THE ROLE AND LEGAL BASIS OF THE INSTITUTIONS OF PARDON AND AMNESTY IN MITIGATING CRIMINAL LIABILITY

Abstract

This article analyzes the role of the institutions of pardon and amnesty in mitigating criminal liability in the Republic of Uzbekistan, their legal basis and practical significance. Amnesty and amnesty are legal institutions based on the principles of humanity, justice and social stability, which represent the state's policy of forgiveness towards persons who have committed crimes. The article broadly covers the essence of these institutions, the procedure for their application, their differences and similarities, as well as their role in criminal policy. Also, the practice of applying pardon as an act applied individually by the President, and amnesty as a normative legal act adopted collectively by the Oliy Majlis, is analyzed from a legal perspective. The legal framework of these institutions is studied based on the Constitution of the Republic of Uzbekistan, Presidential Decrees "On Amnesty" and the Law "On Amnesty". The article also discusses the socio-political significance of pardon and amnesty, their role in ensuring human rights and resocializing convicts into society. Based on practical examples, proposals and recommendations are given to increase the effectiveness of these institutions. The results of the study show that the institutions of pardon and amnesty are an important component of criminal and legal policy and play an important role in implementing the principles of humanism, mitigating criminal liability and ensuring social harmony in society.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Turdimurodova, M., & Istamova, I. (2025). THE ROLE AND LEGAL BASIS OF THE INSTITUTIONS OF PARDON AND AMNESTY IN MITIGATING CRIMINAL LIABILITY. Modern Science and Research, 4(11), 185–189. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/139276
0
Citations
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article analyzes the role of the institutions of pardon and amnesty in mitigating criminal liability in the Republic of Uzbekistan, their legal basis and practical significance. Amnesty and amnesty are legal institutions based on the principles of humanity, justice and social stability, which represent the state's policy of forgiveness towards persons who have committed crimes. The article broadly covers the essence of these institutions, the procedure for their application, their differences and similarities, as well as their role in criminal policy. Also, the practice of applying pardon as an act applied individually by the President, and amnesty as a normative legal act adopted collectively by the Oliy Majlis, is analyzed from a legal perspective. The legal framework of these institutions is studied based on the Constitution of the Republic of Uzbekistan, Presidential Decrees "On Amnesty" and the Law "On Amnesty". The article also discusses the socio-political significance of pardon and amnesty, their role in ensuring human rights and resocializing convicts into society. Based on practical examples, proposals and recommendations are given to increase the effectiveness of these institutions. The results of the study show that the institutions of pardon and amnesty are an important component of criminal and legal policy and play an important role in implementing the principles of humanism, mitigating criminal liability and ensuring social harmony in society.


background image

185

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

AFV VA AMNITSIYA INSTITUTLARINING JINOIY JAVOBGARLIKNI

YENGILLASHTIRISHDAGI O'RNI VA HUQUQIY ASOSLARI

Turdimurodova Marjona Yunusbek-qizi

QXU Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va

huquq ta'lim yo'nalishi 4 - bosqich talabalari

Contact: +998908970409

meyamyunusova@gmail.com

Istamova Intizor Oybek-qizi

Contact: +998973160014

istamovaintizor@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17559784

Annotatsiya

. Mazkur maqolada afv va amnistiya institutlarining O‘zbekiston

Respublikasida jinoiy javobgarlikni yengillashtirishdagi o‘rni, ularning huquqiy asoslari hamda
amaliy ahamiyati tahlil etilgan. Afv va amnistiya insonparvarlik, adolat va ijtimoiy barqarorlik
tamoyillariga asoslangan huquqiy institutlar bo‘lib, ular jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan
davlatning kechirimlilik siyosatini ifodalaydi. Maqolada ushbu institutlarning mazmun-mohiyati,
ularni qo‘llash tartibi, farqli va o‘xshash jihatlari, shuningdek, ularning jinoiy siyosatdagi o‘rni
keng yoritilgan. Shuningdek, afvni Prezident tomonidan yakka tartibda qo‘llaniladigan akt
sifatida, amnistiyani esa Oliy Majlis tomonidan jamoaviy tarzda qabul qilinadigan normativ-
huquqiy hujjat sifatida qo‘llash amaliyoti huquqiy jihatdan tahlil qilingan. O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi, “Afv to‘g‘risida”gi Prezident farmonlari hamda “Amnistiya
to‘g‘risida”gi qonunlar asosida bu institutlarning huquqiy bazasi o‘rganilgan.Maqolada,
shuningdek, afv va amnistiyaning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati, ularning inson huquqlarini
ta’minlash va mahkumlarni jamiyatga qayta ijtimoiylashtirishdagi roli haqida ham fikr
yuritilgan. Amaliy misollar asosida ushbu institutlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha
taklif va tavsiyalar berilgan.Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, afv va amnistiya institutlari
jinoyat-huquqiy siyosatning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, insonparvarlik tamoyillarini ro‘yobga
chiqarish, jinoiy javobgarlikni yengillashtirish va jamiyatda ijtimoiy totuvlikni ta’minlashda
muhim o‘rin tutadi.

Kalit so'zlar

: Afv instituti, amnistiya instituti, jinoiy javobgarlikni yengillashtirish,

huquqiy asoslar, insonparvarlik tamoyili, adolat prinsipi, kechirimlilik siyosati, jinoyat-huquqiy
siyosat, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Prezident farmonlari, Oliy Majlis qarorlari,
huquqiy islohotlar, ijtimoiy barqarorlik, mahkumlarni qayta ijtimoiylashtirish, huquqni
muhofaza qilish tizimi, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati.

THE ROLE AND LEGAL BASIS OF THE INSTITUTIONS OF PARDON AND

AMNESTY IN MITIGATING CRIMINAL LIABILITY

Annotation.

This article analyzes the role of the institutions of pardon and amnesty in

mitigating criminal liability in the Republic of Uzbekistan, their legal basis and practical
significance. Amnesty and amnesty are legal institutions based on the principles of humanity,
justice and social stability, which represent the state's policy of forgiveness towards persons who
have committed crimes. The article broadly covers the essence of these institutions, the
procedure for their application, their differences and similarities, as well as their role in
criminal policy. Also, the practice of applying pardon as an act applied individually by the
President, and amnesty as a normative legal act adopted collectively by the Oliy Majlis, is
analyzed from a legal perspective. The legal framework of these institutions is studied based on
the Constitution of the Republic of Uzbekistan, Presidential Decrees "On Amnesty" and the Law
"On Amnesty". The article also discusses the socio-political significance of pardon and amnesty,


background image

186

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

their role in ensuring human rights and resocializing convicts into society. Based on practical
examples, proposals and recommendations are given to increase the effectiveness of these
institutions. The results of the study show that the institutions of pardon and amnesty are an
important component of criminal and legal policy and play an important role in implementing
the principles of humanism, mitigating criminal liability and ensuring social harmony in society.

Keywords:

Amnesty institution, amnesty institution, mitigation of criminal liability, legal

framework, humanitarian principle, principle of justice, amnesty policy, criminal law policy,
Constitution of the Republic of Uzbekistan, Presidential decrees, Oliy Majlis resolutions, legal
reforms, social stability, resocialization of convicts, law enforcement system, rule of law and
civil society.

РОЛЬ И ПРАВОВЫЕ ОСНОВЫ ИНСТИТУТОВ ПОМИЛОВАНИЯ И АМНИСТИИ

В СМЯГЧЕНИИ УГОЛОВНОЙ ОТВЕТСТВЕННОСТИ

Аннотация.

В статье анализируются роль институтов помилования и амнистии

в смягчении уголовной ответственности в Республике Узбекистан, их правовые основы и
практическое значение. Амнистия и амнистия – правовые институты, основанные на
принципах гуманизма, справедливости и социальной стабильности, которые
представляют собой политику государства по прощению лиц, совершивших преступления.

В статье широко освещаются сущность этих институтов, порядок их

применения, их различия и сходства, а также их роль в уголовной политике. Также с
правовой точки зрения анализируется практика применения помилования как акта,
применяемого Президентом единолично, и амнистии как нормативного правового акта,
принимаемого коллегиально Олий Мажлисом. Правовая основа этих институтов
изучается на основе Конституции Республики Узбекистан, Указов Президента «Об
амнистии» и Закона «Об амнистии». В статье также рассматривается социально-
политическое значение помилования и амнистии, их роль в обеспечении прав человека и
ресоциализации осужденных в обществе. На основе практических примеров даны
предложения и рекомендации по повышению эффективности этих институтов.

Результаты исследования показывают, что институты помилования и амнистии

являются важной составляющей уголовно-правовой политики и играют важную роль в
реализации принципов гуманизма, смягчении уголовной ответственности и обеспечении
социального согласия в обществе.

Ключевые слова:

институт амнистии, смягчение уголовной ответственности,

правовые основы, гуманный принцип, принцип справедливости, политика амнистии,
уголовно-правовая политика, Конституция Республики Узбекистан, указы Президента,
постановления Олий Мажлиса, правовые реформы, социальная стабильность,
ресоциализация осужденных, правоохранительная система, верховенство закона и
гражданское общество.


KIRISH

Hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan keng ko‘lamli huquqiy

islohotlar jarayonida insonparvarlik va adolat tamoyillarini hayotga tatbiq etish davlat
siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Jinoyat sodir etgan shaxslarga
nisbatan faqat jazo choralarini qo‘llash emas, balki ularni jamiyatga qayta ijtimoiylashtirish,
to‘g‘ri yo‘lga qaytarish va inson sha’nini hurmat qilish tamoyillariga asoslangan huquqiy
mexanizmlarni takomillashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridandir.


background image

187

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Shu nuqtai nazardan, afv va amnistiya institutlari jinoiy javobgarlikni yengillashtirish,

jinoyat-huquqiy siyosatda insonparvarlik g‘oyalarini amalga oshirishning muhi vositalaridan biri
hisoblanadi. Ushbu institutlar nafaqat shaxsni jazodan ozod etish yoki jazoni yengillashtirishga
xizmat qiladi, balki davlatning kechirimlilik va bag‘rikenglik siyosatini ifodalaydi. O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi, “Afv to‘g‘risida”gi Prezident farmonlari va “Amnistiya
to‘g‘risida”gi qonunlari ushbu institutlarning huquqiy asoslarini belgilab beradi. So‘nggi yillarda
afv va amnistiya institutlarining qo‘llanilishida inson huquqlarini ta’minlash, mahkumlarni
ijtimoiy hayotga qayta jalb etish, shuningdek, jazo tizimini liberallashtirish yo‘nalishida sezilarli
natijalarga erishilmoqda.

ASOSIY QISM

Afv va amnistiya institutlari har bir demokratik davlatda insonparvarlik va adolat

tamoyillarining amaliy ifodasi sifatida e’tirof etiladi. Ular jinoyat sodir etgan shaxslarni
jamiyatga qayta ijtimoiylashtirish, ularning ijtimoiy hayotga moslashuvini ta’minlash va jazo
siyosatini yumshatishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasida bu institutlarning huquqiy
asoslari Konstitutsiya va boshqa me’yoriy hujjatlarda mustahkamlangan. Mazkur moddaga
muvofiq, Prezidentning shaxsiy vakolati sifatida afv e’lon qilish huquqi mavjud bo‘lib, u ayrim
shaxslarni jazodan to‘liq yoki qisman ozod etish, yoxud jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish
shaklida qo‘llaniladi. Amnistiya esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul
qilinadigan normativ-huquqiy hujjat bo‘lib, u muayyan toifadagi shaxslarni yoki jinoyatlarni
qamrab oladi. Ya’ni, amnistiya yakka shaxsga emas, balki bir guruh shaxslarga nisbatan umumiy
tarzda tatbiq etiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnitsiya
to'g'risidagi hujjatlarni qabul qilinadi.[1] Shu boisdan afv individuallashtirilgan kechirim,
amnistiya esa jamoaviy kechirim shaklidir. Afv va amnistiyaning asosiy maqsadi jazoni bekor
qilish emas, balki jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan davlatning insonparvar siyosatini
namoyon etish, uni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish hamda jamiyatdagi totuvlikni mustahkamlashdan
iboratdir. Afv instituti O‘zbekiston Respublikasida Prezident tomonidan amalga oshiriladi.[2] Bu
vakolat Prezidentning bevosita insonparvarlik siyosatini amalga oshirishdagi eng muhim
vositalardan biridir. Afv to‘g‘risidagi masalalar odatda Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va
Bosh prokuratura tomonidan o‘rganilib, Prezident Administratsiyasiga kiritiladi. Afv farmoni
chiqargandan so‘ng, u mahalliy sudlar, jazoni ijro etish muassasalari va prokuratura organlari
tomonidan ijro etiladi.

Afv quyidagi shakllarda qo‘llanilishi mumkin:
shaxsni jazodan to‘liq ozod etish;
jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish;
jazoni qisqartirish;
sudlanganlikni olib tashlash.
Afv asosan har yili mamlakatda muhim siyosiy yoki milliy bayramlar arafasida e’lon

qilinadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi, Konstitutsiya kuni yoki Ramazon
hayiti munosabati bilan afv farmonlari qabul qilinadi.

Afv institutining amaliy ahamiyati shundaki, u jinoyat sodir etgan shaxslarning

pushaymonligini e’tirof etish, ularni jamiyatga qayta qo‘shish, oilaviy va ijtimoiy barqarorlikni
mustahkamlashga xizmat qiladi. Bundan tashqari afv etish mahkumni jazodan to'liq yoki qisman
ozod etadigan yoki sud tomonidan tayinlangan jazoni boshqa yengilroq jazo bilan
almashtiradigan yoxud sudlanganlikni olib tashlaydigan insonparvarlik akti hisoblanadi. [3]


background image

188

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Amnistiya — bu jinoiy siyosatning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uni faqat O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi e’lon qiladi. Uning huquqiy asoslari “Amnistiya to‘g‘risida”gi Qonun
va Konstitutsiyada mustahkamlangan.Amnistiya akti odatda Oliy Majlis tomonidan qabul
qilingan maxsus qonun shaklida bo‘ladi.

U jinoyat sodir etgan shaxslarning ma’lum toifalariga — masalan, voyaga yetmaganlar,

homilador ayollar, yoshi katta shaxslar, nogironlar yoki birinchi marta jinoyat sodir etgan
fuqarolarga nisbatan qo‘llanadi. O‘zbekiston tarixida bir nechta yirik amnistiya aktlari qabul
qilingan. Masalan, 1996-yil 29-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori
bilan mustaqillikning 5 yilligi munosabati bilan amnistiya e’lon qilingan.

Shuningdek, har yili Konstitutsiya kuni arafasida Oliy Majlis tomonidan amnistiya

to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilinadi. Bu amaliyot shuni ko‘rsatadiki, amnistiya nafaqat jazodan
ozod qilish vositasi, balki davlatning insonparvarlik siyosatini namoyon etuvchi muhim ijtimoiy-
huquqiy institut sifatida ham xizmat qiladi. 2024 - yil Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati
bilan 522 nafar mahkum ozod etldi. To'liq ozod qilish bo'yicha 159 nafar bu 30% degani, shartli
ozod qilish bo'yicha 303 nafar bu 58% degani, 60 nafar qamoq jazosi yengilrog'i bilan
almashtirildi bu esa 12% degani.

Afv va amnistiya institutlari umumiy maqsad — jinoiy javobgarlikni yengillashtirish va

insonparvarlik siyosatini amalga oshirishga qaratilgan bo‘lsa-da, ularning huquqiy tabiati va
qo‘llanilish tartibida farqlar mavjud:

Afv belgilari:
- Prezident tomonidan amalga oshiriladi;
- Aniq shaxslarga nisbatan chiqariladi;
- individual xarakter kasb etadi
- mahkum yoki uning yaqinlari Prezidentga murojaat qiladi
Amnitsiya belgilari:
- Oliy Majlis tomonidan qabul qilinadigan hujjat;
- Jinoyatlarning toifalari yoki moddalarini hisobga oladi;
- Ommaviy xarakter kasb etadi;
O‘xshash jihatlari esa quyidagilardan iborat:
- har ikkisi ham jazo siyosatini yumshatish vositasidir;
- insonparvarlik va kechirimlilik tamoyillariga asoslanadi;
- jinoyat-huquqiy siyosatda ijtimoiy totuvlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Afv va amnistiya institutlari jinoiy javobgarlikni yengillashtirishning muhim

mexanizmlaridan biri hisoblanadi. Ular jazo tizimini insonparvarlik tamoyillariga moslashtirish,
jinoyatchilikka nisbatan adolatli yondashuvni ta’minlash, shuningdek, mahkumlarning ijtimoiy
moslashuviga yordam berish orqali davlatning huquqiy siyosatini takomillashtiradi. Bu institutlar
shuningdek, jazo siyosatini liberallashtirish, ortiqcha qamoqxona yukini kamaytirish, shaxsning
jamiyatga qaytishini rag‘batlantirishga ham xizmat qiladi.

Shu bilan birga, afv va amnistiya aktlari orqali davlat o‘z fuqarolariga nisbatan ishonch,

bag‘rikenglik va kechirimlilikni ifoda etadi. Amaliy jihatdan bu institutlar jinoyat sodir etgan
shaxslarning huquqlarini tiklash, ularning ijtimoiy hayotda faol ishtirokini ta’minlashga yordam
beradi. Shu sababli afv va amnistiya nafaqat jinoiy siyosat vositasi, balki jamiyatda ijtimoiy
barqarorlik va totuvlikni ta’minlovchi ahamiyatli omil sifatida e’tirof etiladi.



background image

189

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

XULOSA

O‘zbekiston Respublikasida afv va amnistiya institutlari jinoiy javobgarlikni

yengillashtirishning muhim huquqiy mexanizmlari sifatida davlatning insonparvarlik siyosatini
ifoda etadi. Ushbu institutlar yordamida jinoyat sodir etgan shaxslarning huquq va erkinliklari
tiklanadi, ularning ijtimoiy hayotga qayta moslashuvi rag‘batlantiriladi. Tadqiqot natijalariga
ko‘ra, afv va amnistiya institutlari:

1. Insonparvarlik tamoyillarini huquqiy amaliyotda ro‘yobga chiqaradi;
2. Jinoiy siyosatni liberallashtirishga, jazolash emas, balki tarbiyaviy yondashuvni

kuchaytirishga xizmat qiladi;

3. Jamiyatda totuvlik va barqarorlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi;
4. Mahkumlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish orqali ularni jamiyat
hayotiga qaytaradi;
5. Davlatning fuqarolarga bo‘lgan ishonchini va bag‘rikenglik siyosatini amalda

ifodalaydi.

Afv institutining Prezident vakolati sifatidagi ahamiyati, amnistiyaning esa parlament

tomonidan e’lon qilinadigan qonuniy shakli O‘zbekiston Respublikasida hokimiyatlar bo‘linishi
prinsipi asosida insonparvarlik siyosatini muvozanatli amalga oshirish imkonini beradi. Afv va
amnistiya institutlarini qo‘llash mexanizmlarini takomillashtirish, ularni xalqaro tajriba asosida
rivojlantirish, jinoyat sodir etgan shaxslarning psixologik va ijtimoiy reabilitatsiyasiga doir
dasturlar bilan uyg‘unlashtirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Afv va amnistiya — bu faqat jazo
yengilligini bildiruvchi huquqiy vosita emas, balki inson sha’ni, adolat va bag‘rikenglikni
qadrlaydigan demokratik jamiyatning yuksak qadriyatlarini ifodalaydigan muhim institutlardir.

Adabiyotlar ro'yxati:

1.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 95 - moddasi 7 - bandi, 2023 - yil 30 -
apreldagi soni

2.

O'zbekistonRespublikasiKonstitutsiyaning

109

-moddasi

23

-bandi,2023-yil30-

apreldagisoni

3.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 - yil 8 - maydagi PF - 5439 son farmoniga
ilova, O'zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to'g'risidagi nizom 1-
bob 2 bandi

4.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. – Toshkent: “Adolat”, 2022-y.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Amnistiya to‘g‘risida”gi qarorlari. – Rasmiy
nashrlar to‘plami, 1996–2024-yillar.

6.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining afv to‘g‘risidagi farmonlari. – Prezident.uz
rasmiy sayti, 2017–2024-yillar.

7.

Xakimov X. Jinoiy javobgarlikni yengillashtirish institutlari. – Toshkent: TDYuU
nashriyoti, 2020-y.

8.

Tursunov A. Insonparvarlik tamoyillari va jinoiy siyosat. – Toshkent: Adolat, 2019-y.

9.

Saidov A.X. O‘zbekiston Respublikasining huquqiy siyosati va inson huquqlari himoyasi.
– Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2021-y.

10.

Karimova M. Amnistiya va afv institutlarining xalqaro huquqiy asoslari. // “Huquq va
burch” jurnali, №3, 2022-y.

11.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi rasmiy axborot byulleteni. – Toshkent, 2024-y.

References

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 95 - moddasi 7 - bandi, 2023 - yil 30 - apreldagi soni

O'zbekistonRespublikasiKonstitutsiyaning 109 -moddasi 23 -bandi,2023-yil30-apreldagisoni

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 - yil 8 - maydagi PF - 5439 son farmoniga ilova, O'zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to'g'risidagi nizom 1- bob 2 bandi

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. – Toshkent: “Adolat”, 2022-y.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Amnistiya to‘g‘risida”gi qarorlari. – Rasmiy nashrlar to‘plami, 1996–2024-yillar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining afv to‘g‘risidagi farmonlari. – Prezident.uz rasmiy sayti, 2017–2024-yillar.

Xakimov X. Jinoiy javobgarlikni yengillashtirish institutlari. – Toshkent: TDYuU nashriyoti, 2020-y.

Tursunov A. Insonparvarlik tamoyillari va jinoiy siyosat. – Toshkent: Adolat, 2019-y.

Saidov A.X. O‘zbekiston Respublikasining huquqiy siyosati va inson huquqlari himoyasi. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2021-y.

Karimova M. Amnistiya va afv institutlarining xalqaro huquqiy asoslari. // “Huquq va burch” jurnali, №3, 2022-y.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi rasmiy axborot byulleteni. – Toshkent, 2024-y.