ADVANTAGES OF TECHNOLOGY SCIENCE IN SCHOOL TEACHING

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Mamajonova, G., Orifjonova , S., & Jumaboyeva, M. (2023). ADVANTAGES OF TECHNOLOGY SCIENCE IN SCHOOL TEACHING. Modern Science and Research, 2(6), 339–342. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21089
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article will talk about the implementation of the requirements of the technology education program, providing thematic knowledge, providing students with a certain amount of Polytechnic knowledge in the formation of skills and abilities, the benefits of Technology Science and its teaching in schools.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

339

TEXNOLOGIYA FANINI MAKTABDA O‘QITILISHDA AFZALLIKLARI

Mamajonova Guluzra Abdurashidovna

Andijon davlat Pedagogika instituti Informatika va aniq fanlar kafedrasi v.d.

Orifjonova Sarvinoz Doniyorbek qizi

Jumaboyeva Mohira Avazbek qizi

Andijon davlat Pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Texnologik

ta'lim yo'nalishi 202-guruh talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.8026212

Annotatsiya

. Ushbu maqolada texnologiya ta’limi dasturi talablarini bajarishda, mavzuga

oid bilim berishda, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishda o‘quvchilarga ma’lum hajmdagi
politexnik bilimlar berishi haqida, texnologiya fanining afzalliklari va maktablarda o`qitilishi
haqida so`z boradi.

Kalit so`zlar:

texnologiya, ilm, dars, maktab, sinf o`quvchilari, o`qituvchi, nazariya,

inson, bilim olish, bilim berish.

ADVANTAGES OF TECHNOLOGY SCIENCE IN SCHOOL TEACHING

Abstract.

This article will talk about the implementation of the requirements of the

technology education program, providing thematic knowledge, providing students with a certain
amount of Polytechnic knowledge in the formation of skills and abilities, the benefits of Technology
Science and its teaching in schools.

Key words:

technology, science, lesson, school, classroom students, teacher, theory,

person, knowledge acquisition, knowledge giving.

ПРЕИМУЩЕСТВА ТЕХНОЛОГИИ В ШКОЛЬНОМ ОБУЧЕНИИ

Аннотация.

В этой статье рассказывается о предоставлении учащимся

определенного объема политехнических знаний при выполнении требований программы
технологического образования, предоставлении предметных знаний, формировании
навыков и умений, о преимуществах науки о технологиях и их преподавании в школах.

Ключевые слова:

технология, наука, урок, школа, ученики класса, Учитель, теория,

человек, получение знаний, передача знаний.

Ma’lumki, tasavvuf ilmida komil insonni ruhan shakllantirish, kamolotga yetkazish

nazariyasi bosh masala hisoblanadi. Bu nazariyaga ko‘ra tasavvufdagi komil inson yoki «al-
inson al-komil» tushunchasi ilohiylik va insoniylik tajassumining mukammal va oliy
darajasi, odamlarning butunlikda, azim uyg‘unlikda ko‘rish orzu- xayollari, kamolot mash’ali
bo‘lish barobarida aniq shaxslar, insonlar rutbasini tan olish va qonunlashtirish hamdir. Chunki
komil inson barcha ilmlardan, zohiriy va botiniy donishdan bexabar, qalbida g‘ayb asrori
jo‘sh urib turgan zot deb bilingan. Mustaqillik barcha xalqlarning rivojlanishi uchun sharoit
tug‘dirib beradi.

Har bir xalqning odat va marosimlarida xalq hayotini zamonaviy

turmushiga uzluksiz singgan chuqur xalqchil va ilg‘or elementlar mavjuddir. Xalqda
mehnatsevarlikni shakllantirish uchun o‘sib kelayotgan yosh avlod atrofida mustahkam va
turg‘un mehnat muhitini hosil qilish zarur. Shuning uchun o‘zini oqlagan ko‘p asrlik mehnat
an’analarini o‘rganish va targ‘ibod qilish kerak.

Texnologiya ta’limi dasturi talablarini bajarishda, mavzuga oid bilim berishda, malaka

va ko‘nikmalarni shakllantirishda o‘quvchilarga ma’lum hajmdagi politexnik bilimlar


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

340

beriladi. Boshlang‘ich politexnik bilim bilan qurollantirish o‘quvchilarga predmetni yasash,
ishlov berilayotgan materialning xususiyatlari, texnologik o‘ziga xosliklari, materialga qo‘lda
ishlov berilganda qo‘llaniladigan asbob-moslamalarning xususiyatlari, ulardan foydalanish
qoydalari haqida ma’lumot berib boriladi.

O‘quvchilarga berilayotgan politexnik bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarga o‘rgatish

ma’lum nazariy darajada amalga oshirishga imkon beruvchi zamindir. Amaliy malaka va
ko‘nikmalar bilan qurollantirish - amaliy mashg‘ulot turlarini o‘rgatish

ham

demakdir.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bajarishi kerak bo‘ladigan amaliy ish turlari xilma-
xildir, biroq texnologiya malaka va ko‘nikmalarini egallamasdanoq amaliy ish jarayonidagi
materiallarni o‘lchab olish va belgilash, ularni qirqib, ishlov berish, qismlarni yelimlash, tikish,
o‘rash va bog‘lash kabi yo‘llar bilan birlashtirish va mustahkamlash, detallarni yig‘ish va
buyumni mantaj qilish va buyumni bezash ishlarini bajarish bir qator qiyinchiliklar
tug‘diradi.

O‘quvchilardagi texnologiyaga bo‘lgan qiziqishni o‘z vaqtida aniqlash va ularga

texnologiya malakalarini sevgan mashg‘ulotlarida takomillashtirishlariga yordamberish juda
muhimdir.

Bunda o‘quvchilarning e’tiboriga eng oddiy buyum o‘yinchoqlarni, o‘yinlarni, o‘quv

qurollarini tayyorlash, naqshlar chizib va qirqib olish, applikatsiya ishlari havola etiladi. Bundan
tashqari o‘quvchilarda

texnologiyaga qiziqishni uyg‘otish, texnologiya darslarida hosil

qilingan

bilimlarni

kengaytirish

va chuqurlashtirish,

ko‘nikma

va

malakalarini

mustahkamlash uchun “Mohir qo‘llar” to‘garaklarida, sinfdan tashqari ishlarni tashkil
etish maqsadga muvofiqdir.

Ko‘nikma – bu kishining bilim va tajriba asosida egallangan, ma’lum harakatni ongli

bajarishga bo‘lgan qobiliyatidir. Masalan: kartonni kesa bilish ko‘nikmasi, qaychini to‘g‘ri
ishlata olish, harakatni aniq muvofiqlashtirish, yo‘nalish, kuch va bosimning tengligini saqlash.

Malaka – bu faoliyatdagi mashq qilishlar jarayonida yetilgan, mujassamlashgan tajribadir.

Bu tez va aniq bajarish, mashq qilish tufayli tarkib topgan ko‘nikma yoki bu ma’lum miqdordagi
mashq va usullar bajarilganda ko‘nikmadan sakrab o‘tish degan ma’noni anglatadi. Shunung
uchun mazkur ko‘nikma agarda malakani yuzaga keltirishni nazarda tutgan mashq va usullar
to‘g‘ri tuzilgan bo‘lsa u to‘g‘ri malakaga aylanishi mumkin. Biroq malakaning takommillashuv
darajasi o‘qitishning turli bosqichlarida turlichadir. Uning strukturasi ham o‘zgaruvchandir.
Mashqlar jarayonida o‘quvchilar bajarilayotgan harakatlar murakkablashib

borgan

sari,

asta-sekin oddiy malakalarning murakkab malakalarga birlashuvi sodir bo‘ladi.

Umumiy o’rta ta’lim maktablarining o’quv rejasida texnologiya o’quv faniga 1-4 sinflarda

haftasiga 1 soatdan, 5-7 sinflarda haftasiga 2 soatdan va 8-9 sinflarda haftasiga 1 soatdan,
hammasi bo’lib 408 soat vaqt ajratiladi.

O’quvchilarni mehnatga tayyorlash jarayonida kasb-hunarga yo’naltirishni yanada

kuchaytirish, ularni badiiy mehnat yo’nalishlari, uy-ro’zg’or buyumlarini ta’mirlash, zamonaviy
ishlab

chiqarish

asoslari,

metall

va metalmas hamda gazlamaga ishlov berish

texnologiyasi,

pazandachilik,

xalq hunarmandchiligi

asoslari,

ro’zg’orshunoslik,

elektrotexnika ishlar, kasb-hunarga yo’llash bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni
egallash ko’zda tutilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

341

5-7 sinflarda o’quvchilarning ijtimoiy-estetik didi va dunyoqarashini kengaytiradigan,

oilaviy hayot va turmushda kerak bo’ladigan yuqorida ko’rsatilgan bo’limlar o’quvchilarda
milliy madaniyat va an’analarga mehr-muhabbat uyg’otadi.

8-9 sinflarda xalq hunarmandchiligi texnologiyasi, ro’zg’orshunoslik asoslari,

elektronika asoslari, kasb-hunarlarga yo’naltirish bo’limlari ta’lim oluvchilarning ijtimoiy
dunyoqarashini kengaytiradi, kasb-hunar ta’limi yo’nalishlarini ongli ravishda tanlashlariga
ko’maklashadi.

Umumta’lim

maktablarida

texnologiya

fani

yuqori

bosqichlardagi

ta’lim

muassasalarida kasb-hunar ta’limi va tarbiyasini amalga oshirishning negizi bo’lib,uning
mazmuni asosan quyidagi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi.

I-IV sinflar – keng ko’lamda ishlatiladigan turli xil oddiy materiallar (qog’oz, rangli

qog’oz, karton turlari, poralon, penoplast, paxta va matolar qiyqimlari, plastilin, simlar va
boshq.) bilan tanishtirish, buklash, qirqish, yelimlash, bichish, tikish, to’qish usullari orqali
kichik hajmdagi o’yinchoqlar va oddiy buyumlar yasash, xalq hunarmandchiligi to’g’risida
boshlang’ich tushunchalar berish, o’quvchilarni o’z-o’ziga xizmat ko’rsatishga o’rgatish,
uy-ro’zg’or buyumlarining kichraytirilgan nusxalarini (modellar, maketlar) tayyorlashni,
buyumlarni yasash yo’llari, uslublari o’rganiladi. V- IX sinflarda uchta “Texnologiya
va dizayn”, “Servis xizmati” hamda “Umumlashgan (o’g’il va qiz bolalar)” yo’nalishlari
bo’yicha tashkil etiladi va 5-7 sinflarda haftasiga 2 soat, 8-9 sinflarda 1 haftasiga 1 soatdan
darslar o’qitiladi. Ushbu har bir texnologiya fani

yo’nalishlari

xalq

hunarmandchiligi

texnologiyasi, ro’zg’orshunoslik asoslari, elektronika asoslari, kasb tanlashga yo’naltirish bilan
yakunlanadi.

Texnologiya va dizayn. Bu yo’nalish bo’yicha tashkil qilingan ta’lim jarayonida

o’quvchilar turli materiallar (yog’och, metall, plastmassa va boshqalar)ning xususiyatlari
to’g’risida boshlang’ich bilimlarga ega bo’ladilar: ularni rejalash, arralash, teshish, yo’nish,
pardozlas ishlari va ularda ishlatiladigan asboblarning tuzilishi, ishlashi, dastgohlar, elektr va
mexanizasiyalashtirilgan jihozlar, mashinashunoslik elementlari, yangi texnika va ilg’or
texnologiya asoslari, elektronika, avtomatlashtirish, texnologik xaritalar, ularni tuzish,
elektrotexnika ishlari, uy-ro’zg’or buyumlarini ta’mirlash, mehnat qonunchiligi va xavfsizlik
texnikasi qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari to’g’risida nazariy bilimlarga ega bo’ladilar.
Metall va metallmas buyumlar bilash ishlashni o’rganish jarayonida o’quvchilar turli asboblar
bilan ishlash, amaliy ko’nikmalarni, texnologik xaritalar bilan ishlash, ro’zg’orbop va
xaridorgir buyumlarni ishlab chiqarishni o’rganish bo’yicha asosiy tushuncha, texnikaviy
andozalar (shablonlar) hamda boshqa turdagi ko’nikma va malakalarni egallaydilar.


REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’grisida”gi Qonuni // Barkamol

avlod-

O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: “Sharq” nashriyot matbaa-konserni. 1997-
yil.

2.

Azizxo‘jaeva N. N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. –T.:

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti. 2006 y.

3.

o‘ldoshev J. Yo‘ldosheva F. Yo‘ldosheva G. Interfaol ta'lim sifat kafolati. –T.: 2008 y.

4.

Mavlonova R., Arabova M., Pedagogik texnologiya (metodik qo‘llanma) –T: 2008 yil.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

342

5.

Усмонов,М.T. (2021). Интегрирование корней (иррациональных функций).

Примеры решений. «Science and Education» Scientific Journal, Tom-2,

6.

Усмонов,М.T. (2021). Криволинейные интегралы. Понятие и примеры решений.

«Science and Education» Scientific Journal, Tom-2,

7.

Усмонов,М.T. (2021). Гипергеометрическое распределение вероятностей. «Science

and Education» Scientific Journal, Tom-2,

8.

Усмонов,М.T, М.А.Турдиева (2021). ГЛАВА 9. МЕТОДЫ И СРЕДСТВА

СОВРЕМЕННОЙ ЗАЩИТЫ КОМПЬЮТЕРНЫХ СЕТЕЙ. РИСКИ И
ПРИНЦИПЫ ЗАЩИТЫ ИНФОРМАЦИИ В ЭЛЕКТРОННОЙ ПОЧТЕ. ББК 60
С69, Ст-99.

9.

Усмонов,М.T. (2021). Абсолютная и условная сходимость несобственного

интеграла. Признак Дирихле. Признак Абеля. «Science and Education» Scientific
Journal, Tom-2,

References

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’grisida”gi Qonuni // Barkamol avlod- O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: “Sharq” nashriyot matbaa-konserni. 1997- yil.

Azizxo‘jaeva N. N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. –T.: O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti. 2006 y.

o‘ldoshev J. Yo‘ldosheva F. Yo‘ldosheva G. Interfaol ta'lim sifat kafolati. –T.: 2008 y.

Mavlonova R., Arabova M., Pedagogik texnologiya (metodik qo‘llanma) –T: 2008 yil.

Усмонов,М.T. (2021). Интегрирование корней (иррациональных функций). Примеры решений. «Science and Education» Scientific Journal, Tom-2,

Усмонов,М.T. (2021). Криволинейные интегралы. Понятие и примеры решений. «Science and Education» Scientific Journal, Tom-2,

Усмонов,М.T. (2021). Гипергеометрическое распределение вероятностей. «Science and Education» Scientific Journal, Tom-2,

Усмонов,М.T, М.А.Турдиева (2021). ГЛАВА 9. МЕТОДЫ И СРЕДСТВА СОВРЕМЕННОЙ ЗАЩИТЫ КОМПЬЮТЕРНЫХ СЕТЕЙ. РИСКИ И ПРИНЦИПЫ ЗАЩИТЫ ИНФОРМАЦИИ В ЭЛЕКТРОННОЙ ПОЧТЕ. ББК 60 С69, Ст-99.

Усмонов,М.T. (2021). Абсолютная и условная сходимость несобственного интеграла. Признак Дирихле. Признак Абеля. «Science and Education» Scientific Journal, Tom-2,

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов