ИСТОРИЯ ОТНОШЕНИЙ УЗБЕКИСТАНА С ЕВРОПЕЙСКИМ СОЮЗОМ

Аннотация

В настоящее время Узбекистан относится к числу развивающихся стран. Если обратиться к его истории, то можно увидеть, что одной из главных причин его нынешних успехов является установление теплых отношений с Европейским Союзом в различных областях. В данной статье будет рассмотрено сотрудничество Узбекистана с Европейским Союзом в политической, экономической и культурно-гуманитарной сферах.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Абдугоппоров A. (2025). ИСТОРИЯ ОТНОШЕНИЙ УЗБЕКИСТАНА С ЕВРОПЕЙСКИМ СОЮЗОМ. Современная наука и исследования, 4(11), 80–83. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/138907
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В настоящее время Узбекистан относится к числу развивающихся стран. Если обратиться к его истории, то можно увидеть, что одной из главных причин его нынешних успехов является установление теплых отношений с Европейским Союзом в различных областях. В данной статье будет рассмотрено сотрудничество Узбекистана с Европейским Союзом в политической, экономической и культурно-гуманитарной сферах.


background image

80

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

O’ZBEKISTONNING YEVROPA ITTIFOQI BILAN MUNOSABATLARI TARIXI

Abdulbosit Abdugopporov Fayoziddin O’g’li

Millat Umidi universiteti

Biznes boshqaruvi fakulteti birinchi bosqich talabasi.

abdulbosit.sk@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17523972

Annotatsiya.

Hozirgi kunda O‘zbekiston rivojlanayotgan davlatlardan biri hisoblanadi.

Uning tarixiga nazar tashlasak, bugungi yutuqlarining asosiy sabablaridan biri —

O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan turli yo‘nalishlarda iliq munosabatlarni yo‘lga qo‘ygani
ekanini ko‘rish mumkin. Ushbu maqolada O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi siyosiy,
iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlilark yoritib beriladi.

Kalit so’zlar:

Munosabatlar, Yevropa Ittifoqi, mamlakat, bitim, kelishuv, iqtisodiy,

siyosiy, O’rtasidagi.

HISTORY OF UZBEKISTAN'S RELATIONS WITH THE EUROPEAN UNION

Annotation.

Currently, Uzbekistan is one of the developing countries. If we look at its

history, we can see that one of the main reasons for its current successes is that Uzbekistan has
established warm relations with the European Union in various areas. This article will highlight
the cooperation between Uzbekistan and the European Union in the political, economic, and
cultural-humanitarian spheres.

Keywords:

Relations, European Union, country, agreement, agreement, economic,

political, Between.

ИСТОРИЯ ОТНОШЕНИЙ УЗБЕКИСТАНА С ЕВРОПЕЙСКИМ СОЮЗОМ

Аннотация.

В настоящее время Узбекистан относится к числу развивающихся

стран. Если обратиться к его истории, то можно увидеть, что одной из главных причин
его нынешних успехов является установление теплых отношений с Европейским Союзом
в различных областях. В данной статье будет рассмотрено сотрудничество
Узбекистана с Европейским Союзом в политической, экономической и культурно-
гуманитарной сферах.

Ключевые слова:

Отношения, Европейский Союз, страна, соглашение,

экономическое,

политическое, между.

O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan olib borgan siyosiy hamkorligi mamlakatlar

o‘rtasida juda katta o‘rin tutadi. Bunday hamkorlik O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng
yo‘lga qo‘yilgan. 1992-yil 15-aprel kuni tomonlar do‘stona va foydali hamkorlikni boshlash
maqsadida

O‘zaro anglashuv memorandumi

ni imzolashgan. Oradan bir necha yil o‘tib, 1996-

yil iyun oyida Italiyaning Florensiya shahrida ular “Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim”ni
imzolashgan. Bu bitim huquqiy kuchga ega bo‘lib, ikki tomonlama munosabatlarning rasmiy
asosini yaratgan. Shu kelishuv doirasida O‘zbekiston va YEI o‘rtasida 6 ta qo‘shma tashkilot
tuzilgan. Ular turli yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi:

Hamkorlik kengashi

— eng yuqori darajadagi uchrashuvlar (odatda vazirlar yoki

elchilar darajasida).

Hamkorlik qo‘mitasi

— kundalik ishlarni muhokama qiladigan qo‘mita.

Parlament hamkorlik qo‘mitasi

— O‘zbekiston va YEI parlamentlari o‘rtasidagi

aloqalarni muvofiqlashtiradi.


background image

81

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Savdo va investitsiyalar bo‘yicha quyi qo‘mita

— savdo, biznes va sarmoya masalalari

bilan shug‘ullanadi.

Adliya, ichki ishlar va inson huquqlari bo‘yicha quyi qo‘mita

— inson huquqlari va

qonun ustuvorligi masalalariga e’tibor qaratadi.

Taraqqiyot maqsadlarida hamkorlik bo‘yicha quyi qo‘mita

— iqtisodiy rivojlanish

loyihalari bilan shug‘ullanadi.

1995-yilda O‘zbekiston YEI bilan bevosita aloqa o‘rnatish uchun Bryusselda o‘z

elchixonasini ochgan

,

2011-yildan esa YEI Toshkentda o‘z vakolatxonasiga ega bo‘lgan

.

2016-yildan keyingi davr O‘zbekiston uchun yangi bosqich bo‘ldi. Shu yildan boshlab

mamlakat ochiq siyosat olib bora boshladi, ya’ni boshqa davlatlar bilan faolroq aloqalar
o‘rnatishga kirishdi. Shu davrdan O‘zbekiston xalqaro iqtisodiyotga kirib bordi — ya’ni dunyo
bozoriga, global savdo va diplomatiyaga yanada faol yondasha boshladi. Bu esa Yevropa bilan
siyosiy hamkorlikning tezlashishiga va mustahkamlanishiga

sabab bo‘ldi.Ular o‘zaro

onlayn

uchrashuvlar, loyihalar va yordam dasturlari

orqali hamkorlikni davom ettirgan.

Qo‘shimcha qilib aytganda, bu davrda siyosiy maslahatlashuvlar ham o‘tkazib turilgan.

2019–2020-yillarda Yevropaning ko‘plab davlatlari — masalan, Avstriya, Germaniya, Fransiya,
Italiya, Turkiya

kabi mamlakatlar bilan

rasmiy siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazilgan.a

Shuningdek, O‘zbekiston va YEI o‘rtasidagi siyosiy hamkorlikni kuchaytirish uchun oliy

darajadagi uchrashuvlar ham tashkil etilgan. 2017–2018-yillarda Yevropa Ittifoqining Tashqi
ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili (bu YEI tashqi ishlar vaziri kabi shaxs)
O‘zbekistonga ikki marta tashrif buyurgan.

2019-yilda esa Yevropa Kengashi Prezidenti

(Yevropa davlatlarining eng yuqori rahbarlaridan biri)

birinchi marta O‘zbekistonga tashrif

buyurgan.

Shu tariqa Ozbkiston va YEI ortasidagi siyosiy hamkorlik aloqalari ancha rivojlangan va

davomiy hamkorliklar bolishiga kata sabab bolgan. [1]

Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida siyosiy hamkorlik yoʻlga qoʻyildi va iqtisodiy

aloqalar ham rivojlana boshladi.

O’zaro aloqalarning keying yillarida Yevropa ittifoqi MDH ga – ya’ni Mustaqil davlatlar

hamdostligi mamlakatlariga texnik yordam korsatish maqsadida bir tizimni taqdim qildi ya’ni
TACISni (Technical Assistance to Commonwealth of Independent States) jumladan O’zbekiston
ham bu dastur ishtirokchilaridan biriga aylangan edi.

Bu loyiha

asosan yangi mustaqillikga erishgan davlatlar uchun hamda YEI ortasidagi

hamkorliklarni mustahkamlashga, hususan bozor iqtisodiyotiga va demokratik jamiyatga o‘tish
jarayonini qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan edi. O’zbekiston ham bu islohotlarga
ehtiyotkorlik ila yondashgan edi.

1996 – yilga kelib mamlakat iqtisodiyotida sezilarli o’zgarishlar yuzaga keldi, - bir

payitda nafaqat davlat yalpi ichki maxsulotining 2 foizga pasayishi kuzatildi, balki davlat
korxonalarining ham 80 foizi xususiylashtirildi. Shuningdek (XVF) xalqaro valyuta fondi
O’zbekiston iqtisodiyotini qollab quvatlash maqsadida 258 million yevro miqdorida moliyavi
mablag’ ajratdi. Bu qollab quvatlash mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga kata hissa qoshdi. [2]

Yana bir misol sifatida aytish mumkinki, O’zbekiston va Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi

iqtisodiy hamkorliklarning rivojlanishiga Buyuk Britaniya bilan bo’lgan aloqalar muhim o’rin
tutgan. 1993-yilda O’zbekiston davlati rahbari Islom Karimov Buyuk Britaniyaga bo’lgan
tashrifi davomida ikki davlat o’rtasida bir qator muhim iqtisodiy kelishuvlar imzolandi.


background image

82

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Jumladan, sarmoyani o‘zaro himoya qilish va rag‘batlantirish to‘g‘risidagi bitim, havo

yo‘llarini ochish haqida kelishuv, hamda fuqarolarning erkin yurishi to‘g‘risidagi memorandum
shular jumlasidandir. Shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRD) O’zbekiston
iqtisodiyotiga sarmoya kiritishni boshladi va oltin qazib olish loyihalarini tuzish uchun 150
million AQSH dollari miqdorida mablag’ ajratdi. Shu bilan birga, O’zbekistonning “Lonro”
kompaniyasi bilan tuzgan bitimi O’zbekistonning oltin biznesida xalqaro hamkorlik qilishini
yanada kuchaytirgan edi.

O’zbekiston va Yevropa Ittifoqi tomonidan bo’layotgan bu kabi bitimlar nafaqat

mamlakatning yanada mustahkam bo’lishiga katta hissa qo’shdi, balki mamlakatga xorijiy
investitsiyalar kirib kelishiga imkoniyat yaratdi. Yevropa Ittifoqining eng muhim hamkor
davlatlaridan biri Germaniya, O’zbekiston bilan iqtisodiy hamkorlikda boshqalarga qaraganda
ancha kuchli va faolroq ham edi. 2012-yilda O’zbekiston hamda Germaniya o’rtasidagi savdo
hajmi juda ham yirik bo’lib, 497,1 million AQSH dollarini tashkil etgan va 2013-yilning birinchi
9 oyida esa savdo ko’rsatkichi 424,9 million dollarga yetgan. Bu shuni anglatadiki, ikki davlat
o’rtasidagi savdo barqaror o’sib boravergan. Ikki davlat o’rtasidagi moliyaviy va texnikaviy
hamkorliklar hajmi umumiy 313, 9 million-yevrodan oshgan edi. Germaniya va O’zbekiston
o’rtasidagi munosabatlar mamlakatimizga juda katta foyda olib kelgan. O’zbekiston
Germaniyadan nafaqat tovarlar, balki texnologiya va sarmoyalar orqali ham katta yordam olgan.
Shu o’rinda shuni aytib o’tish lozimki, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan hamkorlik qilishni
boshlagan yangi O’zbekiston iqtisodiy rivojlanishiga katta sabab bo’lgan. [3]

2013 – yildan boshlab YEIning O’zbekistondagi Delegatsiyasi va ‘’O’zbekkino’’ Milliy

agentligi birgalikda ‘’ Yevropa kinofestivali’’ni tashkil eta boshlagan. Bu festival har yili
Toshkentda o’tkazilib, O’zbekiston madaniy hayotining eng muhim voqealaridan biriga
aylangan. Bu festivalga har yili besh mingga yaqin tomoshabinlar tashrif buyuradi va bu uning
juda ham mashhur ekanligini yaqqol isbotlay oladi.

Keyinchalik bunday festivallar O’zbekistonning boshqa hududlarida ham o’tkazila

boshlagan, masalan 2017-yilda

Toshkentdan tashqari Navoiy va Nukusda,2018-yilda Shahrisabz

va Farg‘onada, 2019-yilda esa Urganch, Nukus va Jizzaxda festival tashkil etilgan.

Festivallar faqatgina kino namoyish qilish bilan chegaralanib qolmagandi, balki

Latviyalik hujjat film rejissiyori Daynis Klava yosh kino ijodkorlari uchun seminarlar ham
o’tkazgan. Bu yoshlarga yevropa tajribasini o’rganishiga sabab bolgan edi. [4]

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri

bu madaniy va gumanitar sohadir. So‘nggi yillarda ikki tomon ta’lim, madaniyat va ilmiy
almashinuv sohalarida bir qator samarali loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Misol uchun Toshkentda 2002 yildan beri Xalqaro Vestminister Universiteti faoliyat

yuritadi hamda Kambrij universiteti bilan ham hamkorlikda yuqori texnalogiyalar bilan birga
o’quv dargohi tashkil etilgan. Va albatta bu xolat Yevropa va O’zbekiston o’rtasidagi ta’lim va
texnologiya yonalishida hamkorlik qilayotganini korsatad.

Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek YEI ning eng faol a’zolaridan biri Germaniya

O’zbekiston bilan birga nafaqat iqtisodiy hamkorlikni boshlagan balki ta’limga yo’naltirilgan
kelishuvlarni ham muhim vazifa sifatida olib borishgan.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Germaniyaga 1993, 1995 va 2001-yillarda rasmiy

tashriflar qilgan, Germaniya Prezidenti Roman Gersog 1995-yilda, Germaniya kansleri Gerxard
Shryoder 2002-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.


background image

83

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Bundan tashqari, Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 11 marotaba siyosiy

maslahatlashuvlar o‘tkazilgan. Shuningdek, parlamentlar, huquq-tartibot va mudofaa vazirliklari
o‘rtasida ham hamkorlik rivojlanib bormoqda.

Ma’lumot sifatida shuni aytib o’tish joizki, O’zbekistonda Nemis tiliga va madaniyatiga

qiziqish juda ham katta, chunki nemis tili jamiyatdagi eng ommabop tillardan biri hisoblanadi.[3]

Qoshimcha ma’lumot sifatida shuni aytish mumkinki so‘nggi 25 yil ichida,

O’zbekistonning Yevropa ittifoqi bilan bo’lgan samimiy a’loqalari tufayl, Mamlakatimiz 55 ta
oliy ta’lim muassasasi va YEIga a’zo davlatlarning 71 ta universiteti ishtirokida
“Tempus”dasturi doirasida 32 million yevrodan ortiq qiymatga ega 80 dan ziyod loyihalar
tuzilishiga muvaffaq boldi.

2014 yildan boshlab esa

Erazmus

+”

ta’lim dasturi orqali oliy ta’lim tizimini

rivojlantirish va xalqaro tajribani oshirishga qaratilgan 40 dan ortiq loyiha bajarildi. Ushbu
loyihalarning umumiy qiymati qariyb 40 million yevroni tashkil etadi. Ularda O‘zbekistonning
70 ga yaqin universitetlari, 20 dan ortiq tashkilotlari hamda 120 ga yaqin Yevropa universitetlari
faol qatnashmoqda.

Bundan tashqari, Yevropada O‘zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosini targ‘ib

etishga qaratilgan ko‘plab ko‘rgazmalar ham tashkil etildi. Masalan, o‘tgan yil noyabr oyida
Parijdagi Luvr muzeyi

va

Arab dunyosi instituti

da

o‘zbek madaniyatiga bag‘ishlangan ikki yirik

ko‘rgazma ochildi. Luvrda o‘tkazilgan ko‘rgazma asosan arxeologik topilmalarga bag‘ishlangan
bo‘lsa, Arab dunyosi institutidagi ko‘rgazmada XIX–XX asrga oid to‘qimachilik, zargarlik
buyumlari va gilamlar namoyish etildi. Ushbu ko‘rgazma joriy yil iyun oyigacha davom etdi.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlar turli

yo‘nalishlarda shakllangan. Bu hamkorlik yangi O‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy hamda
madaniy-gumanitar sohalarda hozirgi kungacha rivojlanib kelishiga katta hissa qo‘shgan. Ya’ni,
O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan boshlangan hamkorlikdan so‘ng siyosiy va iqtisodiy jihatdan
sezilarli darajada rivojlanishga erishgan. Shuningdek, ta’lim sohasida ham bo‘lgan o‘zgarishlar
va yaxshilanishlarda Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik muhim rol o‘ynagan. [5]

Foydalanilgan manbaalar ro’yxati:

1.

Mamatov Mamajon, iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa do’ktori. O’zbekiston – Yevropa

Ittifoqi: barqaror va istiqbolli hamkorlik, 2023.

2.

https://yuz.uz/uz/news/ozbekiston--evropa-ittifoqi-barqaror-va-istiqbolli-hamkorlik

3.

Komila Halmatova, O’zbekiston – Yevropa ittifoqi iqtisodiy munosabatlari

boshlanishining dastlabli davri, 2024.

4.

https://inlibrary.uz/index.php/strategy-2030-young-scientists/article/view/33268

5.

M. Abdullayev, O’zbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik aloqalariga

doir,2014.

6.

https://www.ilmiyxabarnoma.uz/article/709245278182/pdf

7.

Anon, Yevropa Ittifoqining O’zbekistondagi delegatsiyasi, 2025.

8.

https://www.eeas.europa.eu/delegations/uzbekistan_uz?s=233

9.

Kozimkhon Khujaev, Markaziy Osio - Yevropa Ittifoqi : taraqqiyot yo’lidagi hamkorlik –

EMBASSY OF UZBEKISTAN IN THE UNITRED STATES, 2023.

10.

https://uzbekistan.org/uz/markaziy-osiyo-yevropa-ittifoqi-taraqqiyot-yolidagi-

hamkorlik/2956/

Библиографические ссылки

Mamatov Mamajon, iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa do’ktori. O’zbekiston – Yevropa Ittifoqi: barqaror va istiqbolli hamkorlik, 2023.

https://yuz.uz/uz/news/ozbekiston--evropa-ittifoqi-barqaror-va-istiqbolli-hamkorlik

Komila Halmatova, O’zbekiston – Yevropa ittifoqi iqtisodiy munosabatlari boshlanishining dastlabli davri, 2024.

https://inlibrary.uz/index.php/strategy-2030-young-scientists/article/view/33268

M. Abdullayev, O’zbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik aloqalariga doir,2014.

https://www.ilmiyxabarnoma.uz/article/709245278182/pdf

Anon, Yevropa Ittifoqining O’zbekistondagi delegatsiyasi, 2025.

https://www.eeas.europa.eu/delegations/uzbekistan_uz?s=233

Kozimkhon Khujaev, Markaziy Osio - Yevropa Ittifoqi : taraqqiyot yo’lidagi hamkorlik – EMBASSY OF UZBEKISTAN IN THE UNITRED STATES, 2023.

https://uzbekistan.org/uz/markaziy-osiyo-yevropa-ittifoqi-taraqqiyot-yolidagi-hamkorlik/2956/