Authors

  • Bobir Kamilov
  • Muhayyo Barnaqulova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.138325

Keywords:

soil fertility mineral fertilizers nitrogen phosphorus potassium GIS agrochemical map soil assessment.

Abstract

This article analyzes the importance of mineral fertilizers in increasing soil fertility, their types and principles of application. It also covers the scientific and methodological foundations of creating fertilizer use maps using modern geographic information systems (GIS).

background image

667

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

O’D.K. 311.

TUPROQ UNUMDORLIGINI OSHIRISHDA MINERAL O‘G‘ITLARNING O‘RNI VA

ULARNI KARTADA TASVIRLASH MASALALARI

Kamilov Bobir Sultonovich

Toshkent davlat agrar universieti dotsenti.

Barnaqulova Muhayyo Ortiq qizi

Toshkent davlat agrar universieti talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17496750

Annotatsiya.

Ushbu maqolada tuproq unumdorligini oshirishda mineral o‘g‘itlarning

ahamiyati, ularning turlari va qo‘llanilish prinsiplari tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy
geografik axborot tizimlari (GAT) yordamida o‘g‘itlardan foydalanish xaritalarini yaratishning
ilmiy-uslubiy asoslari yoritiladi.

Kalit so‘zlar:

tuproq unumdorligi, mineral o‘g‘itlar, azot, fosfor, kaliy, GAT, agroximik

xarita, tuproq bonitirovkasi.

РОЛЬ МИНЕРАЛЬНЫХ УДОБРЕНИЙ В ПОВЫШЕНИИ ПЛОДОРОДИЯ ПОЧВЫ

И ВОПРОСЫ ИХ ИЗОБРАЖЕНИЯ НА КАРТЕ

Аннотация.

В статье анализируется значение минеральных удобрений в

повышении плодородия почв, их виды и принципы применения. Рассматриваются научно-
методические основы создания карт применения удобрений с использованием
современных геоинформационных систем (ГИС).

Ключевые слова:

плодородие почв, минеральные удобрения, азот, фосфор, калий,

ГИС, агрохимическая карта, оценка почв.

THE ROLE OF MINERAL FERTILIZERS IN INCREASING SOIL FERTILITY AND

THEIR IMAGES ON THE MAP.

Abstract.

This article analyzes the importance of mineral fertilizers in increasing soil

fertility, their types and principles of application. It also covers the scientific and methodological
foundations of creating fertilizer use maps using modern geographic information systems (GIS).

Keywords:

soil fertility, mineral fertilizers, nitrogen, phosphorus, potassium, GIS,

agrochemical map, soil assessment.

Kirish.

Tuproq — insoniyatning asosiy tabiiy boyliklaridan biri bo‘lib, u oziq-ovqat

xavfsizligini ta’minlashda beqiyos rol o‘ynaydi. Aholi sonining ortib borishi, intensiv
dehqonchilikning kengayishi natijasida tuproqdagi tabiiy oziqa moddalari kamayib bormoqda.

Shu sababli tuproq unumdorligini saqlash va oshirish maqsadida mineral o‘g‘itlardan

oqilona foydalanish muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Mineral o‘g‘itlarning turlari va ularning ahamiyati

Mineral o‘g‘itlar o‘simliklarning

oziqlanishi uchun zarur bo‘lgan asosiy elementlarni o‘z ichiga oladi. Ular tarkibiga ko‘ra uch
guruhga bo‘linadi:

1.

Azotli o‘g‘itlar

— ammoniy selitrasi, karbamid, ammoniy sulfat. Ular o‘simlikning barg

hosil qilishi, oqsil sintezi va vegetativ o‘sishini rag‘batlantiradi.

2.

Fosforli o‘g‘itlar

— superfosfat, ammofos, fosforit uni. Fosfor ildiz tizimini

rivojlantirishda va hosil pishishini tezlashtirishda muhim rol o‘ynaydi.

3.

Kaliylik o‘g‘itlar

— kaliy xlorid, kaliy sulfat, silvinit. Ular o‘simlikni sovuqqa,

qurg‘oqlikka va kasalliklarga chidamli qiladi.


background image

668

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Mineral o‘g‘itlarni me’yorida va muvozanatli qo‘llash tuproqdagi oziqa muvozanatini

tiklash, hosildorlikni 20–40 foizgacha oshirish imkonini beradi.

Tuproq unumdorligini oshirishda o‘g‘itlarning roli

Tuproqning fizik-kimyoviy xususiyatlari, strukturasi va mikrobiologik faolligi mineral

o‘g‘itlardan samarali foydalanish bilan bevosita bog‘liq. Masalan:

Azotli o‘g‘itlar chirindi hosil bo‘lish jarayonini tezlashtiradi.

Fosforli o‘g‘itlar tuproqdagi kationlar bilan bog‘lanib, o‘simliklar uchun oson

o‘zlashtiriladigan shaklga o‘tadi.

Kaliylik o‘g‘itlar esa tuproqning sho‘rlanishga qarshi barqarorligini oshiradi.
Shuningdek, o‘g‘itlarni ekologik me’yorlarga rioya etgan holda qo‘llash tuproqning

biologik muvozanatini saqlab qolishga yordam beradi.

Tuproq toshlardan hosil bo‘ladi. Ammo, tuproq o‘zining unumdorligi, shuningdek,

boshqa hayot omillari bilan jinslardan keskin farq qiladi. Hozirgi vaqtda tuproq unumdorligini
oshirish uchun keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Bu orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining
hosildorligi oshiradi. Dastlab, tuproqdagi mavjud mineral o‘g‘itlarni aniqlash uchun tuproq
maxsus tuproq tahlil laboratoriyalarida tekshiriladi. Tuproq tahlil laboratoriyalarida asosan
tuproq tarkibidagi unumdorlik uchun zarur bo‘lgan fosfor , kaliy va gumus miqdorlari
tekshiriladi. Tuproq tarkibidagi mineral o‘g‘itlar bilan tanishib chiqsak : Fosfor oqsillar tarkibiga
kiradi va o‘simliklarning nafas olishi hamda ildizlarining o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Shuningdek, o‘simlikning jivojlanishini va mevalarning yetilishini tezlashtiradi. Fosfor

yetishmasa g‘o‘za past bo‘yli , mayda bargli bo‘lib, barglarida qizil taramlar vujudga keladi.

Kaliy o‘simliklarda erkin yoki kuchsiz kimyoviy birikkan holda asosan, protoplazmada

bo‘ladi. U o‘simlikni yaxshi shoxlashi hamda mustahkamlanishiga, hosilning oshishiga va turli
kasalliklarga chidamli bo‘lishiga yordam beradi. Kaliy ekin hosildorligini oshirish bilan birga
mahsulot sifatini ham yaxshilaydi: mevalar sifatli, paxta tolasi pishiq, don esa serkraxmal
bo‘ladi. Kaliy yetishmasa, g‘o‘za bargida qo‘ng‘ir dog‘lar hosil bo‘lib, barglari sekin – asta
to‘kilib ketishi ham mumkin.

Gumus (chirindi) — tuproqning nisbatan barqaror, odatda, qoramtir organik birikmalari

majmui; nobud boʻlgan oʻsimlik va hayvon organizmining biologik hamda biokimyoviy
oʻzgarishi (chirishi va undan murakkab yangi moddalarning sintezlanishi) natijasida hosil
boʻladi. Gumus tarkibiga organik qoldiq moddalar (oqsillar, uglevodlar, lignin, yogʻlar va
boshqalar), ularning oʻzgarishi vaqtida vujudga kelgan oraliq mahsulotlar (aminokislotalar,
oksikislotalar, fenollar, monosaharidlar va h. k.) va guminli moddalar kiradi. Gumus tuproq
unumdorligini taʼminlovchi eng muhim qismdir. Karta - Yer yuzasini, boshqa osmon jismlarini
yoki kosmik fazoni matematik aniq belgilangan, kichraytirilgan, umumlashtirilgan tasviri bo‘lib,
u qabul qilingan shartli belgilar sistemasida ularda joylashgan obyektlarni ko‘rsatadi. Bu tuproq
tarkibidagi mavjud mineral o‘g‘itlarning miqdorini ko‘rsatuvchi kartalarni GAT dasturlarida
yaratiladi va bu kartalarni yaratish uchun quyidagi bosqichlarni bajarish kerak

-kartaga qo‘yiladigan talablarni aniqlash va uning xomaki dasturini tuzish; b) -

manbalarni to‘plash, tahlil qilish va baholash; c) -kartada tasvirlanayotgan voqea va hodisalami
o‘rganish; d) -karta dasturi (loyihasi)ni tuzish. 2. Tuzish: a) -manbalarni tayyorlash va qayta
ishlash; b) -kartaning birinchi originalini yaratish (matematik asosni yaratish, mazmunini
manbalardan o‘tkazish, uni generalizatsiya va taxt qilish). 3. Kartani nashrga tayyorlash: a) -
nashr qilish originalini ishlab chiqish (yoki originallarini); b) -poligrafiya jarayonlarga xizmat


background image

669

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

ko‘rsatish bo‘yicha yordamchi ishlar; c) -shtrixli va rangli namunalarni ishlab chiqish. 4. Nashr
qilish: a) -bosma shakllarini ishlab chiqish va namunalarni olish; b) -kartani bosish (nashr qilish).

Xulosa qilib aytganda, tuproq unumdorligini oshirishda mineral o‘g‘itlarning o‘rni juda

yuqori va ularning miqdorini kartada tasvirlash muhim vazifalardan biri. Chunki bu orqali qaysi
hududlarda tuproq tarkibidagi mineral o‘g‘itlarning miqdori juda kam , kam , o‘rtacha , yuqori
yoki juda yuqori ekanligini bilib olishimiz va unumdorlikni va bu orqali hosildorlikni oshirish
uchun tezda choralarni ko‘rishimiz mumkin. Foyd

Xulosa

Tuproq unumdorligini oshirishda mineral o‘g‘itlar hal qiluvchi omil bo‘lib, ularni ilmiy

asosda va geografik yondashuv orqali qo‘llash dehqonchilik samaradorligini sezilarli darajada
oshiradi. Mineral o‘g‘itlarni kartada tasvirlash, ularning taqsimlanishini aniqlash va me’yorlarini
belgilash orqali resurslardan tejamkor va ekologik toza foydalanish imkoniyati yaratiladi.


Foydalanilgan adabiyotlar

1.

T.Mirzaliyev , E.Yu.Safarov , A.Egamberdiyev, J.S.Qoraboyev Kartashunoslik Toshkent

- 2012.

2.

Karimov A. Va boshq.

Agroximiya asoslari.

– Toshkent: O‘zbekiston FA, 2021.

3.

G‘ulomov B.

Tuproqshunoslik va yer resurslarini boshqarish.

– Toshkent, 2020.

4.

FAO.

Soil Fertility Management Guidelines

, Rome, 2022.

5.

GIS for Agriculture.

Esri White Paper

, 2023.





References

T.Mirzaliyev , E.Yu.Safarov , A.Egamberdiyev, J.S.Qoraboyev Kartashunoslik Toshkent - 2012.

Karimov A. Va boshq. Agroximiya asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston FA, 2021.

G‘ulomov B. Tuproqshunoslik va yer resurslarini boshqarish. – Toshkent, 2020.

FAO. Soil Fertility Management Guidelines, Rome, 2022.

GIS for Agriculture. Esri White Paper, 2023.