Oktabr, 2025-Yil
450
KASBIY TAʼLIM TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHGA QARATILGAN
ISLOHOTLAR
Usmonova Odinaxon Xabibjonovna
Farg‘ona yuridik texnikumi
“Mutaxassislik fanlari” kafedrasi mudiri.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17497448
Annotatsiya.
Ushbu maqolada muallif tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda kasbiy
taʼlim tizimini takomillashtirish, zamonaviy talablarga javob bera oladigan, raqobatbardosh,
yetarli bilim va koʻnikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash kasbiy taʼlim tizimini rivojlantirish,
uni xalqaro standartlarga moslashtirish, mahalliy va xalqaro mehnat bozoriga integratsiya qilish
sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida soʻz yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
kasbiy taʼlim, raqobatbardosh kadrlar, xalqaro standartlar, xalqaro mehnat
bozori, dual taʼlim, qisqa muddatli kurslar, xalqaro taʼlim dasturi, elektron platforma, ish
beruvchilar.
Аннотация.
В данной статье автор рассказывает о реформах, проводимых
сегодня в нашей стране в области совершенствования системы профессионального
образования, подготовки конкурентоспособных специалистов, обладающих достаточными
знаниями и навыками, отвечающих современным требованиям, развития системы
профессионального образования, ее адаптации к международным стандартам,
интеграции в местный и международный рынок труда.
Ключевые слова:
профессиональное образование, конкурентоспособные кадры,
международные стандарты, международный рынок труда, дуальное образование,
краткосрочные курсы, международная образовательная программа, электронная
платформа, работодатели.
Abstract.
In this article, the author discusses the reforms currently being implemented in
our country to improve the professional education system, train competitive specialists with
sufficient knowledge and skills to meet modern requirements, develop the professional education
system, adapt it to international standards, and integrate it into the local and international labor
markets.
Key concepts:
vocational education, competitive personnel, international standards,
international labor market, dual education, short-term courses, international educational
program, electronic platform, and employers.
“Biz yoshlarimizni nafaqat zamon bilan hamnafas, balki kelajakka tayyor
qilib tarbiyalashimiz kerak. Hech qachon unutmaylik, kelajak –
zamonaviy bilimlar bilan qurollangan yangi kasb egalariniki boʻladi”.
Sh.Mirziyoyev.
Bugungi kunda taʼlimga qaratilayotgan eʼtibor, ayniqsa, kasbiy taʼlimni takomillashtirish
va real mehnat bozori talablariga moslashtirish – mamlakatimiz taraqqiyotining eng muhim
ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylanib bormoqda. Shu munosabat bilan zamonaviy talablarga
javob bera oladigan, raqobatbardosh, yetarli bilim va koʻnikmalarga ega mutaxassislarni
tayyorlash kasbiy taʼlim tizimini rivojlantirish, uni xalqaro standartlarga moslashtirish, malakali
Oktabr, 2025-Yil
451
kadrlar tayyorlashda davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, mahalliy va xalqaro mehnat bozoriga
integratsiya qilish masalalari bugungi davr kun tartibida asosiy oʻrinni egallaydi.
Kasbiy taʼlimda institutsional yaxlitlikni taʼminlash va boshqaruv tizimi samaradorligini
oshirish, xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish hamda ichki va tashqi mehnat bozori talablariga
mos raqobatbardosh oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash, iqtisodiyot tarmoqlaridagi texnologik
oʻzgarishlar va yangilanishlar bilan oʻrinlashgan mos ravishda katta eʼtibor qaratish, ayniqsa, ish
beruvchilarning kasbiy taʼlim tizimidagi ishtirokini kengaytirish oʻta muhim ahamiyat kasb etdi.
1
Yuqorda aytib oʻtilganidik, mamalakatimizda kasbiy taʼlim tizimi faoliyatini
takomillashtirish, bugungi kun talablaridan kelib chiqib malakali oʻrta boʻgʻin professional kadrlar
tayyorlash jarayonlarini rivojlantirish, kasbiy taʼlim tashkilotlari turlarini maqbullashtirish hamda
kasbiy taʼlimning barcha darajalari boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan yagona koʻp tarmoqli oʻquv
muassasalari tizimini joriy qilish, ularning iqtisodiyot tarmoqlari talablariga mos kadrlar
tayyorlash imkoniyatini kengaytirish, kasbiy taʼlim sohasida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy
qilish, oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash jarayonlariga manfaatdor vazirlik va idoralarni keng jalb
qilish, ularning taʼlim tashkilotlari bilan hamkorligini kuchaytirish, kasbiy taʼlim tashkilotlari
oʻquv jarayoniga xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish, oʻqitish yakuni boʻyicha beriladigan
taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning xorijiy davlatlarda ham tan olinishini taʼminlash maqsadida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrda “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar
tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-158-son Farmoni
2
qabul qilindi.
Mazkur farmon kasbiy taʼlimni takomillashtirishga qaratilgan bir qator vazifalarni
belgilab berdi. Xususan, kasbiy taʼlim tashkilotlarida oʻquv jarayonlarini bosqichma-bosqich
raqamlashtirish, kasbiy taʼlim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan maxsus elektron
platformani joriy qilish, kasbiy taʼlim tashkilotlarini zarur oʻquv adabiyotlari, uslubiy qoʻllanmalar
va raqamli kontentlar bilan taʼminlash, ularning laboratoriya va ustaxonalarini eng zamonaviy
uskunalar bilan jihozlash, kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining koʻnikma va
kompetensiyalarini baholash tizimini tubdan yangilash, ushbu jarayonda ish beruvchilar
vakillarining faol ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bilan bogʻliq masalalar
shular jumlasidandir.
Bundan tashqari farmonda texnikumlarda kadrlar tayyorlash Taʼlimning xalqaro standart
tasniflagichi va Oʻzbekiston milliy malaka tizimi talablariga mos ravishda tashkil etilishi, malaka
va kompetensiyalar boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etilishi, oʻrta maxsus kasbiy
taʼlim dasturlarining bitiruvchilariga oʻzlashtirgan modullari, toʻplagan kreditlari va oliy taʼlim
tashkiloti tomonidan belgilangan ballar oʻrtacha qiymatidan (GPA) kelib chiqib, bakalavriatning
tegishli bosqichidan oʻqishni davom ettirishga ruxsat etilishi, zarur metodik va pedagogik
taʼminot, oʻquv va laboratoriya xonalari, ustaxona jihozlari, amaliyot bazalari hamda ish
beruvchilarning buyurtmalari mavjud boʻlgan taqdirda, oldin oʻqitish yoʻlga qoʻyilmagan taʼlim
1
Kasbiy taʼlimni rivojlantirishdagi muammo va takliflar muhokama qilindi. https://uzlidep.uz/uz/leads/kasbiy-
talimni-rivojlant.
2
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrda “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash
tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-158-son
Farmoni.https://lex.uz/docs/7166588.
Oktabr, 2025-Yil
452
darajalari boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyishga ruxsat berilishini joriy etish bilan bogʻliq
masalalarga alohida urgʻu berilganligini ham eʼtirof etish maqsadga muvofiqdir.
Dual taʼlim shaklida oʻquvchilarni qabul qilish ish beruvchilar bilan tuzilgan
shartnomalar asosida toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish, malaka va kompetensiyalar boʻyicha
qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etish, xalqaro taʼlim dasturlari asosida taʼlim olishni joriy
etish hamda imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan oʻquvchilarga tasdiqlangan namunadagi
diplom va sertifikatlar berish mexanizmining takomillashtirilganligi farmonning oʻziga xos
jihatlaridan biri boʻldi, - deyish mumkin.
Ushbu islohotlarning mantiqiy davomi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzurida kasbiy taʼlim va kasbga oʻqitish sohasida yagona davlat siyosatini amalga
oshirishga masʼul boʻlgan Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etilmoqda. Bu haqida joriy yilning 8-
sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezident rahbarligida oʻtkazilgan yigʻilishda kerakli
koʻrsatma hamda topshiriqlar berildi.
Mutasaddilar zimmasiga viloyat va tuman hokimlari bilan
birgalikda Prezident va ixtisoslashgan maktabda orttirilgan tajriba asosida joriy yilda 598 ta
texnikumga xalqaro standart bo‘yicha zamonaviy kasbga o‘qitish muhitini olib kirish vazifasi
qo‘yildi.
Mazkur agentlik oʻquvchilarning hayoti davomida taʼlim olish hamda natijaga asoslangan
yaxlit uzluksiz kasbiy taʼlim va kasbga oʻqitish tizimini joriy qilish maqsadida tashkil etilmoqda.
Agentlik kasbiy taʼlim va kasbga oʻqitish tizimini boshqarish hamda metodik jihatdan
muvofiqlashtirishni amalga oshiradi, mazkur sohada yagona davlat siyosatini yuritadi.
3
Kasbiy taʼlimni rivojlantirish sohada yagona davlat siyosatini yuritish barobarida kasbiy
taʼlim va kasbga oʻqitish muassasalarida tayyorlanadigan kasb va mutaxassisliklarning
nomlanishini, ular boʻyicha beriladigan malaka darajalarini, oʻqitishning minimal muddatlarini,
bitiruvchilar bilimini baholash tartibini va ushbu muassasalarning oʻquv-uslubiy bazasiga
qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, mazkur sohada amalga oshirilayotgan barcha islohotlar,
qabul qilinayotgan meyoriy hujjatlar mamlakatimizda yoshlarning farovon kelajagini
taʼminlashga, ularning bugungi kun talablariga javob bera oladigan, mahalliy va xalqaro bozorda
oʻz oʻriniga ega boʻla oladigan raqobatbardosh oʻrta boʻgʻin professional kadrlar boʻlib
yetishishlariga, kelgusida nafaqat mamlakatimizda, balki xorijiy davlatlarda ham qonuniy faoliyat
yurita oladigan shaxslar boʻlishlariga zamin yaratishga qaratilgandir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.
2.
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 20-sentyabrdagi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni.
https://lex.uz/docs/5013007.
3.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrda “Kasbiy taʼlimda malakali
kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy
qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-158-son Farmoni.https://lex.uz/docs/7166588.
3
Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi. https://www.gazeta.uz/uz/2025/09/09/agentlik/
Oktabr, 2025-Yil
453
4.
Kasbiy taʼlimni rivojlantirishdagi muammo va takliflar muhokama qilindi.
https://uzlidep.uz/uz/leads/kasbiy-talimni-rivojlant.
5.
Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi.
https://www.gazeta.uz/uz/2025/09/09/agentlik/.
