Authors

  • Farangiz Roziqova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.139517

Keywords:

Qurilish sanoati raqobatbardoshlik innovatsiya raqamli texnologiya investitsiya iqtisodiy islohotlar resurs samaradorligi.

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston qurilish sanoatining hozirgi holati, uning raqobatbardoshligini ta’minlovchi omillar hamda sohadagi tizimli muammolar tahlil qilingan. Qurilish tarmog‘i mamlakat iqtisodiyotining strategik sektori bo‘lib, ichki bozorni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Shunga qaramay, texnologik kechikish, innovatsiyalarni joriy etishdagi sustlik, kadrlar malakasining yetarli emasligi va investitsion muhitning to‘liq shakllanmagani tarmoq raqobatbardoshligini pasaytirmoqda. Maqolada raqamli transformatsiya, “yashil qurilish” tamoyillari, import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali sohani rivojlantirish istiqbollari ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida qurilish klasterlarini tashkil etish va BIM (Building Information Modeling) tizimlarini joriy etish orqali samaradorlikni oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ilgari surilgan.

References

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi. “Qurilish tarmog‘ining 2024-yilgi rivojlanish hisobotlari.” Toshkent, 2024.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi PF-5392- sonli Farmoni – “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. “Sanoat ishlab chiqarishi va qurilish ko‘rsatkichlari bo‘yicha statistik ma’lumotlar to‘plami.” Toshkent, 2024.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5- oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PD-6079-son Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-fevraldagi “Uy-joy qurilishi va qurilish materiallari sanoatini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-139-sonli qarori

Jahon banki. “Uzbekistan Economic Update: Transitioning to a Green and Digital Economy.” Washington, 2024. https://invexi.org/uz/press/world-bank-eca-economic-update-spring-2024/

Osiyo Taraqqiyot Banki (ADB). “Construction Industry Competitiveness in Central Asia.” Manila, 2023. https://www.adb.org.

OECD (Organization for Economic Cooperation and Development). “Competitiveness in Construction: Policy Insights for Emerging Economies.” Paris, 2022. https://www.dw.com/en/oecd-organization-for-economic-cooperation-and-development/

UN-Habitat. “Urbanization and Construction Development Report.” New York,2023. https://unhabitat.org/sites/default/files/2023/06/unhabitat_annualreport

Polsha Qurilish Assotsiatsiyasi. “Annual Construction Market Review.” Warsaw, 2024. https://www.nextmsc.com/report/poland-construction-market