Authors

  • Saydullo Zokirov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.138335

Keywords:

Turkiy davlatlar O’zbekiston Turkiya Qirg’iziston Qozog’iston madaniyat ijtimoiy hayot savdo va tijorat rivojlanish tashabbuslar o’zaro shartnomalar mamlakat rahbarlari diplomatik aloqalar.

Abstract

Hammamizga ma’lumki, madaniy va lisoniy kelib chiqishi bir bo’lgan Turkiy davlatlarning o’zaro aloqalari bugungi kunda yangi bosqichga ko’tarildi. Yo’lga qo’yilgan bu aloqalar dunyo miqyosida ham o’z o’rni va ahamiyatiga ega. Mamlakatlarning til, madaniyat, tarix va yana bir qancha yo’nalishlar bo’yicha o’rnatgan hamkorliklari turkiy xalqlar o’rtasida tinchlik va totuvlikni mustahkamlanishiga ulkan hissa qo’shibgina qolmay, taraqqiyot va rivojlanish yo’lida ham bir mayoq sifatida xizmat qiladi. Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasining 1991-2025-yillar mobaynida Turkiy davlatlar bilan o’rnatgan aloqalari tarixi yoritib beriladi.

background image

696

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

O’ZBEKISTONNING TURKIY DAVLATLAR BILAN ALOQALARI TARIXI

Zokirov Saydullo Odiljon o’g’li

Millat Umidi universiteti

Biznes boshqaruvi fakulteti birinchi bosqich talabasi.

zokirovsaydullo99@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17497130

Annotatsiya.

Hammamizga ma’lumki, madaniy va lisoniy kelib chiqishi bir bo’lgan

Turkiy davlatlarning o’zaro aloqalari bugungi kunda yangi bosqichga ko’tarildi. Yo’lga
qo’yilgan bu aloqalar dunyo miqyosida ham o’z o’rni va ahamiyatiga ega. Mamlakatlarning til,
madaniyat, tarix va yana bir qancha yo’nalishlar bo’yicha o’rnatgan hamkorliklari turkiy
xalqlar o’rtasida tinchlik va totuvlikni mustahkamlanishiga ulkan hissa qo’shibgina qolmay,
taraqqiyot va rivojlanish yo’lida ham bir mayoq sifatida xizmat qiladi. Ushbu maqolada
O’zbekiston Respublikasining 1991-2025-yillar mobaynida Turkiy davlatlar bilan o’rnatgan
aloqalari tarixi yoritib beriladi.

Kalit so’zlar:

Turkiy davlatlar, O’zbekiston, Turkiya, Qirg’iziston, Qozog’iston,

madaniyat, ijtimoiy hayot, savdo va tijorat, rivojlanish, tashabbuslar, o’zaro shartnomalar,
mamlakat rahbarlari, diplomatik aloqalar.


2009-yil 3-oktyabrda Ozarbayjonning Naxichevan shahrida Turkiy tilli davlatlar

hamkorlik kengashi nomi ostida tashkilot tuzilgan. 2021-yil 12-noyabr kuni Turkiy tilli davlatlar
hamkorlik kengashining Istanbul shahrida bo'lib o'tgan sammitida O'zbekiston tashabbusi bilan
mintaqaviy tuzilma nomi Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) deb o'zgartirildi. Bu tashkilotning
asosiy maqsadi qardosh mamlakatlar o‘rtasida ishonch va aloqalarni mustahkamlash, savdo-
iqtisodiyot, transport, energetika, turizm va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni
rivojlantirish, mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarni
muvofiqlashtirishdir.

O’zbekiston azaldan turkiy zabon millatlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish va

kengaytirishning faol tashabbuskorlari va ishtirokchilaridan biri bo’lgan. Bunday aloqalarning
yo’lga qo’yilishi mamlakatimiz uchun juda muhim ahamiyatga ega. Mamlakat rivoji yo’lida olib
borilayotgan sa’y-harakatlar har bosqichda o’z mevasini berib bormoqda. Turkiy davlatlar bilan
o’rnatilgan va o’rnatilajak aloqalar ham xalqlar o’rtasida tinchlik va farovonlikni ta’minlash,
o’zaro birlik va ahllik manbasi, madaniyatlararo bir muhim ko’prik sifatida xizmat qilib
kelmoqda va qilishda davom etadi.

O’zbekistonning Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo bo’lishi 2019-yilning kuz oylariga,

aniqrog’i, 15-oktyabr kuniga to’g’ri keladi. Ushbu tarixiy va unutilmas kunda Ozarbayjonning
Boku shahrida tashkilotning yettinchi sammiti bo’lib o’tadi. [1] Ushbu sammitda tashkilotning
a’zo davlatlari rahbarlari - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Ozarbayjon
Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an,
Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekov, Qozog‘iston Respublikasining Birinchi
Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev ishtirok etadi. Kuzatuvchi mamlakat sifatida
Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban, shuningdek, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi
o‘rinbosari Purli Agamurodov anjumanda qatnashdi. O’zbekiston ushbu sammitda birinchi bor
to’la huquqli a’zo mamlakat sifatida qatnashgan edi. [2]

Keyingi yillarda mazkur davlatlar bilan aloqalar kengaydi, oliy va yuqori darajadagi

rasmiy tashriflar amalga oshirildi.


background image

697

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

- Turkiy Kengashga a’zolik xalqimizning tub manfaatlariga to‘la javob beradi. Bugungi

kunda o‘rtamizda nafaqat madaniy-ma’naviy aloqalar, balki savdo-iqtisodiy munosabatlar ham
yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Oxirgi uch yilda davlatlarimizning o‘zaro savdo hajmi salkam
ikki barobarga oshdi, mingdan ortiq yangi qo‘shma shirkatlar ochildi. Transport qatnovlari
kengaymoqda, vizasiz tartib asosida turistlar oqimi tobora ko‘paymoqda, xalqlarimizning
qardoshlik rishtalari mustahkamlanmoqda, – dedi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, mamlakatimizning ushbu davlatlar bilan o’zaro aloqalari ham keyingi

bosqichga ko’tarilmoqda. Quyida, O’zbekistonning Turkiya, Qirg’iziston, Qozog’iston va
Ozarbayjon mamlakatlari bilan o’zaro hamkorlik jarayonlari yoritib beriladi.

O’zbekistonning Turkiya bilan aloqalari.

Azaldan, turk va o’zbek xalqlari o’zaro

hamkorlikni yo’lga qo’yish, strategik, madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarni o’rnatish
bo’yicha hamfikr bo’lib kelgan. Turkiya O’zbekiston bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga
katta ahamiyat berib, turk va o’zbek xalqlarining o’zaro rishtalarini mustahkamlashga harakat
qilmoqda. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov mamlakat
mustaqilligini e’lon qilgandan so’ng bir qancha davlatlar bilan strategik va siyosiy aloqalarni
o’rnatdi. Jumladan, Turkiya O’zbekistonning mustaqilligini birinchilardan bo’lib 1991-yil 16-
dekabrda tan oldi, va mamlakatimiz bilan tijoriy va madaniy aloqalarni yo’lga qo’yishni boshladi.

Shu borada, I.Karimov Anqara murakkab va jadal o’sib borayotgan dunyo tizimida yosh

mustaqil davlat uchun yaxshi hamkor va do’st bo’lishiga umid bog’lagan edi. Dastlab ikki
tomonlama munosabatlar birodarlik ruhida yo‘lga qo‘yildi va ishonchni mustahkamlash chora-
tadbirlariga erishildi. 1992-yil aprelda Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi, 1993-yil yanvarda
esa O‘zbekiston Respublikasining Anqaradagi elchixonasi o‘z faoliyatini boshladi. Istanbulda
davlatimizning bosh konsulxonasi ochildi. 1996-yilga kelib mamlakatlar o‘rtasida Abadiy
do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Rasmiy tashriflar doirasida
mamlakatlar orasida hamkorlikni kuchaytirish va keyingi bosqichga olib chiqish masalalari
muhokama qilindi. Ta’lim, madaniyat, turism va yana bir qancha sohalar bo’yicha aloqalar
o’rnatilib, istiqbolli kelajak uchun katta qadamlar qo’yildi. Jumladan, ta’lim sohasi doirasida
O’zbekistonda Turkiya maktablari o’z faoliyatini yo’lga qo’ydi. Qolaversa, O’zbekistonlik talaba
yoshlar uchun Turkiya universitetlarida tahsil olish imkoniyati yaratildi. Bundan tashqari o’zaro
madaniy almashinuvlar, jumladan, Turkiya davlatida ishlab chiqarilgan kiyim-kechaklar, turli xil
zargarlik buyumlari va bir nechta mahsulotlar O’zbekistonga olib kelindi, va mos ravishda
O’zbekistonning boy tarixiy me’rosini o’zida namoyish etgan turli xil ko’rgazmali ishlanmalar,
shu jumladan, atlas va adras, sopoldan yasalgan naqshinkor jihozlar va boshqa o’nlab
mahsulotlar Turkiya davlatida ko’rinish bera boshladi. Bu hali hammasi emas. O’zbekiston
Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbuslari bilan mamlakatimizdan
Turkiya respublikasiga aviaqatnovlar yo’lga qo’yildi, va aholining ushbu ikki davlatga
sayohatlari va tashriflari bir necha barobar osonlashdi. [3]

Yaqin yillarda ikki davlatning o’zaro aloqalari yangi bosqichga ko’tarildi. O’zbekiston

Respublikasining amaldagi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-27-dekabrdagi
Turkiyaga rasmiy tashrifi tomonlar o’rtasida hamkorlik va do’stlikning yangi davrini ochib berdi.

Tashrif doirasida ikki davlat o’rtasida transport-kommunikatsiya, qishloq xo’jaligi, turism

va ilm-fan, savdo-iqtisodiy va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari
atroflicha ko’rib chiqildi. Shu jumladan, mamlakatlar o’rtasida viza masalalari soddalashtirildi,
va keyinchalik Turkiya fuqarolari uchun O’zbekistonga vizasiz tashriflar yo’lga qo’yildi.


background image

698

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

O’zbekiston Prezidentining tashrif doirasidagi quyidagi xulosalari o’zaro hamkorlikning

naqadar muhim ekanligini ta’kidlaydi: “Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik nafaqat
davlatlarning ikki tomonlama munosabatlarini mustahkamlaydi, balki mintaqada va butun
dunyoda tinchlik, barqarorlik va farovonlikka hissa qo‘shadi”. [3]

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog’anning 2018-yil bahoridagi yurtimizda davlat

tashrifi o’zaro aloqalarni yanada mustahkamlashda muhim o’rin tutdi. Tashrif doirasida bir
qancha hukumat darajasidagi hujjatlar imzolandi. Shuningdek, ikki davlat rahbarlari
boshchiligida oliy darajadagi O’zbekiston - Turkiya strategik sheriklik kengashini tuzish haqida
kelishuvga erishildi. Kengashning birinchi yig’ilishi 2020-yil fevralda Anqarada bo’lib o’tdi. [4]

Shuningdek, Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Turkiya Mehnat

va ijtimoiy taʼminot vazirligi oʻrtasida “Mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolari huquqlarini
himoya qilish toʻgʻrisida”gi bitim imzolandi. 2018-yil martda Tashqi mehnat migratsiyasi
agentligi hamda Turkiyaning “Tayga group” kompaniyasi oʻrtasidagi kelishuv asosida
Oʻzbekiston Turkiyaga migrantlarni tashkillashtirilgan holda ishga yuborgani ham yuqoridagi
kelishuvning dolzarbligini koʻrsata oladi. [4]

Ikki davlatning so’nggi yillardagi faol hamkorligi savdo-iqtisodiy aloqalarga ham o’z

ta’sirini ko’rsatmay qolmadi. Jumladan, 2016-2021-yillarda Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi
tovar aylanmasi 2,9 barobar, eksport 2,5 barobar, import 3,5 barobar oʻsdi. O’zbekiston va
Turkiya davlatlari o’rtasidagi savdo aloqalari jadal o’sishi natijasida Turkiya 2021-yilda
O’zbekistonning to’rtinchi eng yirik tashqi savdo hamkoriga aylandi. So’nggi yillarda turk
investorlarining O’zbekiston bozoriga kirishi iqtisodiy aloqalarni yanada kuchaytirdi. Turk
shirkatlari bilan qurilish va energetika sohalari bo’yicha hamkorlik qizg’in tus olmoqda.

Jumladan, “Çalık Holding”, “Akaya İnşaat”, “Varnet” kabi turk kompaniyalari va boshqa

investorlar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. Energetika sohasida turk shirkatlari bilan (AKSA
Energy, Odash Energy, Cengiz Energy) 6 ta issiqlik elektrostansiyasi boʻyicha loyiha amalga
oshirildi. [4]

Xulosa qilib aytish mumkinki, ushbu ikki davlat o’rtasidagi hamkorlik aloqalari shiddat

bilan o’zgarib borayotgan dunyoda juda muhim va dolzarbdir. Aloqalarning yangi bosqichga
ko’tarilishi natijasida olib borilayotgan islohotlar o’z samarasini berib kelmoqda. O’zbek va turk
xalqlarining jipslashuvi, o’zaro do’stligi taraqqiyot va yuksalish yo’lida muhim o’rin egallaydi,
va ulkan hissasini qo’shishda davom etadi.

O’zbekiston - Qirg’iziston munosabatlari.

Tarixdan ma’lumki, ushbu ikki davlat o’zaro

chegaradosh bo’libgina qolmay, til, madaniyat, ijtimoiy hayot va yana bir qancha jabhalar
borasida ham unchalik begona emas. Mustaqillikdan so’ng bu mamlakatlar o’rtasidagi aloqalar
yanada mustahkamlandi va yangi bosqichga ko’tarildi. Shuni aytish joizki, ikki o’zaro
chegaradosh davlatlarning avvalo bosh qotirishi kerak bo’lgan mavzusi bu o’z chegaralarini
daxlsiz saqlash, fuqarolarning chegarani har qanday noqonuniy kesib o’tishlarini oldini olish va
ayniqsa, bojxona ishlarida juda ham ehtiyotkor va sinchkov bo’lishdir. Shu boisdan O’zbekiston
ham qo’shni davlatlar, jumladan, Qirg’iziston bilan chegarani xavfsiz saqlash yo’lida ancha
jonbozlik ko’rsatdi.

O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov 1992-yil mamlakatning

va fuqarolarning manfaatlarini o’ylagan holda Markaziy Osiyo davlatlari bilan ochiq va xavfsiz
sayohat qilish imkoniyatini yaratdi, jumladan Qirg’iziston Respublikasi bilan ham. [5] Ammo,
bu holat uzoqqa cho’zilmadi, chunki Qirg’iziston Respublikasining O’zbekiston bilan chegarasi
Farg’ona vodiysi hududlariga to’g’ri kelganligi boisdan chegara daxlsizligi masalasi bo’yicha


background image

699

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

qator muammolar yuzaga kela boshladi. Shuning uchun, 1999-yilda chegara bo’yicha yangi
qonun va tartib-qoidalar amalga oshirildi. Jumladan, ikki mamlakat o’rtasidagi chegarani yanada
mustahkamlash, fuqarolarni faqatgina rasmiy deb belgilangan chegarani kesib o’tish joylaridan
o’tkazish, har qanday noqonuniy yo’llar bilan o’tayotgan fuqarolarga jazolar qo’llash amaliyoti
joriy qilindi [5, p.1967]. Bu orqali har qanday yuzaga chiqishi mumkin bo’lgan xavflar oldi
olindi.

O’zbekiston va Qirg’iziston o’zaro yaxshi savdo aloqalariga ham egadir. Investitsiya va

tovar ayirboshlash, import va eksport masalalari bo’yicha hamkorlik sezilarli rivojmoqda. O’zaro
tovar ayirboshlash yildan yilga o’sib bormoqda, va birgina 2023-yilning o’zida tovar ayirboshlar
hajmi 13.3% ga ortib, 215.8 million dollarni tashkil qildi [6]. 2023-yil 1-yanvar holatiga ko’ra
O’zbekistonda Qirg’iziston Respublikasining kapitali ishtirokidagi 320 ta korxona faoliyat
yuritib kelmoqda [7]. Eksport va import yo’nalishi bo’yicha ham ikki davlat yaxshi aloqalarga
ega. O’zbekiston Qirg’iziston Respublikasiga tabiiy gaz, avtomobil ehtiyot qismlari, benzin, har
xil turdagi oziq-ovqat va to’qimachilik mahsulotlarini yetkazib beradi. Shu bilan birga,
O’zbekiston Qirg’iziston Respublikasidan gidroenergiya, meva-sabzavot, sut mahsulotlari,
charm buyumlar va boshqa bir nechta mahsulotlarni import qiladi. Transport masalasi bo’yicha
ham yaxshigina hamkorlik yo’lga qo’yilgan. Hozirda “Andijon-O’sh” avtomobil yo’li faol
ishlamoqda [8]. Bundan tashqari, “Xitoy - Qirg’iziston - O’zbekiston” temir yo’l loyihasi ko’rib
chiqilgan va amalga oshirilmoqda. Turizm sektori ham muhim sektorlardan biri ekanligini
quyidagi statistika orqali bilib olishimiz mumkin. Birgina 2022-yilning o’zida O’zbekistonlik
fuqarolar eng ko’p tashrif buyurgan davlat aynan Qirg’iziston (2.4 million kishi), ikkinchi
o’rinda Qozog’iston (1 million kishi) [7].

Xulosa qilib aytganda, bu ikki qardosh va qo’shni davlatlar o’rtasida juda ham iliq

munosabatlar o’rnatilgan, xalqlar o’rtasida do’stlik, birodarlik va birlik ruhi hukm surmoqda.

Yangi

bosqichga

ko’tarilgan

hamkorliklar

mamlakatimiz

va

Qirg’iziston

Respublikasining rivojlanish yo’lida ulkan ahamiyat kasb etmoqda va kelajakka poydevor
vazifasini bajarmoqda.

O’zbekiston va Qozog’iston munosabatlari.

Barchamizga ma’lumki, Markaziy Osiyo

mamlakatlari orasida hududi va iqtisodi bo’yicha yirik davlatlardan biri bu - Qozog’iston
Respublikasidir. Bu ikki davlat - O’zbekiston va Qozog’iston - Markaziy Osiyoning muhim
davlatlaridan bo’lib, ularning aloqalar tarixi ming yillarga borib taqaladi. Bu davlatlarning tarixiy
merosi va o’zaro hamkorligi barqaror taraqqiyot asosini tashkil qiladi.

Ushbu ikki davlatning diplomatik aloqalari 1992-yil noyabr oyida boshlangan bo’lib,

savdo-iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy-siyosiy sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni davom
ettirib kelishmoqda. Tarixdan ma’lumki, bu davlatlar til va madaniyat borasida bir biridan uncha
ham farq qilmaydigan kelib chiqishga ega. Qozoq va o’zbek xalqlari o’rta asrlardan beri yashab,
o’zaro savdo aloqalarini o’rnatishgan. Qolaversa, qozoq va o’zbek tillari kelib chiqish nuqtai
nazaridan turkiy tillar oilasiga mansubligi bu ikki xalq o’rtasida ishonchli va mustahkam aloqalar
o’rnatish mumkinligini anglatadi.

Mustaqillikdan so’ng ikki davlat rivojlanish yo’lida o’zaro hamkorlik qila boshladi, va

1998-yilning oktyabr oyi tarixda muhim sana sifatida muxrlandi. Sababi, ushbu sanada ikki
davlat o’rtasida abadiy do’stlik shartnomasi imzolandi. Shundan so’ng, ikki davlat Prezidentlari
2000-yil chegara masalalari bo’yicha uchrashib, bir qator kelishuvlarga erishdi. Bir yildan so’ng,
ya’ni 2001-yilda O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov rasmiy tashrif


background image

700

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

bilan Qozog’iston Respublikasida bo’ldi va 2440 km lik chegara qurish bo’yicha shartnoma
imzolandi [9].

O’zbekiston va Qozog’iston eng yaqin qo’shni hamda ittifoqchi davlatdir. Shu boisdan,

o’rnatilayotgan aloqalar ikki davlat xalqlari uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu davlatlar
xalqaro siyosiy maydonda ham bir-birini qo’llab-quvvatlab kelmoqda.

Xalqaro tashkilotlar - BMT, SHHT, MDH, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Islom

hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi va boshqa
tashkilotlar doirasida samarali hamkorlik qilmoqda. Savdo masalalari bo’yicha ham hamkorlik
davom etmoqda. Xususan, Qozog’iston O’zbekistonning uchinchi eng yirik savdo hamkoriga
aylanib, mamlakatimiz umumiy savdo hajmining 9.3% tashkil qiladi. So’nggi yillarda tovar
ayirboshlash, pandemiya holatiga qaramasdan, shiddat bilan o’sib bormoqda. 2024-yilda bu
ko’rsatgich 4.4 milliard AQSH dollarini tashkil qildi. Bugungi kunda 1250 dan ortiq Qozog’iston
korxonalari O’zbekistonda, va o’zbek kapitali ishtirokida 1500 dan ortiq kompaniya
Qozog’istonda faoliyat yuritib kelmoqda.

Tarixiy aloqalarni mustahkamlashda ikki davlat ham o’zaro jonbozlik ko’rsatmoqda.

Yurtimizda qozoq xalqlari uchun o’z til va an’analarini saqlab qolishga yetarlicha shart-
sharoitlar yaratilgan. Xususan, yurtimizda 400 ta maktabda qozoq tili o’qitiladi va 162 ta
maktabda ta’lim faqat qozoq tilida tashkil qilingan. Qolaversa, bir nechta oliy ta’lim
muassasalarida ham qozoq tilini o’rganish imkoniyati yaratilgan. [10]

Xalqlarni bir biriga yaqinlashtiradigan, do’stlik rishtalarini mustahkamlaydigan madaniy

almashinuvlar va festivallar ham ikki davlatning aloqalari iliqligiga dalolatdir. Xususan, 2022-yil
19-dekabr kuni O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida “Abay. Qardosh xalqlar merosi” nomli
qozoq yozuvchisi va mutafakkiri Abay Kunanbayevning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan
ko‘rgazma tashkil etildi. Qozog‘istonda esa, Dilorom Mamedovaning “Olmaota–o‘zbek rassomi
ko‘zlari bilan” nomli ko‘rgazmasi ochildi. Bundan tashqari, Qozog‘iston tomoshabinlariga
“Choy” qisqa metrajli filmi taqdim etildi, KalibekKuanishboyev nomidagi Qozog‘iston musiqa-
drama teatrida esa O‘zbekistonning ijodiy jamoalari ishtirokida gala-konsert bo‘lib o‘tdi. [11]

Xulosa qilib aytganda, ikki qo’shni va qardosh mamlakatlar o’rtasida hamkorlik aloqalari

o’rnatilishi nafaqat iqtisodiy, balki ma’naviy foyda ham keltiradi. Ushbu aloqalar qozoq va
o’zbek xalqlari taraqqiyoti yo’lida muhim bir mayoq sifatida xizmat qiladi.

O’zbekiston va Ozarbayjon munosabatlari.

O’zbekistonning tashqi siyosatida

Ozarbayjon bilan, shuningdek, Ozarbayjonning tashqi siyosatida O’zbekiston bilan aloqasi juda
ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu ikki davlat uzoq yillardan buyon hamkorlik aloqalarini
o’rnatib kelmoqda.

Til, madaniyat, tarix va din bu mamlakatlar xalqlarini bir-biri bilan bog’lab turadi.
Tarixdan ma’lumki, bu ikki davlat xalqlari o’zaro do’st bo’lib kelishgan. Jumladan, har

turli talofatlar davrida xalqlar bir biriga yordam qo’llarini cho’zgan va talofatdan zarar ko’rgan
aholiga o’z yurtidan boshpana bergan va zararlangan hududlarni qayta tiklash bo’yicha ham
jonbozlik ko’rsatgan. Bu do’stlik aloqalari XX asr oxirlari, aniqrog’i 1970-yillardagi o’sha
davrdagi mamlakat rahbarlari Haydar Aliyev (Ozarbayjon) va Sharof Rashidov (O’zbekiston)
ning o’zaro do’stlik va hamkorlik rishtalari o’rnatishi bilan yanada mustahkamlanadi. Bu do’stlik
rishtasi hozirgacha ikki mamlakat vakillari tomonidan yodga olinadi va hurmat ko’rsatiladi.

Bugungi kunda, ikki davlat o’rtasidagi ittifoqchilik yuqori cho’qqisiga chiqdi deb ayta

olamiz.


background image

701

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Bunga sabab, davlat rahbarlarining o’zaro uchrashuvlari va davlat tashriflari muntazam

olib borilishi va strategik aloqalari keyingi pog’onaga ko’tarilganidir. Ushbu davlatlar o’rnatgan
aloqalar o’zbek va ozarbayjon xalqlarining o’zaro jipslashuvi, ikki davlatning ijtimoiy, madaniy
va siyosiy rivojlanishida muhim ro’l o’ynaydi.

O’zaro ijtimoiy aloqalar O’zbekiston Ozarbayjonga Qorabog’ hududini qayta tikashda

bergan ijtimoiy va gumanitar yordamlari orqali yanada mustahkamlandi. Ozarbayjon davlati
rahbari Ilhom Aliyev O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ushbu
harakatlarga birinchi bo’lib o’z yordam qo’lini cho’zganligini doimo yuqori baholaydi. Bundan
tashqari, Qorabog’ hududida Prezidentimizning tashabbuslari bilan birinchi o’zbek maktabini
qurish loyihasi ilgari surildi, va 2023-yil 23-avgustda loyiha amalga oshirilib, maktab
foydalanishga topshirildi. Mirzo Ulug’bek nomidagi ushbu maktab ikki mamlakat xalqlari
orasida do’stona ruhiyatni yanada mustahkamladi.

O’zbekiston va Ozarbayjon o’zaro savdo aloqalarida ham faol. Tovar ayirboshlash hajmi

so’nggi yillarda bir necha barobarga oshdi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, so’nggi besh yil ichida
tovar ayirboshlash hajmi uch barobar o’sib, 255 million dollarga yetdi. Bundan tashqari,
avtomobil sanoatida ham katta o’zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2019-yildan beri
“Oʻzavtosanoat” bilan hamkorlikda qariyb 9 mingta avtomobil ishlab chiqarildi va hozir ikkinchi
avtomobil zavodi qurilishi boshlandi. Qolaversa, o’zbek xalqining paxta ishlab chiqarish
bo’yicha uzoq yillik tajribasi Ozarbayjon davlati uchun ushbu sanoat rivoji yo’lida asos bo’lib
xizmat qilib kelmoqda.

Bundan tashqari, ikki davat o’rtasida ta’lim sohasida ham bir qancha hamkorliklar olib

borilmoqda. Yaqinda Andijonda bo’lib o’tgan Oʻzbekiston — Ozarbayjon oliy taʼlim
muassasalari rektorlari I forumi bunga yaqqol asos bo’la oladi. Forum davomida
mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari o’rtasida 50 dan ortiq shartnoma va kelishuvlar
imzolandi. Unga ko’ra, ikki mamlakat o’rtasida professor-o’qituvchilar va talabalar
almashinuvini rivojlantirish, qo’shma ta’lim dasturlarini yaratish, malaka va tajriba almashish va
shunga o’xshash bir qancha masalalar ko’rib chiqildi. Bu hamkorliklar ikki mamlakatning ilm-
fan sohasida yuksalishi yo’lida xizmat qiladi. [12]

Bir so’z bilan aytganda, O’zbekiston va Ozarbayjon turli sohalarda o’zaro aloqalar

o’rnatmoqda. Ushbu sa’y-harakatlar ikki davlat rivoji yo’lida ulkan hissa qo’shibgina qolmay,
xalqlarni bir-biriga yanada yaqinroq bo’lishiga sabab bo’ladi.

O’zbekiston Turkiya, Qirg’iziston, Qozog’iston va Ozarbayjon davlatlari bilan

diplomatik aloqalar o’rnatibgina qolmay, o’zaro madaniyatlar almashinuviga ham yo’l ochib
berdi. O’zbek xalqining turk, qirg’iz, qozoq va ozarbayjon xalqlari bilan do’stlik rishtalari
bardavom bo’lishi mamlakatlar, ayniqsa, O’zbekiston rivoji yo’lida juda muhim ro’l o’ynaydi.
Shu boisdan, Turkiy davlatlarning o’zaro hamkorliklari davomiy bo’lishini tilab qolamiz.

Foydalanilgan manbaalar ro’yxati:

1.

Mamatov Behruz,

O’zbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik ittifoqidagi o’rni.

Academic Research in Modern Science,

2024.

2.

president.uz,

O‘zbekistonning Turkiy kengashga a’zo bo‘lishi – tabiiy va tarixiy jarayon

2019.

3.

Yuldoshev Shahzod,

O'zbekiston va Turkiya munosabatlarining mintaqaviy gesosiyosiy

jihatlari va istiqbollari.

CENTRAL ASIA IN MODERN INTERNATIONAL


background image

702

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

RELATIONS: PROSPECTS FOR SUSTAINABILITY AND DEVELOPMENT.

2025.

https://yuz.uz/uz/news/ozbekiston--turkiya-tarix-va-islohotlar-mushtarakligi

4.

yuz.uz, O’zbekiston - Turkiya: Tarix va islohotlar mushtarakligi. 2022.

https://yuz.uz/uz/news/ozbekiston--turkiya-tarix-va-islohotlar-mushtarakligi

5.

Nick Megoran,

Nationalism in Central Asia.

p. 1967.

6.

Adhamov Ramonbek Rovshanbek o’g’li,

O’zbekiston va Qirg’iziston o’rtasidagi iqtisodiy

hamkorliklar.

2024.

7.

Sputnik O’zbekiston,

Olti yilda 8 barobar o’sdi: o’zbek-qirg’iz munosabatlari haqida

.

2023.

O‘zbekiston - Qirg‘iziston munosabatlari

8.

Abdurazzakov Diyorbek,

O’zbekiston va Qirg’iziston iqtisodiy aloqalari: muammolar,

istiqbollar

va

hamkorlik

yo’nalishlari

https://journalss.org/index.php/luch/article/download/2536/2393/4793

9.

Choriyev Asadbek,

Yangi davrda Qozog’iston va O’zbekiston munosabatlari, 2024.

https://universalconference.us/universalconference/index.php/icms/article/view/69/134

10.

Nurgizarova Zakira Beketovna,

O‘zbekiston va Qozog‘istonning umumiy tarixi va

madaniyati

barqaror

taraqqiyotning

muhim

zaminidir,

2025.

https://ilmiyanjumanlar.uz/uploads/conferences/0076/76_i_20250416_222146_5.19.pdf

11.

Furqat Najimov,

Madaniy diplomatiya va mintaqaviy integratsiya: markaziy osiyoda

millatlararo hamjihatlikni shakllantirishda O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligi

, 2025.

12.

yuz.uz

, O’zbekiston - Ozarbayjon: azaliy do’stlik va strategik ittifoqchilikning yangi

qirralari.

2025

.

https://yuz.uz/uz/news/ozbekiston--ozarbayjon-azaliy-dostlik-va-strategik-

ittifoqchilikning-yangi-qirralari

References

Mamatov Behruz, O’zbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik ittifoqidagi o’rni. Academic Research in Modern Science, 2024.

president.uz, O‘zbekistonning Turkiy kengashga a’zo bo‘lishi – tabiiy va tarixiy jarayon 2019.

Yuldoshev Shahzod, O'zbekiston va Turkiya munosabatlarining mintaqaviy gesosiyosiy jihatlari va istiqbollari. CENTRAL ASIA IN MODERN INTERNATIONAL RELATIONS: PROSPECTS FOR SUSTAINABILITY AND DEVELOPMENT. 2025. https://yuz.uz/uz/news/ozbekiston--turkiya-tarix-va-islohotlar-mushtarakligi

yuz.uz, O’zbekiston - Turkiya: Tarix va islohotlar mushtarakligi. 2022. https://yuz.uz/uz/news/ozbekiston--turkiya-tarix-va-islohotlar-mushtarakligi

Nick Megoran, Nationalism in Central Asia. p. 1967.

Adhamov Ramonbek Rovshanbek o’g’li, O’zbekiston va Qirg’iziston o’rtasidagi iqtisodiy hamkorliklar. 2024.

Sputnik O’zbekiston, Olti yilda 8 barobar o’sdi: o’zbek-qirg’iz munosabatlari haqida. 2023. O‘zbekiston - Qirg‘iziston munosabatlari

Abdurazzakov Diyorbek, O’zbekiston va Qirg’iziston iqtisodiy aloqalari: muammolar, istiqbollar va hamkorlik yo’nalishlari https://journalss.org/index.php/luch/article/download/2536/2393/4793

Choriyev Asadbek, Yangi davrda Qozog’iston va O’zbekiston munosabatlari, 2024. https://universalconference.us/universalconference/index.php/icms/article/view/69/134

Nurgizarova Zakira Beketovna, O‘zbekiston va Qozog‘istonning umumiy tarixi va madaniyati barqaror taraqqiyotning muhim zaminidir, 2025. https://ilmiyanjumanlar.uz/uploads/conferences/0076/76_i_20250416_222146_5.19.pdf

Furqat Najimov, Madaniy diplomatiya va mintaqaviy integratsiya: markaziy osiyoda millatlararo hamjihatlikni shakllantirishda O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligi, 2025.

yuz.uz, O’zbekiston - Ozarbayjon: azaliy do’stlik va strategik ittifoqchilikning yangi qirralari. 2025. https://yuz.uz/uz/news/ozbekiston--ozarbayjon-azaliy-dostlik-va-strategik-ittifoqchilikning-yangi-qirralari