INCREASING STUDENT ACTIVITY IN PRIMARY CLASS READING LESSONS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Rajabova, M. (2023). INCREASING STUDENT ACTIVITY IN PRIMARY CLASS READING LESSONS. Modern Science and Research, 2(5), 1140–1142. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20575
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The purpose of writing an article is to increase the activity of students in elementary school classes, to study psychological, psychological and pedagogical problems.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1140

BOSHLANG'ICH SINF O'QISH DARSLARIDA O'QUVCHILAR FAOLLIGINI

OSHIRISH

Rajabova Maxsuda Salimovna

Namangan viloyati Chust tumani 58-maktabning boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7975334

Annotatsiya.

Maqolani

yozishdan

maqsad

boshlang'ich

sinf

darslarida

o'quvchilarning faolligini oshirish, psixologik, psixologik - pedagogik muammolarni o'rganishga
qaratilgan tatiqotlar.

Kalit so'zlar:

boshlang'ich ta'lim, psixologik, psixologik - pedagogik muammolar.

INCREASING STUDENT ACTIVITY IN PRIMARY CLASS READING

LESSONS

Abstract.

The purpose of writing an article is to increase the activity of students in

elementary school classes, to study psychological, psychological and pedagogical problems.

Keywords:

primary education, psychological, psychological and pedagogical problems.

ПОВЫШЕНИЕ АКТИВНОСТИ УЧАЩИХСЯ НА УРОКАХ ЧТЕНИЯ В

НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ

Аннотация.

Цель написания статьи - повысить активность учащихся начальных

классов, изучить психологические, психолого-педагогические проблемы.

Ключевые слова:

начальное образование, психологические, психолого-педагогические

проблемы.

Ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida yangilanayotgan pedagogik tafakkur asosidagi

ta'lim - tarbiya samaradorligiga erishish bevosita o'quvchilar faolligini oshirishga bog'liq
bo'lib qolmoqda. Ma'nan eskirgan va ta'limning sho'rolar tuzumi davridagi avtoritar usuliga
asoslangan shakllari bugungi kun talablariga javob bermay qoldi. Zero, bugungi ta'lim
jarayonida o'qituvchi hukmron bo'lgan, o'uvchining faolligi va mustaqil fikr yuritishga
intilishini mutlaq bo'g'ib qo'yadigan o'qitish metodlaridan batamom voz kechish zarurligi
ta'lim taraqqiyotining muhim shartidir. Buning o'rniga o'quvchi faolligini oshirish hamda
mustaqil fikrlashga kengroq imkon beradigan pedagogik texnologiyalarni joriy etish kun
tartibidagi dolzarb masalalardandir.

Ta'lim tizimini modernizatsiya qilish natijasida samaradorlikni oshirishning o'quvchi

faolligi bilan bog'liqligi mazkur muammoni alohida tadqiq etish zaruriyatini yuzaga keltiradi.
O'quvchi faolligining mohiyati, uni amalga oshirishning ustuvor yo'nalishlari, kelajak avlodni
komil insonlar qilib tarbiyalashga tutgan o'rniga doir muammolar metodika ilmida kechiktirmay
hal qilishi lozim bo'lgan vazifalardir.

Faollik arabcha "faol" so'zidan olingan bo'lib, biror ishga g'ayrat bilan kirishish, astoydil

ishlash, ishchanlik ma'nolarini anglatadi. Shundan kelib chiqib o'quvchi faolligini oshirishni
ta'lim jarayonida uning bilishga bo'lgan ishtiyoqi va intilishiga erishish, shunga odatlantirish,
deyish mumkin. O'quvchilar faolligini oshirish masalasi bugun o'rtaga qo'yilayotgani yo'q.
Forobiy, Al - Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino kabi Sharq mutafakkirlarining inson tafakkuri
va aqliy kamoloti bilan bog'liq qarashlari bevosita ilm olish faolligi muammosiga daxldordir.
Jumladan, Forobiyning ma'lum bir fan asosida tamoyillarni o'zlashtirish, undan tegishli xulosalar
chiqarish, nomaqbul g'oyalarni dalillar bilan inkor etishning inson kamolotida muhim o'rin


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1141

tutishi da doir mulohazalari, Beruniyning ta'limni izchillik, ko'rgazmalilik, muayyan tizim
asosida tashkil qilish yuzasidan bildirgan fikrlari aslida o'quv - biluv faolligining asosini tashkil
etadi.

Yigirmanchi asrning o'rtalaridan boshlab M.G.Davletshin, E.G'oziyev, M.Qodirov kabi

psixolog olimlar, A.Zunnunov, K.Qosimova, O.Roziqov, Q.Abdullayeva va A.G'ulomov kabi
pedagog metadoistlar o'quv-biluv faolligi ta'limiy muammosi yuzasidan e'tiborli kuzatishlarini
bayon qilganlar. So'nggi yillarda esa

Q.Yo'ldoshev,

S.Matchonov,

N.Saidahmedov,

O'.Tolipov,

R.Ibragimov, Q.Husanboevalarning ushbu muammoga daxldor tadqiqotlari

yuzaga keldi. Shundan ham ma'lumki, o'quv - biluv faolligi ta'limning bilimlarni o'zlashtirish
va uni amalda qo'llashning eng maqbul jihatlarini o'zida mujassamlashtiradigan asosiy sifat
mezonidir.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'quv - biluv faolligiga daxldor mavjud

manbalarni quyidagicha ikkita guruhga ajratish mumkin:

1.

O'quvchilar

faolligini

oshirishning

psixologik,

psixologik

-

pedagogik

muammolarini o'rganishga qaratilgan tadqiqotlar.

2. O'quvchilar faolligini oshirishning umumpedagogik muammolariga bag'ishlangan

tadqiqotlar.

Hech bir fan boshqa fanlardan ayricha rivojlana olnaganidek, biz ham o'qish darslarida

boshlang'ich sinf o'quvchilari faolligini amalga oshirish muammosini tor yo'nalishda o'rgana
olmaymiz va uni, tabiiyki, boshqa fanlar bilan bog'liqlikka olib qaraymiz.

Mazkur ilmiy - pedagogik tadqiqotlarda ta'lim jarayonida o'quvchilar faolligini oshirish

xilma - xil omillarga bog'liq ekanligini muayyan darajada ko'rsatib o'tilgan. Bunday omillar
orasida, avvalo, o'quvchining kasbiy salohiyati, o'z faoliyati davomida ta'lim - tarbiya
metodlarini to'g'ri va o'rinli qo'llay bilish mahorati hamda o'quvchilarning bilimlarini
o'zlashtirish darajasi kabilar yetakchi o'rin tutadi.

"Tafakkur—inson ijodiy faoliyatining yuksak shakli, - deb yozadi M.Qayumova.

Shuning uchun o'quvchilarda ijodiy faollikda va uning zaminida yotuvchi mustaqil fikrlash
qobiliyatini shakllantirish umumta'lim maktablari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri
sanaladi".

"kichik yoshdagi o'quvchilarga, - deb yozadi taniqli metodist olim S.Matchonov, - ona

tilini samarali o'rgatish uchun ularni tilni o'rganishga qiziqtirish, ularning o'quv faoliyatini
faollashtirish va aqliy faoliyatlariga maqsadga muvofiq rahbarlik qilish xususan, o'quvchilarga
materiallarni o'zlashtirish usullarini o'rgatish zarur.

Ko'rinadiki, darsda o'quvchilar faolligiga erishish ta'lim tizimini oldidagi dolzarb

masalardan bo'lib, fan asoslarini puxta o'zlashtirishga qaratilishiga ko'ra metodika, barkamol
shaxs tarbiyasiga daxldorligi jihatidan psixologiya bilan chambarchas bog'liqdir. Muammo
yuzasidan olib borilgan tadqiqot boshlang'ich sinflarida o'quvchilar faolligini oshirish
ta'limning keyingi bo'g'inlarida samaradorlikka erishishga asos bo'lishini tasdiqlaydi.

Umumiy ta'lim tizimidagi faollik esa o'quvchilarning kelajakda o'z kasbining fidoyisi

sifatida el - yurt ravnaqiga xizmat qilishlariga zamin hozirlaydi. Demak, millionlab
yoshlarning kelajakda jamiyat va vatan taraqqiyoti yo'lida nechog'lik kamarbasta bo'lishi
ko'p jihatdan ularning ta'lim jarayonidagi faolligiga bog'liq. Zero, o'quv faolligi keng qamrovli
barkamol avlod tarbiyasining muhim qirrasini tashkil etadi. Shunga ko'ra, u umumpedagogik


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1142

muammo bo'libgina qolmasdan, g'oyat muhim ijtimoiy mohiyat kasb etishini ham aslo
unutmaslik kerak.

Har jihatdan faol komil shaxsni tarbiyalash g'oyat murakkab jarayon bo'lib bu vazifani

qay darajada amalga oshirish sub'ektiv va ob'ektiv omillarga ham bog'liqdir.

Agar o'quvchi faolligining o'qituvchiga bog'liqligi sub'ektiv omillardan bo'lsa,

o'quvchilar bilan birgalikda ularga xos ruhiy-pedagogik xususiyatlar, individual sifatlari,
faoliyat turlari ta'lim jarayonining ob'ekti hisoblanadi. O'quvchilarning o'yin kichik maktabga
kelmasdanoq boshlanuvchi o'yin faoliyati muhim o'rin egallaydi. O'yin kichik maktab yoshidagi
bollar faoliyatining yetakchi tarmog'ini tashkil etadi.

O'quvchilarning o'yin jarayondagi faolligini pedagogik maqsadlarga yo'naltirish muhim

ahamiyat kasb etadi. Negaki, o'yin jarayonida bolaning orzu-istaklari, intilishi va
dunyoqarashiga xos belgilar ko'zga tashlanib turadi. Ammo boshlang'ich ta'lim

tizimida

o'quvchilar faoliyatini faqat o'yindan iborat deb qarash ham yaramaydi.

Pedagogika

fanlari

doktori

R.Safarova

o'quvchilarning

aqliy

faoliyatini

faollashtirishda rebus - o'yinlar, topishmoqlar, turli jumboqlar muhim ahamiyatga molik
bo'lib, savod o'rgatish jarayonining qiziqarli va sermazmun bo'lishiga imkon yaratishni to'g'ri
qayd etadi.

O'yin va o'quv faoliyati boshlang'ich sinflarida ta'lim jarayonining o'zaro

chambarchas ikki qismi bo'lib, o'quvchidan yaxlit yondashuvni talab qiladi. Shuning uchun o'qish
va ona tili darslarida o'quv mavzulari mazmunini o'zlashtirishining talay qismini turli o'yinlardan
foydalanish tashkil etadi.

Bolaning shaxsiy faoliyatida undagi jismonan harakatchanlik xususiyatlarini axtarib

olish unchalik qiyin emas. Jismonan harakatchanlik o'quvchi hech qachon faoliyatda turg' un
bo'lmay, hamisha tezkor, xatti - harakatga o'ch bo'ladi. Bunday bolalar tartib - intizom haqidagi
talablarni tez unutadi. Ularda ixtiyor siz harakatlar ko'proq bo'lib, o'quv jarayonida
sinfdoshlariga teginib, xalaqit beradilar. Qo'l, oyoq harakatlarining uzluksizligi, ixtiyorsiz ovoz
chiqarish, xirgoyi qilish, kitob, partalarni chalish kabilar oddiy holga aylanadi. O'uvchilardagi
bunday tug'ma faollikni ta'lim-tarbiya maqsadlariga bo'ysundirish boshlang'ich sinf
o'qituvchisidan o'z mahoratini tinmay oshira borishni talab etadi.

REFERENCES

1.

Umumiy o'rta ta'limning boshlang'ich ta'limdan Davlat ta'lim standart va o'quv
dasturi. - T. : Respublika ta'lim markazi, 2017 yil

2.

Matchonov S. Va boshqalar. Boshlang'ich sinf ona tili darslarini pedagogik
texnologiyalar asosida tashkil etish. - T. :Yangiyo'l poligraf servis, 2008 yil.

3.

Matchonov S. va boshqalar. Ona tili o'qitish metodikasi. - T.: Noshir, 2009 yil.

4.

Hozirgi o'zbek tili faol so'zlarining izohli lug'ati. - T.: Sharq nashriyot -
matbaa konsepni aktsiyadorlik kompaniyasi. 2001 yil.



References

Umumiy o'rta ta'limning boshlang'ich ta'limdan Davlat ta'lim standart va o'quv dasturi. - T. : Respublika ta'lim markazi, 2017 yil

Matchonov S. Va boshqalar. Boshlang'ich sinf ona tili darslarini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish. - T. :Yangiyo'l poligraf servis, 2008 yil.

Matchonov S. va boshqalar. Ona tili o'qitish metodikasi. - T.: Noshir, 2009 yil.

Hozirgi o'zbek tili faol so'zlarining izohli lug'ati. - T.: Sharq nashriyot -matbaa konsepni aktsiyadorlik kompaniyasi. 2001 yil.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов