ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
470
O’ZBEKISTON HUDUDLARIDA ICHKI TURIZMNI SHAKLLANTIRISHNING
O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Nuriddinova Niginabegim Fazliddin qizi
BuxDU, Iqtisodiyot va turizm fakulteti magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14674596
Annotatsiya. Ushbu maqolada O’zbekistonda ichki turizmni shakllantirishning o’ziga xos
xususiyatlari tahlil qilinadi. Mamlakatning boy tarixiy merosi, geografik xilma-xilligi va milliy
qadriyatlari ichki turizmni rivojlantirish uchun ko’pgina imkoniyatlar yaratadi. Shuningdek,
maqolada xizmat ko’rsatish sifatini oshirish, marketing strategiyalarini oshirish hamda ularni
takomillashtirish bo’yicha takliflar berilgan.
Kalit so’zlar: turizm, strategiya, turistlar, qadimiy obidalar, turistik shaharlar,
investitsiya.
SPECIFIC FEATURES OF THE FORMATION OF DOMESTIC TOURISM IN THE
REGIONS OF UZBEKISTAN
Abstract. This article analyzes the specific features of the formation of domestic tourism in
Uzbekistan. The country's rich historical heritage, geographical diversity and national values
create many opportunities for the development of domestic tourism. The article also provides
proposals for improving the quality of service, improving marketing strategies and improving
them.
Keywords: tourism, strategy, tourists, ancient monuments, tourist cities, investment.
ОСОБЕННОСТИ ФОРМИРОВАНИЯ ВНУТРЕННЕГО ТУРИЗМА В РЕГИОНАХ
УЗБЕКИСТАНА
Аннотация. В данной статье анализируются особенности формирования
внутреннего туризма в Узбекистане. Богатое историческое наследие страны,
географическое разнообразие и национальные ценности создают множество
возможностей для развития внутреннего туризма. Также в статье представлены
предложения по повышению качества обслуживания, совершенствованию маркетинговых
стратегий и их совершенствованию.
Ключевые слова: туризм, стратегия, туристы, памятники старины,
туристические города, инвестиции.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
471
Ichki turizm-
bu
muayyan mamlakat fuqarolari o’z yashash hududi ichida, ya’ni mamlakat
chegaralaridan chiqmasdan, turistik maqsadlarda sayohat qilishidir. Ichki turizmda davlat
chegaralari bosib o’tilmaydi. Shuningdek, milliy valyuta, til, hujjatlar oldingidek o’zgarmasdan
qoladi
1
. Ichki turizmda insonlar qisqa yoki uzoq muddatda dam olishni, tarixiy obidalarni ziyorat
qilish, sport yoki boshqa faoliyat bilan shug’ullanish kabi maqsadlarda o’z mamlakatlari bo’ylab
sayohat qilishadi. Mamlakatda ichki turizmni tashkil qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslar tegishli
ruxsatnomaga ega bo’lishlari kerak. Ichki turizm mavsumiy hisoblanadi va ko’p hollarda tabiatga
sayohat bahor, yoz va kuz oylarida amalga oshiriladi. Ayrim turistik ekskursiyalar aynan
manzarani tomosha qilish uchun, tabiat qo’ynida dam olish uchun rejalashtiriladi. Ichki turizmda
sayohat uchun eng qulay vaqt bahor va yoz oylari hisoblanadi. Ichki turizmning o’ziga xos
xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
1.
Ichki turizmning iqtisodiyotdagi salmog’ining o’sishi
2.
Aholini ish bilan ta’minlash darajasining o’sishi
3.
Chekka hududlarda ham turizm infratuzilmasini yaratish
4.
Qishloq turizmini rivojlantirish
5.
Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish
6.
Hududiy turistik brendlarni shakllantish
2
Ichki turizm iqtisodiyotda ko’pgina tarmoqlarning rivojlanishiga hissa qo’shadi.
Jumladan, transport, aloqa tarmoqlari, yo’l, mehmonxona, ovqatlanish joylari, savdo-sotiq,
kommunal xo’jaligi, hunarmandchilik, bozor infratuzilmasi kabi muhim sohalarga.
Yurtimizda, yangi ko’ngilochar maskalanlarni tashkil qilish, bog’lar yaratish, qishloq
joylarida turizmni rivojlantirish, servis
xizmat ko’rsatish majmualarini barpo etish borasida
qilinayotgan ishlar aholimizning ko’pgina qismini sayohat qilishga undamoqda. Ichki turizmning
rivojlanishi avvalambor, mahalliy aholi uchun katta foyda keltiradi. Xususan jamiyatning, fikrlash
doirasini kengaytiradi, ma’naviy boyligini oshiradi, an’ana va qadriyatlarni tiklaydi, aholi doimiy
daromad olib turish imkoniyatiga ega bo’ladi hamda mehmon kutishning o’ziga xos an’analarini
rivojlantirib boradilar. Shuningdek, turizmni rivojlantirish atrof-muhitga ham katta foyda keltiradi,
ya’ni bioxilmaxillik asl holida saqlashga harakat qilinadi, ekologik barqarorlikni ta’minlash
tadbirlari qo’llaniladi va tabiat resurslaridan mehmonlar ham birdek bahramand bo’lishadi.
1
https/uz. Wikipedia.org
2
https: Uzbekistan. Travel/uz/hamma-uchun-turizm?utm
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
472
Ta’kidlash joiz, ichki turizmning rivojlanishi iqtisodiyotni faollashtiradi, mehnatga
layoqatli aholini ishga jalb qiladi, xodimlarning malakasini oshirishga yordam beradi.
O’zbekistonda ichki turizmni shakllantirish jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib
bu mamlakatning tarixiy, madaniy, geografik va iqtisodiy sharoitlari bilan bog’liq. Mamlakatimiz
dunyoga mashhur tarixiy shaharlari va madaniy merosi bilan ichki turizmni rivojlantirish uchun
katta salohiyatga ega. Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarining qadimiy yodgorliklari ichki
sayyohlarni jalb qilishda muhim rol o’ynaydi.
O’zbekistonda ichki turizmni rivojlantirish bo’yicha quyidagi takliflarni keltirish mumkin.
Ushbu takliflar mamlakatning boy tarixiy-madaniy merosi, geografik imkoniyatlari va
zamonaviy turizm tendensiyalariga asoslanadi:
1.
Yo’l va transport tarmoqlarini yaxshilash: Chekka hududlardagi sayyohlik maskanlariga
borish uchun qulay yo’llar qurish va jamoat transportlarini tashkil qilish
2.
Turistik zonalarni tashkil etish: Qishloq hududlarida, tog’li joylarda maxsus turistik
hududlarni yanada rivojlantirish.
3.
Turar joylarni kengaytirish: Qulay va arzon mehmonxonalar, oilaviy uylar va ekologik
maskanlarni ko’paytirish.
4.
Marketing va axborot texnologiyalaridan foydalanish
3
5.
Ichki turizm platformalarini yaratish: Ozbekiston ichidagi turistik yo’nalishlar va
xizmatlar haqida ma’lumot beruvchi mobil ilovalar va veb-saytlarni rivojlantirish.
6.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali targ’ibot: Mahalliy blogerlar va interenet orqali ichki turizmni
ommalashtirish.
7.
Madaniy va tarixiy obidalarni targ’ib qilish
8.
Ta’mirlash va saqlash: Tarixiy yodgorliklarni restavratsiya qilish va saqlab qolish.
9.
Ma’daniy yo’nalishlar: Har bir hudud uchun maxsus tarixiy va madaniy yo’nalishlarni
ishlab chiqish
10.
Ekoturizm va tog’ turizmini rivojlantirish
11.
Dam olish mavzumini kengaytirish: Faqat yozgi mavsum bilan cheklanib qolmay, qishki
turizmni ham rivojlantirish
12.
Narxlarni pasaytirish: Mahalliy aholi uchun maxsus paketlar yaratish va chegirmalar
taklif qilish.
3
https//interconf.org:/www.slovenia
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
473
13.
Mutaxassislarni tayyorlash: Turizm sohasi uchun gidlar, mehmonxona xodimlari va
boshqa xizmat ko’rsatuvchi kadrlarni tayyorlash.
14.
Mahalliy tillarni o’rgatish: Chet tillarini o’rgatish dasturlarini tashkil etish.
Ichki turizmni rivojlantirish bo’yicha yuqoridagi takliflarni amalga oshirish O’zbekistonda
turizm sohasini yanada rivojlantiradi, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaydi.
Yangi O’zbekiston sharoitida turizm sohasini rivojlantirish mamlakatimizning turizm
sohasidagi ulkan salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan chora tadbirlar amalga
oshirilmoqda. Xususan, “O’zbekiston-2030” strategiyasida turizm sohasini rivojlantirishga
qaratilgan bir qancha maqsad va vazifalar belgilangan. Jumladan 2030-yilga qadar xorijiy
sayyohlar sonini 15 million nafarga, ichki sayyohlar sonini 25 million nafarga, ziyorat turizmi
bo’yicha keladigan sayyohlar sonini 3 million nafarga yetkazish ko’zda tutilgan. Shuningdek,
xususiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga respublikada mehmonlar uchun mo’ljallangan o’rinlar
sonini kamida 2 barobar oshirish, turizm mahallalari sonini 175 taga, turizm xizmatlari eksportini
5 milliard dollarga yetkazish belgilangan.
4
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O’zbekistonda ichki turizmni shakllantirish
mamlakatning boy tarixiy-madaniy merosi, geografik imkoniyatlari va milliy qadriyatlari asosida
rivojlanmoqda. Ichki turizmning muvaffaqiyatli rivoji uchun quyidagi omillar muhim ahamiyatga
ega: infratuzilmani rivojlantirish, qishloq va ekologik turizmni ommalashtirish, xizmat koʻrsatish
sifatini oshirish va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish. Davlat qoʻllab-quvvatlovi, mahalliy
aholi ishtirokini taʼminlash va turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish orqali ichki turizmni
yanada jadal rivojlantirish mumkin. Bu nafaqat iqtisodiy o’sishga, balki milliy madaniyatni
saqlash va jamiyatda ijtimoiy birdamlikni mustahkamlashga ham xizmat qiladi. Shu sababli, ichki
turizm Oʻzbekistonning barqaror rivojlanish strategiyasida muhim oʻrin egallaydi.
REFERENCES
1.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 y. PF “O’zbekiston-20230” strategiyasi
to’g’risidagi farmoni.
2.
Eshtaev A. O’zbekiston turizm salohiyatini va uni rivojlantirish istiqbollari
3.
Erkabayeva Barno Abdurahimova “O’zbekistonfa tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirishning
ijtimoiy-iqtisodiy jihatlati”.
4
. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 y. PF “O’zbekiston-20230” strategiyasi to’g’risidagi
farmoni.
