WORK ON IMPROVING THE VOCABULARY OF THE STUDENT IN ELEMENTARY SCHOOL READING LESSONS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Boltayeva, S. (2023). WORK ON IMPROVING THE VOCABULARY OF THE STUDENT IN ELEMENTARY SCHOOL READING LESSONS. Modern Science and Research, 2(4), 496–499. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/19377
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article will talk about the issues of working on increasing the student's vocabulary in elementary school reading lessons.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

496

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH DARSLARIDA O‘QUVCHINING SO‘Z

BOYLIGINI OSHIRISH USTIDA ISHLASH

Boltayeva Sitora Fayzulloyevna

Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti Ta'lim va tarbiya nazariyasi va

metodikasi (boshlanğich ta'lim) mutaxassisligi magistri

Buxoro tuman 35 - maktab boshlanğich sinf õqituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7849188

Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchining so‘z

boyligini oshirish ustida ishlash masalalari ustida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar: Leksikologiya, notanish so'z va iboralar bilan tanishtirish, izlanuvchanlik

metodi, lug'aviy-grammatik mashqlar, lug’at ustida ish olib borish.

РАБОТА НАД УВЕЛИЧЕНИЕМ СЛОВАРНОГО ЗАПАСА УЧАЩЕГОСЯ НА

УРОКАХ ЧТЕНИЯ В НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЕ

Аннотация. В этой статье рассматриваются вопросы работы над увеличением

словарного запаса учащегося на уроках чтения в начальной школе.

Ключевые слова: лексикология, знакомство с незнакомыми словами и

словосочетаниями, метод исследовательской деятельности, словарно-грамматические
упражнения, работа над словарем.

WORK ON IMPROVING THE VOCABULARY OF THE STUDENT IN

ELEMENTARY SCHOOL READING LESSONS

Abstract. This article will talk about the issues of working on increasing the student's

vocabulary in elementary school reading lessons.

Keywords: lexicology, acquaintance with unfamiliar words and phrases, method of search,

vocabulary-grammatical exercises, work on vocabulary.

Ma’lumki, boshlang‘ich ta’lim — ta’lim tizimining poydevori hisoblanib, o‘quvchilarni

o‘qitish sifati unga bog‘liq bo‘ladi va bu boshlang‘ich maktab o‘qituvchisi zimmasiga katta
mas’uliyat yuklaydi. Uzoq vaqt davomida ta’lim tizimida boshlang‘ich maktab «ko‘nikmalar
maktabi» bo‘lib keldi, ya’ni o‘quvchi keyingi ta’lim olish uchun o‘qish, yozish, hisoblash kabi
asosiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan ta’lim bosqichi sifatida qaralgan. Bugungi kunda
boshlang‘ich maktab boshqacha tasavvur etiladi.

Bugungi kunda u ta’lim tizimida bolaning birinchi tajribasi — ta’lim olish kuchlarini sinash

joyi bo‘lib qolishi kerak. Ushbu bosqichda faollikni, mustaqillikni rivojlantirish, idrok etish
faolligini saqlab qolish va bola ta’lim dunyosiga shaxdam kirib borishi uchun sharoitlar yaratish,
uning salomatligini va emotsional xususiyatlarini mustahkamlash muhim. Bugungi kunda
o‘quvchilarning aynan mana shu sifatlari ta’lim jarayoniga AKT’ni joriy etish bilan
rivojlanayotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz.

O’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi yurtimizda davlat ishlarining, o’qish-o’qitish,

ta’lim-tarbiya, targibot-tashviqot ishlarining shu tilda olib borilishi uchun juda katta imkoniyat
yaratdi. Tilga bo’lgan munosabat tubdan o’zgardi, uning barcha imkoniyatlarini o’rganish ishlari
keng ko’lamda olib borilyapti.

Lekin, shuni ham eslash joizki, tilning ijtimoiy vazifasini bajarilish darajasini belgilovchi

omillardan biri bo’lmish nutq madaniyati yetarli taraqqiy etmaganligi achinarli bir holdir. Shu bois


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

497

nutq madaniyati sohasini chuqurroq o’rganish oldimizga qo’yilgan muhim masalalardan biri
hisoblanadi. Shunki nutqimizda uchrab turadigan nuqson va kamchiliklarni bartaraf qilish, nutq
madaniyatini har qachongidan ham yaxshiroq rivojlantirish umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan
siyosiy va ijtimoiy masaladir. Bu masala bilan shug’ullanish ishiga faqat tilshunoslargina emas,
balki jumhuriyatimizda istiqomat qiluvchi barcha soha vaqillari e’tibor berishlari maqsadga
muvofiqdir. Chunki, nutq madaniyati umuminson madaniyatining tarkibiy qismi bqlib, kishilarni
yuksak madaniyatli bo’lishlarini belgilaydi.

Ma’lumki, boshlang’ich sinflarda o’quvchi nutqini o‘stirish ona tili predmetining asosiy

vazifasi hisoblanadi. Biroq bu vazifa boshqa o‘quv predmetlari doirasida ham amalga oshiriladi.
Jumladan, o‘qish darslari jarayonida o‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun ko‘plab imkoniyatlar
mavjud. Ya’ni, o’qish kitobidagi matnlarni o‘rganish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
o‘zi uchun notanish bo‘lgan ko‘plab so‘zlar va ularning ma’nosini o‘rganadi, ya’ni ularning so‘z
boyligi oshadi. O‘qituvchi bunday so‘zlarni izohlash bilan kifoyalanmay, o‘quvchilarga ular
ishtirokida so‘z birikmasi, gap ham tuzdirsa, yanada maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shunday qilinsa,
yangi so‘zlar o‘quvchilarning faol lug‘atiga kiradi.

Nutq ikki ko’rinishga ega - og’zaki, va yozma nutq. Bular o’zaro uzviy bog’langan bo’lsa

ham, har birining o’ziga xos xususiyati bor. Og’zaki nutqda tovushlar, so’zlar nutq orqali talaffuz
qilinsa, eshitish a’zolari orqali qabul qilinadi. Shuning uchun o’quvchilarning og’zaki nutqini
o’stirishida, avvalo ularning nutqidagi kamchiliklar sabablarini aniqlash, uni bartaraf etish
yo’llarini izlab topishimiz kerak. Chiroyli so’zlashni, savodli, to’g’ri yozishni, o’z fikrini ravon va
aniq bayon etishni bilmagan yoki etolmagan o’quvchi bilimlarni muvafaqqiyat bilan o’zlashtira
olmaydi. Har bir insonning nutqi chiroyli, mukammal, talaffuzi aniq, ravon bo’lsa, fikrlash doirasi
keng, idrok qilishi ham teran bo’ladi. Nutq orqasli odamzot o’zining ichki hissiyotlarini ham bayon
qiladi, nutq esa barcha insonlarda ham bir xilda-to’la rivojlangan yoki shakillangan bo’lavermaydi.

Boshlang'ich sinflar o'quv dasturida ,,ona tili, o'qish bolalarning lug'atini boyitish,

bog'lanishli nutqni o'stirish, adabiy-estetik tafakkurini kamol toptirish, nutq madaniyatini
shakllantirish, nutq ta'sirchanligini ta'minlashning muhim omilidir", - deyiladi. Bu vazifalar
grammatik mavzularni o'rganish, mashq matnlarini kuzatish va tahlil qilish, maxsus lug'aviy-
grammatik mashqlar orqali bajariladi.

Lug'at ishida so'zning ma'nosi, talaffuzi va imlosi e'tiborda tutiladi. Bular ustida ishlashdan

asosiy maqsad ehtiyoj sezilgan paytda o'quvchilarning ulardan nutqda foydalanishlariga erishish,
o'zgalar nutqini anglashlarini ta'minlashdir. Buning uchun o'qituvchi ona tili va o`qish darslarida
qo'llangan har bir so'zning va ta'limiy jarayonlarda: ekskursiya, o'zaro suhbat, turli tadbirlarda
ishlatilgan so'zlarning ma'nosiga e'tibor bilan qarashi, ularning qaysilari maxsus ishlashni taqozo
etishini belgilab olishi kerak.[1]

O'quvchilarni notanish so'z va iboralar bilan tanishtirish. O'quvchilar darslikdagi so'z va

iboralarga birinchi marta duch kelayotgan bo'lishi mumkin. Bu so'z yangi paydo bo'lgan so'z
bo'lmasa ham, o'quvchining ma'nosini bilmaydi, demak, o'quvchi uchun yangi so'z hisoblanadi.
Masalan, xabib (do'st), dar-parda (oyna o'rniga shaffof qog'oz yopishtirilgan derazaparda), mag'rur
(kekkaygan, mag'rur — kamtar), kamol (har tomonlama yetuk, to'kis, kamol topmoq — xazon bo
'Imoq), xaroba (qarovsiz qolgan vayrona), qardosh (do'st, birodar, qarindosh-urug'), safdosh
(harbiy 7 xizmatda birga, tashkilotda birga), sarkarda (qo'mondan, lashkarboshi), zeb (bezak,
ko'rk, husn), qasr (hashamatli saroy, ko'shk) kabi so'zlarga duch keladilar. Bunday so'zlarning


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

498

ma'nosini sinonimlar keltirib kengaytirish yo'li bilan qaramaqarshi ma'noli so'zlar bilan izoh berish
yo'li bilan, gap tuzish orqali ma'nosini yechish, rasmlar orqali tushuncha hosil qilish yo'li bilan
tushuntirish mumkin. Bunday ishlash o'quvchilarda so'z ma'nolariga nisbatan sezgirlikni yuzaga
keltiradi.[2]

Leksikologiya o'zbek tilining lug'at tarkibini o'rganadigan bo'limdir. Leksikologiya lug'at

tarkibidagi so'zlarning nutqda ma'no ifodalash xususiyati, qo'llanish faolligi, boyib borishi, ba'zi
so'zlarning eskirib, iste'moldan chiqib ketishi, ma'no ko'chish hodisasi kabilarni o'rganadi. Shu
sababli leksikologiya lug'at ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi hisoblanadi.[3]

So'zni o'ziga yaqin tushuncha — boshqacha ifoda etish bilan tushuntirish. Bunda

tushuntiriladigan so'zning izohi qisqa va aniq bo'lishi kerak. Masalan, o'zboshimchalik - o'z
xohishicha ish tutish, ishni o'zi xohlaganicha bajarish; mutaxassis — biror hunar egasi; shunqor -
uzoq uchadigan ko'zi o'tkir qush; mesh — mol terisidan tikilgan idish; guldon — gul solib
qo'yiladigan idish va boshq.

O’qituvchi ta’limning har bir bosqichida o’quvchining nutq taraqqiyotida bo’ladigan

o’zgarishlarini bilishi va unga tayanishi lozim. Har bir darsda o’quvchining lug’at boyligi, so’z
boyligi oshib borishi lozim.[4]

O’quvchilarning lug’at ustida ishlashda, so’z boyligini oshirishda o’qituvchi zamonaviy

usullardan foydalanishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Bular quyidagilar.

1. Tushuntirish-namoyish etish metodi. O’qituvchi tomonidan bilimlar tayyor xolda beriladi.

Ona tilining qonun-qoidalari tushuntiriladi va mustahkamlanadi. Bu darsda o’quvchilar bayon
qilinayotgan bilimlarni tinglaydilar va xotirada saqlashga xarakat qilishlari kerak.

2. Muammoni bayon qilish metodi. O’qituvchi o’quvchilar oldigi ma’lum bir muammo

qo’yadi va ularning mustaqil aqliy faoliyat ko’rsatishlarini ta’minlash orqali bu muammoni hal
qila boshlaydi.

3. Qisman izlanuvchanlik metodi. Ta’limning bu metodi shu bilan xarakterliki, o’quvchi dars

jarayonida ma’lum bir o’quv muammosini qo’yadi, ammo uni mustaqil hal qilish yo’llarini
ko’rsatmaydi. Har bir o’quvchi muammoni mustaqil hal qilish uchun o’zicha izlanadi, ijodiy
faoliyat ko’rsatadi. Muammoning o’qituvchi tomonidan qo’yilishi metodni qisman ijodiy qilib
qo’yadi.

So’z va bo’g’inlarni o’rgatishda tovush va xarflarni alohida-alohida aytib o’qimaslikka,

balki tovush va harflarni bo’g’inda to’g’ri qo’shib talaffuz qilishga, so’zlarni og’zaki nutqdagi
kabi yaxlit xolda tovushlar uyg’unligiga rioya qilib o’qishga odatlantiriladi.

O'quvchilar nutqini boyitishda maqollar katta ahamiyat kasb etadi. Maqollar o'qish uchun

ham, suhbat uchun ham, hikoya tuzish uchun ham, grammatik tahlil va yozuv uchun ham juda
qulay materialdir. Ular ixcham, sermazmun va ta'sirchan bo'ladi; maqollar o'quvchilarning badiiy
didini o'stiradi, nutqqa e'tibor bilan qarashga, to'g'ri, mantiqiy fikrlashga o'rgatadi, estetik
tarbiyasida muhim o'rin tutadi. O'qish kitoblarida mavzuga bog'liq holda, o'zbek tili darsliklarida
esa mashq matnlari ichida xilma-xil mavzularda juda ko'p maqollar beriladi. O'quvchilar
maqollarni o'qib, o'qilgan asarning axloqiy muammosi bilan, hayotiy sharoit bilan bog'laydilar,
ularning majoziy mazmunini, ayrim so'z va iboralarning ma'nosini tushuntiradilar. Natijada o'rni
bilan maqollardan foydalana boshlaydilar.

Boshlang’ich sinf ona tili va o’qish darslarida lug’at ustida ish olib borish o’quvchilarning

so’z boyligini oshirishda asosiy omil bo’lib xizmat qiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

499

REFERENCES

1.

G’afforova T. va boshq. O’qish kitobi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 1-sinfi uchun
darslik.-T.: ―Sharq‖, 2014.

2.

G’ulomov A. Ona tili o’qitish printsiplari va metodlari. – T.: «O’qituvchi», 1992.

3.

Qarshiboev H. va boshq. Muommali ta’limni tashkil etish yo’llari. – Guliston, 2004.

4.

Qosimova K. va boshq. Ona tili o’qitish metodikasi. – T.: «Nosir», 2009

References

G’afforova T. va boshq. O’qish kitobi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 1-sinfi uchun darslik.-T.: ―Sharq‖, 2014.

G’ulomov A. Ona tili o’qitish printsiplari va metodlari. – T.: «O’qituvchi», 1992.

Qarshiboev H. va boshq. Muommali ta’limni tashkil etish yo’llari. – Guliston, 2004.

Qosimova K. va boshq. Ona tili o’qitish metodikasi. – T.: «Nosir», 2009

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов