TECHNOLOGY AND METHODS OF WORKING IN WATERCOLOR

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Adxamova, O. (2023). TECHNOLOGY AND METHODS OF WORKING IN WATERCOLOR. Modern Science and Research, 2(5), 1129–1132. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20569
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

The complexity and improvement of the methods of working with watercolor led to the increase and diversification of its types. Now there are several types of watercolors. This article describes the method of using watercolors.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1129

AKVARELDA ISHLASH TEXNOLOGIYASI VA USULLARI

Andijon Davlat Pedogogika Instituti Tasviriy sa’nat va grafik muhandislik

yo’nalishi talabasi

Adxamova Oltinoy Rafiqjon qizi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7975083

Annotatsiya.

Akvarel bilan ishlash usullarining murakkablashuvi, takomillashuvi uning

turlarini ko’payishiga va xilma – xillashuviga olib keldi. Hozir akvarelningbir qancha turlari
mavjud. Ushbu maqolada akvarel ishlatish metodikasi yoritilgan.

Kalit so’zlar:

akvarel, rang, bo’yoq, tasvir, o’chirgich, modda, qog’oz.

TECHNOLOGY AND METHODS OF WORKING IN WATERCOLOR

Abstract.

The complexity and improvement of the methods of working with watercolor led

to the increase and diversification of its types. Now there are several types of watercolors. This
article describes the method of using watercolors.

Key words:

watercolor, color, paint, image, eraser, substance, paper.

ТЕХНОЛОГИЯ И ПРИЕМЫ РАБОТЫ АКВАРЕЛЬЮ

Аннотация.

Усложнение и совершенствование приемов работы с акварелью

привело к увеличению и разнообразию ее видов. Сейчас существует несколько видов
акварели. В этой статье описывается способ использования акварели.

Ключевые слова:

акварель, цвет, краска, изображение, ластик, субстанция, бумага.


KIRISH VA ADABIYOTLAR TAHLILI

O’rta Osiyoda akavrelda kitoblarni chiroyli qilib bezash maqsadida qo’llanildi. O’rta Osiyo

rassomlari ichida, ayniqsa, Kamoliddin Behzod kitoblarga akvarel bilan miniatyura hamda
illyustrasiyalar ishlashda shuxrat qozondi. XIX asrning oxirlarida akvarelda I.YE.Repin, V.A.
Serov, M.A.Vrubel, kabi rassomlari o’z asarlarida yangicha sifatlarini namoyish qildi. Rus tasviriy
san’ati

namoyondalari

A.M.Grasimov,

S.V.Gerasimov,

O.G.Vereyskiy,

Kukrinskiylar

N.N.Volkov, YU.I.Neprensev va boshqalar ham akvarelda ko’plab qiziqarli asarlar yaratdilar. Ular
yaratgan asarlarning ko’pchiligini kitoblarga ishlangan illyustrasiyalar tashkil etadi.
O’zbekistonda esa akvarelda ishlash san’atining rivojini B.Hamdamiy, O’.Tansiqboyev, G.
Shevyakov, G.Siganov, K. Cheprakov va ayniqsa CH. Ahmarovning ijodida ko’rish mumkin.

Akvarel bilan ishlashusullarining murakkablashuvi, takomillashuvi uningturlarini

ko’payishiga vaxilma – xillashuviga olib keldi. Hozir akvarelningbir qancha turlari mavjud.

Chunonchi qattiq, yumshoq va xamirsimon xoldagi akvarellar. Bu bo’yoqlar badiiy bilim

yurtlarida, ayniqsa amaliy va dekorativ san’at o’kuv yurtlarida kompozisiyalar, eskizlar tuzishda
qo’llaniladi. Akvarel bo’yoqlari ikki qismdan: bog’lovchi element hamda bo’yoq kukinidan tarkib
topadi. Bog’lovchi emulsiya tayyorlanadigan moddalarni tanlashda bo’yoq rangini
o’zgartirmaydigan, qog’ozga surtilganda tekis yotadiganlaridan foydalanadi.

MUHOKAMA

Bog’lovchi moddalar asosan gummi arabika, olcha, olxo’ri va boshqa daraxtlarning

shiralaridan tayyorlanadi. Daraxt shirasidan, masalan, olcha shirasidan juda osonlik bilan eritma
tayyorlanadi. Shuningdek, bo’yoqning tez-qotib qolmasligi, pishiqligini va suvda eruvchanligini
oshirish uchun unga asal, glisirin, dekstrinlar qo’shiladi. Bog’lovchi modda tayyorlanayotganda
har bir element ko’rsatilgan miqdorda olinishi lozim. Har bir akvarel uchun bog’lovchi emulsiya


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1130

turli miqdorda tayyorlanadi. Taxtacha ko’rinishdagi akvarel uchun emulsiya shiraning
dekstrining suvdagi eritmasi meva shakari, ho’kiz o’tidan tayyorlanadigan aralashmadan iborat
bo’ladi. Dastavval shiraning hamda dekstrining suvdagi eritmasi tayyorlanadi.

Meva shakari suv bilan aralashtirilib sirobsimon eritma hosil qilinadi. Ana shu uch xil

eritma birgalikda to’xtovsiz aralashtiriladi. Hamda unga o’tdan tayyorlangan aralashma va
fenaldan keraplicha tomiziladi. Chinni idishlardagi yumshoq akvarel uchun emulsiya tayyorlashda
esa yuqoridagi moddalar ko’proq miqdorda oshrib meva shakari o’rniga asalari mo’mi va glisirin
qo’shiladi.

Tyubiklarda chiqariladigan akvarel tarkibidagi bog’lovchi elementining ko’pchilik qismini

asal tashkil etadi. Glisirin va shira ozroq miqdorda qo’shiladi.

Akvarel tayyorlashda qo’llaniladigan bo’yoq kukunlari tabiiy yoki sun’iy kukunlar bo’lishi

mumkin. Ayrimlari o’simliklar yoki hayvonlarda o’raydigan pigmentlardan masalan, jigar rang,
qarminli bo’yoqlardan tayyorlanadi. Bo’yoq kukunlarini tanlashda va tayyorlashda ularning
tiniqligiga, bir-biriga yaxshi aralashishiga e’tibor berish lozim. Masalan, qo’yidagi bo’yoq
kukunlardan foydalanish tavsiya etiladi. Sariq kukunlar tabiy, jigar, rang, sariqmars, zarg’aldoq
mars va hakozolar.

Qizil kukunlar: qizil tusli mars, qirmizi. Binafsha: binafsha tusagi kukun.
Yashil kukunlar: zumrad rang, yashil rangli ranglar. Zangori: zangori laklar.
Jigarrangli kukunlar: kuydirilgan jigar rang, jigar rang mars. Qora kukunlar: -uzumdan

olinadi.

Akvarel tayyolash uchun bo’yoq moddasi tayyor emulsiyaga aralashtiraladi tosh plita yoki

mahsus xovonchada yaxshilab ishlanadi. Agarda sinash uchun olingan bo’yoq suvda yaxshi
erishsa, aralashtirish hamda ishlov berish uchun tayyor bo’lgan xisoblanadi. Shuni esda tutish
lozimki, qo’yilgan akvarel bo’yog’i qurilganidan keyin o’z rangini biroz o’zgartirib olishadi.
Bunga bo’yoq qavatidagi suvning bug’lanishi, qog’ozga singishi ta’sir etadi.

Endi akvarel, tush va ularni ishlatishda qo’llaniladigan ba’zi qurol va vositalar haqida

to’xtalib o’tamiz:

Bir akvarel mo’yqalamda oson olinishi, suvda yaxshi eriydigan bo’lishi kerak. Akvarel

boshqa bo’yoqlardan qog’ozga yubqa qalam tarzida o’tishi tekis, silliq surkalishi, qo’yilib va bir
joyga qatlam tarzida yig’ilib qolmasligi bilan ajralib turadi. Akvarelga ko’p vaqt suv tegmasa,
xaddan tashqari qUzbekiston Respublikasiqshab ketib, uni ishlatish qiyin bo’lib qoladi. Shuning
uchun chinni idishlar va tyubiklardagi akvarelni qorong’u va slqin joylarda saqlash lozim. Agar
tyubikdagi akvarel qotib qolsa tyubikka mris bilan suv yuborish yoki uni suvli idishga biror soat
solib qo’yish tavsiya etiladi. «Leningrad» markali akvarel sifatli akvarellardan xisoblanadi va u
plastmassa idishlarda ishlab chiqariladi. Unda bo’yoqlarning 24 hili mavjud bo’lib, plastmassadan
tayyorlangan palitra ham joylashtirilgan.

Tush asosan yozish-chizish, bezak va boshqa ishlarda kenqo’llaniladi. Ularning xillari juda

ko’p. Tushlar suyuq holda shisha idishlarda va taxtacha hamda qalamcha shaklida qattiq holatda
ishlab chiqariladi.

Kerakli tushlar maxsus idishlarda suyultiriladi. Ulardan axromatik ranglarning har xil

tuslari xosil qilinadi. Tushni juda quyuq ishlatilmaslik lozim. Ular etyudlar uchun muljallangan
bo’lib, 20-30 donasi kerakli o’lchamda bir-birlariga yelimlab qo’yilgan bo’ladi. Qog’ozlarni bir-


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1131

birlaridan ajratib olishda birorta uchi o’tkirroq asbobdan foydalaniladi. Orqasiga qo’yilgan karton
esa uni g’ijim bo’lishidan asraydi.

«Stirator» bittasi kattaroq, ikkinchisi kichikroq o’lchamga ega bo’lgan va bir-birini ichiga

kirib turadigan ikkita ramkadan iborat ishlatishda qo’llangan qog’oz ikkala ramka orasiga qo’yilib
siqib jipslashtiriladi. Stirator bundan tashqari ramka va planshetdan iborat bo’lishi ham mumkin.
Bunday stirator ikki oyoqli qilib yasaladi. Qog’oz stiratorga tortilganidan keyin uni tizza ustiga
g’o’ygan holda ishlatish mumkin. Shuningdek stirator oyog’siz holda ishlatilganda esa
mahsustutqichga o’rnatiladi. Stiratorga tortiladigan qog’oz oldin suvga ho’llab olinadi. Qog’ozni
ho’llash uchun yumshoq lattadan foydalaniladi. Burchaklarida 1,5-2 smgacha joy quruq
qoldiriladi. Qog’ozni ikki tomoni ham xuddi shu zaylda qo’llaniladi, so’ng ramkaga tortilgan
qog’oz o’zgarmas temperaturali joyiga qo’yib quritiladi. Stirator asliga qarab rasm ishlashda va
manzaralarni tasvirlashda qulaydir.

Mo’yqalamlar. Akvarel bilan ishlayotganda foydalanish lozim, mo’yqalamlar ikki xil

bo’lib, ularning bir xillari moyli bo’yoqlarga, boshqa xillari esa akvayerel bo’yoqlarga, boshqa
xillari esa akvarel bo’yoqlarga muljallangan (yelimlash uchun mo’ljallangan mo’yqalamlar uchun
mustasno). Ularni ko’rinishiga qarab quyidagicha farqlash mumkin. Yalpoq (moyli bo’yoqlar
uchun muljallangan mo’yqalamlar kurakcha va dumaloq shaklda bo’ladi). Akvarel uchun
ishlatiladigan mo’yqalamlar yumaloq bo’lib uch tomoniga qarab ingichkalashib boradi va bu juda
mayda detallarni ishlash uchun qulaylik tug’diradi. Rasm

Ishlaganda qog’ozni yuzi buzilmaslik uchun bu mo’yqalamlar maxsus yumshok

yunglardan yasaladi. Akvarel mo’yqalamning kolonok, olmaxon, savsar yungidan yasalgan turlari
mavjud.

Mo’yqalamning ishga yaroqli yoki yaroqsizligini bilish uchun uni toza suvga tiqib olib

silkitish kerak. Agar shunga mo’yqalamning uchlari to’planib qolsa- yaroqli, to’zib tursa-yaroqsiz
bo’ladi. Mo’yqalamningt bandida nomeri bo’ladi. Bu nomer mo’yqalam mo’y qismining
kengligini bildiradi. Nomerdagi sonlar ortib borishi bilan yung qismining kengligi ham ortib
boradi. Shuning uchun akvarel bilan ish ishlashda mo’yqalamning kerakli nomeri yuzaning katta
yoki kichikligiga qarab tanlanadi. Tasviriy san’at darslarida ingichka mo’yqalamlardan kam
foydalaniladi, chunki ular bilan katta rasmlarni bo’yab bo’lmaydi. Bu xildagi mo’yqalamlar
ko’proq mayda detallarni hamda dekorativ bezash ishlaridagi naqshlarni bo’yashda ishlatiladi.
Yuqorida nomeri ko’rsatilag yo’g’on xajmdagi mo’yqalam bilan katta rasmlarni bo’yash mumkin,
uning ingichka uchi esa suratning mayda detallarini ishlash imkonini beradi. Umuman olganda
butun ishni bitta mo’yqalamda bujara olish imkoni tug’iladi. Shunda ko’z hamda qo’l xarakati
uyg’unlashadi. Tajribali rassomlar ko’pincha ikki tomonida ham mo’yi bo’lgan mo’yqalamlardan
foydalanadilar. Ularga maxsus buyurtma berish tayyorlatish mumkin.

Mo’yqalam ishlatilib bo’lingach, tozalab yuviladi va latta bilan siqilganidan so’ng tirgakka

solib qo’yiladi yoki mo’y qismi yuqoriga qilingan holda stakanda saqlanadi. Ba’zan mo’yqalamni
yung qismini stolning chetidan bir oz chiqarib qo’yish ham mumkin.

NATIJA

Akvarel bilan ishlashda talabga javob beradigan qilib jixozlanish kerak. Shuningdek,

planshet hamda molbertdan to’g’ri foydalanishni o’rganish, qog’oz yuzalarini har xil
shikastlanishlarlardan ehtiyot qilish lozim. Akvareldan foydalanishda uning sifatiga e’tibor berish
darkor. Bo’yoqlarni maxsus idishlarda suv bilan aralashtirish va qog’oz bo’lagida sinab ko’rish


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1132

tavsiya etiladi. Topilgan rang tusi kerakli darajaga yetgandagina undan foydalanish lozim.Akvarel
bilan ishlash texnikasini puxta o’zlashtirish uchun dastlabki mashqlarni qora, to’q jigarranglarda
bajargan ma’qul. Bu usulda ishlash monoxrom yoki grizayl metodida ishlash deb ataladi.

XULOSA

Akvarel bilan ishlashda quyidagi izchillikka rioya qilinsagina bo’yoqda ishlangan tasvirlar

talabga javob bera olishi mumkin:

Kerakli bo’yoq maxsus idishda suv bilan aralashtirilib tayyorlanadi hamda qog’oz

bo’lagiga surtib, sinab ko’riladi.

Qog’oz sirtiga bo’yoq berayotganda mo’yqalam hamisha eritmagan rosmana botirib

olingan bo’lishi kerak.

Ostki qavatdagi buyoq qurimaguncha, navbatdagi bo’yoq qavati yotqizilmaydi. Keyingi

qavat tez qo’yilishi lozim, aks holda ostki qavat yuvilib ketishi mumkin.

Akvarel bo’yoqlari bilan ishlashda oq bo’yoqdan foydalanilmaydi, chunki oq bo’yoq rolini

oq qog’ozning o’zi bajaradi.

Qo’yilgan bo’yoq qavati ostidan qog’ozning sirti sezilib turishi lozim. Agar taxtacha

ko’rinishidagi akvarel ishlatilsa, bo’yoq tez-tez ho’llab turiladi,

Hamda toza mo’yqalam bilan olinadi.
Akvarel bilan ishlashni o’rganishda amaliy mashg’ulotlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Masalan, bir rangning ustiga ikkinchisini qo’yib yangi tus hosil qilish mashqni olaylik. Bunda
qo’yilgan xar ikkala rang ostidan ham qog’ozning sirti sezilib turmog’i darkor. Shuningdek, sovuq
tusli rang ustidan iliq tusli rangni qoplash orqali yangi rang tusini hosil qilish yo’llarini puxta
o’rganish kerak.

Bundan tashqari iliq rang ustidan sovuq tusli rangni qoplash yo’li bilan ham qo’shimcha

rang tusini topish mumkin. Ayrim hollarda qo’yilgan ranglarning yorug’lik darajalari bir-birlariga
tenglashtirish uchun ularning ustidan biror rangning suyuq, kuchsiz eritmasi bilan qoplab tavsiya
etiladi. Shuni esda tutish lozimki, muayyan rang ikkinchi bir rang bilan qoplanganda yorug’likning
qaytarish xususiyatidan mahrum bo’ladi. Lekin oldin qo’yilgan bo’yoq qavatining ravshanlik
darajasi hamda to’yinganligi muhim axamiyatga ega. Ustki qo’yiladigan qavati esa doimo
oxangdor, juda tiniq bo’lishi va ostidagi rang tusini bo’g’masligi shart.

Rang tuslarini haddan tashqari to’q tusda olish yaramaydi. Aks holda rangli tasvirlarda

keskin ko’zga tashlanadigan rang dog’chalari hosil bo’lishi mumkin.

Akvarel bilan ishlatishda bir rangning o’zidan har hil rang tuslarini xosil qilishni yaxshilab

mashq qilish kerak.


REFERENCES

1.

Apuxtin O. Tasviriy san’at asoslari.T. 1978 yil. 5.Amanullayev. A. Xomaki
tasvirlar. Nam. 1992 yil.

2.

Bulatov S. S. Ashirova M.O. Amaliy san’at qisqacha lug’ati. T., Qobuslar bosh
taxririyati, 1992 yil.

3.

Beda. V.Rangtasvir. M. 1968 yil.

4.

Borsh K. Qalamtasvir.M. 1974 yil.

References

Apuxtin O. Tasviriy san’at asoslari.T. 1978 yil. 5.Amanullayev. A. Xomaki tasvirlar. Nam. 1992 yil.

Bulatov S. S. Ashirova M.O. Amaliy san’at qisqacha lug’ati. T., Qobuslar bosh taxririyati, 1992 yil.

Beda. V.Rangtasvir. M. 1968 yil.

Borsh K. Qalamtasvir.M. 1974 yil.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов