THE CONTENT AND ESSENCE OF THE TOPIC” PSYCHOLOGY OF COMMUNICATION"

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Samekeeva, A. (2023). THE CONTENT AND ESSENCE OF THE TOPIC” PSYCHOLOGY OF COMMUNICATION". Modern Science and Research, 2(7), 295–299. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/22233
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides a broad understanding of the content and relevance of the topic of communication, which we can benefit from in the teaching of psychology, and attempts are made to transcend the barsha facets of the topic.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

295

“MULOQOT PSIXOLOGIYASI” MAVZUSINING MAZMUN VA MOXIYATI

Aysulu Samekeeva

Ájiniyaz nomidagi NMPI magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.8186801

Anotatsiya.

Ushbu maqolada psixologiya fanini o‘qitishda faydalanishimiz mumkum

bo‘lgan muloqat mavzusining mazmun va moxiyati haqqida keng tushuncha berilgan va
mavzuning barsha qirralarini oshib berishga harakat qilingan.

Tayach so‘zlar:

Muloqot, verbal ta’sir, noverbal, paralingvistik,

ta’sir, tinglash

texnikasi, aktiv xolat, o‘ychan jimlik, IPT.

THE CONTENT AND ESSENCE OF THE TOPIC” PSYCHOLOGY OF

COMMUNICATION"

Abstract.

This article provides a broad understanding of the content and relevance of the

topic of communication, which we can benefit from in the teaching of psychology, and attempts
are made to transcend the barsha facets of the topic.

Key words:

Dialogue, verbal influence, noverbal, paralinguistic, influence, listening

technique, active holat, thoughtful silence, IPT.

СОДЕРЖАНИЕ И СУЩНОСТЬ ТЕМЫ” ПСИХОЛОГИЯ ОБЩЕНИЯ"

Аннотация.

В этой статье дается широкое понимание содержания и природы

предмета общения, которое мы можем использовать при преподавании психологии, и
делается попытка превзойти все грани предмета.

Базовые слова:

общение, вербальное влияние, невербальное, паралингвистическое,

влияние, техника слушания, активная поза, мысленная тишина, ИПТ.


Muloqot – psixologik faoliyat sifatida.

Muloqot odamlar amalga oshiradigan

faoliyatlar ichida etakchi o‘rinni egallab, u insondagi eng muhim ehtiyojni- jamiyatda
yashash va o‘zini shaxs deb hisoblash bilan bog‘liq ehtiyojini qondiradi, shuningdek har bir inson
uchun uning ahamiyati kattadir.

Psixologik ta’limotga muvofiq odamning shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etishi uzoq

muddatli va murakkab jarayon hisoblanadi. Odamning shaxs sifatida kamolga etishida nasl
(biologik omil), ijtimoiy muhit (odam yashab turgan sharoit), aniq maqsadga yo‘naltirilgan
tarbiya bilan birga uning boshqa shaxslar bilan muloqotlarining ham muhim ahamiyati bor.

Tabiiyki, shaxs o‘zi yashab turgan jamiyat odob-axloq normalari qurshovida hayot

kechiradi. SHunday ekan, uning ma’naviy olami mazmuni ijtimoiy muloqotlari mohiyati
bilan izohlanadi. Shaxsning ijtimoiy muloqotlari qanchalik boy va mazmundor bo‘lsa, uning
ma’naviy olami shu qadar yuksak bo‘ladi.

Mustaqillik tufayli respublikamizda yangi mazmundagi ijtimoiy muhit yuzaga

keladi. Buning natijasida inson shaxsi oldiga qo‘yiladigan talablar ham o‘zgardi, uning
muloqotlari mazmuni va doirasi ham o‘zgacha bo‘lib qoldi.

Inson shaxsi yosh jihatdan o‘sgan sari uning muloqot doirasi ham kengaya boradi. U

o‘zining barcha orzu va istaklarini aloqa orqali ro‘yobga chiqaradi. SHuni ham hisobga
olish kerakki, shaxs muloqotlarining mazmuni uning yoshi ulg‘ayishi bilan bog‘liq holda
o‘zgaruvchan bo‘ladi. Agar yosh bilan bog‘liq holda olib qaraladigan bo‘lsa, shaxs
muloqotlarining eng murakkab va mazmunli davri uning mehnat faoliyati bilan bog‘liq


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

296

davridir. Bu davr muloqotlarida shaxsning insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik,
baynalminalchilik, jamoatchilik kabi yuqori tuyg‘ulari namoyon bo‘ladi. Bu kabi axloqiy
tuyg‘ularda ifodalangan mazmun shaxs muloqotlariga sayqal beradi, uning emotsional ta’sirini
kuchaytiradi, muloqot jarayonini mazmundor qiladi va undan tomonlar ko‘zlagan maqsadni
amalga oshiradi.

Shaxslararo muloqotlar guruhdagi talabalarning bir-biri bilan (guruh muhitida),

boshqa guruhlar va kurslar talabalari bilan o‘qituvchilar, fakultet yoki bo‘lim rahbarlari,
o‘qimaydigan do‘stlari, oila a’zolari, qarindosh va og‘a-inilar bilan bo‘ladigan muloqotlarni
o‘z ichiga oladi. Bu muloqotlar jarayonida talaba shaxsining qobiliyatlari, qiziqishlari, diqqati,
xotirasi, xayoli va tafakkuri kabilar o‘z aksini topadi.

Muloqotlar tizimida o‘qituvchi va talabalararo muloqotlarning roli kattadir. Bunday

muloqotlar ularning jonli nutqi orqali amalga oshiriladi. Bu jarayon birining bilim berish
(o‘qituvchi), ikkinchisining shu bilimlarning idrok etishini (talaba) ta’minlashni amalga oshirish
funksiyasini ado etish vazifasini bajaradi.

SHuning uchun ham

har bir shaxsning jamiyatda tutgan o‘rni, ishlarining

muvaffaqiyati, obro‘si, uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog‘liqdir.

Muloqotning turi va insoniy munosabatlar psixologiyasi.

Muloqotning turi

turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita “yuzma - yuz” bo‘lishi yoki u yoki bu texnik vositalar
(telefon, internet, faks va shunga o‘xshash) orqali amalga oshiriladigan; biror professional
faoliyat jarayonidagi amaliy yoki do‘stona bo‘lishi; sub’ekt - sub’ekt tipli (diologik,
sheriklik) yoki sub’ekt - ob’ektli (monologik) bo‘lishi mumkin.

Biz ko‘z oldimizga birinchi darsni keltira olsak, o‘sha paytdagi hayajonni, quvonchni,

ijodiylik hissini tuyamiz. Bolalar bilan bo‘lgan damlarimiz esda holsa, iz holsa, demak, bu
muloqot uslubiga bog‘liq. Pedagog kommunikativ muloqotini mahsuldor bo‘lishi uchun u
pedagogik ta’sir kuchining tizimlarini, uning har bir

qismini bilishi zarur. Dars jaraѐnida o‘qituvchi qaysi usulni qo‘llaѐtganini doimo eslab

turishi kerak. Buning uchun pedagog ikkita muhim muammoni hisobga olishi: - o‘zining
hatti-harakatini to‘g‘ri tashkillashtirishi; - kommunikativ ta’sir samaradorligini ta’minlashi
zarur. Pedagogik faoliyat jaraѐnidagi muloqotning quyidagicha tavsiflash mumkin:

1)o‘quvchi-talaba va pedagog muloqoti tizimining umumiy tuzilishi(muloqotning aniq

usuli);

2) pedagogik faoliyatning aniq bosqichi uchun xos bo‘lgan muloqot tizimi;
3) aniq pedagogic va kommunikativ masalalarni echishda namoѐn bo‘ladigan

muloqotning vaziyatli tizimi. Pedagog va ta’lim oluvchilarning ijtimoiy-psixologik ta’sir
xususiyatlarini muloqot uslublari orqali quyidagicha tushunish mumkin: a) pedagogning
kommunikativ imkoniyatlari; b) pedagog va tarbiyalanuvchilar o‘rtasidagi munosabatlar tabiati;
v) pedagogning ijodiy individualligi; g) o‘quvchi-talabalar jaoasining xususiyatlari.

O‘zaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlar munosabatdan ko‘zlaydigan asosiy

maqsadlari - o‘zaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Bu jarayonning murakkabligi, kerak
bo‘lsa, “jozibasi”, betakrorligi shundaki, o‘zaro bir xil til topishish yoki tomonlarning aynan
bir xil o‘ylashlari va gapirishlari mumkin emas.



background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

297

Agar ana shunday vaziyatni tasavvur qiladigan bo‘lsak, bunday muloqot eng

samarasiz, eng beta’sir bo‘lgan bo‘lar edi. Masalan, tasavvur qiling, uzoq vaqt ko‘rishmay
qolgan do‘stingizni ko‘rib qoldingiz. Siz undan xol - ahvol so‘radingiz, lekin u tashabbusni sizga
berib, nimaiki demang, sizni ma’qullab, gapingizni qaytarib turibdi. Bunday muloqot juda
bemaza bo‘lgan va siz ikkinchi marta o‘sha odam bilan iloji boricha rasman salom-alikni
bajo keltirib o‘tib ketavergan bo‘lardingiz. YA’ni, muloqot faoliyati shunday shart-
sharoitki, unda har bir shaxsning individualligi, betakrorligi, bilimlar va tasavvurlarning
xilma - xilligi namoyon bo‘ladi va shunisi bilan u insoniyatni asrlar davomida o‘ziga jalb etadi.

Shuning uchun ham muloqot, uning tabiati, texnikasi va strategiyasi, muloqotga

o‘rgatish (sotsial psixologik trening) masalalari bilan shug‘ullanuvchi fanlarning ham
jamiyatdagi o‘rni va salohiyati keskin oshdi.

Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o‘rni.

Aslida har bir insonning

ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, xattoki, nuqsonlari ham muloqot
jarayonlarining mahsulidir. Jamiyatdan ajralgan, muloqotda bo‘lish imkoniyatidan mahrum
bo‘lgan odam o‘zida individ sifatlarini saqlab qolishi mumkin, lekin u shaxs bo‘lolmaydi.
SHuning uchun muloqotning shaxs taraqqiyotidagi ahamiyatini tasavvur qilish uchun
uning funksiyalarini tahlil qilamiz.

Har qanday muloqotning eng elementar funksiyasi - suhbatdoshlarning o‘zaro bir-

birini tushunishlarini ta’minlashdir. Bu o‘zbeklarda samimiy salom-alik, ochiq yuz bilan kutib
olishdan boshlanadi. O‘zbek xalqining eng nodir va buyuk xislatlaridan biri ham shuki, uyiga
birov kirib kelsa, albatta ochiq yuz bilan kutib oladi,

ko‘rishadi, so‘rashadi, xol-ahvol

so‘raydi. SHunisi xarakterliki, ta’ziyaga borgan chog‘da ham ana shunday samimiyatli qabulni
xis qilamiz. Bu kabi birlamchi kontakt usullari boshqa millat va xalqlarda ham bor, ya’ni bu
jihat milliy o‘ziga xoslikka ega.

Uning ikkinchi muhim funksiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. Odam bolasi faqat

odamlar davrasida ijtimoiylashadi, o‘ziga zarur insoniy xususiyatlarni shakllantiradi. Odam
bolasining yirtqich hayvonlar tomonidan o‘g‘rilanib ketilishi, so‘ng ma’lum muddatdan keyin
yana odamlar orasida paydo bo‘lishi faktlari shuni ko‘rsatganki,

“mauglilar”

biologik

mavjudot sifatida rivojlanaveradi, lekin ijtimoiylashuvda ortda qolib ketadi. Bundan tashqari,
bunday xolat boladagi bilish qobiliyatlarini ham cheklashi ko‘plab psixologik eksperimentlarda
o‘z isbotini topdi.

Muloqotning yana bir muhim vazifasi - u odamni u yoki bu faoliyatga hozirlaydi,

ruhlantiradi. Odamlar guruhidan uzoqlashgan, ular nazaridan qolgan odamning qo‘li ishga
ham bormaydi, borsa ham jamiyatga emas, balki faqat o‘zigagina manfaat keltiradigan
ishlarni

qilishi

mumkin.

Masalan,

ko‘plab tadqiqotlarda izolyasiya, ya’ni odamni

yolg‘izlatib qo‘yishning uning ruhiyatiga ta’siri

o‘rganilgan.

Masalan,

uzoq

vaqt

termokamerada bo‘lgan odamda idrok, tafakkur, xotira, xissiy xolatlarning buzilishi qayd
etilgan. Lekin ataylab emas, taqdir

taqozosi

bilan

yolg‘izlikka

mahkum

etilgan

odamlarning

maqsadli faoliyatlar bilan o‘zlarini band etishlari u qadar katta salbiy

o‘zgarishlarga olib kelmasligini ham olimlar o‘rganishgan. Lekin baribir har qanday yolg‘izlik
va muloqotning etishmasligi odamda muvozanatsizlik, xissiyotga beriluvchanlik, xadiksirash,
havotirlanish, o‘ziga ishonchsizlik, qayg‘u, tashvish xislarini keltirib chiqaradi. SHunisi qiziqki,
yolg‘izlikka mahkum bo‘lganlar ma’lum vaqt o‘tgach ovoz chiqarib, gapira boshlasharkan. Bu


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

298

avval biror ko‘rgan yoki his qilayotgan narsasi xususidagi gaplar bo‘lsa, keyinchalik
nimagadir qarab gapiraverish ehtiyoji paydo bo‘lar ekan. Masalan, M.Sifr degan olim ilmiy
maqsadlarini amalga oshirish uchun 63 kun g‘or ichida yashagan ekan. Uning keyinchalik
yozishicha, bir necha kun o‘tgach, u turgan erda bir o‘rgimchakni ushlab oladi va u bilan
dialog boshlanadi. “Biz, deb yozadi u shu hayotsiz g‘or ichidagi tanho tirik mavjudotlar
edik. Men o‘rgimchak bilan gaplasha boshladim, uning taqdiri uchun qayg‘ura boshladim...”

SHunday

qilib,

muloqot

odamlarning

jamiyatda

o‘zaro

hamkorlikdagi

faoliyatlarining ichki psixologik mexanizmini tashkil etadi qolaversa, hozirgi yangi demokratik
munosabatlar sharoitida turli ishlab chiqarish qarorlarini yakka tartibda emas, balki kollegial -
birgalikda chiqarish ehtiyoji paydo bo‘lganligini hisobga olsak, odamlarning muomala
madaniyati va muloqot texnikasi mehnat unumdorligi va samaradorlikning muhim omillaridandir.

Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari

. Odamlar bir-birlari bilan

muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy ko‘zlagan maqsadlaridan biri - o‘zaro bir- birlariga
ta’sir ko‘rsatish, ya’ni fikr g‘oyalariga ko‘ndirish, harakatga chorlash, ustanovkalarni
o‘zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir. Psixologik ta’sir - bu turli vositalar yordamida
insonlarning fikrlari, hissiyotlari va hatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsata olishdir.

Ijtimoiy psixologiyada psixologik ta’sirning asosan uch vositasi farqlanadi.

Verbal ta’sir

- bu so‘z va nutqimiz orqali ko‘rsatadigan ta’sirimizdir.

Bundagi asosiy vositalar so‘zlardir. Ma’lumki, nutq - bu so‘zlashuv, o‘zaro

muomala jarayoni bo‘lib, uning vositasi - so‘zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik
nutqda ham odam o‘zidagi barcha so‘zlar zahirasidan foydalanib, eng ta’sirchan so‘zlarni topib,
sherigiga ta’sir ko‘rsatishni hoxlaydi.

Paralingvistik ta’sir

- bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi

yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi,
artikulyasiya, tovushlar, to‘xtashlar, duduqlanish, yo‘tal, til bilan amalga oshiriladigan
harakatlar, nidolar kiradi. SHunga qarab, masalan, do‘stimiz bizga biror narsani va’da
berayotgan bo‘lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz. Kuyib-pishib, ochiq yuz
va dadil ovoz bilan “Albatta bajaraman!”, desa ishonamiz, albatta.

Noverbal ta’sir-

uning ma’nosi “nutqsiz” dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-

birlariga nisbatan tutgan o‘rinlari, xolatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika,
pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita xis qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli
signallar (shovqin, hidlar) kiradi. Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada kuchaytirib,
suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Masalan, agar
uchrashuvning

dastlabki daqiqalarida o‘rtog‘ingiz sizga qaramay, atrofga alanglab,

“Ko‘rganimdan biram hursandman”, desa, ishonasizmi?

Muloqot jarayonidagi xarakterli narsa shundaki, suhbatdoshlar bir-birlariga ta’sir

ko‘rsatmoqchi

bo‘lishganda, dastavval nima deyish, qanday so‘zlar vositasida ta’sir

etishni o‘ylar ekan. Aslida esa, o‘sha so‘zlar va ular atrofidagi harakatlar muhim rol o‘ynarkan.
Masalan, mashhur amerikalik olim Megrabyan formulasiga ko‘ra, birinchi marta ko‘rishib turgan
suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bo‘lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar
38%, va noverbal harakatlar 58% gacha ta’sir qilarkan. Keyinchalik bu munosabat o‘zgarishi
mumkin albatta, lekin xalq ichida yurgan bir maqol to‘g‘ri: “Ust-boshga qarab kutib olishadi, aqlga
qarab kuzatishadi”.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

299

Muloqotning qanday kechishi va kimning ko‘proq ta’sirga ega bo‘lishi sheriklarning

rollariga ham bog‘liq. Ta’sirning tashabbuskori - bu shunday sherikki, unda ataylab ta’sir
ko‘rsatish maqsadi bo‘ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida
ta’kidlangan vositalardan foydaladi. Agar boshliq ishi tushib, biror xodimni xonasiga taklif etsa,
u o‘rnidan turib kutib oladi, iltifot ko‘rsatadi, xol - ahvolni ham quyuqroq so‘raydi va so‘ngra
gapning asosiy qismiga o‘tadi.

Ma’lumki, gaplashayotgan odamlar biri gapiradi, ikkinchisi tinglaydi, eshitadi.

Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik o‘zaro mosligi, bir-birini
to‘ldirishiga bog‘liq ekan. Noto‘g‘ri tasavvurlardan biri shuki, odamni muomala yoki
muloqotga o‘rgatganda, uni faqat gapirishga, mantiqan asoslangan so‘zlardan foydalanib,
ta’sirchan gapirishga o‘rgatishadi. Uning ikkinchi tomoni - tinglash qobiliyatiga deyarli
e’tibor berilmaydi. Mashhur amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnegi “YAxshi suhbatdosh -
yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir” deganda
aynan shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan bo‘lishini nazarda tutgan edi.

Mutaxassislarning aniqlashlaricha, ishlayotgan odamlar vaqtining 45%i tinglash

jarayoniga ketar ekan, odamlar bilan doimiy muloqotda bo‘ladiganlar 35-40% oylik maoshlarini
odamlarni “tinglaganlari” uchun olarkanlar. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki,
kommunikatsiyaning eng qiyin sohalaridan hisoblangan tinglash qobiliyati odamga ko‘proq
foyda keltirarkan.

Demak, aslida bizdagi gapirayotgan shaxs etakchi, u suhbatning mutloq xokimi,

degan tasavvur unchalik to‘g‘ri emas. YAxshi tinglashda ham shunday kuch borki, u
suhbatdoshni Sizga juda yaqinlashtiradi, ishonchni tug‘diradi. CHunki muloqot jarayonidagi
eng qimmatli narsa - bu axborotning o‘zi. Tinglayotgan odam ma’nili, yaxshi dialogdan
faqat yaxshi, foydali ma’lumot oladi. Gapirgan

esa

aksincha,

o‘zidagi borini berib,

gapirmaydigan suhbatdoshdan “teskari aloqani” olib ulgurmay, hech narsasiz qolishi ham
mumkin. SHuning uchun muloqotga o‘rgatishning muhim yo‘nalishlaridan biri - odamlarni
faol tinglashga, bunda barcha paralingvistik va noverbal omillardan o‘rinli foydalanishga
o‘rgatishdir.

REFERENCES

1.

Klimov E.A. Psixologiya professionala. - M., 1997g.

2.

Andreeva G.M. Sotsialnaya psixologiya. M., Aspekt press 1999 g.

3.

Boymurodov N. Amaliy psixologiya. Toshkent “YAngi asr avlodi”2008y.

4.

Karimova V., Akromova F. Psixologiya. T.: 2000y.

5.

www.uzedu.uz

-

Vazirlik sayti

6.

www.ziyonet.uz

-

Vazirlik sayti


References

Klimov E.A. Psixologiya professionala. - M., 1997g.

Andreeva G.M. Sotsialnaya psixologiya. M., Aspekt press 1999 g.

Boymurodov N. Amaliy psixologiya. Toshkent “YAngi asr avlodi”2008y.

Karimova V., Akromova F. Psixologiya. T.: 2000y.

www.uzedu.uz- Vazirlik sayti

www.ziyonet.uz - Vazirlik sayti

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов