Authors

  • Oltinoy Adxamova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.20626

Keywords:

A. Karazin

Abstract

In the article, the history of visual art of Uzbekistan and the occupation of Central Asia by Russia at the beginning of the 20th century were widely covered.

background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1267

O'ZBEKISTON TASVIRIY SAN'ATI TARIXI XX ASR BOSHLARIDA O`RTA

OSIYONING ROSSIYA TOMONIDAN BOSIB OLINISHI

Adxamova Oltinoy Rafiqjon qizi

Andijon Davlat Pedogogika Instituti Tasviriy sa’nat va grafik muhandislik

yo’nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7980884

Annotatsiya.

Maqolada O'zbekiston tasviriy san'ati tarixi XX asr boshlarida O`rta

Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishi keng yoritildi.

Kalit so’zlar:

A.Karazin, I.Kazakov, S.P.Yudin, R.Zommer, O.K.Tatevosyan.

HISTORY OF VISUAL ART OF UZBEKISTAN. THE CONQUEST OF

CENTRAL ASIA BY RUSSIA AT THE BEGINNING OF THE 20TH CENTURY

Abstract.

In the article, the history of visual art of Uzbekistan and the occupation of Central

Asia by Russia at the beginning of the 20th century were widely covered.

Keywords:

A. Karazin, I. Kazakov, S.P. Yudin, R. Sommer, O.K. Tatevosyan.

ИСТОРИЯ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА УЗБЕКИСТАНА. ЗАВОЕВАНИЕ

СРЕДНЕЙ АЗИИ РОССИЕЙ В НАЧАЛЕ 20 ВЕКА

Аннотация

. В статье широко освещалась история изобразительного искусства

Узбекистана и оккупация Средней Азии Россией в начале ХХ века.

Ключевые слова:

А. Каразин, И. Казаков, С. П. Юдин, Р. Зоммер, О. К. Татевосян.


O'zbekiston tasviriy san'ati tarixiXX asr boshlarida O`rta Osiyoning Rossiya tomonidan

bosib olinishi, san`atda ham o`z ifodasini topdi. Buni dekorativ amaliy san`at asarlaridagi
kompozitsiyalarda, ularning syujet va motivlarida, real hayotning tasvirlanishida, voqe`likni
ustalar tomonidan real tasvirlashga intilishlarida ko`rish mumkin. Bunday o`zgarishlar rus va
o`zbek me`morchilik san`ati an`analarining bir-biriga yaqinlashishi va qo`shilishi natijasida paydo
bo`lgan yangi uslublarda ham namoyon bo`la boshladi.

Realistik dastgoh san`ati maydonga keldi. Buni birinchi bo`lib, XIX asrning 40-yillaridan

boshlab O`rta Osiyoga kela boshlagan rus badiiy maktabining talabalari boshlab berdilar. Bu
borada rus rassomlari A.Karazin, I.Kazakov, S.P.Yudin, R.Zommer, 1886 yilgi ko`rgazmada
toshkentlik To`xta-Sodiq Xo`jayevning alebastrdan yasagan ot va kiyik haykalchalarining
qo`yilishi, 1915 yil bosmadan chiqqan S.Siddiqiyning “Ko`ro`g`li” epik poemasiga ishlangan
grafik illyustratsiyalarining yuzaga kelishi davr taqozosi edi. O`zbekistonda san`atni targ`ib etish,
ko`rgazmalar uyushtirish, muzeylarni milliylashtirish kabi ishlar amalga oshirildi. 1918-20
yillarda Toshkent, Samarqand shaharlarida badiiy maktablar ochildi. Ularga ko`plab mahalliy
yoshlar jalb etildi. Bunda rus va boshqa milliy rassomlar faol ishtirok etdi. Shu bilan birga o`zbek
xalq san`atini o`rganish orqali rassomlar haqiqiy milliy san`at namunasini yaratishga, o`z
asarlarida davrning muhim voqealarini aks ettirishga harakat qildilar. Shunday rassomlardan biri
O.K.Tatevosyan bo`ldi. Korovinning shogirdi bilan bu rassom 1915 yil birinchi bor O`zbekistonga
keldi. Uning serjilo tabiati, boy me`morchilik yodgorliklari yosh rassomni o`ziga mahliyo etdi.

O`zbekistonda o`z ijodiy izlanishlari uchun katta imkoniyatlar borligini his qilgan rassom

o`qishni bitirgach, butunlay O`zbekistonga ko`chib keldi va o`zining sermahsul ijodini boshladi,
yosh rassomlarga murabbiylik qildi. Uning ilk ijodidagi asarlar asosan Samarqandga
bag`ishlangan. Gavjum ko`chalar, noz-ne`matga boy bozorlar, choyxonalar rassomning ko`pgina


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1268

asarlarining mazmunini tashkil etdi. Xalq milliy san`at namunalarini o`rgandi. Asarlarida
O`zbekistonda bo`layotgan o`zgarishlarni, odamlarning mehnatga bo`lgan munosabati badiiy
ifodasini topa boshladi. O`sha yillari O`zbekistonda bir qator iste`dodli rassomlar yashab ijod
qilganlar. Bular ichida Farg`onada tug`ilib o`sgan Aleksandr Volkovning asarlari juda rang-barang
va falsafiy mazmunga boy. Voronejdan kelgan va butun umr Toshkentda yashab ijod qilgan Usto
Mo`min (Nikolayev) bir qator ajoyib nafis, lirik, shoirona asarlar yaratdi.

Davr kayfiyati, kishilarning hayotga bo`lgan yuksak munosabati uning asarlarida o`zining

haqiqiy poetik ifodasini topdi. Uning shunday asarlari ichida “Bahor”, “Bedanaboz”, “Do`stlik»,
«Muhabbat”, “Kuyov”, “Choyxonachi” kabilardir. O`zbekistonda samarali mehnat qilgan rus
rassomlaridan biri Pavel Petrovich Benkov edi. U o`zbek san`atining rivojlanishiga, milliy kadrlar
yetishib chiqishiga katta hissa qo`shdi. U Buxoro, Xiva, Samarqand haqida juda ko`p polotnolar
ishlagan. Bular asosan yarim manzara va yarim maishiy janrda bo`lib, ularda rassom kundalik xalq
turmushini qadimgi nodir me`morchilik fonida ustalik bilan tasvirlaydi. Ajoyib ayollar obrazini
ham yaratadi. “Dugonalar”, “Dutorchi qiz” deb nomlangan asarlar do`stlik mavzusida yaratgan
yirik asarlaridir. 20-30-yillardan boshlab milliy rassomlar ko`rina boshlandi. Ular o`zlarining
dastlabki asarlari bilan respublika badiiy ko`rgazmalarida ishtirok etib, badiiy hayotni yanada
jonlantirdilar.

Bu yillarga kelib san`at mavzusi kengaydi. Do`stlik, tinchlik, mehnat go`zalligini

kuylovchi asarlar yaratildi. Iste`dodli yosh rassom Bahrom O`amdamiyning “Ish tugadi” deb
nomlangan kartinasi shu davrda kishilar ongida sodir bo`lgan o`zgarishlar o`z ifodasini topdi. Shu
bilan birga Lutfulla Abdullayevning “Yosh shoir uyidagi uchrashuv” deb nomlangan asar yoshlar
orasida san`at va ma`rifatga intiluvchi yoshlarning fazilatlarini ochib berishga bag`ishlangan. Bu
yosh rassomlar O`zbekiston san`atining taraqqiyotiga salmoqli hissa qo`shdilar. Ikkinchi jahon
urushi yillari o`zbek rassomlari uchun katta sinov bo`ldi. Ular g`oyaviy jihatdan chiniqdilar. Ular
front g`alabasi uchun rag`batlantira oladigan asarlar yaratishga harakat qildilar.

Urush yillarida O`zbekistonga evakuatsiya qilingan Moskva, Leningrad, Kiyev, Xarkov

badiiy institutlari, ular bilan birga kelgan yetuk san`atkorlar - D.Moor, V.Favorskiy va boshqalar
respublika badiiy hayotini jonlantirishga ko`maklashdilar. Urush tugagach, tinchlik yillari o`zbek
san`ati ham o`z rivojlanishida yangi bosqichga qadam qo`ydi. Inson go`zalligi, tabiat ulug`vorligi
rassomlarimiz polotnosida o`z ifodasini topa boshladi.

Bu urushdan keyingi yillarda yaratilgan A.Abdullayevning A.O`idoyatov portreti,

T.Oybek, L.Abdullayevning “Qahramonni kutib olish”, O`.Tansiqboyevning “Qayroqqum
GESida tong”, R.Ahmedovning “Onalik o`ylari”, R.Timurovning “Samarqand”, Y.Yelizarovning
“O`zbekiston san`atkorlar guruhi portreti”, N.Karaxonning “Oltin kuz”, V.Fadeyevning “Soqchi
ayol”, M.Saidovning “Xirmonda”, Ch.Ahmarovning devoriy rasmlari va boshqalar o`zbek san`ati
tarixida o`zlarining munosib o`rnini egallaydi.

Respublikamiz rassomlari bu davrdan boshlab, barcha ko`rgazmalarda faol ishtirok etib,

san`atimiz ta`sirchanligini ortib borayotganini namoyish ettilar. Bizning rassomlar ko`plab
ko`rgazmalarda qatnashdilar. 60-70 yildan boshlab, o`zbek san`ati yangi pog`onaga qadam qo`ydi.
Bu davrda faqat keksa rassomlar ijodidagina emas, balki yoshlar ijodida ham yangi ifoda
vositalarini izlash, asarlarini talqin etishda uning emotsional tomoniga e`tibor berish
kuchayganligi yaqqol ko`zga tashlandi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1269

Buni

B.Boboyev

va

R.Choriyevlarning

kartinalarida,

T.Muhammedovning

karikaturalarida, F.Grishchenkoning, X.Xusniddinho`jayevning haykallarida ko`rish mumkin.
O`zbek san`ati zafarli yo`lni bosib o`tdi.


REFERENCES

1.

Boltaboevich, B. B. (2020). Formation of the skills of portraying the future teacher
of fine arts in pencil drawing. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary
Research Journal, 10(5), 1122-1127.

2.

Baymetov, B. B., & Muratov, K. K. (2020). Self Sketches as a Tool in the
Professional Training of a Future Artist-Teacher. Solid State Technology, 224-231.

3.

Байметов, Б. Б. (2016). История развития изобразительного искусства
Узбекистана. Наука, образование и культура, (1 (4)).

4.

Baymetov, B. B., & Sharipjonov, M. S. O. (2020). Development Of Students’
Descriptive Competencies In Pencil Drawing Practice. The American Journal of
Social Science and Education Innovations, 2(08), 261-267.

References

Boltaboevich, B. B. (2020). Formation of the skills of portraying the future teacher of fine arts in pencil drawing. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 1122-1127.

Baymetov, B. B., & Muratov, K. K. (2020). Self Sketches as a Tool in the Professional Training of a Future Artist-Teacher. Solid State Technology, 224-231.

Байметов, Б. Б. (2016). История развития изобразительного искусства Узбекистана. Наука, образование и культура, (1 (4)).

Baymetov, B. B., & Sharipjonov, M. S. O. (2020). Development Of Students’ Descriptive Competencies In Pencil Drawing Practice. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(08), 261-267.