Authors

  • Zohidjon Xushvaqtov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.138334

Keywords:

religious teachings sports law athletes patience honesty discipline mental stability fair competition moral values healthy lifestyle motivation team cohesion.

Abstract

The article analyzes the harmony between religious teachings and sports law principles in athletes’ activities and their role in enhancing performance. Religious values—such as patience, honesty, moral integrity, and self-discipline—form the athlete’s psychological and moral foundation, while sports law regulates their activities based on fairness and equal opportunities. The combination of these principles promotes discipline, responsibility, motivation, a healthy lifestyle, stress management, avoidance of doping, and team cohesion. Thus, religious values and sports law serve as complementary foundations for achieving high performance in sports.

background image

692

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

SPORTCHILARNI NATIJALARINI YUKSALTIRISHDA DINIY TA’LIMOT VA SPORT

HUQUQI G‘OYALARINING AHAMIYATI

Xushvaqtov Zohidjon Roziqovich

O’zDJTSU o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17497090

Annotatsiya.

Maqolada sportchilarning faoliyatida diniy ta’limot va sport huquqi

g‘oyalarining uyg‘unligi va ularning natijalarni oshirishdagi roli tahlil qilinadi.

Diniy qadriyatlar — sabr-toqat, halollik, axloqiy poklik va o‘zini nazorat qilish —

sportchida ruhiy-axloqiy tayanchni shakllantirsa, sport huquqi uning faoliyatini adolatli va teng
imkoniyatlar bilan tartibga soladi. Ularning uyg‘unligi intizom, mas’uliyat, motivatsiya, sog‘lom
turmush tarzi, stressni boshqarish, dopingdan tiyilish va jamoadagi birdamlikni
mustahkamlaydi. Shu bilan, yuqori natijalarga erishishda diniy qadriyatlar va sport huquqi bir-
birini to‘ldiruvchi asos sifatida ahamiyat kasb etadi.

Kalit so‘zlar:

diniy ta’limot, sport huquqi, sportchilar, sabr-toqat, halollik, intizom, ruhiy

barqarorlik, adolatli raqobat, ma’naviy qadriyatlar, sog‘lom turmush tarzi, motivatsiya,
birdamlik.

ЗНАЧЕНИЕ РЕЛИГИОЗНОГО ВОСПИТАНИЯ И ПРИНЦИПОВ СПОРТИВНОГО

ПРАВА В ПОВЫШЕНИИ РЕЗУЛЬТАТОВ СПОРТСМЕНОВ

Аннотация.

В статье анализируется гармония между религиозным воспитанием

и принципами спортивного права в деятельности спортсменов и их роль в повышении
спортивных результатов. Религиозные ценности — терпение, честность, моральная
чистота и самоконтроль — формируют психологическую и моральную основу
спортсмена, тогда как спортивное право регулирует его деятельность на основе
справедливости и равных возможностей. Их сочетание способствует развитию
дисциплины, ответственности, мотивации, здорового образа жизни, управлению
стрессом, предотвращению допинга и укреплению командного духа. Таким образом,
религиозные ценности и принципы спортивного права являются взаимодополняющей
основой для достижения высоких результатов в спорте.

Ключевые слова:

религиозное воспитание, спортивное право, спортсмены,

терпение, честность, дисциплина, психологическая устойчивость, справедливая
конкуренция, моральные ценности, здоровый образ жизни, мотивация, командный дух.

THE IMPORTANCE OF RELIGIOUS TEACHINGS AND SPORTS LAW PRINCIPLES

IN ENHANCING ATHLETES’ PERFORMANCE

Abstract.

The article analyzes the harmony between religious teachings and sports law

principles in athletes’ activities and their role in enhancing performance. Religious values—such
as patience, honesty, moral integrity, and self-discipline—form the athlete’s psychological and
moral foundation, while sports law regulates their activities based on fairness and equal
opportunities. The combination of these principles promotes discipline, responsibility,
motivation, a healthy lifestyle, stress management, avoidance of doping, and team cohesion.

Thus, religious values and sports law serve as complementary foundations for achieving

high performance in sports.

Keywords:

religious teachings, sports law, athletes, patience, honesty, discipline, mental

stability, fair competition, moral values, healthy lifestyle, motivation, team cohesion.


background image

693

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Sport faoliyatida yuqori natijalarga erishish jarayoni murakkab, ko‘p qirrali va tizimli

yondashuvni talab qiladi. Bunda nafaqat jismoniy tayyorgarlik, balki ma’naviy barkamollik va
huquqiy me’yorlarga qat’iy amal qilish ham muhim o‘rin tutadi. Dinshunoslik fanida
ta’kidlangan diniy qadriyatlar — sabr-toqat, halollik, axloqiy poklik, birdamlik va o‘zini nazorat
qilish g‘oyalari sportchining ruhiy va ma’naviy tayanchini belgilasa, sport huquqi tamoyillari
uning faoliyatini huquqiy asosda tartibga solib, adolatli raqobatni ta’minlaydi. Shu bois diniy
ta’limot va sport huquqi uyg‘unlashgan holda sportchining natijalarini yuksaltirishga bevosita
ta’sir ko‘rsatadi.

Dinshunoslik nuqtai nazaridan insonning ruhiy barqarorligi sabr, tavakkal va halollik

orqali shakllanadi. Sport huquqida esa adolatli raqobat, teng imkoniyat va diskriminatsiyaga yo‘l
qo‘ymaslik asosiy prinsiplar sifatida belgilanadi. Bu jihatlar bir-birini to‘ldirib, sportchining
ichki kuchini mustahkamlaydi hamda tashqi muhitda adolatli sharoit yaratadi. Natijada sportchi
ruhiy jihatdan barqaror bo‘lishi bilan birga, huquqiy jihatdan ham himoyalangan holda faoliyat
yuritadi [1].

Intizom va o‘zini nazorat qilish dinshunoslikda ibodatlar, vaqtni qadrlash va zararli

odatlardan tiyilish orqali shakllansa, sport huquqida bu tamoyillar musobaqa qoidalariga rioya
qilish, dopingni taqiqlash hamda shaxsiy intizomiy javobgarlikni belgilash orqali
mustahkamlanadi. Qur’onda halollik va poklik qadrlanganidek, sport huquqida ham noqonuniy
vositalardan foydalanish qat’iyan man etiladi. Bu uyg‘unlik sportchining o‘zini nazorat qilishiga
yordam beradi va uning intizomli hayot kechirishiga turtki bo‘ladi [3].

Stressni boshqarish masalasi ham diniy qadriyatlar va sport huquqi o‘rtasida umumiylik

kasb etadi. Dinshunoslikda ibodat, zikr, meditatsiya va duo ruhiy muvozanatni tiklashning
muhim vositalari sifatida talqin qilinsa, sport huquqi sportchilarning huquqlari, xavfsiz mehnat
sharoitlari va psixologik himoya mexanizmlarini belgilaydi. Xalqaro sport tashkilotlari
tomonidan qabul qilingan huquqiy me’yorlar sportchining sog‘lig‘i va ruhiy barqarorligini
saqlashga xizmat qiladi.

Demak, diniy qadriyatlar sportchiga ichki kuch bag‘ishlasa, sport huquqi unga tashqi

kafolatlar yaratadi [2].

Dinshunoslikda hamjihatlik, birodarlik va hamkorlik qadriyatlari alohida o‘rin tutadi.
Islomdagi “ummat”, xristianlikdagi “jamoa” yoki buddizmda uchraydigan “sangha”

tushunchalari sport jamoalarida birdamlik ruhini mustahkamlaydi. Sport huquqi ham jamoaviy
sport turlarida barcha a’zolarning teng huquqli ishtirokini kafolatlaydi hamda jamoaviy
huquqlarni himoya qilish orqali bu tamoyillarni huquqiy asosda mustahkamlaydi [5].

Halollik va adolat diniy ta’limotlarning markazida turadi. Dinshunoslikda halol mehnat

qilish va adolatli bo‘lish insonning yuksak fazilati sifatida talqin qilinsa, sport huquqida
dopingdan foydalanish, korrupsiya yoki hakamlikka bosim o‘tkazish kabi qoidabuzarliklar jiddiy
huquqbuzarlik sifatida ko‘riladi va jazolanadi. Demak, diniy qadriyatlar axloqiy asos yaratadi,
sport huquqi esa uni huquqiy mexanizm orqali mustahkamlaydi [4].

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, sport etikasi va sport huquqi o‘rtasidagi o‘zaro

bog‘liqlik sport tizimining barqaror rivojlanishida, sportchilar shaxsining shakllanishida hamda
sport tashkilotlarining samarali faoliyat yuritishida hal qiluvchi ahamiyatga ega. O‘tkazilgan
nazariy va amaliy tahlillar natijasida aniqlanishicha, sport etikasi me’yorlari sportchi xulq-
atvorining axloqiy yo‘nalishini belgilasa, sport huquqi ushbu me’yorlarning bajarilishini
normativ-huquqiy jihatdan kafolatlaydi. Demak, etika va huquq sport tizimining bir-birini
to‘ldiruvchi ikki asosiy ustuni sifatida qaraladi.


background image

694

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Tadqiqot davomida aniqlangan muhim xulosalardan biri shundan iboratki, sport etikasi va

sport huquqi o‘rtasidagi uyg‘unlik sportda halollik, adolat va sog‘lom raqobat tamoyillarini
mustahkamlashga xizmat qiladi. Axloqiy qadriyatlarga tayangan huquqiy tizim sportchilar
o‘rtasida o‘zaro hurmatni kuchaytiradi, korrupsiya, doping, shartnomaviy o‘yinlar kabi salbiy
holatlarning oldini olishga yordam beradi. Shu bilan birga, huquqiy normalar sport etikasi
buzilishlari uchun aniq javobgarlik mexanizmlarini belgilab, sport faoliyatida tartib va intizomni
ta’minlaydi [9].

O‘zbekiston sport tizimi misolida o‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatdiki, mamlakatda

sport etikasi va huquqiy me’yorlarni uyg‘unlashtirish borasida ijobiy natijalarga erishilmoqda.

Xususan, “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun, sport federatsiyalarining ichki

nizomlari, shuningdek, Xalqaro Olimpiya Xartiyasida belgilangan etik tamoyillar milliy sport
siyosatining huquqiy poydevorini mustahkamlab bermoqda [10]. Shu bilan birga, sportchilarning
axloqiy madaniyatini oshirish, ularning huquqiy savodxonligini yuksaltirish va sport etikasi
me’yorlarini amaliyotda qo‘llash borasida tizimli yondashuvni kuchaytirish zarurati mavjud.

Tadqiqot jarayonida xalqaro tajribalar ham o‘rganildi. Xalqaro sport tashkilotlarida sport

etikasi va sport huquqi o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik maxsus kodekslar, nizomlar va arbitraj
mexanizmlari orqali tartibga solinadi. Masalan, WADA tomonidan ishlab chiqilgan antidoping
qoidalari sport etikasi tamoyillarining huquqiy ifodasini yaratadi, Xalqaro sport arbitraj sudi
(CAS) esa sportchilar va tashkilotlar o‘rtasidagi nizolarda adolatli yondashuvni ta’minlaydi.

Ushbu tajribalar O‘zbekiston sport tizimida ham etik-huquqiy mexanizmlarni yanada

takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi. Umuman olganda, tadqiqot natijalari sport etikasi va
sport huquqi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash sport faoliyatining barcha
bosqichlarida ‒ tayyorgarlik, musobaqa, boshqaruv va baholash jarayonlarida ‒ halollik,
shaffoflik va javobgarlik tamoyillarini qaror toptirish uchun muhim omil ekanini tasdiqladi [11].

Jamiyatning ma’naviy birdamligi sportchi uchun ruhiy tayanch bo‘lib xizmat qiladi.
Dinshunoslik ta’limotlarida bu jihat ibodat joylari, diniy marosimlar va jamoaviy

amaliyotlar orqali namoyon bo‘lsa, sport huquqi sportchilarni diskriminatsiyadan himoya qilish,
ularning mehnat shartnomalari va moliyaviy manfaatlarini tartibga solish orqali ta’minlanadi.

Shu bilan birga, diniy qadriyatlar jamiyatni sportchini duolar, ezgu tilaklar va ma’naviy

qo‘llab-quvvatlash orqali ruhlantiradi [9].

Xulosa qilib aytganda, dinshunoslik va sport huquqi g‘oyalari uyg‘unlashgan holda

sportchilarning natijalarini yuksaltirishda muhim o‘rin tutadi. Sportchilarning yuksalishida diniy
tarbiyaning o‘rni beqiyosdir, chunki u nafaqat insonning ichki dunyosini, balki uning kundalik
faoliyati va sportdagi natijalarini ham bevosita shakllantiradi. Avvalo, diniy tarbiya sportchining

ruhiy barqarorligini

mustahkamlaydi. Musobaqalarda uchraydigan bosim, qo‘rquv va hayajon

holatlari sabr-toqat, tavakkal va ichki xotirjamlik orqali yengib o‘tiladi. Shuningdek, diniy
qadriyatlar sportchida

axloqiy poklik va halollik

ni qaror toptiradi. Bu esa uni doping, yolg‘on

va firibgarlikdan uzoq turishga, sof mehnat evaziga natijalarga erishishga undaydi [6].

Diniy tarbiyaning yana bir muhim jihati – bu

intizom va o‘zini nazorat qilish

qobiliyatini shakllantirishidir. Ibodatlarni vaqtida ado etish, ro‘za tutish yoki vaqtni qadrlash kabi
diniy amaliyotlar sportchiga qat’iyat va rejali hayot tarzini o‘rgatadi. Bu sifatlar mashg‘ulotlarga
muntazam qatnashish va rejaga sodiq qolish orqali yuqori natijalarga erishishda yordam beradi.

Bundan tashqari, din sportchini

jamoaviylik va birdamlik

ruhida tarbiyalaydi. Do‘stlik,

hamkorlik va birodarlik tamoyillari jamoadagi uyg‘unlikni mustahkamlab, sportchining jamoa
manfaatlarini shaxsiy manfaatlardan ustun qo‘yishiga imkon yaratadi [7].


background image

695

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Diniy tarbiya sportchilarda

motivatsiya va sabr-toqat

ni ham oshiradi. E’tiqodli inson

o‘z mehnatining samarasiga ishonadi, “harakat qilsang, natija beradi” degan g‘oya unga ichki
kuch bag‘ishlaydi. Shu bilan birga, din zararli odatlardan – spirtli ichimlik, giyohvandlik yoki
sog‘liqqa zarar yetkazuvchi turli illatlardan tiyilishga chorlaydi. Bu esa sportchining sog‘lom
turmush tarzini saqlashiga, kuch-quvvatini mehnatga yo‘naltirishiga xizmat qiladi. Nihoyat,
diniy tarbiya sportchini

adolat va mas’uliyat

ruhida tarbiyalaydi. Sportchi nafaqat o‘z yutuqlari,

balki jamiyat, muxlislar va sport jamoatchiligi oldida ham javobgar ekanligini anglaydi [8].

Shunday qilib, diniy tarbiya sportchining ma’naviy-ruhiy tayanchini shakllantirib, uni

halol, intizomli, jamoaviy va sog‘lom hayot kechiradigan shaxs sifatida kamol toptiradi. Bu esa
sportda yuqori natijalarga erishishda hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Sport kodeksi. ‒ T.: Adolat nashriyoti, 2023.

2.

Abdullaev Sh., Raximov A. Sport etikasi va huquqi asoslari. ‒ T.: O‘zDJTSU nashriyoti,
2021.

3.

Anderson, J., & Parrish, R. Sport Law: A Concise Guide. ‒ Oxford: Oxford University
Press, 2018.

4.

Allamuratovich T. Y. Ethnosport: Concept, Theory and Development //International
Journal of Scientific Trends. – 2025. – Т. 4. – №. 2. – С. 88-94.

5.

Козлова Н.А. Этика спорта и спортивное право: взаимосвязь и значение. ‒ М.:
Юрайт, 2021.

6.

McNamee, M. Sport, Ethics and Philosophy. ‒ London: Routledge, 2010.

7.

WADA (World Anti-Doping Agency). World Anti-Doping Code. ‒ Montreal, 2021.

8.

Тарасов В.Г. Правовые основы профессионального спорта. ‒ Санкт-Петербург:
Питер, 2020.

9.

Turdimuratov Y. O ‘zbekistonda etnosportni ommalashtirish va rivojlantirishning asosiy
yo‘nalishlari //Sport ilm-fanining dolzarb muammolari.-2023. – Т. 1. – №. 2. – С. 125-128.

10.

Turdimuratov Y. ETNOSPORT–XALQ O‘YINLARINI OMMALASHTIRISHNING
MUHIM OMILI SIFATIDA //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 1. – С.
537-544.

11.

Turdimuratov Y. A. Etnosport‒milliy sport turlari va xalq o ‘yinlarini rivojlantirishning
muhim omili //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. –
2023. – Т. 3. – №. 11. – С. 132-139.



References

O‘zbekiston Respublikasi Sport kodeksi. ‒ T.: Adolat nashriyoti, 2023.

Abdullaev Sh., Raximov A. Sport etikasi va huquqi asoslari. ‒ T.: O‘zDJTSU nashriyoti, 2021.

Anderson, J., & Parrish, R. Sport Law: A Concise Guide. ‒ Oxford: Oxford University Press, 2018.

Allamuratovich T. Y. Ethnosport: Concept, Theory and Development //International Journal of Scientific Trends. – 2025. – Т. 4. – №. 2. – С. 88-94.

Козлова Н.А. Этика спорта и спортивное право: взаимосвязь и значение. ‒ М.: Юрайт, 2021.

McNamee, M. Sport, Ethics and Philosophy. ‒ London: Routledge, 2010.

WADA (World Anti-Doping Agency). World Anti-Doping Code. ‒ Montreal, 2021.

Тарасов В.Г. Правовые основы профессионального спорта. ‒ Санкт-Петербург: Питер, 2020.

Turdimuratov Y. O ‘zbekistonda etnosportni ommalashtirish va rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari //Sport ilm-fanining dolzarb muammolari.-2023. – Т. 1. – №. 2. – С. 125-128.

Turdimuratov Y. ETNOSPORT–XALQ O‘YINLARINI OMMALASHTIRISHNING MUHIM OMILI SIFATIDA //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 1. – С. 537-544.

Turdimuratov Y. A. Etnosport‒milliy sport turlari va xalq o ‘yinlarini rivojlantirishning muhim omili //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 11. – С. 132-139.