashabbusi, har bir loyihasi — o‘quvchilarning yorqin kelajagiga qo‘shilgan muhim hissa
hisoblanadi.