ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1125
YIG’ISH ISH CHIZMALARI
Adxamova Oltinoy Rafiqjon qizi
Solijonova Muxtasarxon Jaxongir qizi
Andijon Davlat Pedogogika Instituti Tasviriy san'at yo'nalish talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7974622
Anontatsiya.
Ushbu maqolada yig’ish chizmalari haqida umumiy ma’lumot va
tushunchalar berish, yig’ish chizmasini taxt qilishni o’rganish, yig’ish chizmalarida shartliklar va
soddalashtirishlar haqida tushunchalarga ega bo’lish haqida maʼlumotlar berilgan.
Kalit soʻzlar:
yig’ma chizmalar, taxt qilish, yig’ma birliklar, fazoviy tasavvur
ekspluatatsiya.
ASSEMBLY WORK DRAWINGS
Abstract.
This article provides an overview and understanding of assembly diagrams,
learning how to draw an assembly diagram, and understanding assembly diagram conventions
and simplifications.
Key words:
collective drawings, enthronement, collective units, spatial imagination,
exploitation
СБОРОЧНЫЕ РАБОЧИЕ ЧЕРТЕЖИ
Аннотация.
В этой статье представлен обзор и понимание схем сборки, обучение
рисованию схемы сборки, а также понимание соглашений и упрощений схемы сборки.
Ключевые слова:
коллективные рисунки, интронизация, коллективные единицы,
пространственное воображение, эксплуатация.
KIRISH
Mustaqillik yillarida Yurtboshimiz rahnamoligida ta’lim va tarbiya davlat siyosatining
ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi. Mustaqillik yillari – xalqimiz uchun chindan ham o’zlikni
anglash, ma’naviy-ruhiy tiklanish davri bo’ldi. Vatanimizning qadim va shonli tarixiga,
xalqimizning boy ma’naviy va madaniy merosiga bo’lgan munosabat o’zgardi. Betakror tilimiz,
muqaddas dinimiz, azaliy qadriyatlar, urf-odat va an’analarimizning hayotimizdagi o’rni va nufuzi
qayta tiklandi, donishmand ajdodlarimiz xotirasiga munosib hurmat va extirom ko’rsatildi. Eng
muhimi, pirovard maqsadida mamlakatimizda ozod va obod Vatan, erkin va farovon jamiyat barpo
ko’zlangan, asosiy g’oyalarini yurt tinchligi, vatan ravnaqi, insonni kamoloti, millatlararo totuvlik,
diniy bag’rikenglik va ijtimoiy hamkorlik tashkil etuvchi milliy mafkuraning metodologik va
kontseptual asoslari yaratildi. Yosh avlodga zamonaviy ta’lim berish bilan birga ularni
umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ongi va qalbini
mafkuraviy, ma’naviy va axborot tahdidlaridan ishonchli himoya qilish, ularda g’oyaviy
immunitet va faol grajdanlik pozitsiyasini shakllantirish masalalari davlatimizning doimiy diqqat
markazida bo’lib kelmoqda.
METODOLOGIYA
Texnikaning jadallik bilan rivojlanishi esa yetishib chiqayotgan mutaxassislarning
zamonaviy bilim tajribasiga bog’liqdir. Bu borada arxitektura qurilish oliygohlarida zamon
talabiga javob beradigan, har tomonlama yetuk, qobiliyatli mutaxassislar tayyorlanishi lozim.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1126
Сhizmachilik darslarida yangi pedagogik texnologiyalar orqali o’quvchilarni yoshlarda
sog’lom turmush tarzi va har tomonlama barkamol etib shakllanishiga ta’sir etuvchi zararli
illatlardan saqlash.
O’quvchilarni yangi pedagogik texnologiyalar asosida kasb-hunarni ongli ravishda tanlashi
uzluksiz ta’lim tizimida jamiyat talabiga mos, raqobatbardosh kasb egasi hamda har tomonlama
etuk kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.
Buyumni loyihalashni hamma bosqichlarida yig’ma birlikni chizmalariga ishlov beriladi,
shu bilan birga loyihalash hujjatlariga ishlov berish bosqichida ularni umumiy ko’rinish chizmasi,
ishchi hujjatlarni bajarish bosqichida yig’uv chizmasi deyiladi.
Umumiy ko’rinish chizmasi buyumning konstruksiyasini ishlab bitirish, yig’uv chizma,
uni yig’ish (tayyorlash) va nazorat qilish uchun mo’ljallangan.
Shuningdek yig’uv chizma bo’yicha buyumning konstruksiyasini va ishlash prinsipini
o’rganiladi. Ekspluatatsiya jarayonida tartibga soladi, buyumni ish o’rniga o’rnatadi (montaj
qiladi) va ularni tamirlaydi.
Konstruktorlik byurolarda va o’quv jarayonida yig’ma birlikni chizmasi bo’yicha
buyumning ishchi chizmasi bajariladi. Korxonalarni texnik bo’limida undan ishlab chiqarishni
tayyorlash, texnik xujjatlarni ishlov berish va tayyor mahsulotni nazorat va qabul qilish uchun
foydalaniladi.
MUHOKAMA
Yig’ma birlikni chizmasi buyumlarga ajratish va birlikni va unga kiruvchi hamma
buyumlarni konstruktiv tuzilishini to’liq ochadi. Yig’ish chizmasi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Yig’ma birlikni tasvirini – berilgan chizma bo’yicha birlashtirilgan, tarkibiy qismni o’zaro
bog’lanishi va joylashishi haqida tushuncha beruvchi, yig’ma birlikni yig’ish va nazorat qilishni
amalga oshirish imkoniyatini ta‘minlovchi;
Buyumning o’lchamlarini;
g) Tutashmani xarakteri va uni amalga oshirish usullari haqida agar tutashmani aniqligi
chekli-chetga chiqish bilan ta‘minlanmasdan, tanlash va moslash bilan ta‘minlansa;
v) Chekli-chetga chiqish va boshqa parametrlarni berilgan yig’ish chizmasi bo’yicha,
bajarilishi shart bo’lgan yoki nazorat qiluvchi talablar;
d) Ajralmas birikmalar buyumning biriktirish usuli haqida ko’rsatma
(payvandlash, kavshirlash va boshqalar);
e) Birlikga kiruvchi tarkibiy qismlarni pozitsiya nomerlari.
Birikmani konstruktiv hujjatlarini tarkibiga gaborit, montaj va nazariy chizmalar kirishi
mumkin.
Gaborit chizmalar – bu chizmalar birlikni ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan va ishlab
chiqish hamda yig’ish uchun ma‘lumot bo’lishi kerak emas. Shuning uchun bu chizmalarni
maksimum soddalashtirilgan holda tayyorlanadi (1-shakl).
Gaborit chizmada ko’rinishlar soni minimum bo’lishi kerak, lekin birlikni tashqi ko’rinishi
haqida yetarlicha to’liq ma‘lumot berish kerak, uni turtib chiqqan qismini holati xaqida, (richag,
chambarak, knopka, ruchka va boshqalar), doimiy ko’z ostida bo’lgan element (misol, shkalolar)
birlikni aloqa elementlarini boshqa birlik elementlari bilan joylashishi haqida, yetarlik ma‘lumotga
ega bo’linadi.
Gaborit chizmada harakatda suriladigan yoki richag, karetka, ilmoqli
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1127
NATIJA
Qopqoqlarni va boshqalar yig’diriladigan qismlarni chetki holati ko’rsatilishi kerak.
Gaborit chizmada birlikni tasvirini asosiy tutash chiziq, harakatdagi qismning tashqi ko’rinishini
chetki holatni ingichka shtrixpunktir chiziq bilan tasvirlanadi. Gaborit chizmada, birlikni gaborit
o’rnatuvchi va biriktiruvchi o’lchamlari qo’yiladi va zarur hollarda chiqib turgan qismni
aniqlovchi holatini ham ko’rsatiladi.
Montaj chizmalar. Yig’ish chizmasiga qo’yilgan qoida bo’yicha soddalashgan tasvirda
bajariladi.
Montaj qilish uchun kerakli tarkibiy qismini ro’yxati va montaj qilinadigan birikma ham,
chizmada joylashtiriladi, spesifikatsiya ko’rinishida taxt qilinadi. Ro’yxat o’rniga montaj
qilinayotgan birlikni belgilanishi, shuningdek yig’ma birlikni montaj qilish uchun kerakli
buyumlar va materiallarni chiqarish chizig’ini tokchasida ko’rsatish mumkin.
1-shakl.
Xulosa va tavsiyalar
Buyumni loyihalashni hamma bosqichlarida yig’ma birlikni chizmalariga ishlov beriladi,
shu bilan birga loyihalash hujjatlariga ishlov berish bosqichida ularni umumiy ko’rinish chizmasi,
ishchi hujjatlarni bajarish bosqichida yig’uv chizmasi deyiladi.
Umumiy ko’rinish chizmasi buyumning konstruksiyasini ishlab bitirish, yig’uv chizma,
uni yig’ish (tayyorlash) va nazorat qilish uchun mo’ljallangan.
Shuningdek yig’uv chizma bo’yicha buyumning konstruksiyasini va ishlash prinsipini
o’rganiladi. Ekspluatatsiya jarayonida tartibga soladi, buyumni ish o’rniga o’rnatadi (montaj
qiladi) va ularni tamirlaydi.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1128
Konstruktorlik byurolarda va o’quv jarayonida yig’ma birlikni chizmasi bo’yicha
buyumning ishchi chizmasi bajariladi. Korxonalarni texnik bo’limida undan ishlab chiqarishni
tayyorlash, texnik xujjatlarni ishlov berish va tayyor mahsulotni nazorat va qabul qilish uchun
foydalaniladi. Yig’ma birlikni chizmasi buyumlarga ajratish va birlikni va unga kiruvchi hamma
buyumlarni konstruktiv tuzilishini to’liq ochadi.
Berilgan mavzuni o’quvchilarga o’rgatishda axborot texnologiyalaridan samarali
foydalanish, innovatsion pedagogic texnologiyalarning mashg’ulot davomida qo’llanilishi
mavzuni o’zlashtirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammo va kamchiliklarni
sezilarli darajada kamayishiga olib keladi, hamda o’quvchilarning mavzuni o’zlashtirishlarida
ijobiy ta’sirini ko’rsatadi
REFERENCES
1.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020 yil 24- yanvardagi Oliy
majlisga murojatnomasi.
2.
.Valiyev A, Boboyeva Z.A, Gulomova N.X, murojatnomas
3.
Mashinasozlik chizmachiligidan grafik vazifalarning metodik ishlanmasi.
4.
Murodov Sh. “Chizma geometriya” Oliy pedagogika o’quv yurtlari uchun darslik,- T:
2008
5.
S.S.Saydaliyev “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” o’quv qollanma -
Toshkent: TAQI, 2017. 292-298 b
