682
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
MARKAZIY OSIYODAGI SUV TAHDIDI: SAREZ KO‘LI ATROFIDAGI SIYOSAT VA
XAVFSIZLIK
Abdurahmonova Gulbahor
OʻzMU Jurnalistika yo'nalishi 2-bosqich talabasi
abdurakhmanovagulbakhor848@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.17496996
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Markaziy Osiyoda joylashgan Sarez ko‘lining tabiiy-
geografik va texnik xususiyatlari tahlil qilinadi. Ko‘lning potensial ekologik xavflari, ayniqsa,
seysmik faollik va to‘g‘on barqarorligi masalalari yoritiladi. Shuningdek, Tojikiston Respublikasi
va qo‘shni davlatlar, xususan, O‘zbekiston o‘rtasida ushbu xavf yuzasidan olib borilgan va
borilayotgan muloqotlar va hamkorlik yondashuvlari o‘rganiladi. Maqola geosiyosiy, ekologik
va xavfsizlik nuqtai nazaridan kompleks tahlilga asoslanadi.
Kalit so‘zlar:
uyqudagi ajdarho, ekalogik siyosat, suv diplomatsiyasi, transchegaraviy
suv resurslari, seysmik xavf zonasi, texnogen xavf, Usoy to‘g‘oni, Pomir tog‘lari, Bartang
daryosi, Markaziy Osiyo integratsiyasi.
KIRISH
Markaziy Osiyoda joylashgan Sarez ko‘li — Pomir tog‘larining bag‘rida, tabiiy ofat
natijasida yuzaga kelgan noyob suv omboridir. 1911-yilgi kuchli zilzila oqibatida Bartang
daryosi to‘silib qolgan va natijada dunyodagi eng katta tabiiy to‘g‘on — Usoy to‘g‘oni va
orqasida ulkan Sarez ko‘li vujudga kelgan. Tabiiy go‘zallik va suv zaxirasiga boy bo‘lishiga
qaramay, ushbu ko‘l katta ekologik va texnogen xavf tug‘diradi. Ayniqsa, uning seysmik jihatdan
faol hududda joylashgani va to‘g‘on barqarorligining noaniqligi Markaziy Osiyoning boshqa
davlatlari, jumladan, O‘zbekiston uchun ham xavf manbai hisoblanadi.
Sarez ko‘li, o‘zining tabiiy kelib chiqishi va xavfli geologik sharoiti bilan, mintaqaviy
ekologik xavfsizlik uchun dolzarb masalalardan biridir. Ko‘lning potensial xavfi, ayniqsa,
transchegaraviy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi tufayli, mintaqaviy siyosiy muloqot va
hamkorlikni taqozo etadi. Ushbu maqolada ko‘lning fizik xususiyatlari, xavfsizlik tahdidlari va
davlatlararo siyosiy munosabatlar nuqtai nazaridan o‘rganiladi.
Metod
Ushbu maqola davomida sistematik va analitik metodlardan unumli foydalanilgan.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Markaziy Osiyo tabiiy resurslar va iqlim xavfsizligi borasida tobora murakkablashib
borayotgan muhitga duch kelmoqda. Bu mintaqa geologik, ekologik va siyosiy jihatdan sezgir
hisoblanib, undagi suv resurslarini boshqarish va xavfsizligini ta’minlash masalasi nafaqat ichki,
balki transchegaraviy darajadagi muhim muammoga aylanmoqda. Ayniqsa, Pomir tog‘larining
yuragida joylashgan Sarez ko‘li bu boradagi eng dolzarb obyektlardan biridir.
Shuningdek, maqolada o‘rganilgan ma’lumotlar Sarez ko‘lining muammosi Markaziy
Osiyo davlatlari uchun faqat Tojikistonning ichki muammosi emasligini, balki butun mintaqa
ekologik va geosiyosiy barqarorligiga ta’sir etuvchi omil ekanligini ko‘rsatadi. Bu esa
davlatlararo suv xavfsizligi va ekologik diplomatiya uchun yangi yondashuvlarni talab qiladi.
Quyida ushbu mavzuning nechog‘lik dolzarbligi va uning ahamiyati to‘g‘risida atroflicha
talqin etiladi.
683
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
I.
Sarez ko‘lining tabiiy va texnik xususiyatlari
Sarez ko‘li Tojikistonning Tog‘li Badaxshon Avtonom viloyatida, Pomir tog‘larida,
Bartang daryosi vodiysida joylashgan. Ushbu ko‘l tabiiy ofat – 1911-yil 18-fevralda yuz bergan
kuchli zilzila (taxminan 7.4–7.6 ball) oqibatida yuzaga kelgan bo‘lib, Pomir tog‘ tizmasidagi
Usoy dovoni qulab tushishi natijasida Bartang daryosi to‘silib qolgan va natijada ko‘l hosil
bo‘lgan.
1
Taxminan 2.2 milliard kub metr hajmdagi tog‘ jinslari Bartang daryosining oqimini
to‘sib qo‘ygan. Sarez ko‘li asosan muzliklar va tog‘ daryolaridan suv oladi. Iqlimi sovuq, yillik
yog‘ingarchilik o‘rtacha 400–600 mm ni tashkil etadi. Yoz oylarida suv sathi sezilarli darajada
ko‘tariladi 1925 yilgacha ko‘lning suvi har yili 9 metr ko‘tarilib boradi. 1925-1938 yillar
oralig‘ida 1,2 metrdan o‘sib borgan. Undan keyin hozirgacha yiliga 0,2 metrdan ko‘tarilyapti.
1938 yilga kelib ko‘lning chuqurligi 480 metrga yetadi. Hozir o‘lchangan eng chuqur joyi 505
metrni tashkil etadi.
2
Ko‘l joylashgan hudud yuqori seysmik faollikka ega bo‘lib, bu yerda har yili o‘nlab
kichik va o‘rtacha kuchli yer silkinishlari ro‘y beradi. Tog‘ jinslarining tarkibi ko‘proq
metamorfik slanets va ohaktosh qatlamlaridan iborat. Bu materiallar ko‘chishga moyil, zilzila
bo‘lsa, tez sirpanib ketishi mumkin. Ko‘l atrofida slanets ko‘p bo‘lsa, bu to‘g‘on barqarorligiga
salbiy ta’sir qilishi mumkin. Undan tashqari ohaktoshning mavjudligi eroziyaga, ya’ni
yemirilishga olib keladi. Bu hududda yer osti suvlarining oqishi, karst hodisalari (g‘orlar,
bo‘shliqlar hosil bo‘lishi) bo‘lishi mumkin. Ya’ni, ko‘l atrofidagi tog‘lar asosan qattiq, lekin
siljishga moyil va yemiriluvchan jinslardan tashkil topgan. Bu — zilzila, eroziya yoki suv
sathining ortishi bilan to‘g‘on va yer qatlamlari beqaror holatga kelishi mumkin degani.
Usoy to‘g‘oni garchi 100 yildan ortiq vaqt davomida saqlanib turgan bo‘lsada,
barqarorlik bo‘yicha mustahkam kafolat yo‘q. 2000-yildan buyon Birlashgan Millatlar
Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (UNDP) va Jahon banki yordami bilan Sarez ko‘li atrofidagi
xavfli hududlarda monitoring uskunalari hamda
early warning
tizimi o‘rnatilgan. Xususan,
2004-yilgi loyiha doirasida seysmik, gidrologik va ko‘chkilar harakati bo‘yicha real vaqt
rejimida kuzatish imkonini beruvchi texnika o‘rnatilgan.
3
Shunga qaramasdan, ayniqsa “o‘ng
qirg‘oq” bo‘ylab ko‘chkilar xavfi saqlanib qolmoqda
(Sarez ko‘li Bartang daryosi oqimida
joylashgan, va ushbu ko‘lni to‘sib turgan tabiiy to‘g‘on - Usoy to‘g‘oni atrofida ikki qirg‘oq
mavjud: chap qirg‘oq - nisbatan barqaror tog‘ jinslaridan iborat. O‘ng qirg‘oq - ko‘chkiga
moyil, qiya va beqaror tog‘lar joylashgan.
Ya’ni texnik uskunalar mavjud bo‘lsada, tabiiy
barqarorlik va xavflarning asosiy omili - geologik beqarorlik hal etilmagan.
Bugungi kungacha bu xavfni boshqarishga qaratilgan texnik chora-tadbirlar amalga
oshirilmagan.
II.
Ekologik tahdidlar va xavf omillari
Sarez ko‘li yuqori seysmik hududda joylashgani sababli, kuchli yer silkinishlari to‘g‘on
barqarorligiga jiddiy tahdid tug‘diradi. Zilzila oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘chki
va to‘g‘on yorilishi butun Bartang vodiysi va undan pastki oqimdagi hududlarda keng ko‘lamli
suv toshqiniga olib kelishi ehtimolini kuchaytiradi. Har qanday yer silkinishi (6–7 ball va undan
yuqori) to‘g‘onning barqarorligini buzishi mumkin. Bu to‘g‘on buzilsa, 17 mlrd m³ suv pastga
oqib tushadi — bu regionda ekologik falokat degani.
1
Patrice Droz, Lake Sarez Risk Mitigation Project - A Global Risk Analysis, 2002-y.
3
684
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
Ko‘lning texnogen avariyasi yuzaga kelgan taqdirda, Bartang, Panj va Amudaryo
havzalari bo‘ylab minglab aholi yashaydigan hududlarga tahdid tug‘iladi. Bu esa faqat
Tojikistongagina emas, balki qo‘shni davlatlar uchun ham transchegaraviy ekologik tahdid
hisoblanadi. To‘g‘on yorilsa, Tojikiston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpog‘istongacha
bo‘lgan hududlarda suv toshqini bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonlik gidrometeorolog Ravshan
Qodirov 2016-yilda chop etilgan ilmiy maqolasida, Sarez ko‘lidan oqib tushadigan loyqa toshqin
oqimi o‘z yo‘lidagi to‘siqlarni yuvib ketishi va hatto Qoraqalpog‘istongacha yetib borganda ham
uning balandligi bir metrga yetishi mumkinligini ta’kidlagan.
4
Undan tashqari, bu yerda
yashovchi aholi, qishloq xo‘jaligi, infratuzilma jiddiy zarar ko‘radi.
“ “Sardoba”ning suvi yorilib chiqib, tekis yo‘l bilan O‘zbekiston va Qozog‘istondagi bir
nechta tumanlarni bosib, hozirga qadar ikkala tarafdan 100 000 dan ortiq insonlarni
ko‘chirilishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, xudo ko‘rsatmasin, qattiqroq zilzila yuz berib, “Sarez”
ko‘lining suvi chiqib ketadigan bo‘lsa, u tog‘lar tepasidan daxshatli tezlikda pastga oqib tushib,
Amudaryo oqimiga qo‘shilib, o‘z yo‘lida Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondagi bir
nechta viloyatlarni bosib ketishi mumkin. “Sarez” ko‘li joylashgan hudud seismik zonada
joylashgan va u yerda tez-tez yer qimirlab turadi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 100 yil
davomida yuz bergan zilzilalar natijasida ko‘lning aynan O‘zbekistonga qaragan tomonidan
yoriqlar hosil bo‘lgan. Bu degani qattiqroq zilzila yuz bersa, suvning yo‘lini to‘sib turgan qoya
yorilib, ko‘l suvining chiqib ketish xavfi baland. Agar “Sarez” ko‘li rostdan yorilib ketadigan
bo‘lsa, uning ichidagi suvning Tojikistondan Orolgacha yetib borishi 1-4 kun orasida yuz berishi
mumkinligi aytiladi. Ya’ni, agar ofat yuz beradigan bo‘lsa, suv oqib borishi mumkin bo‘lgan
hududlardagi 5 milliondan ortiq aholini butunlay xavfsiz joylarga ko‘chirish uchun vaqt yetarli
bo‘lmasligi mumkin va “Sardoba”dagi vaziyat uning oldida hech narsa bo‘lmay qolishi
mumkin.”
5
Favqulodda toshqin butun ekotizimni yuvib yuboradi. Suv oqimi natijasida daryo
bo‘yidagi o‘simliklar, qushlar va qirg‘oq faunasi yo‘q bo‘lishi mumkin. Shuningdek,
pastliklardagi dehqonchilik hududlarida tuproq sifati yomonlashadi va sho‘rlanish kuchayadi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, ushbu toshqin bir tomondan dalalardagi o‘simliklarni
butunlay yuvib yuborsa, ikkinchi tomondan tuproq qatlamining fizik va kimyoviy tuzilmasiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Suv oqimi bilan birga tuproqning eng hosildor - gumus qatlami
yo‘qoladi, natijada unumdorlik keskin kamayadi. Tuproqning eng yuqori qatlami - gumus - eng
serhosil, oziqa moddalarga boy qatlami va dehqonchilik yerining “yuragi” hisoblanadi. Agar suv
toshqini tufayli bu qatlam yuvilib ketadigan bo‘lsa, yerning barcha foydali xususiyatlari
yo‘qoladi. Bu esa ekinlarning o‘sishiga jiddiy to‘sqinlik qiladi va hosildorlikni keskin
pasaytiradi. Yana bir muhim tahdid - sho‘rlanishdir. Ko‘p miqdorda toshib kelgan suv bug‘lanib
ketgach, tuproq sathida tuz qoldiqlari qoladi. Bu esa ekinlarning ildizlariga salbiy ta’sir ko‘rsatib,
ularning o‘sishini sekinlashtiradi yoki butunlay to‘xtatadi. Bunday sho‘r qatlamning to‘planishi
uzoq muddatli jarayonlarda tuproqning yaroqsiz holga kelishiga olib keladi. Xususan, Amudaryo
vodiysi va uning quyi oqimlarida bunday sho‘rlanish avval ham kuzatilgan bo‘lib, agar Sarez
ko‘li xavfi ro‘y bersa, bu hodisa yanada kengroq hududlarga tarqalishi mumkin. Natijada,
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining kamayishi, oziq-ovqat xavfsizligining izdan chiqishi va aholi
migratsiyasining kuchayishi kutiladi.
4
https://uz.sputniknews.ru/20160616/3041135.html
5
Doniyor Ro‘zmetov, "Sardoba"dan saboqlar: "Sarez" ko‘li muammosi, 2020-y.
685
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
Yana bir xavf omili bu - ko‘l havzasida sun’iy suv chiqarish inshooti mavjud emas. Suv
tabiiy infiltratsiya yo‘li bilan chiqadi, bu esa to‘g‘on bosimining nazoratsiz ortishiga olib kelishi
mumkin. Inson tomonidan qurilgan drenaj yoki xavfsizlik tizimlari haligacha mavjud emas.
Ya’ni, ko‘ldan chiqayotgan suv maxsus inshoot orqali emas, toshlar orasidan tabiiy yo‘l
bilan sizib chiqmoqda. Ko‘ldagi suv hajmi oshgan sayin to‘g‘on ichidagi bosim ham oshadi, va
bu uning yorilish xavfini kuchaytiradi.
III.
Geosiyosiy o‘rni va xavfsizlik nuqtai nazaridan
Sarez – tabiiy obyekt emas, siyosiy barometr.
Sarez ko‘li oddiy tog‘ ko‘li emas – u Markaziy Osiyodagi eng yirik va nazoratsiz tabiiy
suv ombori bo‘lib, 500 km radiusda joylashgan har qanday davlat uchun bevosita tahdid
hisoblanadi. Ayniqsa, O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati va Afg‘onistonning shimoliy
hududlari xavfli zonaga to‘g‘ri keladi. Shu bois, Sarez – mintaqaviy kuchlar o‘rtasida xavfsizlik,
ekologik boshqaruv va ishonch indeksining sinovi bo‘lib qolmoqda.
Tojikiston hukumati Sarez ko‘lining xavfsizligini ta’minlash masalasida 1999–2003-
yillarda bir necha bor BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP), Jahon banki, Yevropa Ittifoqi va boshqa
homiy tashkilotlarga murojaat qilgan. Ular yordamida erta ogohlantirish tizimi (“Early Warning
System”) ishlab chiqilgan. Ammo tizim to‘liq moliyalashtirilmagan va faqat ichki, lokal darajada
ishlagan. Tojikiston hukumati monitoringni xalqaro grantlar bilan bog‘lab, uni ichki byudjetda
ustuvor qilishdan ko‘ra chet el yordami asosida yuritgan.
O‘zbekiston esa, ayniqsa Islom Karimov davrida, Sarez ko‘li bo‘yicha axborotlar shaffof
bo‘lmaganidan xavotir bildirgan. Sabablari esa Tojikiston tomoni ko‘l sathi, to‘g‘on barqarorligi,
zilzila xavfi bo‘yicha muntazam ochiq hisobot bermagan, monitoring tizimlari ishlayotganini
tasdiqlovchi real vaqtli axborotlar mintaqaviy tashkilotlar bilan bo‘lishilmagan. Biroq ikki
o‘rtada 2000-yilning 30-may sanasida imzolangan “Sarez ko‘li toshib ketgan taqdirda birgalikda
ko‘riladigan chora-tadbirlar hamda o‘z vaqtida xabardor qilishda ko‘maklashish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Tojikiston Respublikasi hukumati o‘rtasida bitim”ning
8-moddasida
Tojikiston tomoni har hafta, Sarez ko‘li mintaqasida favqulodda vaziyat yuzaga
kelgan holda esa ahvol va Favqulodda vaziyatning kelib chiqish fakti to‘g‘risida shoshilinch
axborotni O‘zbekiston Tomoniga taqdim etishi
belgilab qo‘yilgan.
6
Sarezdan oqib chiqadigan suv oqimi - Panj daryosi orqali Amudaryoga boradi, bu esa
O‘zbekiston uchun milliy xavfsizlik va suv diplomatiyasi jihatidan muhim. O‘zbekistonning
pozitsiyasi shundan iborat ediki: agar xavf Tojikistonda yuz bersa, zarar birinchi bo‘lib
O‘zbekistonni bosadi, lekin u bu xavf ustidan nazoratga ega emas.
2016-yilda Shavkat Mirziyoyev prezident etib saylangach, O‘zbekiston tashqi siyosatida
tub burilish yuz berdi. Ilgari izolyatsiyaga yaqin yondashuv o‘rniga, yangi siyosat mintaqaviy
ochiqlik, konstruktiv diplomatiya va ishonch muhitini shakllantirishga asoslandi. Bu yondashuv
birinchi navbatda qo‘shni davlatlar bilan uzoq yillik muammolarni hal etishga qaratildi. Ayniqsa,
suv resurslari, energetika, chegara va ekologik xavfsizlik sohalari hamkorlik mezonlariga aylana
boshladi.
Shu kontekstda, Sarez ko‘li masalasi ham siyosiy muzokaralar doirasiga qaytdi. 2017–
2020-yillar oralig‘ida O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan rasmiy
uchrashuvlarda transchegaraviy xavfsizlik, tog‘li hududlardagi tabiiy xavflar, xususan Sarez ko‘li
bilan bog‘liq xavflar muhokama qilindi.
6
686
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
Bu muzokaralar tarixida ilk bor Sarez masalasi faqat Tojikistonning ichki muammosi
sifatida emas, balki mintaqaviy darajadagi ekologik va insoniy xavf sifatida ko‘rilishni
boshlandi.
Shunga qaramay, 2024-yilgacha Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida Sarez ko‘li bo‘yicha
yagona xavfsizlik rejasi yoki tezkor harakat mexanizmi ishlab chiqilmadi. Bunda bir nechta
omillar rol o‘ynagan:
Tojikistonning ko‘l ustidan to‘liq suverenitet talab qilishi va xavfsizlik masalasini xalqaro
homiylar orqali moliyalashtirishga urinishlari;
O‘zbekistonning monitoring jarayonlariga to‘laqonli kirish imkoniyatining yo‘qligi;
Mintaqadagi ishonch muhitining hali ham zaifligi, axborot almashinuvidagi uzilishlar;
Ekologik tahdidlar ustuvor masala sifatida emas, boshqa geosiyosiy muammolar soyasida
qolib ketgani.
Shunday qilib, Sarez xavfi xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lsada, mintaqa miqyosida
birgalikdagi institutlashtirilgan xavfsizlik siyosati shakllanmagan.
O‘zbekiston 2017-yildan boshlab Sarez bo‘yicha bir necha ijobiy tashabbuslar bilan
chiqqan. Ulardan biri - monitoring tizimlarida texnik ishtirokni taklif etishdir. O‘zbekiston Sarez
ko‘lidagi seysmik va gidrologik jarayonlarga oid ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatiga ega
bo‘lish istagini bildirgan. Shuningdek, favqulodda holatlar bo‘yicha sun’iy ogohlantirish
tizimlari (early warning system) ni faqat Tojikiston ichida emas, balki transchegaraviy tarzda
kengaytirish va real vaqt rejimidagi monitoring imkoniyatlarini taklif etdi. Biroq Tojikiston bu
takliflarga rasmiy rad javobi bermagan bo‘lsada, amalda ehtiyotkorlik va suverenitetni ustuvor
qo‘ygan yondashuvni saqlab qolgan. Hatto Rossiya yoki Xitoy kabi strategik ittifoqchilarga
nisbatan ham Sarez bo‘yicha axborot ochiqligi chegaralangan. Bu holat xavfsizlikni institutsional
emas, faqat ichki davlat masalasi sifatida ko‘rishga asoslangan siyosiy pozitsiyadan dalolat
beradi. Tojikiston tomonining bu masalani faqat o‘zining milliy suverenitetiga taalluqli ichki
masala sifatida ko‘rishi - bu xuddi yong‘in xavfi butun ko‘chaga tahdid solayotgan bo‘lsada, bir
xonadon egasining “bu mening hovlim, aralashmang” deyishiga o‘xshaydi. Ya’ni, xavf
mintaqaviy bo‘lsada, yondashuv milliy darajada qolmoqda.
2024-yil 3-avgust kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan Tojikiston–O‘zbekiston
transchegaraviy suv resurslari bo‘yicha 7-Ishchi guruh yig‘ilishi doirasida ilk bor Sarez ko‘li
suvining ichimlik suvi sifatida foydalanish imkoniyati rasmiy ravishda muhokama qilindi.
O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan ilgari surilgan bu taklif, ekologik xavf manbaiga
aylangan tabiiy obyektni foydali va nazorat ostidagi resursga aylantirish yo‘lidagi strategik
yondashuv sifatida talqin qilindi.
7
Ushbu taklif ilk bor 2018-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama sammitda
Prezidentlar Emomali Rahmon va Shavkat Mirziyoyev tomonidan muhokama qilingan. O‘sha
paytda hukumatlararo komissiyaga Sarez ko‘lining texnik va ekologik imkoniyatlarini o‘rganish
bo‘yicha topshiriq berilgan edi. Biroq siyosiy ehtiyotkorlik, texnik infratuzilmaning
yetishmasligi va o‘zaro ishonch muammolari sabab bu tashabbus faol fazaga o‘ta olmagan.
2024-yilga kelib, suv resurslariga ehtiyojning ortib borishi, hamda mintaqada suv
diplomatiyasiga asoslangan muloqot modelining shakllana boshlagani sababli mazkur taklif yana
kun tartibiga qaytdi.
7
687
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
Hukumat ko‘lning suvi chuchuk suv bo‘lganligi sababli uni drenajlar yordamida chiqarib
olib, suv qadoqlash zavodlari tashkil qilib, suvni aholiga ichimlik suvi qilib sotish rejasini
amalga oshirmoqchi. Ayrim manbaalarga ko‘ra, 2018-yilda Oriyonbank va Xitoyning
Heaven Springs Dynasty Harvest Group kompaniyasi o‘rtasida Sarez suvini ichimlik suvi
sifatida ishga tushirishga oid strategik hamkorlik bo‘yicha bitim imzolangan. Shu loyiha
doirasida favqulodda ogohlantirish tizimi (early warning system) ham qurilgan, lekin to'liq
moliyalashtirish va monitoring tizimlarining ishlashi Xitoy sarmoyasiga tayanadi.
Tojikiston tomonidan Sarez ko‘lining ichimlik suvi loyihasini Xitoy bilan hamkorlik
asosida amalga oshirilgani — bu nafaqat iqtisodiy tashabbus, balki geosiyosiy signal sifatida
qabul qilinishi kerak. Ushbu loyiha O‘zbekistonga quyidagilarni anglatadi:
Suv tahdidini boshqarishdan resurs boshqaruviga o‘tish: Sarezning xavfli tabiati yodda
tutilgan holda, u endi tijoriy aktivga aylantirilmoqda.
Strategik monitoring zaruriyati: O‘zbekiston ushbu loyihada faol ishtirok etmasa, bu
resurs ustidan nazoratni yo‘qotadi.
Loyiha orqali Pekin Pomir mintaqasida o‘z ta’sirini kuchaytirmoqda, bu esa mintaqaviy
xavfsizlik kontseptsiyasini qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi.
Shunga qaramay, Sarez ko‘li hanuzgacha inson tomonidan to‘liq nazorat qilinmayotgan,
strategik xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyekt bo‘lib qolmoqda. Bu esa uni mintaqada xavfsizlik
siyosatining muhim indikatoriga aylantiradi.
XULOSA
Sarez ko‘li bugungi kunda nafaqat tabiiy xavf manbai, balki butun Markaziy Osiyo uchun
siyosiy muvozanatni sinovdan o‘tkazuvchi obyektga aylangan. Tojikiston uni ichki masala
sifatida ko‘rmoqda, O‘zbekiston esa mintaqaviy xavfsizlikning ajralmas qismi deb hisoblaydi.
Bu tafovut - suv resurslarini boshqarishdagi turlicha yondashuv va ishonch
muammosining yaqqol ko‘rinishidir.
Ko‘l atrofida o‘rnatilgan monitoring tizimlari mavjud, biroq ular tor doirada ishlaydi, real
vaqt rejimida uzatmalar cheklangan, va eng muhimi - ular mintaqaviy koordinatsiyalashgan
tizimga aylana olmagan. Shu sababli, mavjud infratuzilma xavfni to‘liq bartaraf eta olmaydi.
O‘zbekistonning 2017–2024-yillar oralig‘ida ilgari surgan texnik va diplomatik
tashabbuslari Sarez masalasini mintaqaviy darajada yechish istagini ko‘rsatadi. Ammo bu
harakatlar Tojikiston tomonidan, ko‘pincha, suverenitet doirasidagi xavotir sifatida qabul
qilingan. Hatto Xitoy kompaniyalarining jalb etilishi ham Markaziy Osiyo geosiyosiy
muvozanatiga savollar tug‘dirmoqda.
Sarez - bu suv ombori emas, mintaqa uchun signal. Uning atrofidagi siyosiy befarqlik
falokatni kutish bilan teng. Bunday sharoitda yagona mantiqiy yechim - bu xavfni birgalikda
boshqarish va Sarezni regional resursga aylantirishga urinishdir.
Hozirgi texnologiyalar (AI asosidagi monitoring, dronlar orqali kuzatuv, sun’iy
yo‘ldoshlar) yordamida Sarez ko‘lini kuzatish va tahdidlarni oldindan aniqlash imkoniyatlari
mavjud. Ammo bu faqat xalqaro sheriklik va ochiq ma’lumotlar almashuvi sharoitida samarali
ishlaydi. Bu borada Tojikistonning yondashuvi qayta ko‘rib chiqilishi zarur.
Mutaxassislar uni bejizga “uyqudagi ajdaho” deb atamaydi: uning tagida yotgan beqaror
geologik tuzilma, sun’iy drenaj tizimlarining yo‘qligi, to‘g‘on bosimining nazorat ostida
emasligi va ko‘chki xavflari har qanday paytda uyg‘onib, butun mintaqani falokatga sudrab
ketishi mumkin.
688
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI (REFERENCES)
1.
Qodirov, R. (2016). Sarez ko‘lining gidrologik tahdidlari. Tabiiy xavfsizlik jurnali.
2.
Ro‘zmetov, D. (2020, 5-may). “Sardoba”dan saboqlar: “Sarez” ko‘li muammosi.
Review.uz.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Tojikiston Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi
Sarez ko‘li toshib ketgan taqdirda birgalikda chora-tadbirlar ko‘rish hamda o‘z vaqtida
xabardor qilishda ko‘maklashish to‘g‘risidagi Bitim, 2000-yil.
4.
Timesca.com (2024). Central Asia’s silent threat: Lake Sarez.
5.
International Crisis Group. (2020). Water and Security in Central Asia: Case of Sarez Lake.
6.
OSCE Report. (2018). Cross-border Environmental Threats in Central Asia.
