ПРАВОВАЯ ЗАЩИТА ТОВАРНЫХ ЗНАКОВ И ОСОБЕННОСТИ СУДЕБНОЙ ПРАКТИКИ ЭКОНОМИЧЕСКИХ СУДОВ

Аннотация

В статье рассматривается правовая природа товарных знаков, механизмы их защиты в национальном и международном праве, а также особенности рассмотрения споров экономическими судами. Автор анализирует тенденции развития института товарных знаков, правовые последствия их нарушения и выдвигает предложения по совершенствованию правовой защиты. Исследование основано на международных документах — Соглашении ТРИПС, Парижской конвенции и действующем законодательстве Республики Узбекистан.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Шодмонов D. (2025). ПРАВОВАЯ ЗАЩИТА ТОВАРНЫХ ЗНАКОВ И ОСОБЕННОСТИ СУДЕБНОЙ ПРАКТИКИ ЭКОНОМИЧЕСКИХ СУДОВ. Современная наука и исследования, 4(11), 50–55. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/138899
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье рассматривается правовая природа товарных знаков, механизмы их защиты в национальном и международном праве, а также особенности рассмотрения споров экономическими судами. Автор анализирует тенденции развития института товарных знаков, правовые последствия их нарушения и выдвигает предложения по совершенствованию правовой защиты. Исследование основано на международных документах — Соглашении ТРИПС, Парижской конвенции и действующем законодательстве Республики Узбекистан.


background image

50

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

TOVAR BELGILARINING HUQUQIY MUHOFAZASI VA IQTISODIY SUDLAR

AMALIYOTIDAGI O‘ZIGA XOS JIHATLAR

Shodmonov Davron Mamatmurod o’g’li

Toshkent, Oʻzbekiston

https://doi.org/10.5281/zenodo.17517472

Annotatsiya.

Maqolada tovar belgilarining huquqiy tabiatiga, ularni himoya qilishning

milliy va xalqaro mexanizmlariga hamda iqtisodiy sudlar amaliyotidagi o‘ziga xos jihatlariga
bag‘ishlangan. Muallif tomonidan tovar belgilari huquqining rivojlanish tendensiyalari,
ularning buzilishi holatlarida yuzaga keladigan huquqiy oqibatlar, shuningdek, ularni himoya
qilish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar keltirilgan. Xalqaro hujjatlar,
jumladan TRIPS bitimi, Parij konvensiyasi va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari
asosida tahlil olib borilgan.

Kalit so‘zlar:

tovar belgisi, intellektual mulk, iqtisodiy sud, huquqiy himoya, TRIPS

bitimi, firmaning nomi, domen nomi, fuqarolik-huquqiy javobgarlik.

LEGAL SAFEGUARDS OF TRADEMARKS AND THE PECULIARITIES OF

ECONOMIC COURT PRACTICE

Annotation.

This article explores the legal nature of trademarks, mechanisms of their

protection under national and international law, and the peculiarities of their consideration by
economic courts. The author analyzes trends in the development of trademark rights, the legal
consequences of their violations, and provides recommendations for improving the system of
protection. The study is based on international documents such as the TRIPS Agreement, the
Paris Convention, and the current legislation of the Republic of Uzbekistan.

Keywords

: trademark, intellectual property, economic court, legal protection, TRIPS

Agreement, company name, domain name, civil liability.

ПРАВОВАЯ ЗАЩИТА ТОВАРНЫХ ЗНАКОВ И ОСОБЕННОСТИ СУДЕБНОЙ

ПРАКТИКИ ЭКОНОМИЧЕСКИХ

СУДОВ

Аннотация.

В статье рассматривается правовая природа товарных знаков,

механизмы их защиты в национальном и международном праве, а также особенности
рассмотрения споров экономическими судами. Автор анализирует тенденции развития
института товарных знаков, правовые последствия их нарушения и выдвигает
предложения по совершенствованию правовой защиты. Исследование основано на
международных документах — Соглашении ТРИПС, Парижской конвенции и
действующем законодательстве Республики Узбекистан.

Ключевые

слова

:

товарный

знак,

интеллектуальная

собственность,

экономический суд, правовая защита, соглашение ТРИПС, фирменное наименование,
доменное имя, гражданско-правовая ответственность.


Kirish

So‘nggi yillarda innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar va intellektual mulk institutining

jadal rivojlanishi bilan birga, tovar belgilari va ularning huquqiy himoyasi masalalari tobora
dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Jahon iqtisodiyotida tovar belgisi nafaqat ishlab
chiqaruvchining tovarini ajratib turuvchi belgi, balki kompaniyaning obro‘si va bozordagi
ishonchliligi ramziga aylangan.

Bugungi global raqobat sharoitida tovar belgilarini noqonuniy ishlatish, soxtalashtirish

yoki o‘xshash belgilarni ruxsatsiz ro‘yxatdan o‘tkazish holatlari ortib bormoqda.


background image

51

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Jahon miqyosida kontrafakt mahsulotlar savdosi umumiy tovar aylanmasining qariyb 2,5

foizini, ya’ni 460 milliard AQSh dollarini tashkil etayotgani bunga yaqqol misoldir

1

.

O‘zbekiston ham intellektual mulk himoyasi sohasida xalqaro standartlarga

yaqinlashmoqda. Davlat tomonidan qabul qilingan qator qaror va farmonlarda, jumladan 2019-
yil 8-fevraldagi PQ–4168-sonli, 2021-yil 28-yanvardagi PQ–4965-sonli hamda 2022-yil 26-
apreldagi PQ–221-sonli qarorlarda intellektual mulkni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish
choralari belgilangan

2

. Shu asosda tovar belgilarini himoya qilish mexanizmlari, ularning

buzilishi holatlarida javobgarlikni kuchaytirish va sud amaliyotini yagona tizimga solish
bo‘yicha muhim qadamlar tashlanmoqda.

Iqtisodiy sudlar amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi yillarda intellektual mulk bilan

bog‘liq ishlarning aksariyati aynan tovar belgilariga oid nizolar bilan bog‘liq. Bu holat tovar
belgilarining iqtisodiy muomaladagi o‘rni va ahamiyati oshib borayotganini ko‘rsatadi. Shu bois
ularni samarali himoya qilish, sud amaliyotini takomillashtirish va xalqaro tajribani milliy
qonunchilikka uyg‘unlashtirish zarurati mavjud.

Maqolaning maqsadi

— tovar belgilarining huquqiy muhofazasi tizimini tahlil qilish,

iqtisodiy sudlar amaliyotidagi o‘ziga xos jihatlarni aniqlash hamda ularni xalqaro standartlarga
mos takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqishdir.

Maqolaning vazifasi sifatida quyidagilar belgilab olindi:

1.

Tovar belgilarining huquqiy tabiatini va ularning iqtisodiy muomaladagi o‘rnini

o‘rganish;

2.

O‘zbekiston qonunchiligi va xalqaro huquq normalarini solishtirib tahlil qilish;

3.

Iqtisodiy sudlar amaliyotida tovar belgilariga oid nizolarni ko‘rib chiqish xususiyatlarini

ochib berish;

4.

Domen nomlari va firma nomlari bilan bog‘liq kolliziyalarni tahlil qilish;

5.

Tovar belgilarini himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab

chiqish.

Maqolaning predmeti

sifatida tovar belgilarining huquqiy muhofazasi sohasida vujudga

keladigan huquqiy munosabatlar, xususan, iqtisodiy sudlarda ko‘rib chiqiladigan intellektual
mulkka oid nizolar belgilan olindi va

obyekt esa,

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi

qonunchiligi, xalqaro shartnomalar (TRIPS bitimi, Parij konvensiyasi va boshqalar), shuningdek,
iqtisodiy sudlarning tovar belgilari bo‘yicha qarorlar chiqarish amaliyotidir.

Mazkur maqola natijasida tovar belgilarining huquqiy muhofazasiga oid milliy va

xalqaro huquq normalarining o‘zaro uyg‘unligi, ularni amaliyotda qo‘llashdagi muammolar
hamda iqtisodiy sudlar tomonidan bunday nizolarni ko‘rib chiqish jarayonida uchraydigan asosiy
kamchiliklar aniqlanadi. Tahlillar asosida tovar belgilari huquqini himoya qilishning samarali
mexanizmlarini joriy etish, raqamli iqtisodiyot sharoitida domen nomlari va firma belgilarini
tartibga solish, shuningdek sud qarorlarining birxilligi va prognoz qilinadiganligini ta’minlashga
doir takliflar ishlab chiqiladi. Maqola natijalaridan kutilishicha amaliy va nazariy jihatdan
foydali bo‘lib, iqtisodiy sudlar amaliyotini takomillashtirish, intellektual mulk sohasidagi
qonunchilikni xalqaro standartlarga yaqinlashtirish hamda tovar belgilarining huquqiy
himoyasini kuchaytirishga xizmat qiladi.

1

Europol. Counterfeiting and Product Piracy Report. — URL:

[https://www.europol.europa.eu](https://www.europol.europa.eu)

2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–4168, PQ–4965, PQ–221-sonli qarorlari. —

[https://lex.uz](https://lex.uz)


background image

52

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Shu orqali milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, adolatli raqobat muhitini

mustahkamlash va intellektual mulk egalari manfaatlarini yanada samarali himoya qilish
imkoniyati yaratiladi.

Asosiy qism
Tovar belgilarining huquqiy mohiyati va ularning turlari

O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining huquqiy asoslari “Tovar belgilar, xizmat

ko‘rsatish belgilar va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda Fuqarolik
kodeksi bilan tartibga solinadi

3

. Mazkur qonunga ko‘ra, tovar belgisi — bu bir yuridik yoki

jismoniy shaxs tovarlarini boshqa shaxslarning shu turdagi tovarlaridan farqlash uchun xizmat
qiladigan va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan belgi hisoblanadi.

Tovar belgilarining asosiy funksiyalari —

farqlash (identifikatsiya), axborot uzatish

va reklamadir

. Ular nafaqat tovarning kelib chiqishini ko‘rsatadi, balki iste’molchida sifati

haqida ishonch hosil qilish imkonini beradi. Shu bois, zamonaviy bozor iqtisodiyotida tovar
belgisi ishlab chiqaruvchining intellektual mulki sifatida strategik ahamiyatga ega.

Tovar belgilarining huquqiy himoyasi ularning

mutlaq huquq

sifatidagi maqomini

belgilaydi.

Ya’ni, tovar belgisi egasi o‘z belgisidan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan yagona shaxs

bo‘lib, boshqalarning uni ruxsatsiz ishlatishini taqiqlash huquqiga ham egadir. Shu sababli, tovar
belgisi huquqi “

man etuvchi huquq

” (negative right) deb ataladi.

Tovar belgilarini ularning shakli va ifoda usuliga ko‘ra sо‘zli, tasviriy, hajmli,

kombinatsion, ovozli va hatto hidli belgilar shaklida ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin. So‘nggi
yillarda elektron savdo va raqamli marketing rivoji bilan

noan’anaviy tovar belgilar

masalan, tovush, rang, hid yoki harakat belgilari ham paydo bo‘lmoqda.

Xorijiy amaliyotda, masalan AQSh, Germaniya va Koreyada ovozli belgilar to‘liq

himoyaga ega bo‘lsa, Yaponiya va Xitoy qonunchiligida ular hali ham to‘liq tan olinmagan

4

.

Bunday holat xalqaro muvofiqlashtirish zaruratini ko‘rsatadi.

Tovar belgisiga huquqning vujudga kelishi va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi

O‘zbekiston Respublikasida tovar belgisi huquqi faqat u Adliya vazirligi tomonidan

belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng yuzaga keladi. Bu jarayon “Intellektual
mulk markazi” tomonidan o‘tkaziladigan davlat ekspertizasi orqali amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida belgining yagona egasi aniqlanadi, belgi farqlash

qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak hamda umumfoydalanishdagi belgilar (masalan, “non”, “suv”,
“super”) himoya obyektiga kiritilmaydi. Bundan tashqari, davlat ramzlari, diniy belgilar, axloqqa
zid tasvirlar yoki iste’molchida chalg‘ituvchi ma’lumotlar beruvchi belgilar ro‘yxatdan
o‘tkazilmaydi

5

.

Ro‘yxatdan o‘tgan tovar belgisi egasiga 10 yil muddatga huquq beriladi, bu muddat

keyinchalik cheksiz ravishda uzaytirilishi mumkin. Shu tariqa, tovar belgisi egasi o‘z mulkini
uzoq muddatli tijorat aktiviga aylantirish imkoniga ega bo‘ladi.

Iqtisodiy sudlarda tovar belgilari bo‘yicha nizolarni ko‘rib chiqishning o‘ziga xos

jihatlari

3

“Tovar belgilar, xizmat ko‘rsatish belgilar va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonun. — Qonun

hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.03.2022

4

Deorsola A. B. et al. Intellectual property and trademark legal framework in BRICS countries: A comparative

study. — World Patent Information, 2017

5

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. — T.: Adolat nashriyoti, 2015


background image

53

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilari bilan bog‘liq nizolar, odatda, iqtisodiy sudlar

tomonidan ko‘rib chiqiladi. Chunki bunday nizolar, odatda, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida
kelib chiqadi va iqtisodiy faoliyat bilan bevosita bog‘liqdir.

Iqtisodiy sudlar bu turdagi ishlarni ko‘rishda Fuqarolik kodeksi, Iqtisodiy protsessual

kodeks, “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilar va tovar kelib chiqqan joy nomlari
to‘g‘risida”gi Qonun, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-
iyundagi 19-son “Intellektual mulkka oid ishlarni ko‘rib chiqishning ayrim masalalari
to‘g‘risida” qarori asosida ish yuritadi

6

.

Sud amaliyotida ko‘p uchraydigan nizolarning asosiy turlari

:

Tovar belgisi huquqining buzilishi (masalan, o‘xshash belgidan ruxsatsiz foydalanish);

Tovar belgisining haqiqiy emas deb topilishi;

Tovar belgisi uchun berilgan guvohnomaning amal qilishini muddatidan oldin bekor

qilish;

Tovar belgisi, firma nomi yoki domen nomi o‘rtasidagi o‘xshashlikdan kelib chiqqan

nizolar.

Sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladigan ishlarning murakkabligi shundaki, tovar belgisi

nafaqat huquqiy, balki iqtisodiy ahamiyatga ham ega. Shuning uchun, har bir holatda belgining
o‘ziga xoslik darajasi, iste’molchida chalg‘itish xavfi, hamda noqonuniy foydalanishdan
ko‘rilgan zararning miqdori alohida baholanadi.

Masalan, iqtisodiy sud amaliyotida "Samsung" nomidan o‘xshash belgidan foydalanish

holatida sud belgilarning fonetik va vizual o‘xshashligini, tovarlar bir turkumga mansubligini,
shuningdek iste’molchining chalkashib qolish ehtimolini baholab, da’vogarning foydasiga qaror
chiqargan. Bu kabi yondashuvlar xalqaro amaliyot — xususan, Yevropa Ittifoqi va AQSh sudlari
amaliyotida ham qo‘llaniladi

7

.

O‘zbekiston iqtisodiy sudlari endilikda TRIPS bitimi va Parij konvensiyasida belgilangan

prinsiplarga tayangan holda, huquqbuzarlik holatlarida fuqarolik-huquqiy javobgarlik choralarini
qo‘llamoqda. Bunga, birinchi navbatda, zararlarni undirish, noqonuniy foydalangan
mahsulotlarni muomaladan chiqarish, shuningdek, huquqbuzar faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi
qarorlar kiradi.

Tovar belgisi, firma nomi va domen nomi o‘rtasidagi kolliziyalar

Raqamli texnologiyalar rivoji natijasida tovar belgilari nafaqat an’anaviy bozor, balki

internet muhitida ham faol foydalanilmoqda. Shu sababli, ko‘plab nizolar aynan domen nomlari
va firma nomlari bilan bog‘liq holda yuzaga chiqmoqda.

Masalan, bir kompaniya ro‘yxatdan o‘tgan tovar belgisiga ega bo‘lsa, boshqasi o‘xshash

nom bilan domen yaratishi orqali iste’molchini chalg‘itadi yoki o‘z foydasiga foydalanadi.

Bunday harakatlar “nohalol raqobat” sifatida baholanadi va sud tomonidan tovar belgisi

egasining huquqlarini buzish deb topiladi

8

.

O‘zbekiston qonunchiligida bu borada huquqiy bo‘shliqlar asta-sekin to‘ldirilmoqda.

2023-yilda qabul qilingan yangi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunda, domen nomlaridan noqonuniy
foydalanish ham raqobatni cheklovchi holat sifatida baholanishi mumkinligi belgilandi.

Biroq amaliyotda domen nomlarini tartibga solish masalasi hanuz to‘liq shakllanmagan.

6

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyundagi 19-son qarori

7

Heath D., Mace C. The strategic effects of trademark protection. — The Review of Financial Studies, 2020

8

Rahmonqulov X.A., Zokirov I.B. *Intellektual mulk huquqi asoslari*. — T.: TDYI nashriyoti, 2021


background image

54

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Shu sababli, ko‘plab nizolar xalqaro arbitraj yoki ICANN (Internet Corporation for

Assigned Names and Numbers) doirasida hal etilmoqda. Shu jihatdan, O‘zbekiston uchun domen
nomlari va tovar belgilarini muvofiqlashtiruvchi maxsus milliy mexanizm yaratish zarur.

Huquqni himoya qilish mexanizmlari va ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar

Tovar belgilarining buzilishi holatlarida huquqni himoya qilish bir nechta yo‘nalishda

amalga oshiriladi:

- Fuqarolik-huquqiy himoya (zararni undirish, noqonuniy mahsulotni muomaladan

chiqarish);

- Ma’muriy javobgarlik (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-moddasi

asosida);

- Jinoiy javobgarlik (JKning 189-moddasida “nohalol raqobat” uchun javobgarlik).
Shunga qaramay, amaliyotda ushbu choralar har doim ham samarali emas. Sababi —

kontrafakt tovarlar asosan kichik korxonalar yoki noqonuniy ishlab chiqaruvchilar tomonidan
tarqatiladi, bu esa ularni aniqlash va javobgarlikka tortishni qiyinlashtiradi.

Sohani rivojlantirish va kamchiliklarni baratraf etish uchun quyidagi takliflar va

o’zgartirishlarni joriy etish maqsadga muvofiq hisoblaandi:

1. Tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va nazorat qilish tizimida raqamli monitoring

mexanizmlarini joriy etish;

2. Intellektual mulk bilan bog‘liq ishlarni ko‘radigan maxsus sud bo‘limlarini tashkil etish;
3. Fuqarolik kodeksiga “iste’molchining chalg‘itilishi” mezonini aniq belgilovchi norma

kiritish;

4. Domen nomlari ustidan nizolarni hal qilish uchun milliy arbitraj markazi tuzish;
5. Intellektual mulk sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, xususan, Yevropa patent

idoralari bilan o‘zaro tan olish tizimini joriy etish.

Mazkur takliflar xalqaro tajriba asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, ularni amalga oshirish

orqali tovar belgilari himoyasining samaradorligini oshirish, iqtisodiy sudlarda nizolarni ko‘rib
chiqish sifatini yaxshilash mumkin.

Xulosa

Tovar belgilarining huquqiy muhofazasi har qanday davlatning innovatsion rivojlanishida

muhim o‘rin tutadi. Ular faqat korxona yoki mahsulot belgisi emas, balki iqtisodiy barqarorlik,
investitsion joziba va raqobatbardoshlikning ramzidir.

O‘zbekiston so‘nggi yillarda intellektual mulk sohasini rivojlantirish, xalqaro

standartlarga mos qonunchilik bazasini yaratish yo‘lida sezilarli natijalarga erishdi. Ammo
amaliyotda hali ham bir qator muammolar, jumladan domen nomlari, tovar belgilarining
o‘xshashligi va ularning buzilishi holatlarida javobgarlikning muvofiqlashtirilmaganligi mavjud.

Shu bois, iqtisodiy sudlar uchun yagona me’yoriy yo‘riqnoma ishlab chiqish, intellektual

mulk sohasida maxsus malakali sudyalar korpusini shakllantirish va xalqaro sud amaliyotini
joriy etish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.

Tovar belgilarining samarali himoyasi — bu faqat huquqiy mexanizm emas, balki

mamlakat iqtisodiyotini raqobatbardosh va innovatsion qilishga xizmat qiladigan strategik
omildir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Europol. “Counterfeiting and Product Piracy Report”. — URL:

https://www.europol.europa.eu


background image

55

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–4168, PQ–4965, PQ–221-sonli qarorlari. —

https://lex.uz

3.

“Tovar belgilar, xizmat ko‘rsatish belgilar va tovar kelib chiqqan joy nomlari

to‘g‘risida”gi Qonun. — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.03.2022.

4.

Deorsola A. B. et al. “Intellectual property and trademark legal framework in BRICS

countries: A comparative study”. — “World Patent Information”, 2017.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. — T.: Adolat nashriyoti, 2015.

6.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyundagi 19-son qarori.

7.

Heath D., Mace C. “The strategic effects of trademark protection”. — “The Review of

Financial Studies”, 2020.

8.

Rahmonqulov X.A., Zokirov I.B. “Intellektual mulk huquqi asoslari”. — T.: TDYI

nashriyoti, 2021.

9.

Paris Convention for the Protection of Industrial Property, 1883. — WIPO.

Foydalanilgan saytlar ro‘yxati

10.

https://lex.uz

11.

https://www.europol.europa.eu

12.

https://www.wipo.int/portal/en/

Библиографические ссылки

Europol. “Counterfeiting and Product Piracy Report”. — URL:

https://www.europol.europa.eu

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–4168, PQ–4965, PQ–221-sonli qarorlari. — https://lex.uz

“Tovar belgilar, xizmat ko‘rsatish belgilar va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonun. — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.03.2022.

Deorsola A. B. et al. “Intellectual property and trademark legal framework in BRICS countries: A comparative study”. — “World Patent Information”, 2017.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. — T.: Adolat nashriyoti, 2015.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyundagi 19-son qarori.

Heath D., Mace C. “The strategic effects of trademark protection”. — “The Review of Financial Studies”, 2020.

Rahmonqulov X.A., Zokirov I.B. “Intellektual mulk huquqi asoslari”. — T.: TDYI nashriyoti, 2021.

Paris Convention for the Protection of Industrial Property, 1883. — WIPO.

Foydalanilgan saytlar ro‘yxati

https://lex.uz

https://www.europol.europa.eu

https://www.wipo.int/portal/en/