O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIRINCHI PREZIDENTI I.A. KARIMOV ASARLARIDA TA’LIM VA TARBIYANING MOHIYATI HAQIDA

Annotasiya

Ushbu tadqiqotimiz davomida O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov asarlarida ta’lim va tarbiyaning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar keltirib o’tiladi. Jamiyatimiz taraqqiyoti uchun yosh avlodning komil inson va ma’naviy yetuk shaxs sifatida tarbiyalanishi asosiy g’oya sifatida qaraladi. Shuningdek, prezidentimizning asarlarida ta’lim va tarbiyaning shakllanishida asosiy milliy g’oyalar tahlil qilib o’tiladi. Kelajak avlodga ta’lim va tarbiya berishda, ularning milliy tariximiz va urf-odatlarimizni asrab avaylashiga, vatanga bo’lgan muhabbatini oshirishda albatta oilaning o’rni beqiyosdir.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
Bilim sohasi

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Turemuratova, A. ., Yesqabulova, M., Davletova, A., & Saparbayeva, G. (2025). O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIRINCHI PREZIDENTI I.A. KARIMOV ASARLARIDA TA’LIM VA TARBIYANING MOHIYATI HAQIDA. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 4(11), 86–89. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/139094
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu tadqiqotimiz davomida O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov asarlarida ta’lim va tarbiyaning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar keltirib o’tiladi. Jamiyatimiz taraqqiyoti uchun yosh avlodning komil inson va ma’naviy yetuk shaxs sifatida tarbiyalanishi asosiy g’oya sifatida qaraladi. Shuningdek, prezidentimizning asarlarida ta’lim va tarbiyaning shakllanishida asosiy milliy g’oyalar tahlil qilib o’tiladi. Kelajak avlodga ta’lim va tarbiya berishda, ularning milliy tariximiz va urf-odatlarimizni asrab avaylashiga, vatanga bo’lgan muhabbatini oshirishda albatta oilaning o’rni beqiyosdir.


background image

2025

NOVEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 11

86

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIRINCHI PREZIDENTI I.A. KARIMOV

ASARLARIDA TA’LIM VA TARBIYANING MOHIYATI HAQIDA

Turemuratova Aziza Begibaevna

Qoraqalpoq davlat universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi assistenti.

azizaturemuratova85@gmail.com

Yesqabulova Maftuna

Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi.

Davletova Aygul

Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi.

Saparbayeva Gulhayo

Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17572523

Annotatsiya.

Ushbu tadqiqotimiz davomida O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti

I.A.Karimov asarlarida ta’lim va tarbiyaning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar keltirib
o’tiladi. Jamiyatimiz taraqqiyoti uchun yosh avlodning komil inson va ma’naviy yetuk shaxs
sifatida tarbiyalanishi asosiy g’oya sifatida qaraladi. Shuningdek, prezidentimizning asarlarida
ta’lim va tarbiyaning shakllanishida asosiy milliy g’oyalar tahlil qilib o’tiladi. Kelajak avlodga
ta’lim va tarbiya berishda, ularning milliy tariximiz va urf-odatlarimizni asrab avaylashiga,
vatanga bo’lgan muhabbatini oshirishda albatta oilaning o’rni beqiyosdir.

Kalit so’zlar:

Ta’lim, tarbiya, oila, pedagogik asoslar, ma’naviyat, yoshlarimiz

dunyoqarashi, milliy g’oya

ABOUT THE ESSENCE OF EDUCATION AND UPBRINGING IN THE WORKS OF

THE FIRST PRESIDENT OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN, I.A. KARIMOV

Abstract.

In the course of our study, detailed information about the importance of

education and upbringing in the works of the first President of the Republic of Uzbekistan I.A.
Karimov will be presented. The main idea for the development of our society is the upbringing of
the younger generation as a complete person and a spiritually mature person. Also, the main
national ideas in the formation of education and upbringing in the works of our president will be
analyzed. The role of the family in educating and educating the future generation, in their
preservation and care for our national history and traditions, and in increasing their love for the
homeland is undoubtedly incomparable.

Keywords:

Education, upbringing, family, pedagogical foundations, spirituality, the

worldview of our youth, the national idea


Kirish

Kelajak avlodning ta’lim va tarbiyasida albatta birinchi navbatda oila tushunchasini tahlil

qilishimiz lozim. Farzand ta’lim va tarbiyani birinchi navbatda ota-onasidan oladi. Hozirgi kunga
kelib dunyo bo’yicha ta’lim va tarbiya har qanday jamiyat taraqqiyotining asosi hisoblanadi.

Millatning ma’naviy salohiyati, davlatning iqtisodiy kuch-qudrati, xalqning farovonligi –

bularning barchasi avvalo inson omiliga, uning bilim, dunyoqarash va madaniyatiga bog‘liqdir.

O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov o‘z asarlarida ana shu

haqiqatni chuqur tahlil qilgan, ta’lim va tarbiyani davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan


background image

2025

NOVEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 11

87

biri sifatida belgilagan. I.A. Karimov o‘z faoliyati davomida yosh avlodni barkamol insonlar etib
tarbiyalash, milliy qadriyatlar va umuminsoniy g‘oyalarga tayangan holda yangi avlodni
vatanparvar, bilimli, tashabbuskor qilib voyaga yetkazish zarurligini uqtirgan.

Uning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”, “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida”,

“Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir” kabi asarlari bu borada chuqur falsafiy va pedagogik
qarashlar bilan to‘la. Prezidentimiz o‘z nutqlarida: “Ta’lim tizimini isloh etmasdan turib, yangi
jamiyat barpo etib bo‘lmaydi”, – degan. Ushbu fikr O‘zbekistonda mustaqillikdan keyingi ta’lim
islohotlarining nazariy asosiga aylandi. 1997-yilda qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi” I.A. Karimov tashabbusi bilan ishlab chiqilgan bo‘lib, u zamonaviy ta’lim tizimini
yaratishning yo‘l xaritasiga aylandi.Bu dasturda ta’lim tizimi uzluksizligi, fan, ishlab chiqarish va
ta’lim o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, shaxsning mustaqil fikrlashi va ijtimoiy faolligini rivojlantirish
asosiy maqsad qilib qo‘yilgan edi. I.A.Karimovning pedagogik-falsafiy qarashlarida tarbiya
masalasi markaziy o‘rinni egallaydi. U tarbiyani shaxsning nafaqat axloqiy, balki siyosiy,
fuqarolik, vatanparvarlik jihatdan shakllanishi bilan bog‘lab ko‘rgan. Uning “Yuksak ma’naviyat
– yengilmas kuch” asarida shunday deyiladi: “Agar biz yoshlarimizni ma’naviy yetuk, bilimli,
mustaqil fikrlaydigan insonlar qilib tarbiyalay olmasak, hech qanday islohot o‘z samarasini
bermaydi.” Demak, prezidentimiz I.A.Karimov uchun tarbiya – bu avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy
ko‘prik, millatni birlashtiruvchi omil va milliy g‘ururni uyg‘otuvchi jarayondir. U yoshlarni milliy
qadriyatlarga hurmat, tarixiy xotiraga sadoqat va Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashni ta’lim
siyosatining ajralmas qismi sifatida qaragan.

Prezidentimiz asarlarida “barkamol inson” tushunchasi markaziy o‘rinda turadi. U bu

g‘oyani quyidagicha ifoda etgan: “Barkamol inson – bu bilimli, ma’naviy yetuk, vatanini sevuvchi
va uning kelajagi uchun mas’uliyatni his etuvchi shaxsdir.” Barkamol inson g‘oyasi ta’lim-tarbiya
tizimining maqsad va mazmunini belgilovchi asosiy g‘oya sifatida e’tirof etildi. Shu boisdan ham
prezidentimiz rahbarligida ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida yangi o‘quv dasturlari,
ma’naviyat darslari, ijtimoiy fanlar mazmuni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga
uyg‘unlashtirildi. Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida shunday
yozadi: “Ma’naviyat – bu xalqni xalq qiladigan, millatni millat darajasiga ko‘taradigan kuchdir.”

Demak, ma’naviyatni mustahkamlash ta’lim va tarbiya tizimining asosiy vazifasidir.

Prezidentimiz yoshlar ongida milliy o‘zlikni anglash, ajdodlarga hurmat, diniy bag‘rikenglik,
zamonaviy fikrlash va bunyodkorlik ruhini shakllantirishni ustuvor deb bilgan. Uning qarashlariga
ko‘ra, ma’naviy yetuklik – bu insonning o‘zini anglash, jamiyat oldidagi mas’uliyatni his qilish va
harakatda ifoda etish qobiliyatidir. Shu boisdan ta’lim muassasalarida faqat darslik emas, balki
axloqiy muhit ham muhim ahamiyatga ega.

Dunyoda kechayotgan murakkab jarayonlar yoshlar tarbiyasiga yanada e’tiborliroq

bo‘lishni talab etmoqda. «Yuksak maya’naviyat – yengilmas kuch» asarida ta’kidlanganidek,
«Agarki biz bunday xatarlarga qarshi o‘z vaqtida qat’iyat va izchillik bilan kurash olib bormasak,
turli zararli oqimlar bizning yurtimizga ham shiddat bilan yopirilib kirishi, yoshlarimizni o‘z
girdobiga tortib ketishini, oqibatda, ularning ota-ona, el-yurt oldidagi burchi va mas’uliyatini
o‘ylamaydigan, faqat bir kunlik hayot bilan yashaydigan xudpisand kimsalarga aylanib qolishi
mumkinligini tasavvur qilish qiyin emas». Odob-axloq, hayo-ibo, or-nomus va diyonat kabi
fazilatlar azaldan xalqimiz ma’naviy olamining ajralmas qismi sanalgan. Bugungi globallashuv


background image

2025

NOVEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 11

88

sharoitida «ommaviy ma’daniyat» niqobi ostida yoshlarimizga turli yot g‘oyalarni, ma’naviy
tubanliklarni targ‘ib etishga urinayotgan qabih niyatli kimsalar aynan ana shunday
qadriyatlarimizga bolta urishga urinayotgani sir emas. Zamonaviy ta’lim shakli o‘quv darslari
jarayonida o‘quvchilarni o‘z ustida ishlashga o‘qib izlanishiga, fikrlashga, diqqat e’tiborini darsga
qaratishga hamda chuqur bilim sohibi bo‘lishga yordam bo‘ladi. Hozirgi zamon talabi chuqur
salohiyatli, qobiliyatli, izlanuvchan, teran fikrlay oladigan, mustaqil ravishda to‘g‘ri qaror chiqara
oladigan yoshlarni tarbiyalashdan iboratdur. Buning uchun esa ta’lim tarbiya masalasi chuqur
e’tibor qaratmog‘imiz lozim. Ta’lim samaradorligini oshirish eng avvalo tarbiyachining mahorati
hamda uning ta’lim jarayoniga nisbatan yondashuvi muhim ahamiyatga ega. Tarbiyachining
pedagogik mahorati darajasi har bir dars hamda mashg‘ulot tarbiyalanuvchilarga yetkazib berish
jarayoniga nisbatan ijodiy yondashuv talab etmoqda. Texnologik yondashuv negizida namoyon
bo‘luvchi holatlarning asosiysi bu dars jarayonining muayyan holatida tashkil etishi sanaladi.
Noan’anaviy darslarni tashkil etishda interfaol metodlar muhum ro‘l o‘ynaydi. Ular o‘qituvchi va
o‘quvchining o‘zaro faol munosabatlarida tashkil etiladigan dars turidir. Bunda o‘qituvchi va
o‘quvchi doimo o‘zaro hamkorlikda ishlaydi. O‘qituvchi shu tarzda bolalarga dunyoqarashi va
fikrlash qobiliyatini tafakkurini boyitib boradi. O‘quvchining erkin fikrlash jarayoni yana bir
pog‘onaga o‘sadi. Ta’lim uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib uning sifati darsda qo‘llaniladigan
metodlarga bog‘liq. Darsning mazmunli o‘tilishi qanday metodlardan foydalanilgani va qanday
natijalarga erishilgani o‘quvchining bilim darajasini belgilaydi. Pedagog dars jarayonida to‘g‘ri
metodlardan foydalanilsa maqsadga tez erishiladi va o‘quvchilarga ham dars maroqli hamda
mavzuni oson o‘zlashtirilishiga erishiladi. Buning uchun pedagog doimo o‘z ustida ishlashi bilim
darajasini oshirishi doimo izlanishda bo‘lishi va ilm fan yangiliklaridan habardor bo‘lishi va o‘z
faoliyatida ulardan samarali foydalanishi lozim. Ta’lim jarayoni murakkab hamda ko‘p qirralidir.
Unda o‘qituvchi va o‘quvchilar faol ishtirok etmog‘i zarurdir. Bu jarayonning muvaffaqiyatli va
samarali natijasi ta’limdagi qonun qoidalari ya’ni talablariga amal qilishlariga bog‘liq. Ta’lim
tamoyillari o‘quv yurtlari oldida turgan vazifalar asosida belgilandi. Shuning uchun ham bilim
berish tamoyillari ta’lim jarayonining eng muhum masalalarini amaliy va nazariy jihatdan to‘g‘ri
hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi. Hozirgi davrga kelib yosh avlodimiz ta’lim olishida
yurtimizda juda ko’p imkoniyat va sharoitlar yaratib berilgan. Zamonaviy ta’lim dasturlariga
asoslangan holda ta’lim berish tizimi orqali yoshlarning dunyoqarashi yanada ortmoqda.
Maktablarga zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan holda o’qitish uslublari yanada
takomillashtirish orqali sifatli ta’lim dasturlari yo’lga qo’yilgan. Shuningdek, hozirda 11 yillik
ta’lim dasturi yurtimizda samarali natijalarni bermoqda. Yoshlarimizni oliy ta’lim muassasalariga
qamrab olish, qabul uchun kvotalarni oshirish kabi ta’lim islohatlari albatta yoshlarimizning
asosiy imkoniyatlari sanaladi. Bu kabi imkoniyatlar yoshlarni milliy g’oya shakllanishida asosiy
ustuvor yo’nalish hisoblanadi.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda, Islom Karimovning ta’lim va tarbiya haqidagi qarashlari o‘zbek

xalqining ma’naviy va intellektual taraqqiyotida beqiyos o‘rin tutadi. U ta’limni davlat
siyosatining asosiy yo‘nalishi, tarbiyani esa milliy g‘urur va ma’naviyat poydevori sifatida
qaragan. Prezidentimiz asarlarida inson omili, ma’naviy yetuklik, vatanparvarlik, intellektual
salohiyat kabi tushunchalar bir butun tizimni tashkil etadi. Karimov merosi yosh avlodni barkamol


background image

2025

NOVEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 11

89

inson sifatida tarbiyalashda, ta’lim tizimini zamonaviy va milliy qadriyatlarga asoslangan holda
rivojlantirishda muhim manba bo‘lib qolmoqda.Birinchi prezidentimiz Islom Karimovning
so‘zlari bilan aytganda: Yoshlar bizning kelajagimiz, ertangi kunimiz, umidimiz va
tayanchimizdir. Ularni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash — eng muqaddas
burchimizdir.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1.

Karimov, Islom A. Yoshlarimiz-xalqimizning ishonchi va tayanchi. Ma'naviyat, 2006.

2.

Karimov, Islom A. Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch. Ma'naviyat, 2010.

3.

Karimov I.A. «Milliy g‘oya xalq e’tiqodi va buyuk kelajagiga ishonchdir» T.:

«O‘zbekiston», 2000.

4.

Karimov I. A. «Jamiyatimiz milliy g‘oyasi xalqni xalq, millatni millat qilishga xizmat

etsin» T.: «O‘zbekiston», 1998.

5.

Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yо‘lida xizmat qilish – eng oliy

saodatdir. – T.: О‘zbekiston, 2015 yil.

6.

Jubatqan, Sagindikov. "QUESTIONS OF SPIRITUAL COMMUNICATION OF RURAL

WORKERS." Special Education 2.43 (2022).

7.

Sagindikov D. J. ANALYSIS OF DEVELOPMENT FACTORS AND HIGH

SPIRITUALITY IN NEW UZBEKISTAN //Академические исследования в
современной науке. – 2024. – Т. 3. – №. 33. – С. 69-73.

8.

Sagindikov J. N., Baynazarova D. DEMOKRATIYALIQ REFORMALARDA

MÁNAWIYATTIN ORNI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 11. – С.
401-403.

9.

Turemuratova, Aziza, Rita Kurbanova, and Barno Saidboyeva. "EDUCATIONAL

TRADITIONS IN SHAPING THE WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IN FOLK
PEDAGOGY." Modern Science and Research 2.10 (2023): 318-322.

10.

Kurbanova, R. J., and B. E. Saidboeva. "MAKTAB VA OILADA ESTETIK

TARBIYANI

SHAKLLANTIRISH

JARAYONIDA

O'QUVCHILARNING

AKSIOLOGIK DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH." Inter education & global
study 9 (2024): 114-121.

11.

Turemuratova, A. "Har bir xalqning o'z qadriyati bor." (2021).

12.

Begibaevna, Turemuratova Aziza, and Turganbayeva Amina Quanishbayevna. "psixolog

trenerning kasbiy ko’nikmalari va psixologik salohiyatini oshiruvchi amaliy treninglar."
(2025).

13.

Turemuratova, A., and B. Temirbekov. "Mustahkam oilani shakllantirishda yoshlarda

naql-maqollardan foydalanishning tarbiyaviy-psixologik ahamiyati." (2022).

14.

Turemuratova, A., and J. Asamatdinova. "Talabalar qadiriyatqa bag'darlang'anliqti

rivajlantiruwda auditoriyadan tis shinig'iwlardin'roli." (2021).

Bibliografik manbalar

Karimov, Islom A. Yoshlarimiz-xalqimizning ishonchi va tayanchi. Ma'naviyat, 2006.

Karimov, Islom A. Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch. Ma'naviyat, 2010.

Karimov I.A. «Milliy g‘oya xalq e’tiqodi va buyuk kelajagiga ishonchdir» T.: «O‘zbekiston», 2000.

Karimov I. A. «Jamiyatimiz milliy g‘oyasi xalqni xalq, millatni millat qilishga xizmat etsin» T.: «O‘zbekiston», 1998.

Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yо‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir. – T.: О‘zbekiston, 2015 yil.

Jubatqan, Sagindikov. "QUESTIONS OF SPIRITUAL COMMUNICATION OF RURAL WORKERS." Special Education 2.43 (2022).

Sagindikov D. J. ANALYSIS OF DEVELOPMENT FACTORS AND HIGH SPIRITUALITY IN NEW UZBEKISTAN //Академические исследования в современной науке. – 2024. – Т. 3. – №. 33. – С. 69-73.

Sagindikov J. N., Baynazarova D. DEMOKRATIYALIQ REFORMALARDA MÁNAWIYATTIN ORNI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 11. – С. 401-403.

Turemuratova, Aziza, Rita Kurbanova, and Barno Saidboyeva. "EDUCATIONAL TRADITIONS IN SHAPING THE WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IN FOLK PEDAGOGY." Modern Science and Research 2.10 (2023): 318-322.

Kurbanova, R. J., and B. E. Saidboeva. "MAKTAB VA OILADA ESTETIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISH JARAYONIDA O'QUVCHILARNING AKSIOLOGIK DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH." Inter education & global study 9 (2024): 114-121.

Turemuratova, A. "Har bir xalqning o'z qadriyati bor." (2021).

Begibaevna, Turemuratova Aziza, and Turganbayeva Amina Quanishbayevna. "psixolog trenerning kasbiy ko’nikmalari va psixologik salohiyatini oshiruvchi amaliy treninglar." (2025).

Turemuratova, A., and B. Temirbekov. "Mustahkam oilani shakllantirishda yoshlarda naql-maqollardan foydalanishning tarbiyaviy-psixologik ahamiyati." (2022).

Turemuratova, A., and J. Asamatdinova. "Talabalar qadiriyatqa bag'darlang'anliqti rivajlantiruwda auditoriyadan tis shinig'iwlardin'roli." (2021).