09-12-2025
52-57
56
139
PLASTIK PAKETLAR MUAMMOSI VA ULARNING O‘RNINI BOSUVCHI MUQOBIL MAHSULOTLAR
Ushbu maqolada polietilen paketlarning global miqyosdagi ekologik xavfini xususan mikroplastik hosil bo‘lishi orqali atrof-muhit va inson salomatligiga yetkazayotgan zarari haqida tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqola, Xalqaro miqyosda global muammo bo‘layotgan plastik chiqindilarning yo‘q qilinishiga oid muammolar va O‘zbekiston Respublikasida amaldagi qonun hujjatlarining asoslarini o‘rganadi va uning samaradorligini baholaydi. Yana an'anaviy plastik paketlarga muqobil yechimlar (mato, qog‘oz, bioplastik) ning ekologik va iqtisodiy samaradorligini Hayot Sikli Tahlili (LCA) ma’lumotlari asosida qiyosiy baholashdan iboratdir.
Tahlil natijalari bo‘yicha, eng to‘g‘ri yechim qayta-qayta ishlatiladigan (reusable) sumkalarni joriy etish va plastikni parchalovchi zambrug‘lar (Mycoremediation) kabi innovatsion biologik texnologiyalarni rivojlantirishdir. Ushbu sohaga oid islohotlar yurtimizda “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi kabi qonun normalarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ - 3730 - sonli qarorining ahamiyati o‘z aksini topganligini ko‘rishimiz mumkin.