Authors

  • Laziz Po‘latov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.139142

Keywords:

personal development system intellectual potential innovative model higher education digital technologies.

Abstract

This article explores the creation of an innovative model of the personal development system aimed at improving students’ intellectual potential in higher education. The model developed by the author integrates digital technologies, mobile applications, and AI-based monitoring tools into the educational process. The proposed approach has proven effective in fostering independent thinking, critical analysis, self-development, and competitiveness among students. Research findings indicate that modernization of the personal development system contributes significantly to improving the quality and efficiency of higher education.

background image

724

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

OLIY TA’LIMDA TALABALAR INTELLEKTUAL SALOHIYATINI

RIVOJLANTIRISHDA SHAXSIY RIVOJLANISH TIZIMINING ZAMONAVIY

KONSEPSIYASI

Po‘latov Laziz Azamat o‘g‘li

Oriental universiteti dotsenti,

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.

Tel.: +998 90 359-08-86

E-mail:

pulatov.tkd@gamil.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17714913

Annotatsiya.

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida talabalarning intellektual

salohiyatini rivojlantirishda shaxsiy rivojlanish tizimining innovatsion modelini yaratish
masalalari yoritilgan. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan model ta’lim jarayoniga raqamli
texnologiyalar, mobil ilovalar va sun’iy intellekt asosida shakllangan monitoring tizimini
integratsiyalashni nazarda tutadi. Ushbu yondashuv talabalarda mustaqil fikrlash, tanqidiy
tahlil, o‘zini o‘zi rivojlantirish va raqobatbardoshlik sifatlarini shakllantirishda samarali
ekanligi tajriba asosida isbotlangan. Tadqiqot natijalari shaxsiy rivojlanish tizimini
modernizatsiya qilish oliy ta’limda sifat va samaradorlikni oshirishga xizmat qilishini
ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar:

shaxsiy rivojlanish tizimi, intellektual salohiyat, innovatsion model, oliy

ta’lim, raqamli texnologiyalar.

A MODERN CONCEPT OF A PERSONAL DEVELOPMENT SYSTEM FOR

ENHANCING STUDENTS’ INTELLECTUAL POTENTIAL IN HIGHER EDUCATION

Abstract.

This article explores the creation of an innovative model of the personal

development system aimed at improving students’ intellectual potential in higher education. The
model developed by the author integrates digital technologies, mobile applications, and AI-
based monitoring tools into the educational process. The proposed approach has proven effective
in fostering independent thinking, critical analysis, self-development, and competitiveness
among students. Research findings indicate that modernization of the personal development
system contributes significantly to improving the quality and efficiency of higher education.

Keywords:

personal development system, intellectual potential, innovative model, higher

education, digital technologies.

СОВРЕМЕННАЯ КОНЦЕПЦИЯ СИСТЕМЫ ЛИЧНОСТНОГО РАЗВИТИЯ В

ПОВЫШЕНИИ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОГО ПОТЕНЦИАЛА СТУДЕНТОВ ВЫСШЕЙ

ШКОЛЫ

Аннотация.

В статье рассматриваются вопросы создания инновационной модели

системы личностного развития, направленной на повышение интеллектуального
потенциала студентов в системе высшего образования. Разработанная автором модель
предусматривает интеграцию цифровых технологий, мобильных приложений и
инструментов искусственного интеллекта в учебный процесс. Предложенный подход
доказал свою эффективность в формировании у студентов навыков самостоятельного
мышления, критического анализа, саморазвития и конкурентоспособности. Результаты
исследования показывают, что модернизация системы личностного развития
способствует повышению качества и эффективности высшего образования.

Ключевые слова:

система личностного развития, интеллектуальный потенциал,

инновационная модель, высшее образование, цифровые технологии.


background image

725

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

KIRISH

Zamonaviy ta’lim tizimi shiddat bilan rivojlanayotgan raqamli davrda inson kapitalini,

xususan, yoshlarning intellektual salohiyatini samarali rivojlantirishni talab etmoqda. Bugungi
kunda oliy ta’lim muassasalarining asosiy vazifasi — faqat kasbiy bilim berish emas, balki
talabalarda mustaqil fikrlash, yangilik yaratish, tanqidiy tahlil va ijodkorlik kabi ko‘nikmalarni
shakllantirishdan iborat bo‘lib bormoqda. Shu bois, ta’lim jarayonida shaxsiy rivojlanish tizimini
joriy etish va uni innovatsion model asosida modernizatsiya qilish zamon talabi hisoblanadi.

Oliy ta’limda talabalar shaxsiy rivojlanishiga yo‘naltirilgan yondashuv ularning o‘z

ustida ishlash, bilimlarni ongli ravishda egallash hamda mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatini
shakllantirishga xizmat qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, intellektual salohiyatni rivojlantirishning
poydevorini yaratadi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, rivojlangan mamlakatlarda
talabalarning intellektual rivoji ta’lim mazmunining markaziga aylangan, bu jarayonda raqamli
texnologiyalar, sun’iy intellekt tizimlari va mobil ilovalar keng qo‘llanilmoqda.

O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida ham bu yo‘nalishda keng ko‘lamli islohotlar amalga

oshirilmoqda. Prezidentimizning ta’lim sifatini oshirish, raqamli ta’lim texnologiyalarini joriy
etish va zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida kadrlar tayyorlashga oid qaror va farmonlari
mazkur jarayonni yangi bosqichga olib chiqmoqda. Shu bilan birga, talabalarning shaxsiy va
intellektual rivojlanishini boshqaruvchi innovatsion tizimlarni yaratish zaruriyati tobora ortib
bormoqda. Shu nuqtayi nazardan, muallif tomonidan ishlab chiqilgan shaxsiy rivojlanish
tizimining innovatsion modeli talabalarning intellektual salohiyatini oshirishga, ularning o‘z-
o‘zini boshqarish, tanqidiy fikrlash, ijodkorlik va raqobatbardoshlik qobiliyatlarini
rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Mazkur modelda raqamli texnologiyalar, mobil ilovalar va sun’iy
intellekt asosida ishlovchi monitoring tizimi integratsiyalashgan bo‘lib, ta’lim jarayonining
uzluksizligini ta’minlaydi.

Shunday qilib, maqolaning dolzarbligi shundaki, unda oliy ta’lim muassasalarida shaxsiy

rivojlanish tizimini modernizatsiya qilish asosida talabalarning intellektual salohiyatini
rivojlantirishga qaratilgan innovatsion yondashuvning ilmiy-nazariy asoslari ochib beriladi va u
amaliy tajribalar bilan tasdiqlanadi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Oliy ta’limda talabalar shaxsiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash masalasi

zamonaviy pedagogika, psixologiya hamda ta’lim texnologiyalari fanlarining markaziy
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda bu yo‘nalishda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar
talaba shaxsining har tomonlama yetukligini shakllantirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va
o‘z-o‘zini rivojlantirish madaniyatini tarbiyalash zarurligini asoslamoqda.

G‘arb olimlaridan J. Dewey, C. Rogers, A. Maslow, D. Kolb va P. Sengelarning asarlarida

shaxsiy rivojlanish insonning o‘z tajribasidan o‘rganish, mustaqil fikrlash va ichki motivatsiya
orqali amalga oshishi ta’kidlanadi. Ularning nazariyalariga ko‘ra, ta’lim jarayonida har bir talaba
o‘zining individual rivojlanish yo‘lini shakllantirishi lozim. Bu yondashuv keyinchalik
“personalized learning” (shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim) konsepsiyasining ilmiy asosini yaratdi.

Rus pedagogika maktabi vakillari — L.S. Vygotskiy, A.N. Leontyev, V.V. Davydov, P.Ya.

Galperinlarning ishlarida shaxsning intellektual rivojlanishi faoliyat, muloqot va ijtimoiy muhit
bilan chambarchas bog‘liqligi ilmiy asoslangan. Ularning fikricha, intellektual salohiyat
insonning o‘quv faoliyatida o‘zini anglash, o‘z faoliyatini rejalashtirish va refleksiya qilish
jarayonlarida shakllanadi.


background image

726

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

O‘zbekistonlik olimlar orasida A. Abduqodirov, M. Ochilov, N. Jo‘raev, U. Nishonov, A.

Yusupov, Sh. Toshpulatov va boshqalar ta’lim jarayonida talabalarning intellektual salohiyatini
oshirish, shaxsiy rivojlanish kompetensiyalarini shakllantirish va innovatsion texnologiyalarni
joriy etish masalalarini keng yoritganlar.

Ularning tadqiqotlarida ta’limda shaxsiy yondashuv, o‘z-o‘zini anglash, o‘qishga ijobiy

motivatsiya yaratish va mustaqil fikrlashni rivojlantirishning nazariy asoslari ishlab chiqilgan.

K.Mirzayeva ta’kidlaganidek, oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini modernizatsiya

qilish — bu nafaqat yangi texnologiyalarni joriy etish, balki ta’limning aksiologik (qadriyatga
asoslangan) yo‘nalishini kuchaytirish orqali talabaning shaxsiy va intellektual salohiyatini
oshirish jarayonidir. Unga ko‘ra, innovatsion yondashuvlar orqali talaba o‘z o‘quv faoliyatining
faol subyekti sifatida shakllanadi va bu holat uning o‘zini anglash, ijodkorlik hamda ijtimoiy
mas’uliyat tuyg‘usini kuchaytiradi (Mirzayeva K. I., 2024: 45).

Xuddi shunday, Z.Raximov ham oliy ta’lim tizimida talabalar o‘quv-bilish

kompetensiyasini rivojlantirish orqali ularning kasbiy tayyorgarligi, mustaqil qaror qabul qilish
qobiliyati va ijodiy fikrlash darajasi sezilarli darajada oshishini asoslab bergan. Olimning
fikricha, bunday yondashuvlar natijasida ta’lim jarayoni faqat bilim berish emas, balki har bir
talabaning tafakkurini rivojlantirish va shaxs sifatida kamol topishiga xizmat qiladi (Raximov Z.
T., 2025: 52).

Pulatova va Murodullayeva (2024) esa ta’limning zamonaviy transformatsiyasi

to‘g‘risida so‘z yuritar ekan, oliy ta’lim muassasalarida raqamlashtirish, ilmiy innovatsiyalarni
joriy etish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali global raqobatbardoshlikni ta’minlash
zarurligini ta’kidlaydi.

Ularning fikricha, bunday islohotlar ta’limning mazmunini yangilaydi, o‘quvchilarda

zamonaviy kasbiy kompetensiyalarni shakllantiradi va ta’limni xalqaro standartlarga
moslashtirishga yordam beradi (Pulatova M. B. & Murodullayeva M. E., 2024: 61).

So‘nggi yillarda ko‘plab olimlar raqamli pedagogika yo‘nalishidagi tadqiqotlarda shaxsiy

rivojlanish tizimlarini sun’iy intellekt, mobil ilovalar va raqamli monitoring tizimlari orqali
amalga oshirish samarali natijalar berayotgani ta’kidlanadi (Bates D., 2019: 34, Siemens B.,
2020: 57, Anderson J., 2021: 105). Bu yondashuv ta’limni shaxsga moslashtirish, o‘quv
jarayonini individual trayektoriya asosida boshqarish imkonini beradi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Tadqiqotda tizimli, faoliyatli va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar asos qilib olindi.
Shaxsiy rivojlanish tizimining innovatsion modelini ishlab chiqishda pedagogik

eksperiment, kuzatish, suhbat, so‘rovnoma va diagnostik testlar kabi empirik metodlar
qo‘llanildi. Tajriba-sinov ishlari O‘zbekiston Milliy universiteti sport fakulteti talabalari o‘rtasida
olib borilib, ikki yil davomida tizimning samaradorligi amaliy jihatdan baholandi. Tadqiqot
jarayonida talabalarning intellektual faolligi, o‘z-o‘zini rivojlantirish ko‘nikmalari va motivatsiya
darajasi dinamikasi maxsus ishlab chiqilgan mobil ilova va sun’iy intellekt asosidagi baholash
moduli orqali monitoring qilindi.

Natijalarni tahlil qilishda taqqoslash, statistik va kontent tahlil usullaridan foydalanildi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Shaxsiy rivojlanish tizimi (SRT) – innovatsion modelning mohiyati shundan iboratki, u

talabaning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda, uning akademik, tanqidiy va kreativ
fikrlash ko‘nikmalarini kompleks tarzda rivojlantiradi. Tizim quyidagi asosiy komponentlarni
o‘z ichiga oladi:


background image

727

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

1.

Individual yondashuv: har bir talabaning qobiliyati, bilim darajasi va intellektual

ehtiyojlariga moslashtirilgan vazifalar va mashqlar.

2.

Gamifikatsiya va rag‘batlantirish: talabalarning ichki motivatsiyasini oshirish uchun

interaktiv vazifalar, ball tizimi, mukofotlar va tanlovlar.

3.

AI va monitoring vositalari: talabalar o‘z o‘sish jarayonini kuzatishi, o‘z-o‘zini baholashi

va natijalarni tahlil qilishi mumkin.

4.

Kompyuter va til ko‘nikmalari: zamonaviy axborot resurslari, ingliz tili va IT

vositalaridan foydalanish orqali talabalar global ma’lumotlar bilan ishlashni o‘rganadi.

5.

Refleksiya va muhokama: talabalarning o‘z faoliyati bo‘yicha fikr yuritishi, o‘zini tahlil

qilishi va muammolarni yechish ko‘nikmalarini rivojlantirish.

Dolzarbligi shundaki:

-

Zamonaviy oliy ta’limda talabalar bilim olish bilan birga, o‘z intellektual salohiyatini

tizimli rivojlantira olishi muhim.

-

Rivojlanayotgan texnologiyalar va global talablar talabalarni mustaqil fikrlash, ijodiy

yondashuv va tezkor qaror qabul qilishga tayyorlashni zarur qiladi.

-

Shaxsiy rivojlanish tizimi nafaqat akademik natijalarni yaxshilaydi, balki talabalarning

hayotga tayyorligini, shaxsiy muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini oshiradi.

Ushbu tizim orqali talabalarning intellektual, ijodiy va tanqidiy fikrlash salohiyati oshadi,

shaxsiy o‘sish va motivatsiya darajasi yuqorilaydi, ta’lim jarayoni esa samarali va innovatsion
xususiyatga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, tizimning qo‘llanilishi universitetlarda o‘quv jarayonini
modernizatsiya qilish va talabalarni global raqobatga tayyorlashga xizmat qiladi.

Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, talabalar intellektual va jismoniy ko‘rsatkichlaridagi

o‘sish asosan integrallashgan shaxsiy rivojlanish tizimining qo‘llanilishi hisobiga amalga oshdi.

Ushbu tizim bir nechta komponentlarni o‘z ichiga oladi:

1.

Shaxsiy rivojlanish dasturi – talabalarga kunlik vazifalar orqali intellektual

ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan. Bu dasturga ilmiy maqolalar yozish, kitob o‘qish,
IELTS va boshqa chet tili mashqlari, shuningdek, kritikal fikrlash va mantiqiy tahlil mashqlari
kiradi. Bu komponent talabalar bilim darajasi va mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirishga xizmat
qiladi.

2.

Ilmiy-metodik model – talabalar faoliyatini tizimli ravishda rejalashtirish va baholash

uchun ishlab chiqilgan. Modelning mohiyati shundaki, har bir mashg‘ulot, vazifa va amaliyot
maqsadga muvofiq tarzda o‘lchov mezonlari bilan belgilanadi. Bu esa o‘z-o‘zini tahlil qilish va
refleksiya ko‘nikmalarini rivojlantiradi hamda natijalarning aniq monitoringini ta’minlaydi.

3.

Jismoniy tayyorgarlik tizimi – talabalarni yosh xususiyatlariga mos holda chidamlilik,

tezlik, koordinatsiya va kuch kabi jismoniy sifatlar bo‘yicha rivojlantirishga mo‘ljallangan.

Tizimda yurak urish chastotasi asosida individual yuklamalar, oraliqli va intensiv

mashqlar, shuningdek, texnik-taktik tayyorgarlik mashqlari kombinatsiyalangan.

Ushbu integratsiyalashgan tizimning qo‘llanilishi natijasida talabalar barcha

ko‘rsatkichlarda sezilarli o‘sishga erishgan. Ya’ni, intellektual, ilmiy-tadqiqot va jismoniy
ko‘rsatkichlar bir-birini qo‘llab-quvvatlab, umumiy rivojlanishga xizmat qilgan. Tizimning
mazmun-mohiyati shundaki, u talabaning shaxsiy, akademik va jismoniy potensialini bir
vaqtning o‘zida oshirishga qaratilgan bo‘lib, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va ilmiy
asoslangan metodikalarni o‘z ichiga oladi.


background image

728

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Tadqiqot jarayonida ishlab chiqilgan shaxsiy rivojlanish tizimi talabalarning intellektual

va shaxsiy rivojlanishiga qanchalik ijobiy ta’sir ko‘rsatishini aniqlash uchun bir qator
indikatorlar kuzatildi.

1-jadval

Talabalar rivojlanish ko‘rsatkichlari (o‘quv yilining boshi va oxiri)

Ko‘rsatkichlar

Boshlang‘ich

qiymat

Yakuniy

qiymat

O‘sish

O‘lchov birligi

Intellektual test ballari

65

82

+17

ball

Mashqlarni o‘z-o‘zini

baholash (refleksiya)

3.2

4.5

+1.3

5 ballik shkalada

Maqola yozish sifati

58

77

+19

ball

Ingliz tili test natijalari

45

62

+17

ball

Kunlik jismoniy

mashqlar davomiyligi

25

35

+10

daqiqa

Tezlik (30 m yugurish)

5.2

4.8

-0.4

soniya

Chidamlilik (1000 m

yugurish)

280

250

-30

soniya


Intellektual test ballari: Talabalar tadqiqot boshlanishida 65 ball bilan o‘rta darajani

tashkil qilgan, tizim orqali o‘qish va ilmiy vazifalarni bajarish natijasida 82 ballga yetdi, bu +17
ball o‘sishga teng. Bu intellektual faollikning sezilarli o‘sishini ko‘rsatadi.

Mashqlarni o‘z-o‘zini baholash (refleksiya): Talabalar o‘z mashqlari va natijalarini tahlil

qilish ko‘nikmalarini baholashda 5 ballik shkalada 3.2 dan 4.5 gacha o‘sish ko‘rsatdi. Bu
mustaqil tahlil va kritikal fikrlashni rivojlantirishni bildiradi.

Maqola yozish sifati: Tadqiqot davomida talabalarning ilmiy maqola tayyorlash malakasi

sezilarli oshdi (58 dan 77 ball). Bu yozma kommunikatsiya va ilmiy fikrlashni rivojlantirishga
xizmat qiladi.

Ingliz tili test natijalari: Til ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha ishlash natijasida talabalar

45 balldan 62 ballgacha o‘sdi, bu ularning akademik va professional sohada faoliyat yuritish
imkoniyatlarini kengaytiradi.

Kunlik jismoniy mashqlar davomiyligi: Talabalar mashqlar davomiyligini 25 daqiqadan

35 daqiqaga oshirdi, bu ularning chidamlilik va sog‘lom turmush tarziga e’tiborini oshirishni
ko‘rsatadi. Tezlik (30 m yugurish): Yugurish tezligi 5.2 soniyadan 4.8 soniyaga yaxshilandi, bu
tezlik va koordinatsiya ko‘nikmalarining rivojlanganligini bildiradi.

Chidamlilik (1000 m yugurish): Chidamlilikni o‘lchash uchun 1000 m yugurish vaqti 280

soniyadan 250 soniyaga qisqardi, bu fizika-tarbiya mashqlari samaradorligini ko‘rsatadi.

Jadvaldan aniq ko‘rinib turibdiki, taklif etilgan shaxsiy rivojlanish tizimi talabalarning

barcha ko‘rsatkichlarida sezilarli va uzluksiz yaxshilanishlarni ta’minladi. Ushbu tizim nafaqat
intellektual salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan, balki talabalarning til o‘rganish darajasi, ilmiy
yozma ishlarni bajarish ko‘nikmalari, refleksiya va tahlil qobiliyati, shuningdek, jismoniy
rivojlanish ko‘rsatkichlarini ham kompleks tarzda qo‘llab-quvvatlaydi.

Shaxsiy rivojlanish tizimi talabalarning har bir individini hisobga olgan holda, ularning

o‘z qobiliyatlari va ehtiyojlariga moslashtirilgan o‘quv vazifalari, interaktiv mashqlar va
monitoring vositalarini o‘z ichiga oladi. Shu orqali talabalar nafaqat bilim olish, balki o‘z-o‘zini
baholash, tahlil qilish va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.


background image

729

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Bundan tashqari, tizimning gamifikatsiya elementi talabalarning ichki motivatsiyasini

oshiradi, rag‘batlantirish mexanizmlari esa faoliyatda faol qatnashishga undaydi. Talabalar o‘z
natijalarini kuzatish, yutuqlarini baholash va rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlash imkoniyatiga
ega bo‘lib, bu ularning o‘z-o‘zini rivojlantirish jarayonini samarali va tizimli qiladi.

Shaxsiy rivojlanish tizimi, shuningdek, talabalarni zamonaviy ilm-fan va texnologiyalar

bilan tanishtiradi, ular axborot resurslaridan samarali foydalanishni o‘rganadi, ingliz tili va
boshqa til ko‘nikmalarini mustahkamlaydi, shuningdek, jismoniy faollikni rag‘batlantirish orqali
sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga hissa qo‘shadi. Shu tariqa, tizim talabalarning nafaqat
akademik, balki shaxsiy va ijodiy rivojlanishini ham kompleks tarzda ta’minlaydi va oliy ta’lim
jarayonini yanada samarali, innovatsion va dolzarb qiladi.

2-jadval

Shaxsiy rivojlanish tizimi orqali talabalar intellektual salohiyatining o‘sish ko‘rsatkichlari

(n = 20)

Ko‘rsatkich

O‘lchov

birligi

Boshlang‘ich

qiymat

3 oy davomida

qiymat

O‘sish (%)

1

Akademik bilim

ball (0–100)

68

81

19%

2

Tanqidiy fikrlash

ball (0–10)

5,2

7,1

36,5%

3

Kreativ fikrlash

ball (0–10)

4,8

6,9

43,7%

4

Akademik

yozma ishlar

sifati

ball (0–100)

70

84

20%

5

Internet va
kompyuter

savodxonligi

foiz

60

78

30%

6

Ingliz tilidagi

bilim darajasi

(IELTSga

tayyorgarlik)

ball (0–9)

5,0

5,7

14%

7

Shaxsiy

rivojlanishga

motivatsiya

ball (0–10)

6,0

8,3

38,3%

Ushbu jadval shaxsiy rivojlanish tizimi (SRT) orqali oliy ta’lim talabalari intellektual

salohiyatini rivojlantirish samaradorligini ko‘rsatadi. Jadvaldagi ko‘rsatkichlar tizimning asosiy
komponentlari va ularning ta’sirini aks ettiradi:

Akademik bilim – talabalarning o‘quv fanlari bo‘yicha erishgan natijalarini o‘lchaydi.
Boshlang‘ich 68 balldan 81 ballgacha o‘sish 3 oy ichida amalga oshdi, bu tizimning

kunlik vazifalar, mustaqil o‘rganish va o‘qituvchi rahbarligi orqali bilimlarni mustahkamlash
samarasi sifatida baholanishi mumkin.

Tanqidiy fikrlash – talabalar fikrlarini tahlil qilish, muammolarni aniqlash va ularni hal

qilish qobiliyatlarini rivojlantirish ko‘rsatkichi. 36,5% o‘sish SRTning asosiy metodikasi –
vazifalarni refleksiya qilish, muhokama va baholash mexanizmlaridan foydalanish natijasidir.

Kreativ fikrlash – ijodiy fikrlash qobiliyati va yangi g‘oyalarni ishlab chiqish darajasi.

43,7% o‘sish gamifikatsiya va kreativ mashqlar orqali talabalar o‘qishga qiziqishini oshirgani
natijasidir. Akademik yozma ishlar sifati – talabalarning ilmiy maqolalar, insho va hisobotlar
sifatini baholaydi. Bu ko‘rsatkich 20% o‘sib, tizimning yozma ishlarni bosqichma-bosqich
monitoring qilish va AI yordamida tahlil qilish mexanizmi samaradorligini ko‘rsatadi.


background image

730

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Internet va kompyuter savodxonligi – 3 oy davomida 60% dan 78% gacha o‘sish talabalar

IT va onlayn resurslardan samarali foydalanishni o‘rganishlarini aks ettiradi. Bu tizimning
texnologik komponenti bo‘lib, har bir talaba uchun individual mashqlar va amaliy vazifalarni o‘z
ichiga oladi.

Ingliz tilidagi bilim darajasi (IELTSga tayyorgarlik) – SRTning til komponenti orqali

talabalar o‘zlarining ingliz tilidagi bilimlarini oshirdi. 14% o‘sish tizimning muntazam onlayn
mashqlar va interaktiv testlar orqali qo‘llanilishi natijasidir.

Shaxsiy rivojlanishga motivatsiya – talabalar o‘zini rivojlantirishga qanchalik qiziqishini

o‘lchaydi. 38,3% o‘sish gamifikatsiya, rag‘batlantirish, mukofot tizimi va doimiy nazorat orqali
talabalarning ichki motivatsiyasini oshirgani bilan izohlanadi.

Jadvalning umumiy mohiyati:
Shaxsiy rivojlanish tizimi talabalarni intellektual, ijodiy va tanqidiy fikrlash salohiyatini

kompleks ravishda oshirishga qaratilgan. Tizim quyidagi asosiy elementlardan iborat: kunlik
vazifalar, AI asosidagi monitoring, gamifikatsiya, individual yondashuv, til va IT mashqlari,
natijalarni kuzatish va rag‘batlantirish mexanizmlari. Tizim har oy davomida qo‘llanilib,
talabalarni o‘z-o‘zini tahlil qilish, shaxsiy muvaffaqiyatlarini aniqlash va o‘quv jarayoniga faol
jalb qilish imkonini beradi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Ushbu tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, talabalar shaxsiy rivojlanish tizimi va

integrallashgan dastur orqali intellektual, ilmiy-tadqiqot va jismoniy ko‘rsatkichlarini samarali
tarzda oshirishga erishgan. Tadqiqot davomida ishlab chiqilgan metodik model talabaning
individual xususiyatlarini hisobga olib, mashg‘ulotlarni optimallashtirish va ularning rivojlanish
darajasini aniq monitoring qilish imkonini berdi.

Natijalar shuni ko‘rsatdiki:

Talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyati va mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirdi.

Jismoniy tayyorgarlik va texnik-taktik ko‘nikmalar sezilarli darajada rivojlandi.

Integratsiyalashgan tizim talabaning shaxsiy va akademik potensialini bir vaqtning o‘zida

oshirishga xizmat qildi.

Shuningdek, tadqiqot ko‘rsatdiki, metodik va dasturiy vositalarning birgalikdagi

qo‘llanilishi natijalarni maksimal darajada yaxshilashga imkon beradi.

Takliflar

1.

Oliy ta’lim muassasalarida talabalar shaxsiy rivojlanish tizimini doimiy ravishda joriy

qilish tavsiya etiladi.

2.

Mashg‘ulotlar individual xususiyatlar va yosh davriga mos ravishda optimallashtirilishi

lozim.

3.

Talabalarni intellektual va jismoniy rivojlantirishga qaratilgan integratsiyalashgan dastur

ishlab chiqilgan metodik modelga asoslanishi mumkin.

4.

Ilmiy-tadqiqot va refleksiya mashqlari talabaning mustaqil fikrlash qobiliyatini

shakllantirish uchun muntazam kiritilishi lozim.

5.

Kelgusida tizim samaradorligini oshirish maqsadida yangi metodik yondashuvlar va

zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash tavsiya etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Аxmedov Sh. (2020). Studentlarning sport tayyorgarligi: nazariya va amaliyot. Toshkent:
Fan va texnologiya.


background image

731

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

2.

Islomov D. (2022). Universitet yoshlarini intellektual va jismoniy rivojlantirish tizimi:
innovatsion yondashuvlar. Toshkent: Ilm-fan.

3.

Karimova N. (2020). Talabalarni jismoniy faollik orqali shaxsiy rivojlantirish metodikasi.
Toshkent: Pedagogika.

4.

Mirzayeva K. (2024). Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini modernizatsiya
qilishning aksiologik imkoniyatlari. Ilmiy Xabarlar Jurnali, № 2, 38–51.

5.

Nazarov R. (2019). Oliy ta’limda talabalarni shaxsiy rivojlantirish uchun pedagogik
texnologiyalar. Toshkent: Universitet Publishing.

6.

Magomedov M. (2021). Sportchilarning texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirishning
ilmiy-metodik asoslari. Moskva: SportScience.

7.

Pulatova M.B., & Murodullayeva M.E. (2024). Ta’limning zamonaviy transformatsiyasi:
O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari faoliyati. Pedagoglar.org.

8.

Raximov Z.T. (2025). Oliy ta’lim jarayonida talabalarning o‘quv-bilish kompetensiyasini
rivojlantirish orqali kasbiy tayyorlash. Ta’lim Innovatsiyasi va Integratsiyasi.

9.

To‘raev S., & Mamatqulov J. (2021). Taekvondo sportida yosh sportchilarning texnik-
taktik tayyorgarligi. Toshkent: Sport Publishing.

10.

Ziyadov A. (2022). Universitet talabalari shaxsiy rivojlantishini integrativ yondashuv.
International Journal of Education, 15(3), 45–56.

11.

G‘ulomov F. (2020). Talabalarni intellektual rivojlantirishda innovatsion dasturlar.
Toshkent: Ilm.

12.

World Taekwondo Federation (WTF). (2023). Taekwondo Competition Rules and
Technical Guidelines. Seoul: WTF.

13.

Bompa T., & Haff G. (2019). Periodization: Theory and Methodology of Training.
Champaign, IL: Human Kinetics.

References

Аxmedov Sh. (2020). Studentlarning sport tayyorgarligi: nazariya va amaliyot. Toshkent: Fan va texnologiya.

Islomov D. (2022). Universitet yoshlarini intellektual va jismoniy rivojlantirish tizimi: innovatsion yondashuvlar. Toshkent: Ilm-fan.

Karimova N. (2020). Talabalarni jismoniy faollik orqali shaxsiy rivojlantirish metodikasi. Toshkent: Pedagogika.

Mirzayeva K. (2024). Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini modernizatsiya qilishning aksiologik imkoniyatlari. Ilmiy Xabarlar Jurnali, № 2, 38–51.

Nazarov R. (2019). Oliy ta’limda talabalarni shaxsiy rivojlantirish uchun pedagogik texnologiyalar. Toshkent: Universitet Publishing.

Magomedov M. (2021). Sportchilarning texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirishning ilmiy-metodik asoslari. Moskva: SportScience.

Pulatova M.B., & Murodullayeva M.E. (2024). Ta’limning zamonaviy transformatsiyasi: O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari faoliyati. Pedagoglar.org.

Raximov Z.T. (2025). Oliy ta’lim jarayonida talabalarning o‘quv-bilish kompetensiyasini rivojlantirish orqali kasbiy tayyorlash. Ta’lim Innovatsiyasi va Integratsiyasi.

To‘raev S., & Mamatqulov J. (2021). Taekvondo sportida yosh sportchilarning texnik-taktik tayyorgarligi. Toshkent: Sport Publishing.

Ziyadov A. (2022). Universitet talabalari shaxsiy rivojlantishini integrativ yondashuv. International Journal of Education, 15(3), 45–56.

G‘ulomov F. (2020). Talabalarni intellektual rivojlantirishda innovatsion dasturlar. Toshkent: Ilm.

World Taekwondo Federation (WTF). (2023). Taekwondo Competition Rules and Technical Guidelines. Seoul: WTF.

Bompa T., & Haff G. (2019). Periodization: Theory and Methodology of Training. Champaign, IL: Human Kinetics.