THE HISTORY OF THE APPEARANCE OF FIBER-OPTIC COMMUNICATION LINES AND THE DEVELOPMENT OF FIBER-OPTIC COMMUNICATION LINES IN

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Mamarizoyeva, F. (2023). THE HISTORY OF THE APPEARANCE OF FIBER-OPTIC COMMUNICATION LINES AND THE DEVELOPMENT OF FIBER-OPTIC COMMUNICATION LINES IN. Modern Science and Research, 2(7), 271–274. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/22224
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Optic communication lines in the modern period of development in the field of telecommunications, as well as to familiarize with the work carried out in this area in Uzbekistan.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

271

OPTIK TOLALI ALOQA LINIYALARINING PAYDO BO'LISH TARIXI VA

O'ZBEKISTONDA OPTIK TOLALI ALOQA LINIYALARINING RIVOJLANISHI

Feruza Mamarizoyeva Qahramon qizi

TKTIYAF “NMKT” yo‘nalishi III bosqich talabasi

E-mail:

feruzamq1998@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.8175088

Annotatsiya.

Hozirgi rivojlanish davrida telekommunikatsiya sohasida optik tolali aloqa

liniyalarining rivojlanish tarixini yoritish va O'zbekistonda soha bo'yicha amalga oshirilayotgan
ishlar bilan tanishtirish.

Kalit so'zlar:

telekommunikatsiya, optik aloqa, optik kabel, yorug'lik, nur, lazer, tizimlar va

liniyalar.

ИСТОРИЯ ПОЯВЛЕНИЯ ВОЛОКОННО-ОПТИЧЕСКИХ ЛИНИЙ СВЯЗИ И

РАЗВИТИЯ ВОЛОКОННО-ОПТИЧЕСКИХ ЛИНИЙ СВЯЗИ В УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация.

Осветить историю развития волоконно-оптических линий связи в

современный период развития и в области телекоммуникаций, а также ознакомить с
работами, проводимыми в этой области в Узбекистане.

Ключевые слова:

телекоммуникации, оптическая связь, оптический кабель, свет,

луч, лазер, системы и линии.

THE HISTORY OF THE APPEARANCE OF FIBER-OPTIC COMMUNICATION

LINES AND THE DEVELOPMENT OF FIBER-OPTIC COMMUNICATION LINES IN

Abstract.

Optic communication lines in the modern period of development in the field of

telecommunications, as well as to familiarize with the work carried out in this area in Uzbekistan.

Keywords:

telecommunications, optical communication, optical cable, light, beam, laser,

systems and lines.

Optik aloqa-optik shisha tolali kabel yordamida amalga oshirilib, ma'lumotlar yorug'lik nuri

ko'rinishida uzatiladi. Optik aloqa qurilmalari, vositalari va texnologiyalarining majmui optik
aloqa tizmalari deb ataladi.

Hozirgi raqamli texnologiyalar davrida, optik aloqa tizimlari va u bilan ishlaydigan

texnologiyalarga talab juda katta. Biz optik aloqa tizimlarini telekommunikatsiya sohasida tub
burulish yasagan muhum ixtirolardan biri deb ayta olamiz.

Insoniyat taraqqiyotida aloqaning roli katta bo'lgan, bunga sabab yorug’lik nurining tarqalish

tezligini juda yuqoriligi, to'g'ri chiziqli tarqalishi va boshqa xususiyatlaridir.

Axborotlarni uzatish uchun yorug'lik nurining qo'llanilishi uzoq tarixga ega. Dastlab,

dengizchilar axborotlarni uzatish uchun signal lampalarini qo'llaganlar, mayoqlar esa ko'p asrlar
davomida

dengizchilarni

xavf-xatardan

ogohlantirgan.

XVIII

asrning

90-yillarida

I.P.Kulibin(Rossiya) va K.Shapp(Fransiya) bir-biridan bexabar optik telegraf ixtiro qilishgan. Bu
optik telegraf quyosh nurini ko'zgular yordamida qaytarish asosida ishlagan.

Axborotlarni masofaga uzatishda yorug'lik nurining qulayligini sezgan amerikalik ixtirochi

Aleksandr Grexem Bell 1882-yilda fokuslantirilgan quyosh nurini qo'llab, Vashingtonda ikki bino
tomi o'rtasida optik telefon (fotofon) aloqasini o'rnatgan. U o'zining qurilmasi yordamida ovozni
nur orqali 200 metr masofaga uzatgan. Bu tizimlar atmosfera orqali to'g'ri uzatishni ta'minlangan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

272

Axborotlarni ochiq atmosferada uzatish yaxshi natija bermadi. Bunga sabab atmosferadagi

harorat, havo oqimi, changlar, tuman va hakozolar tinimsiz o'zgarib turganlgi sababli ochiq havo
yorug'lik uzatuvchi muhit sifatida ishlashga yaroqsizligi va bu muammoning yechimi -
axborotlarni yorug'lik uzatkich bo'ylab uzatish g'oyasi olimlar tomonidan XX asming 60-yillarida
aniqlandi. Bu g'oya yaratilgunga qadar olimlar bu borada tinimsiz ilmiy izlanishlar olib bordilar.

Birinchi yorug'lik uzatkichlar-XIX asrning 70-yillarida (1874-1876 yillar) Rossiyada

yaratilgan. Rus elektrotexnigi V.N.Chikolev bir necha xonalarni bitta lampa bilan yoritish uchun
ichi oynali metall trubalarni ishlatgan. 1905-yilda R.Vud “fizik optikada” shisha yoki eng yaxshisi
kvars tayoqcha devorlaridan “ichki qaytishni” qo'llab, yorug'lik energiyasini katta yo'qotishlarsiz
bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga o'tkazish mumkin, deb yozgan. 1920-1930-yillari Germaniyada
elektromagnit to'lqinlarni shaffof yorug'lik o'tkazgichlar orqali uzatish bo'yicha ishlar olib borildi
(O.Shriver, U.Bregg). 1927-yili Bayrd(Angliyada) va Xanzell(AQSHda) televideniyada
tasvirlarni uzatish uchun juda ko'p tolalar ishlatish kerak, degan g'oyaga keldilar. Shu tarzda, o'tgan
asrning 50-yillarigacha tasvirlarni ingichka yorug'lik uzatkich orqali uzatish g'oyasi, ya'ni tolali
optika g'oyasi rivojlanib bordi. 1951-yilda tolali optik aloqa rivojlanishining yangi bosqichi
boshlandi: Van Xiil(Gollandiyada), Kapani va Xopkins(Angliyada) bir-biridan bexabar tasvirlarni
uzatish uchun shisha tolalarning mustahkam sozlanuvchan moslamani yaratish va ular yordamida
tasvirlarni uzatish qonuniyatlarini tadqiq etish bo'yicha ish boshladilar. Bunday uzatishda juda ko'p
ingichka tolalar talab etilgan, ularni zich joylashtirish esa yorug'likning bir toladan boshqasiga
o'tib ketishiga olib kelgan.

Bunday yorug'lik uzatuvchi tolalarda yorug'likning izolyatsiyasi masalalarini hal etishida

Van Xiilning xizmatlari katta bo'ldi. 1953-yili Van Xiil plastikdan tayyorlangan sindirish
ko'rsatkichi 1,47 bo'lgan yorug'likni izolyatsiyalovchi qobiqli shisha tolani yaratdi (shishaning
sindirish ko'rsatkichi 1,5-1,7). Uning g'oyasi shundan iborat ediki, yorug'lik uzatkichning sindirish
ko'rsatkichi qobiqnikidan katta bo'lishi kerak, shundagina yorug'lik nurining to'liq ichki qaytishiga
erishish mumkin. 1958-1959-yillarda Kapani va Xirshovis tomonlaridan bu g'oya
mukammalashtirildi. Ular kichik sindirish ko'rsatkichga ega bo'lgan shisha qobiqli shisha tola
yaratdilar. Bu tolada yo'qotishlar plastik qobiqli tolaga nisbatan kamaygan, qobiqning
sayqallangan tola yuzasini tashqi mexanik ta'sirlardan himoyalovchi boshqa vazifasi ham yuzaga
keladi. Shunday qilib, Van Xiil, Kapani va Xirshovis ishlaridan (1953-1959-yillar davri oralig'ida)
tolali optikaning asosiy prinsipi-yorug'likni ikki qatlamli dielektrik yorug'lik uzatkichlar bo'ylab
uzatish prinsipiga asos solindi. Barcha zamonaviy yorug'lik uzatkichlar ana shu prinsip asosida
ishlaydi. 1959-yili N.G.Basov hamkasblari bilan birgalikda qattiq jismli yorug'lik kvant
generatorlarini yaratish uchun yarimo'tkazgichli materiallarni ishlatishni taklif etdi. Bunday
nurlanish manbalari lazerlar (Light Amplification by Stimulated Emission of Radiation-LASER)
deb ataldi. Olimlar bu kashfiyot uchun 1964-yilda fizika bo'yicha Nobel mukofotini oldilar.

Odatdagi optik nurlanish manbalariga qaraganda lazer nurlanishi yuqori monoxromatiklik,

kogerentlik hamda juda yuqori intensivlikka ega va shuning uchun uni uzatish tizimlarida eltuvchi
tebranish sifatida qo'llanilishi tabiiy edi. Lazer nurlanishi keng o'tkazish polosasini hosil qilish
imkoniyatini yaratdi.

Geliy-neon lazerli uzatish tizimi (ochiq fazodagi to'lqin uzunligi X=0,63 mkm, chastotasi

f=4,7-1014 GHz) 4700 GHz (asosiy chastotadan 1%) o'tkazish polosasiga ega bo'lib unda,
birvaqtda millionga yaqin televizion kanallarni joylashtirish mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

273

1960-yillarda lazer nurlanishining turli modulyatsiya(chastota, faza, amplituda, intensivlik

va qutblanish bo'yicha, impulsli modulyatsiya) turlarini amalga oshirish bo'yicha ko'plab texnik
yechimlar tavsiya etildi, shuningdek, yorug'likning ochiq fazoda tarqalishini qo'llovchi bir qator
lazer uzatish tizimlari yaratildi. Axborotlarni ochiq fazoda uzatishda hosil bo'ladigan yuqorida
aytib o'tilgan kamchiliklar, shuningdek, bunday tizimlarda qo'laniladigan nurlanish manbalari
foydali ish koeffitsientining kichikligi ularni telekommunikatsiya tarmoqlarida qo'lanilishini
chegaralaydi.

Hozirda bir qator kamchiliklariga qaramay bunday tizimlar kosmosda, ba'zi xorijiy

mamlakatlarda ko'p qavatli baland binolarda qo'llanilmoqda.

O'sha vaqtda yaratilgan optik tolaning so'nish qiymatlari katta bo'lib, taxminan 1000 dB/km

ga teng bo'lgan. Bunday tolaga kiritilgan nur qisqa masofada deyarli butunlay yutilib ketadi. Bu
kamchilikni bartaraf etish maqsadida ko'plab tadqiqotlar olib borildi.

1966-yilda ingliz olimlari Kao va Xokxem o'zlarining ilmiy izlanishlarida optik toladagi

nurning yutilish sabablarini tahlil qilib, nurning yutilishiga asosiy sabab metall ionlarining
qoldiqlari ekanligini aniqladilar.

Olimlar agar shisha ana shu ionlardan tozalansa, yutilish koeffitsienti a<20 dB/km bo'lgan

tolalarni olish mumkinligini isbotlab berdilar. Shundan so'ng dunyo miqyosida yutish koeffitsienti
kichik bo'lgan yorug'lik uzatuvchi tolalarni olish bo'yicha ishlar juda avj olib ketdi.

1975-yili laboratoriya sharoitida so'nish koeffitsienti 2 dB/km gacha bo'lgan optik tolalar

olindi va 1979-yilga kelib esa so'nish koeffitsienti 0,2 dB/km li optik tolalar yaratildi. 1980-yilda
ko'plab mamlakatlarda yo'qotishlari 10 dB/km dan kichik bo'lgan optik tolalar ishlab chiqdi,
ishonchliligi yuqori bo'lgan yarimo'tkazgichli optik nurlanish manbalari, fotodetektorlar yaratildi
va optik aloqa tizimlari bo'yicha har tomonlama izlanishlar olib borildi. Shu tarzda optik aloqa
tizimlari davri va unga mos holda telekommunikatsiya, optoelektronika va kompyuter
texnologiyalari davri boshlandi.

1984-yili Markaziy Osiyoda birinchi bo'lib, Toshkent shahar telefon tarmog'ining 234- va

241-avtomatik aloqa stansiyalari (XATS larijni bog'lovchi 4 km uzunlikli ko'p modali optik tolali
30 kanalli raqamli uzatish tizimini, 1988-yili esa Zangiota tumani markaziy aloqa bog'lanmasi
(ATS) ini Bosh kommutatsiya markazidagi (ATS) bilan ulovchi 120 kanalli 16 km uzunlikdagi
optik tolali uzatish tizimini ishga tushirishga muvaffaq bo'ldilar.

Hozirgi kunda nafaqat so'nish qiymatlari, balki to'lqin uzunligi bo'yicha zichlashtirilgan

tizimlarda qo'llaniladigan, dispersiya qiymati minimal bo'lgan bir modali optik tolalar ham
yaratildi. Bu turdagi optik tola nolinchi xromatik dispersiyani 1,55 mkm sohaga siljitish yordamida
hosil qilindi. Bunday tolalar “Korning”(AQSH) “Fudjikura”(Yaponiya) kabi ko'plab xorijiy
kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilmoqda. O'zbekiston telekommunikatsiya tizimining 28
yo'nalish bo'yicha dunyoning 180 ta mamlakatiga chiqadigan to'g'ridan-to'g'ri xalqaro kanallari
mavjud. Bularda ham tolali optik, shuningdek, sun'iy yo'ldoshli tizimlardan foydalanilmoqda.

So'ngi yillarda davlatimizda optik aloqa liniyalari va texnologiyalarini ko'paytirib,

yurtimizda internet foydalanuvchilarining sonini maksimal miqdorda yetkazish asosiy vazifa qilib
olingan. Ayniqsa 2020-yilning "Ilm ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish" yili deb e'lon
etilishi nafaqat optik aloqa liniyalarining ortishiga balki, telekommunikatsiya sohasiga katta
imkoniyatlar eshigini ochdi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

274

Hozirda yurtimizdagi aloqa tarmoqlarining umumiy uzunligi 25 million kilometrda ortiq,

bazaviy stansiyalar soni esa 21 minga yetkazilgan. Respublikamizda mobil internet bazasida
foydalanuvchilar soni esa 22 milliondan ziyotni tashkil etadi. Birgina 2022-yilining birinchi
yarimda 22 ming kilometrdan ziyot optik aloqa liniyalari qurilgan. O'zbekistondagi optik tolali
aloqa liniyalarining uzunligi 118 ming kilometrni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda respublikamizda
telekommunikatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar esa xalqaro reytinglarda o'z aksini
ko'rsatmoqda.

BMT Xalqaro elektr aloqa ittifoqining o'tgan yilgi hisobotiga ko'ra, O'zbekiston keng

polosali mobil internet narxlari bo'yicha BMTning 2 foizlik ko'rsatkichini bajargan 4 davlat
qatoridan joy olgan. O'zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish
vazirligi 2026-yilga qadar esa Respublikadagi barcha aholi yashash maskanlari yuqori tezlikdagi
Internet tarmog'i bilan to'liq qamrab olinishi rejalshtirilgan.

Yurtimizda telekommunikatsiya texnalogiyalari, simsiz aloqa va optik aloqa liniyalari

sohasining rivojlanishi O'zbekiston rivojiga katta ta'sir ko'rsatadi.

REFERENCES

1.

Optik aloqa asoslari 2014, Z.I.Azamatov, I.R.Berganov.

2.

Turdaliyevich T.A., Gulyam Y. Morphological features of pedolytical soils in Central
Ferghana //European science review. - 2016. - №. 5-6. - С. 14-15.

3.

Turdaliyev, A., Yuldashev, G., Askarov, K., & Abakumov, E. (2021). Chemical and
biogeochemical features of desert soils of the central Fergana. Agriculture, 67(1), 16-28.

4.

Ganiyeva, M. (2021). Effective Methods of TRIZ.

References

Optik aloqa asoslari 2014, Z.I.Azamatov, I.R.Berganov.

Turdaliyevich T.A., Gulyam Y. Morphological features of pedolytical soils in Central Ferghana //European science review. - 2016. - №. 5-6. - С. 14-15.

Turdaliyev, A., Yuldashev, G., Askarov, K., & Abakumov, E. (2021). Chemical and biogeochemical features of desert soils of the central Fergana. Agriculture, 67(1), 16-28.

Ganiyeva, M. (2021). Effective Methods of TRIZ.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов