Authors

  • Nazokat Qosimova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.138420

Keywords:

interethnic harmony religious tolerance political and legal factors.

Abstract

This article talks about the moral, political and legal factors of ensuring inter-ethnic harmony and religious tolerance in Uzbekistan.

background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

335

YANGILANAYOTGAN O‘ZBEKISTONDA MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY

BAG‘RIKENGLIKNI TA’MINLASHNING MA’NAVIY, SIYOSIY VA HUQUQIY

OMILLARI

Qosimova Nazokat Baxodir qizi

Buxoro Yuridik texnikumi o‘quvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17497082

Annotatsiya.

Mazkur maqolada yangilanayotgan O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va

diniy bag‘rikenglikni ta’minlashning ma’naviy, siyosiy va huquqiy omillari haqida so’z boradi.

Kalit so‘zlar:

MORAL, POLITICAL AND LEGAL FACTORS OF ENSURING INTER-ETHNIC

HARMONY AND RELIGIOUS TOLERANCE IN MODERNIZING UZBEKISTAN

Abstract.

This article talks about the moral, political and legal factors of ensuring inter-

ethnic harmony and religious tolerance in Uzbekistan.

Key words:

interethnic harmony, religious tolerance, political and legal factors.

НРАВСТВЕННЫЕ, ПОЛИТИЧЕСКИЕ И ПРАВОВЫЕ ФАКТОРЫ ОБЕСПЕЧЕНИЯ

МЕЖНАЦИОНАЛЬНОГО СОГЛАСИЯ И РЕЛИГИОЗНОЙ ТОЛЕРАНТНОСТИ В

МОДЕРНИЗИРУЮЩЕМСЯ УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация.

В данной статье рассматриваются морально-политические и

правовые

факторы

обеспечения

межнационального

согласия

и

религиозной

толерантности в Узбекистане.

Ключевые слова:

межнациональное согласие, веротерпимость, политико-правовые

факторы.

Milliy g‘oya keng mazmunga ega. U millatlararo totuvlik va milliy, diniy bag‘rikenglik

g‘oyalari bilan o‘zaro mushtarak. Shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, milliy g‘oya, bu faqat
birgina millatning emas, balki jamiyat taraqqiyotiga, ravnaqiga umumiy maqsad yo‘lida baholi
qudrat hissa qo‘shayotgan mamlakat fuqarolarining millati, irqi, diniy e`tiqoddan qat`iy nazar
barchaning maqsad va manfaatlarini ifoda etadi.

Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari yashaydi. Bu

jamiyatimizdagi milliy o‘ziga xoslikni ifodalaydi.

Millatlararo totuvlik g‘oyasi – umumbashariy qadriyat bo‘lib, turli xalqlar birgalikda

istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotida muhim omildir. Bu g‘oya – bir
jamiyatda yashab, yagona maqsad yo‘lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub
kishilar o‘rtasida o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamjihatlikni qaror toptirish va mustahkamlashning
ma`naviy asosidir.

Milliy g‘oya – har bir millat vakilining iste`dodi va salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarish

uchun sharoit yaratadi va uni vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlar
sari safarbar etadi.

Millatlararo totuvlik va hamjihatlikka rahna soluvchi illat, bu tajovvuzkor millatchilik va

shovinizmdir.

Bunday zararli g‘oyalar ta`siriga tushgan jamiyat barqarorlik holatiga yuz tushishi

muqarrar.


background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

336

XX asrda Evropa xalqlarini asoratga solgan va ayrim davlatlarning tanazzuliga sabab

bo‘lgan fashizm yoki milliy xususiyatlar bilan hisoblashmagan va soxta baynalmilalchilik
g‘oyasiga asoslangan kommunizm g‘oyasi bunga yaqqol misol bo‘ladi.

O‘zbekiston hududida qadim-qadimdan ko‘plab millat va elat vakillari bahamjihat

istiqomat qilib keladi. Ular o‘rtasida asrlar davomida milliy nizolar bo‘lmagani xalqimizning
azaliy bag‘rikengligini ko‘rsatadi.

Darhaqiqat har bir millat o‘zining betakror madaniy-ma`naviy qadriyatlarga ega. Bunday

millatlar vakillarining bir mamlakat hududida yashashlari. Birgalikda mehnat qilishlari, ijtimoiy
hayotning barcha sohalarida o‘zaro ta`sirda bo‘lishlari xalqlarning har jihatdan taraqqiyotini
tezlashtiradi.

Mamlakatimizda statistik ma`lumotlarga ko‘ra, 136 millat, elat, xalq va etnik guruhlarning

vakillari yashaydi. Ularning har biri o‘z milliy madaniy urf-odatlari, an`analari, tiliga
konstitutciyaviy huquqiy tenglikka ega. O‘zbekistonda bugungi kunda 100 dan ortiq milliy-
madaniy markaz faoliyat ko‘rsatmoqda. Shu yo‘nalishda markazlar tuzish bo‘yicha 15 ta
tashabbuskor guruh ish olib bormoqda. O‘zbekistonda birga millat vakillariga teng huquqli
munosabat davlat qonuni bilan mustahkamlangan. Buning ijoboti maktablarimizda 9 ta milliy tilda
o‘qitish ishlari, 20 tilda ommaviy axborot nashrlari faoliyat ko‘rsatayotganligida ko‘rinmoqda:

Jahon keng, dunyoda mamlakat ko‘p, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz,

O‘zbekistonimiz yakka-yu yagonadir. O‘zbekiston deb atalmish yurtning yagonaligi uning
betakror tabiati, boy tarixi, zahmatkashinsonlari bilan bir qatorda bu zaminda turli millat va elat
vakillarining yagona oila farzandlaridek yashashlarida namoyon bo‘lmoqda. Bunday ahillik,
do‘stlik va hamkorlik o‘zining chuqur tarixiy ildizlariga va asosiga ham ega. Bu asoslar
mamlakatimiz Konstituciyasida mustahkamlab qo‘yilgan. “Xususan, uning 18-moddasida barcha
fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi,
e`tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat`iy nazar qonuni oldida tengdir degan qoida
mustahkamlab qo‘yilgan”. e`tibor berilsa, mazkur qoidada milliy hayotga, fuqarolarning milliy
his-tuyg‘ulariga daxldor muhim ahamiyatga ega bir qator tamoyillar belgilab qo‘yilganiga ishonch
hosil qilish mumkin.

Birinchidan, fuqarolarning milliy mansubliklaridan qat`iy nazar qonun oldida tengligi

mustahkamlangan:

Ikkinchidan, fuqarolarning diniy e`tiqodidan qat`iy nazar bir xil huquq va erkinliklarga

egaligi ta`kidlangan. Diniy qadriyatlar millat ma`naviyatining ajralmas qismi ekanini inobatga
oladigan bo‘lsak, mazkur qoidaning amaliy ahamiyati oydinlashadi.

Uchinchidan, fuqarolarning irqiy tengligi qayd etilgan, irqchilikdan g‘ayriinsoniy mafkura

va amaliyotning tariximizda umuman kuzatilmaganini alohida qayd etish lozim.

Ma`lumotlarga ko‘ra, 2000-yilda 36 mamlakatda 40 ta, 2001-yilda esa 30 mamlakatla 36

harbiy nizo sodir bo‘lgan. Ularning 27 tasi, ya`ni 75 foizi bundan 10 yillar oldin boshlangan. Bu
nizolarning aksariyati bir mamlakat ichida kechganini e`tiborga oladigan bo‘lsak, ularning milliy
diniy va irqiy asoslardan kelib chiqqan fuqarolik urushlari ekanini anglatadi.

Respublika baynalminal madaniyat markazi (RBMM va) milliy madaniyat markazi

(MMM)ning faoliyati bu erda yashovchi xalqlarning milliy an`analari, urf odatlari va
marosimlarini qayta tiklash, ma`naviyat va madaniyatni rivojlantirish millatlararo munosabatlarni


background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

337

uyg‘unlashtirishga qaratilgan. Dinlarning umuminsoniy mohiyati, maqsadi bir bo‘lib, ular aslida
bir-birlariga zid emas. Diniy bag‘rikenglikning mohiyati shundan kelib chiqadi. Jamiyat tarixidan
turli dinga mansub kishilarning yonma-yon yashab kelganligiga ko‘plab misollar keltirish
mumkin. Bizning mamlakatimiz hududida ham islom, ham nasroniylik, iudoizm kabi dinlar
yonma-yon yashab kelgan, diniy amallar erkin ijro etilib kelingan.

O‘sha davrlarda ham ziyolilar, olimlar bir-biridan o‘rganganlar, ustoz-shogird bo‘lishgan.
Ularning turli dinlarga mansubligi bunday munosabatlarga halal bermagan.
Aytish mumkinki, diniy ong rivojlanib, dinning mohiyatini chuqurroq anglash bilan diniy

bag‘rikenglik ham rivojlana bordi. Bu hozirgi davrda diniy bag‘rikenglikni yanada
kuchaytirmoqda. Hozirgi vaqtda O‘zbekistondagi turli konfessiya mansub diniy tashkilotlar o‘z
faoliyatini o‘zaro teng huquqlilik, hamdo‘stlik va hamkorlik asosida amalga oshirmoqda. Diniy
bag‘rikenglik turli dinlarning, turli dinlarga mansub kishilarning hamdo‘stlik munosabatlarinigina
nazarda tutmaydi, balki e`tiqodidan qat`iy nazar barcha kishilarning tengligi umumiy ezgu maqsad
yo‘lida ham hamkorlikni ham qamrab oladi.

Diniy qarashga ko‘ra ham, madaniy, jumladan, ilmiy qarashga ko‘ra ham inson eng oliy

mavjudotdir.

Hozirgi kunga kelib Respublikamiz bo‘yicha jami 2104 ta diniy tashkilot, shu jumladan

O‘zbekiston musulmonlari iddrosi rus provaslav cherkovi, Toshkent va O‘rta Osiyo eporxiyasi,
Evongel` xristian bantotlar cherkovlari ittifoqi, rim katolik cherkovi to‘liq injil xristianlar
markazi, O‘zbekiston bibliya jamiyati, 1906 ta masjid, 163 ta xristian cherkovi, 7 ta yaxudiylar
jamoasi, 7 ta bahoiylar jamoasi, 2 ta krishkani anglash jamiyati va 13 ta diniy o‘quv yurti davlat
ro‘yxatidan o‘tgan.

Diniy bag‘rikenglik ham dinlararo hamda har bir dinning ichidagi turli xil yo‘nalishlar va

mazhablarning ezgu g‘oyalarini qadrlash, bir-birlarini hurmat qilish asosida amalga oshadi.

Bu milliy g‘oya amal qiladigan ustuvor g‘oyalar sifatida milliy bag‘rikenglik va dinlararo

bag‘rikenglikka asoslanish turli xalqlar va millatlar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik, totuvlikni
ta`minlash orqali erkin va farovon hayot qurishga, insonlarning tub hayotiy maqsadlari bilan
mushtarakdir.

“Dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi – xilma – xil diniy e`tiqodga ega bo‘lgan kishilarning bir

zamin, bir Vatanda, oliyjanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashini
anglatadi”

2

. Din qadim-qadimdan aksariyat ma`naviy qadriyatlarni o‘zida mujassam etib keladi.

Milliy va diniy qadriyatlarning asrlar osha bezavol yashab kelayotgani ham ulrni bir-birlari

bilan yaqin mushtarak maqsadlarga egaligidadir. Chunki dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik
g‘oyalariga asoslanadi, yaxshilik, tinchlik, do‘stlik kabi fazilatlarga tayanadi. Odamlarni halollik
va poklik, mehr-shafqat va bag‘rikenglikka da`vat etadi. Hozirgi zaminda bu g‘oya ezgulik
yo‘lida, nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat a`zolarining hamkorligini nazarda tutadi, tinchlik
va barqarorlikni mustahkamlashning muhim sharti hisoblanadi. Masalan, azal-azaldan diyorimizda
turli diniy ta`limotlar yonma-yon yashab kelgan. Asrlar davomida yirik shaharlarimizda masjid,
cherkov, xonaqohlarning mavjud bo‘lishi, turli millat va dinga mansub qavmlarning o‘z diniy
amallarini erkin ado etib kelayotgani buning tasdig‘idir.

2

Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. – T.: “O‘zbekiston”, 2000, 60-b.


background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

338

Tariximizning eng murakkab, og‘ir davrlarida ham ular o‘rtasida diniy asosda mojarolar

bo‘lmagani xalqimizning dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasiga amal qilib yashab kelganlaridan
dalolat beradi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda 15 ta konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar faoliyat

ko‘rsatmoqda. Ularning o‘z faoliyatini amalga oshirishi va mamlakat hayotida ishtirok etishi
uchun hamma shart-sharoitlar yaratilgan.

Bu boradagi huquqiy asoslar O‘zbekiston Respublikasining Konstituciyasida, “Vijdon

erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunda o‘z ifodasini topgan. Ana shu asoslar
mamlakatimizdagi barcha din vakillarining hamkor, hamjihat bo‘lib, ulug‘ va mushtarak g‘oyalar
yo‘lida harakat qilishi uchun imkon yaratadi.


REFERENCES

1.

Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T.: “Yangi asr avlodi”, 2001.

2.

Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda tashkiliy – uslubiy yondashuvlar. T.: “Akademiya”,
2002.

3.

Milliy istiqlol g‘oyasi: O‘zbekiston Respublikasi oliy ta`lim bakalavriat bosqichi uchun
darslik. T.: “Akademiya”, 2005.

4.

Milliy g‘oya: targ‘ibot texnologiyalari va atamalar lug‘ati. T.: “Akademiya”, 2007.

References

Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T.: “Yangi asr avlodi”, 2001.

Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda tashkiliy – uslubiy yondashuvlar. T.: “Akademiya”, 2002.

Milliy istiqlol g‘oyasi: O‘zbekiston Respublikasi oliy ta`lim bakalavriat bosqichi uchun darslik. T.: “Akademiya”, 2005.

Milliy g‘oya: targ‘ibot texnologiyalari va atamalar lug‘ati. T.: “Akademiya”, 2007.