Authors

  • Sevinch Murodova
  • Xurriyat Xudoymurodova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.21561

Keywords:

Literature

Abstract

About the situation in which the work was born and why it reached this livel i.e.it acquired the level of being able to describe the world.

background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1055

ADABIYOTDA DUNYONING BADIIY TASVIRI

Murodova Sevinch Abdimo’min qizi

Filalogiya va tillarni o’qitish o’zbek tili ta’lim yo’nalishi talabasi

Xudoymurodova Xurriyat

Termiz davlat universiteti filalogiya fanlari dotsenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.8063616

Annotatsiya.

Asar qay holatda tug’ilishi va nima sababdan u shu darajaga yetib

kelishi,ya’ni dunyoni anlata olish darajasini egalagani to’g’risida.

Kalit so’zlar:

Adabiyot, adabiyotning vazifalari, adabiyotning yaralishi.

ARTISTIC REPRESENTATION OF THE WORLD IN LITERATURE

Abstract.

About the situation in which the work was born and why it reached this livel i.e.it

acquired the level of being able to describe the world.

Key words:

Literature, functions of literature, creation of literature.

ХУДОЖЕСТВЕННОЕ ПРЕДСТАВЛЕНИЕ МИРА В ЛИТЕРАТУРЕ

Аннотация.

О ситуации, в которой произведение родилось и почему оно достигло

этого уровня, т. е. приобрело уровень возможности описания мира.

Ключевые слова:

Литература, функции литературы, литературотворчество.


Adabiyot o’zi shu birgina so’z butun bir olamni eslatadi kishiga . Adabiyot har zamonda

ham uni o’qigan kishiga zavq beradi . Adabiyot chegara bilamaydi . Bir millat kuychisi boshqa bir
millatning ham eng sevimli ijodkori hisoblanishi shubhasiz . Shuning uchun ham adabiyotni faqat
adabiyotshunoslar emas butun millat o’qiydi , xalq o’qiydi , dunyo o’qiydi. Adabiyotda millat
qiyofasi o’z aksini topadi va u millatni jahonga tanitadi , ko’z – ko’z qiladi . Dunyoda shoirlar
ko’p . Shoirlar qancha ko’p bo’lsa , adabiyot gulshani turfa gullar bilan shunchalik go’zal bo’ladi
. Adabiyot – so’z san’ati , insonning dahosi yaratgan sirli va sehirli mo’jiza. Insonlarning komolati
va ma’naviyati shakllanishida adabiyotning o’rni beqiyosdir.

“Adabiyot”arabcha so’z bo’lib , “odoblar yig’indisi”, boshqacha aytganda “odoblar

xazinasi” degan ma’noni beradi.Odob esa ma’naviy atalmish tushunchaning asosi
hisoblanadi.Shuning uchun ham adabiyotni ma’naviyat xazinasi desak ham bo’ladi. Adabiyotning
quyidagi vazifalari bor:

1.Hayotning haqoniy badiiy inekosini yaratish;
2.Inson obrazini yaratish, uning ichki olamini tasvirlash , tabiati va ruhiyatidagi go’zallik

kurtaklarining tashqi olam ta’sirida g’uncha tugishi va gullash jarayonini ko’rsatish;

3.Tarix o’tmishdagi, shuningdek, hozirgi davrdagi ibratli voqealar va ajoyib kishilar

hayotini aks ettirish orqali kishilarga emotsional ta’sir o’tkazish, zavq – shavq bag’ishlash, ularni
tarbiyalash , ularning barkamol shahs bo’lib shakllanishida faol ishtirok etish .

Adabiyotning bosh vazifasi esa inson qalbida ezgulikka muhabbat , ezgulikka nafratni

uyg’otishga qaratilgan . Biz bilamizki eng yaxshi narsa ham so’z , eng yomon narsa ham so’z
sanaladi . Kitobxon badiiy asar o’qir ekan u qahramonalrning qaysinidir o’zini ideali qilib olishga
harakat qiladi. Demak o’sha kitobxon asarda huddi o’zidek yoki bo’lmasa sal bo’lsada o’xshash
epizodni tanlaydi.O’sha obraz qay holda ishtiroketishiga qarab o’qigan inson
o’zgaradi,hayajonlanadi, nafratlanadi va h.k .Shu holatlatda yozuvchining so’z qo’llash
mahoratini ko’rishimiz mumkin.Badiiy asar insonning tashqi va ichki qiyofasini yaratadi.Misol


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1056

uchun huddi Homid singari. Bunda bilamizki Homidning qanday insonligi uning tasviridan ko’zga
yaqol tashlanadi. Adabiyot insonning borlig’iga aylanishi mumkin ,agarda shu asar hayotiy
detallar asosida tuzilgan bo’lsa , dunyodagi bor muammolar asosida yozilgan bo’lsa , dunyo
go’zalliklarini o’zida jamlagan bo’lsa uni mukamal asar deya olamiz . Asar syujeti kitobxonni
o’ziga bo’ysundira oladi.Adabiyot dunyoning yaratilishi va taraqqiyotni ko’zlaydi . Chunki ,
asarlarni o’qir ekanmiz dunyo huddi adabiyotda jam bo’layotgandek his qilamiz o’zimizni
.Adabiyot taraqqiyotning kaliti, kelajakning kaliti , turmush va bugunimizning kaliti desak
mubolag’a bo’lmaydi.Adabiyot dunyoni anglatadi , hayotni o’rgatadi yurish turish , hayot
faoliyatni yaxshilaydi. Adabiyotshunosni yoniga borsak yokida u kishidan biroz suhbat qursak ,
borliq hayotimiz biz o’ylaganda boshqa ekanligini anglaymiz.Adabiyotni avvalgidan ham ko’proq
o’qishga, faqat, vaqtni shunga sarflashga harakat qilamiz. Albatta,asarni sevgan inson borliqni
butun olamni sevadi.Bu esa ijodkorlar va yozuvchilarimizga bog’liq.Asar yozilar ekan u avvalo
shakllanadi, mantiqiy xulosalar chiqariladi, teran tafakkur orqali idrok etiladi va so’ngida
qog’ozga tushuriladi.Unda ham qog’ozga tushurilgan holida kitob qilinmaydi , takror - takror
yoziladi.Takror – takror o’zgartirishlar kiritiladi.Asar mazmuni sermazmun,kitobxonlar etiborini
torta olishi uchun juda katta kuch talab etiladi.Asar yozuvchisi asariga bor vujudini berib yaratadi
. Qahramonlar qanday azoblarni ko’rgan bo’lsa ijodkor uni oldindan ko’rgan, his qilgan bo’ladi
.Chunki, yozuvchi yozish davomida qahramonlardan oldin u o’zi shu narsalarni sinab ko’radi va
o’zining ichidan nimalar o’tgan bo’lsa barini qog’ozga ko’chiradi.Misol uchun :”O’tkan
kunlar”dagi Kumush, “Ota”ramanidagi Sevinch obrazlarida “Kecha va kunduz”dagi Zebi obrazida
ham shu holatlarni keltira olamiz.

REFERENCES

1.

F.Boynazarov.-Jahon adabiyoti.-Musiqa nashriyoti,-Toshkent. -2006 yil.

2.

D.Quronov.-Adabiyot nazariyasi asoslari.-Navoiy universiteti,-Toshkent.-2018 yil.

3.

S.Matjon,Sh.Sariev.-O’zbek adabiyoti.-Oltinchi nasr .-Toshkent.-2005 yil.

References

F.Boynazarov.-Jahon adabiyoti.-Musiqa nashriyoti,-Toshkent. -2006 yil.

D.Quronov.-Adabiyot nazariyasi asoslari.-Navoiy universiteti,-Toshkent.-2018 yil.

S.Matjon,Sh.Sariev.-O’zbek adabiyoti.-Oltinchi nasr .-Toshkent.-2005 yil.