465
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
ICHKI TURIZMNI TAHLIL QILISH VA NATIJALARNI BAHOLASH
INDIKATORLARI (BUXORO VILOYATI MISOLIDA)
Nuriddinova Niginabegim Fazliddin qizi
10-1 TUR-24 guruh magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17612804
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Buxoro viloyatida ichki turizmni rivojlantirishning asosiy
tendensiyalari, imkoniyatlari va samaradorligini baholash indikatorlari tahlil qilingan. Tadqiqot
davomida turizm infratuzilmasi, xizmat ko‘rsatish sifati, transport tizimi, marketing faoliyati va
mahalliy aholi ishtirokining iqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Shuningdek, ichki turizmni
rivojlantirishda foydalaniladigan baholash indikatorlari tizimi ishlab chiqilgan. Natijalar shuni
ko‘rsatadiki, mintaqaviy turizmda samaradorlikka erishish uchun infratuzilmani modernizatsiya
qilish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va mahalliy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash muhim
ahamiyatga ega.
Kalit so‘zlar:
Ichki turizm, Buxoro viloyati, indikator, samaradorlik, infratuzilma, xizmat
sifati, marketing, barqaror rivojlanish, baholash tizimi, turizm iqtisodiyoti.
ANALYSIS AND EVALUATION INDICATORS OF DOMESTIC TOURISM
(CASE OF BUKHARA REGION)
Abstract.
This article analyzes the main trends, opportunities, and efficiency evaluation
indicators of domestic tourism development in the Bukhara region. During the research, the
economic indicators of tourism infrastructure, service quality, transport system, marketing
activities, and local community participation were examined. In addition, a system of evaluation
indicators used in the development of domestic tourism has been developed. The results show
that achieving efficiency in regional tourism requires the modernization of infrastructure, the
introduction of digital technologies, and the support of local entrepreneurship.
Keywords:
Domestic tourism, Bukhara region, indicator, efficiency, infrastructure,
service quality, marketing, sustainable development, evaluation system, tourism economy.
АНАЛИЗ И ИНДИКАТОРЫ ОЦЕНКИ ВНУТРЕННЕГО ТУРИЗМА
(НА ПРИМЕРЕ БУХАРСКОЙ ОБЛАСТИ)
Аннотация.
В данной статье проанализированы основные тенденции,
возможности и индикаторы оценки эффективности развития внутреннего туризма в
Бухарской области. В ходе исследования были изучены экономические показатели
туристической инфраструктуры, качества обслуживания, транспортной системы,
маркетинговой деятельности и участия местного населения. Кроме того, была
разработана система индикаторов оценки, применяемая в развитии внутреннего
туризма. Результаты показывают, что для достижения эффективности в
региональном туризме важно модернизировать инфраструктуру, внедрять цифровые
технологии и поддерживать местное предпринимательство.
Ключевые слова:
Bнутренний
туризм, Бухарская область, индикатор,
эффективность, инфраструктура, качество обслуживания, маркетинг, устойчивое
развитие, система оценки, экономика туризма.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakatda turizm sohasini
milliy iqtisodiyotning strategik tarmog‘i sifatida rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishlaridan biriga aylandi. So‘nggi yillarda qabul qilingan “Turizm to‘g‘risida”gi Qonun,
Prezident farmonlari va hukumat qarorlari asosida turizm sohasi, xususan, ichki turizmni
466
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chunki ichki turizm mamlakat aholisi uchun
nafaqat dam olish va madaniy hordiq chiqarish vositasi, balki milliy o‘zlikni anglash, tarixiy
merosni asrab-avaylash va mintaqalar o‘rtasidagi iqtisodiy integratsiyani kuchaytiruvchi muhim
omil hisoblanadi.
Ichki turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni nafaqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy daromad
manbai sifatida, balki ish o‘rinlari yaratish, infratuzilmani rivojlantirish, transport tizimini
takomillashtirish va mahalliy tadbirkorlikni rag‘batlantirish orqali ham namoyon bo‘ladi. Shu
bois so‘nggi yillarda O‘zbekistonning barcha mintaqalarida, jumladan, Buxoro viloyatida ichki
turizmni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga
oshirilmoqda.
Buxoro viloyati O‘zbekistonning eng qadimiy va boy tarixiy-madaniy merosga ega
hududlaridan biridir. Viloyat hududida joylashgan Ark qal’asi, Poi-Kalon majmuasi, Labi-Hovuz
ansambli, Chor Minor, Sitorai Mohi Xosa kabi yodgorliklar nafaqat xorijiy, balki ichki turistlar
uchun ham jozibali manzil hisoblanadi. Shu bilan birga, viloyatning tabiiy landshaftlari, qishloq
xo‘jaligi madaniyati va milliy hunarmandchiligi ichki turizmni diversifikatsiya qilish imkonini
beradi. Biroq amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, Buxoro viloyatida ichki turizmni rivojlantirishda
hali ham bir qator tizimli muammolar mavjud. Ular orasida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:
•turizm infratuzilmasining notekis rivojlanishi, ayniqsa tumanlarda yetarli joylashtirish
vositalarining mavjud emasligi;
•xizmat ko‘rsatish sifati pastligi va standartlarning yetarli darajada joriy etilmaganligi;
•raqamli marketing vositalaridan foydalanishning sustligi, onlayn platformalar va mobil
ilovalar yetishmasligi;
•mahalliy aholi ishtirokining pastligi va ularning turizm sohasidagi bilim va
ko‘nikmalarining cheklanganligi.
Mazkur muammolarni hal etish uchun ichki turizmning mavjud holatini tizimli tahlil
qilish va baholash indikatorlari asosida natijadorligini o‘lchash zarur. Chunki indikatorlar tizimi
— bu turizm siyosati va amaliy chora-tadbirlarning samaradorligini miqdoriy va sifat jihatdan
aniqlovchi ilmiy vositadir. Ular yordamida mintaqada turizmning qaysi yo‘nalishlari
rivojlanayotganini, qaysi sohalarda orqada qolish mavjudligini aniqlash va tegishli strategik
qarorlar qabul qilish mumkin bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan, ushbu maqolada Buxoro viloyatida
ichki turizmni tahlil qilish va natijalarni baholash indikatorlarini ishlab chiqish masalalari
o‘rganiladi. Tadqiqotda turizm infratuzilmasi, xizmat ko‘rsatish sifati, transport tizimi, marketing
faoliyati, raqamli texnologiyalar va mahalliy aholi ishtirokining iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlil
qilinadi. Maqolaning maqsadi – Buxoro viloyatida ichki turizmni rivojlantirish jarayonini ilmiy
asosda baholash, samaradorlik indikatorlarini aniqlash va mavjud muammolarga yechim taklif
etishdan iborat. Shu orqali ichki turizmni boshqarish tizimini takomillashtirish va mintaqaviy
turizm siyosatini yanada barqaror qilish imkoniyati yaratiladi.
Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, ichki turizm pandemiyadan keyingi davrda
O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun eng barqaror o‘sish yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. Xalqaro
turizmda tashqi omillar (cheklovlar, siyosiy beqarorlik, transport tariflari) ta’sirchan bo‘lsa, ichki
turizm iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, mahalliy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sektorini
rivojlantirishda muhim turtki beradi.Shu sababli, Buxoro viloyati misolida ichki turizmni tahlil
qilish nafaqat hududiy iqtisodiyot uchun, balki mamlakat miqyosida turizm siyosatini
takomillashtirish uchun ham amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi. Tadqiqotda miqdoriy va sifatli tahlil
metodlari qo‘llanilgan. Ma’lumotlar Davlat statistika qo‘mitasi, Turizm qo‘mitasi, Buxoro
467
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
viloyati Turizm boshqarmasi hamda mahalliy tadbirkorlik subyektlaridan olingan. Tadqiqotda
quyidagi metodlar ishlatildi:
1. SWOT tahlil
– Buxoro viloyatining ichki turizm salohiyatini baholash uchun kuchli
(Strengths), zaif (Weaknesses), imkoniyat (Opportunities) va tahdidlar (Threats) omillari
aniqlangan.
2. Ekspert baholash usuli
– 20 dan ortiq turizm sohasi mutaxassislari bilan intervyu
o‘tkazilib, ichki turizmni rivojlantirishdagi asosiy indikatorlar aniqlangan.
3. Indikatorlar tizimi
– Ichki turizm samaradorligini baholash uchun quyidagi asosiy
indikatorlar tizimi ishlab chiqildi:
• Turistik tashriflar soni (yiliga)
• Xizmat sifati indeksi (anketalar asosida)
• Infratuzilma rivojlanish darajasi (ob’yektlar soni)
• Transport qulayligi ko‘rsatkichi
• Mahalliy aholining turizmdan daromad oluvchi foizi
• Raqamli ko‘rinish (onlayn xizmatlar, marketing)
Buxoro viloyatida 2024-yil holatiga ko‘ra, 320 dan ortiq turar joy vositalari
(mehmonxona, hostellar, oilaviy mehmon uylari) faoliyat yuritmoqda. Shundan 45% qismi ichki
turistlarga xizmat ko‘rsatadi. Transport tarmoqlari, ayniqsa, temir yo‘l va avtomobil
infratuzilmasi so‘nggi yillarda sezilarli yaxshilangan bo‘lsa-da, ayrim tumanlarda yo‘l sifati va
transport logistikasida kamchiliklar saqlanib qolmoqda. So‘nggi yillarda xizmat sifati oshib
bormoqda. Biroq so‘rovlar natijasiga ko‘ra, ichki sayyohlarning 32% qismi xizmatlar narxi va
sifati o‘rtasidagi nomutanosiblikdan noroziligini bildirgan. Bu esa xizmat ko‘rsatish
standartlarini yagona tizim asosida joriy etish zaruratini ko‘rsatadi. Raqamli marketing
imkoniyatlari yetarli darajada foydalanilmayapti. Turizm obyektlari haqidagi ma’lumotlarning
40% i internetda yangilanmagan yoki faqat mahalliy tilda mavjud. Bu holat ichki turistlarning
qaror qabul qilish jarayonini qiyinlashtiradi. Shuningdek, mobil ilovalar va interaktiv
xaritalarning yetishmasligi ichki turizmda raqamli transformatsiyani sekinlashtirmoqda. Buxoro
viloyatida “oilaviy turizm” modeli kengayib bormoqda. 2024-yilda 150 dan ortiq mahalliy
tadbirkor oilaviy mehmon uylari faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Bu nafaqat daromad manbai, balki
ijtimoiy barqarorlikni ta’minlovchi omil sifatida e’tirof etiladi.
Quyidagi indikatorlar Buxoro viloyatida ichki turizm samaradorligini baholash uchun
asosiy mezon sifatida tavsiya etiladi:
Indikator turi
Ko’rsatkichlar
Baholash mezoni
Iqtisodiy
Ichki turistlar soni, turizm
daromadi, yangi ish o’rinlari
soni
Yillik o’sish >5%
Ijtimoiy
Aholi ishtiroki, turizm
sohasidagi o’qitilgan kadrlar
soni
Aholining 10% dan ortig’I
ishtirok etgan bo’lsa- ijobiy
Infratuzilmaviy
Yo’llar uzunligi,
mehmonxonalar soni,transport
qulayligi
Har yili modernizatsiya
ulushi >7%
Ekologik
Toza energiya
ulushi,chiqindilarni
kamaytirish
Barqarorlik ko’rsatkichi >8%
Marketing
Onlayn reklama, turistlar
qoniqish darajasi
80% va undan yuqori
468
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
Buxoro viloyatida ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillar shuni
ko‘rsatadiki, viloyatning boy tarixiy va madaniy merosi ichki turistlarni jalb qilishda katta
imkoniyatlar yaratadi. Ayniqsa, Buxoro shahri va uning tarixiy ansambllari, shuningdek,
viloyatning qishloq joylaridagi madaniy va tabiiy manzaralar turizmning diversifikatsiya
qilinishi va turistik mahsulotlar assortimentining kengayishiga xizmat qiladi. Shu bilan birga,
mahalliy aholi ishtiroki va oilaviy turizm modelining rivojlanishi hududda iqtisodiy barqarorlikni
oshirishga yordam beradi.
Buxoro viloyatidagi mehmonxonalar, turar joy maskanlari va transport tizimi sezilarli
darajada rivojlangan, ammo ayrim tumanlarda transport va yo‘l infratuzilmasining yetishmasligi
ichki turistlar uchun qiyinchiliklar tug‘diradi. Bu hududiy notekislik turizm samaradorligini
kamaytiradi va strategik rivojlanish rejasida diqqatni talab qiladi.
Xizmat ko‘rsatish sifati oshib bormoqda, ammo standartlashtirish va sifat nazorati tizimi
yetarli emas. Bu holat, ayniqsa, milliy va xalqaro turistlar tajribasini yaxshilashda muhim omil
hisoblanadi.
Turizm obyektlari haqidagi ma’lumotlarning yetarli darajada onlayn mavjud emasligi va
mobil ilovalarning cheklanganligi turistlar qaror qabul qilish jarayonini qiyinlashtiradi. Raqamli
marketingni rivojlantirish orqali ichki turistlarni jalb etish va ularga qulay axborot taqdim etish
imkoniyatlari kengayadi. O‘z oilaviy mehmon uylari va kichik tadbirkorlik faoliyati orqali
hududiy iqtisodiyotga hissa qo‘shayotgan mahalliy aholi soni oshmoqda. Bu nafaqat daromad
manbai, balki turizmning barqarorligini ta’minlovchi ijtimoiy omil sifatida ahamiyatlidir.
Iqtisodiy jihatdan, ichki turizm viloyatning turizm daromadi va ish o‘rinlari yaratish
ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada oshiradi. Ijtimoiy jihatdan, turizm mahalliy madaniyat va
hunarmandchilikni rivojlantirishga hissa qo‘shadi, shuningdek, aholining turizm xizmatlaridan
foydalanish darajasini oshiradi. Ekologik jihatdan esa, turizmning barqarorligini ta’minlash
uchun chiqindilarni boshqarish, toza energiya manbalaridan foydalanish va tabiiy landshaftlarni
saqlash masalalari dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Buxoro viloyatida ichki turizmni yanada samarali rivojlantirish uchun quyidagi
yo‘nalishlarga e’tibor qaratish lozim:
• Hududiy infratuzilmani modernizatsiya qilish
– transport va yo‘l infratuzilmasini
rivojlantirish, mehmonxonalar va dam olish maskanlarini yetarli darajada tashkil etish.
• Xizmat ko‘rsatish sifatini
yaxshilash
– xizmat standartlarini joriy etish, xodimlar
malakasini oshirish va sifat nazoratini kuchaytirish.
• Raqamli texnologiyalar va marketingni rivojlantirish
– onlayn bronlash, mobil
ilovalar va interaktiv xaritalarni joriy etish orqali turistlar bilan samarali muloqot.
• Mahalliy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash
– oilaviy mehmon uylari va kichik
biznesni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar va grantlar taqdim etish.
Shu bilan birga, indikatorlar tizimi orqali turizm rivojlanishining samaradorligi
muntazam ravishda monitoring qilinishi zarur. Bu viloyatda ichki turizm siyosatini strategik
ravishda boshqarish va barqaror rivojlanishni ta’minlashga imkon beradi.
Buxoro viloyatida ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar shuni
ko‘rsatdiki, hudud boy tarixiy, madaniy va tabiiy resurslarga ega bo‘lib, ular ichki turizmni jadal
rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Tahlil natijalari shuni tasdiqladiki,
mehmonxonalar, turistik obyektlar va transport infratuzilmasi sezilarli darajada rivojlangan,
biroq ayrim tumanlarda bu infratuzilma yetarli emasligi, xizmat sifatini standartlashtirish va
raqamli marketing vositalarining sust rivojlanganligi mavjud muammolar sifatida qolmoqda.
469
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
Shu bilan birga, mahalliy aholi ishtiroki va oilaviy turizmning kengayishi hududiy
iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Olib borilgan tadqiqotlar asosida quyidagi asosiy
xulosalar chiqarildi:
1.Buxoro viloyati ichki turizmni rivojlantirish uchun boy tarixiy va madaniy merosga ega
bo‘lib, bu hududning ichki turistlarni jalb qilish salohiyatini oshiradi.
2.Turizm infratuzilmasidagi hududiy notekislik va transport tizimidagi ayrim cheklovlar
turistlar oqimining barqarorligini pasaytiradi. Shu sababli infratuzilmani modernizatsiya qilish
zarur.
3.Xizmat ko‘rsatish sifati oshib borayotgan bo‘lsa-da, yagona standartlar tizimi joriy
etilishi va malaka oshirish kurslari orqali sifat nazoratini kuchaytirish muhimdir.
4.Raqamli marketing va axborot tizimlari sust rivojlangan, shuning uchun onlayn
platformalar, mobil ilovalar va interaktiv xaritalarni joriy etish tavsiya etiladi.
5.Mahalliy aholi ishtiroki va oilaviy turizm modeli iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni
ta’minlaydi, bu esa mahalliy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashni zarur qiladi.
Xulosa qilib aytganda, Buxoro viloyatida ichki turizmni rivojlantirish mintaqaviy
iqtisodiy barqarorlik, madaniy merosni asrab-avaylash va aholi turmush darajasini oshirishga
bevosita ta’sir qiladigan strategik yo‘nalish hisoblanadi. Shu sababli ilgari surilgan tavsiyalarni
amalga oshirish viloyatning ichki turizm salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi va
O‘zbekistonning turizm siyosatini barqaror rivojlantirishga hissa qo‘shadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni. “Turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”. Toshkent, 2020.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori. “Ichki turizmni rivojlantirish
bo‘yicha kompleks dastur”. Toshkent, 2021.
3.
Abdukarimov, M., & Tursunov, S. (2022). Ichki turizmni rivojlantirishning iqtisodiy
asoslari. Toshkent: Universitet nashriyoti.
4.
Karimov, D. (2021). Buxoro viloyatida turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish
istiqbollari. Ilmiy jurnal “Turizm va xizmatlar iqtisodiyoti”, 3(2), 45–58.
5.
Rustamova, L. (2020). Mahalliy aholi ishtiroki va oilaviy turizmning iqtisodiy
samaradorligi. Toshkent: Ilmiy nashr.
6.
UNWTO (World Tourism Organization). (2021). Domestic Tourism Trends and
Indicators. Madrid: UNWTO Publications.
7.
Egamberdiyev, A., & Nazarov, R. (2019). Turizm xizmatlarining sifatini baholash
indikatorlari. Ilmiy-texnik jurnal “Iqtisodiyot va boshqaruv”, 5(1), 23–36.
8.
Buxoro viloyati statistika boshqarmasi. (2023). Buxoro viloyatida ichki turizm statistikasi
2020–2023. Buxoro.
9.
Hall, C. M., & Page, S. (2019). Tourism in Developing Regions: Policies and Strategies.
London: Routledge.
10.
Malayziya Turizm Ta’limi va Tadqiqot Markazi. (2020). Domestic Tourism Development
Experience in Malaysia. Kuala Lumpur: MTDC.
