2025
NOVEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 11
66
TALABA YOSHLARDA AXBOROT-PSIXOLOGIK XAVFSIZLIKNI TA’MINLASHNI
TAKOMILLASHTIRISH
Fayziyeva Gulzoda Ulugbekovna
Yangi asr universiteti o'qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.17530548
Annotatsiya:
Maqolada zamonaviy axborot tahdidlari sharoitida talaba yoshlarining
axborot va psixologik xavfsizligini ta'minlashning psixologik jihatlarini o'rganish bo‘yicha usullar
va yondashuvlar ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
axborot-psixologik xavfsizlik, axborot-psixologik tahdidlar, manipulyatsiya
texnikasi, psixologik bosim, dezinformatsiya, kiberbulling, kiberxavfsizlik, psixo-emotsional holat.
Axborot texnologiyalarining rivojlanishi axborot olamining tobora kengayishiga,
insoniyatning xabardorlik darajasining oshishiga shu bilan birga axborot xavfsizligi masalasining
dolzarbligining oshishiga ham xizmat qilmoqda. Bu borada davlatimiz raxbarining 2020-yil 25-
dekabrdagi yoshlar bilan uchrashuvida, yoshlar ma’naviyati bilan bog‘liq muammolarga
to‘xtaldi.Forumda, jahonda turli nizo va ziddiyatlar avj olayotgani, terrorizm, ekstremizm balosi
va boshqa tahdidlar internet makoniga chuqur kirib, moslashib olgani ta’kidlandi.
Prezidentimiz: “Mana shunday murakkab sharoitda yoshlarimiz sezgir va ogoh bo‘lishi,
har bir masalada, avvalo Vatan manfaatlarini o‘ylab ish tutishi zarur. Ilm-ma’rifat va kasb-hunarga
intilish, oilani muqaddas bilish, ma’naviy poklik, kattalarga hurmat, kichiklarga shafqat,
qadriyatlarimizga sadoqat kabi ezgu fazilatlar azaldan xalqimiz, millatimizning qonida bo‘lib
kelgan. Biz mana shunday bebaho merosimizni nafaqat asrashimiz, balki uni yanada boyitishimiz,
kelgusi avlodlarga bezavol yetkazishimiz kerak. Shu o‘rinda men hurmatli ota-onalar, bobolarimiz
va momolarimizni, jonkuyar ustoz va murabbiylarni, muhtaram ziyolilarimiz, keng
jamoatchiligimizni bu masalaga befarq bo‘lmasdan, yoshlar tarbiyasiga qaratilgan ishlarimizni
yanada kuchaytirishga da’vat etaman[1] degan so‘zlari ham aslida yoshlarimizni axborot
xavfsizligini ta’minlashning takomillashishiga jiddiy munosabatda bo‘lishimizga murojaat desak
mubolag‘a bo‘lmaydi.
Davlatimiz rahbari forumda yoshlar kelajagi bilan bog‘liq har qanday vazifa birlamchi
ahamiyatga ega ekanini alohida takidladi. Darxaqiqat, zamonaviy axborot texnologiyalari inson
ongi va imkoniyatlariga taʼsir koʻrsatdi, uning turmush tarzi va qadriyatlarini o‘zgartirdi, bu esa
insoniyatning axborot muhitini sifat jihatdan qayta ko‘rib chiqishga olib keldi. Jamiyatning
maʼnaviy-madaniy sohasida axborot texnologiyalaridan noqonuniy maqsadlarda foydalanish xavfi
inson ongini manipulyatsiya qilish, shaxsning ruhiy va ijtimoiy moslashuvi xavfini keltirib
chiqargan boʻlsa, harbiy siyosiy sohada yangi turdagi axborot qurolini ishlab chiqarish
imkoniyatlariga bo‘lgan zaruriyat keskin oshdi, shuning uchun ham, hozirgi zamonaviy urushda,
axborot kommunikatsiya texnologiyalari zarba berishning asosiy usullari va vositalari deb qabul
qilinmoqda, bunda axborot targʻiboti alohida oʻrin egallayotgani nam hech kimga sir emas[2]. Bu
o‘z navbatida, yoshlarda axborot psixologik xavfsizlikni ta’minlashni takomillashtirishga jiddiy
ahamiyat berishimiz kerakligidan dalolat.
Ushbu forumda, davlatimiz rahbarining: Qanchalik qiyin bo‘lmasin, biz yoshlar tarbiyasi
bo‘yicha o‘zimizga xos va ta’sirchan, bugungi kunga hamohang usullarni izlab topishimiz kerak.
2025
NOVEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 11
67
Jondan aziz farzandlarimizni buzg‘unchi va zararli g‘oyalar, jinoyatchilik, giyohvandlik,
loqaydlik, ma’naviy qashshoqlik kayfiyatidan asrashimiz zarur. Bunday salbiy holatlarni bartaraf
etishda barchamiz, avvalo, siz, aziz yoshlar faol bo‘lishingiz kerak. Xalqimizning ma’naviy
qudrati va boqiy an’analarini asrab-avaylash va butun dunyoga tarannum etishga sizlar albatta
qodirsiz[3], – deganlari ham bejizga emas edi.
Axborot muhiti jamiyat faoliyatining sifatini, uning rivojlanish darajasi va xavfsizligini
belgilash bilan bir qatorda jamiyat hayotini taʼminlashning barcha jarayonlarini tartibga soladi.
Shuning uchun zamonaviy axborot tahdidlari sharoitida talaba yoshlarining axborot va
psixologik xavfsizligini ta'minlashning psixologik jihatlarini o'rganish bugungi olimlardan yeng
shimarib ishlashni talab qiladi. Quyida esa talabalarning axborot ta'siriga psixologik barqarorligiga
hissa qo'shadigan asosiy omillarni aniqlashga, shuningdek, psixologik himoya mexanizmlarini
shakllantirish va axborot ta'sirining salbiy oqibatlarini oldini olish bo'yicha tavsiyalar ishlab
chiqilgan:
1.
Yoshlarning axborot-psixologik xavfsizligi muammosi bo'yicha ilmiy adabiyotlarni
nazariy tahlil qilish, psixologik jihatlarga alohida e'tibor berish.
2.
Talaba yoshlar duch keladigan asosiy axborot tahdidlarini va ularning psixo-
emotsional holatga ta'sirini aniqlash.
3.
Axborot hujumlari va manipulyatsiyalarga qarshilik ko'rsatadigan psixologik
omillarni o'rganish.
4.
Talabalarning axborot va psixologik xavfsizligi darajasini oshirish uchun ishlatilishi
mumkin bo'lgan himoya mexanizmlarini aniqlash.
5.
Axborot-psixologik
tahdidlarning
salbiy
oqibatlarini
oldini
olish
va
minimallashtirishga qaratilgan tarbiyaviy va psixologik strukturalar uchun tavsiyalar ishlab
chiqish.
6.
Talabalarning psixologik xavfsizligi kontekstida axborot savodxonligi va tanqidiy
fikrlash dasturlarining samaradorligini tadqiqot qilish.
Ushbu tadqiqot ob'yekti oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan talaba yoshlardir. Ushbu
guruh raqamli texnologiyalar, ijtimoiy tarmoqlar va umuman internetdan faol foydalanish tufayli
axborot tahdidlariga eng ko'p duch kelgan va qaram bo‘lganlar.
Afsuski, tadqiqot ob'yekti sifatida aksariyat qismi yoshlar(ayniqsa talabalar) ekani va bu
esa bir qancha omillarga bog'liqligini kuzatishimiz mumkin:
1.
Psixo-emotsional beqarorlik. Universitetda o'qish davrida talabalar ko'pincha yangi
sharoitlarga moslashish, o'quv yuklari va ijtimoiy o'zaro ta'sirlar kabi yangi stress omillariga duch
kelishadi, bu ularning axborot tahdidlariga moyilligini oshirishi mumkin.
2.
Dunyoqarashni shakllantirish. Talabalik yoshi o‘z-o‘zini anglash va qadryatlar
qiymatini shakllantirishning asosiy davri hisoblanadi. Dezinformatsiya va manipulyatsiyaning
ta'siri haqiqatni idrok etishni sezilarli darajada buzilishiga va psixo-emotsional farovonlikni
buzishilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
3.
Ijtimoiy-madaniy omillarning ta'siri. Talabalar axborot makonining faol
ishtirokchilaridir va ularning bu kontekstdagi xatti-harakatlari jamoatchilik fikri va ijtimoiy
tendentsiyalarni shakllantirish kabi ijtimoiy jarayonlarga ta'sir qilishi mumkin.
2025
NOVEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 11
68
Talaba yoshlarning axborot-psixologik xavfsizligining psixologik jihatlarini o'rganish
uchun quyidagi yondashuvlar va metodlar tanlashni belgilashimiz maqsadga muvofiq. Ushbu
ishda ham miqdoriy, ham sifat usullari qo'llaniladi, bu muammoni har tomonlama tahlil qilishga
imkon beradi. Asosiy metodologik yondashuvlarga quyidagilar kiradi:
Tizimli yondashuv. Tadqiqot axborot-psixologik xavfsizlikni turli jihatlarni (psixologik,
ijtimoiy, texnologik) o'z ichiga olgan murakkab va ko'p darajali hodisa sifatida ko'rib chiqadi.
Tizimli yondashuv ushbu jihatlar o'rtasidagi munosabatni hisobga olishga va ularning
talabalarning psixo-emotsional holatiga ta'sirini aniqlashga imkon beradi.
Sifatli usullar. Axborot tahdidlarini idrok etish va ularning talabalarga ta'sirini o'rganish
uchun chuqur intervyular va fokus-guruhlar metodologiyasidan foydalaniladi. Ushbu usullar
talabalarning shaxsiy tajribasi va ularning axborot xavfsizligiga munosabati to'g'risida sifatli
ma'lumotlarni olish imkonini beradi.
Miqdoriy usullar. Axborot-psixologik xavfsizlik darajasini aniqlash va talabalarning
axborot tahdidlariga chidamliligiga ta'sir etuvchi omillarni aniqlash uchun so'rovnomalar va testlar
qo'llaniladi. Bu esa statistik ma'lumotlarni qayta ishlash va qonuniyatlarni aniqlashni ta'minlaydi.
Kontent-analiz. Ommaviy axborot vositalarida keng tarqalgan axborot tahdidlari va
manipulyatsiyalarini tahlil qilish uchun kontent-analiz metodi qo'llaniladi. Bu axborot makonida
qo'llaniladigan asosiy mavzular, ta'sir shakllari va metodlarini ochib beradi.
Ta‘lim faoliyatiga nisbatan ―axborot xavfsizligi tushunchasi shakllanish bosqichida va bir
nechta talqinlarga ega. Shaxsning axborot xavfsizligi – bu shaxsni himoya qilish holati, uning faol
ijtimoiy subyekt sifatida yaxlitligini va atrof-muhit bilan axborot oʻzaro ta‘siri sharoitida
rivojlanish imkoniyatlarini ta‘minlaydi [4].
Shaxsning axborot xavfsizligi-bu uning asosiy manfaatlarini himoya qilish holati, bu
konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarni amalga oshirish, shaxsiy xavfsizlikni ta‘minlash, turmush
sifati va darajasini oshirish, jismoniy, ma‘naviy va intellectual rivojlanish, insonning psixikasi va
ijtimoiy-madaniy rivojlanishiga axborot ta‘siridan kelib chiqadigan tahdidlardan iborat
jamiyatning turli xil ijtimoiy subyektlari va axborot muhiti [5].
Sivilizatsiyalashgan jamiyatdagi xavfsizlik darajasi tashqi dunyodan sun‘iy izolyatsiya
emas, balki tsivilizatsiyalashgan jamiyatdagi haqiqiy oʻzaro ta‘sir jarayonida shakllanadigan
talabalarning tanqidiy tafakkurining yuqori darajada rivojlanishi bilan ta‘minlanishi mumkin va
kerak. Axborot bilan oʻzaro aloqada boʻlish, global tarmoqdagi odob-axloq qoidalariga rioya
qilish qobiliyati birinchi oʻringa chiqadi. Bularning barchasi madaniyatli jamiyatda yoshlar
xavfsizligi madaniyatini shakllantirish uchun ishonchli platformaga aylanmoqda[6].
Shunday qilib, turli xil metod va yondashuvlardan foydalanish axborot va psixologik
xavfsizlik muammosini har tomonlama tushunishni va uni ta'minlash uchun samarali tavsiyalar
ishlab chiqishga imkon beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati.
1.O‘zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi statistika agentligi kadrlar malakasini
oshirish va statistika tadqiqotlar instituti axborot xavfsizligini ta’minlash maruza matnlari
2025
NOVEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 11
69
2. Alikariev N.S., Alikarieva A.N. Oliy ta‘lim sifati menejmenti tizimini rivojlantirish
konsepsiyasi//―Ijtimoiy tadqiqotlar jurnali‖ (www.tadqiqot.uz\soci) elektron jurnali. №1. –
Toshkent, 2020. – B. 7-18. DOI
http://dx.doi.org/10.26739/2181-9297-2020-1
3. https://www.gazeta.uz/oz/2020/12/25/forum/
4.Заитов Э. Mahallaning o ‗rganilishida tarixiy yondashuv //Журнал социальных
исследований. – 2024. – Т. 7. – №. 1.
5-6. YOSHLAR AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA‟MINLASHNING ZAMONAVIY
USULLARI B. J. Rispaev Erkin tadqiqotchi, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Toshkent,
Oʻzbekiston
