THE STRUGGLE OF THE FIGHTERS OF JARKURGAN AGAINST FASCISM

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Toshboltayev, I. (2023). THE STRUGGLE OF THE FIGHTERS OF JARKURGAN AGAINST FASCISM. Modern Science and Research, 2(7), 411–415. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/22252
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides detailed information about the 1939 war started by Germany and the heroic actions of the soldiers who participated in it in the Jarkurgan district, their contribution to the resolution of the war in favor of the Soviet state. The fact that some of the persons listed in the article are still alive today gives us a sense of pride.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

411

JARQO`RG`ONLIK JANGCHILARNING FASHIZMGA QARSHI KURASHI

Toshboltayev Islom Bahodir o‘g‘li

IIV Surxondaryo akademik litseyi tarix fani o`qituvchisi

mamasoatr@gmail.com

+998 93 766 99 08

https://doi.org/10.5281/zenodo.8188378

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Germaniya tomonidan boshlangan 1939-yilgi urush va

unga Jarqo`rg`on tumanida borgan jangchilarning qahramonona harakatlari, urushning Sovet
davlati foydasiga hal bo`lishiga qo`shgan hissasi to`g`risida batafsil ma`lumotlar berilgan.
Maqolada keltirilgan ro`yhatdagi shaxslarning ba`zilari bugungi kunda ham hayot ekanliklari
bizga faxr tuyg`usini beradi.

Kalit so`zlar:

Komsomol, komunizim, sotsializim, Qizil armiya, “Ulug’ vatan” urushi,

QIZIL YULDUZ ordeni, fashist.

THE STRUGGLE OF THE FIGHTERS OF JARKURGAN AGAINST FASCISM

Abstract.

This article provides detailed information about the 1939 war started by

Germany and the heroic actions of the soldiers who participated in it in the Jarkurgan district,
their contribution to the resolution of the war in favor of the Soviet state. The fact that some of the
persons listed in the article are still alive today gives us a sense of pride.

Key words:

Komsomol, communism, socialism, Red Army, "Great Fatherland" war, Order

of the RED STAR, fascist.

БОРЬБА БОЙЦОВ ДЖАРКУРГАНА ПРОТИВ ФАШИЗМА

Аннотация.

В данной статье представлена подробная информация о развязанной

Германией войне 1939 года и героических действиях воинов, участвовавших в ней в
Джаркурганском районе, их вкладе в разрешение войны в пользу Советского государства.
Тот факт, что некоторые из перечисленных в статье лиц живы и сегодня, вызывает у нас
чувство гордости.

Ключевые слова:

Kомсомол, коммунизм, социализм, Красная Армия, Великая

Отечественная война, орден КРАСНОЙ ЗВЕЗДЫ, фашист.

Germaniya tomonidan boshlangan 1939-yilgi urush butun dunyoni larzaga solgan,

millionlab insonlarning yostig’ini quritgan daxshatga aylandi. Dunyo tarixida Ikkinchi jaxon
urushi deya nomlangan bu qirg’inbarot asosan dunyoning eng yirik davlatlari hisoblanmish
Germaniya va SSSR davlatlari o’rtasida bo’lib o’tdi. Nemis fashistlari tomonidan 1941-yilning
22-iyun kuni SSSR hududiga qilingan qujum natijasida boshlangan “Ulug’ vatan” urushi SSSR
xalqini sarosimaga tushurib qo’ydi. Qisqa vaqt ichida butun SSSR bo’ylab millionlab yigitlar
vatan mustaqilligi, ozodligi uchun o’z xohishlariga ko’ra front sari otlandi. Butun SSSR bo’ylab
“Xamma narsa vatan uchun, fron uchun, g’alaba uchun” degan shiorlar ostida sovet xalqi o’zining
barcha mavjud bo’lgan imkoniyatlarni front chizig’iga safarbar qildilar. Bu chaqiriqlarga
Jarqo’rg’on rayon mehnatkashlari, ishchilar, kolxozchilar, o’qituvchilar va vrachlar ham
qo’shildilar. Minor qishloq sovetiga qarashli “Komunizim”, “Lelingrad”, “Sotsializim”, “Ittifoq”,
“Guliston”, “O’zbekiston” kolxozlarining azolari ishtirokida katta miting bo’lib o’tadi. Uni rayon
partiya komitetining sekretari Tixomirov ochdi. U yig’ilganlarga qarata “Vatan chegarasi nemis
fashistlari tomonidan buzuldi, sovet xalqi tomonidan dushmanni buyuk vatanimizning oltin


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

412

tupog’idan chiqarib tashlashga otlandi…” diya takidladi. Yig’ilganlar bir ovozdan
“Bosqinchilarga o’lim”, “Dushmanlarga lanatlar”, “Sovet xalqi g’alaba qiladi”, “Biz uchun vatan
tuprog’I muqaddas, uni paymol qilishga xichkimga yo’l qo’ymaymiz” diya xitob qiladilar. Keying
so’z navbatlari “Sotsializim” kolxozi raisi Doli Ernazarov, “Komunizim” kolxozi raisi
A.Ximmatov, “O’zbekiston” kolxozi a’zosi Safar Hasanov, “Ittifoq” kolxozi raisi Shaymardon
Umarov, “Guliston” kolxozi raisi Ismoil Qo’chqorov, “Lelingrad” kolxozi raisi Xoliq Safarovlar
so’zga chiqib komsomol yoshlarini, yigit qizlarni Vatan ximoyasiga otlanishga chaqirdilar. O’zlari
esa birinchilar qatorida frontga jo’nash istagini bildirib, ro’yxatdan o’tadilar o’sha kunning o’zida
kolxozning 150 dan ortiq dovyurak yigitlari vatan himoyasiga otlanadilar. Urushning birinchi
kunlaridanoq qishloq Soveti va rayon xarbiy lomissarlariga frontga jo’nashni so’rab ko’plab
arizalar tushdi. Ariza soxiblari qo’llariga qurol olib, jang maydoniga kirish istagini bildirar edilar
Ulug’ vatan urushining birinchi kunidayoq, o’z istagi bilan frontga otlanganlar orasida Aliboy aka
Mamatqulov xam bor edi. U kolxozda, qolaversa MTS da ilg’or traktorchi edi. U mehnatda
toblangan, o’z ishini puxta biladigan mehnatkash, kasbini jon dilidan sevadigan inson edi. U 1938
yili termiz shahridagi mexanizatorlar tayyorlov markazini tugatib, Jarqorg’on MTS ga ishga
bordi.MTS qoshidagi traktorchilar tayyorlov kursi ishiga bosh-qosh boldi va ana shu kursda yigit
qizlarga texnikaning sirlarini o’rgata boshladi. U 1941–yil 22 –iyun kuni MTS darvozasi yonida
sim yog’ochga osilgan radio karnayidan fashistlar Germaniyasi Vatanimiz tuprog’iga xoinona
bostirib kirganini xamma qatori eshitdi. Aliboy sevimli qishlog’i, oilasi, saxiy dalalar, traktorchilar
tayyorlaydigan kurs tinglovchilari va boshqalar bilan xayrlashib, barcha ko’ngillilar qatori Vatan
ximoyasiga otlandi. U 1941- yil iyul oyida Novorossiyskdagi 2445- artileriya diviziyasiga qabul
qilindi. U sovet jangchilariga yo’l ochish maqsadida bir necha kishi bo’lib dushman egallab turgan
joyiga razvetkaga bordi. Endigina 18 baxorni ko’rgan o’zbek yigiti dushman ofitserlaridan birini
qo’lga olib; til; sifatida olib keldi. Yosh jangchini bunchalik dovyurakligini ko’rgan komandirlar
uni maxsus razvedkachilar tayyorlaydigan vzvodga yubordi. Aliboy jasurligi uchun “QIZIL
YULDUZ” ordeni bilan mukofotlandi.

A.Mamatqulov 1943-yilda Beryozovka shahrida oyog’idan yaralandi. Gospitelda

davolanib, yana jangga kirdi. Taman, Kech va boshqa shaharlarni ozod qilishda aktiv qatnashdi.
1943 yil baxorida KPSS safiga qabul qilindi. Qattiq janglarida yana yarador bo’ldi. Sanitariya
bo’limi shifokorlari yordamida xushiga keltirildi. Bokudagi harbiy gospitelga jo’natildi. U yerda
6 oy davolandi. Ayni paytda tankchilar tayyorlov kursida o’qidi. Tankni boshqarish usullarini qunt
bilan o’rgandi. oddiy o’zbek yigiti endi starshiy serjantlikga ko’tarildi.1944 –yil yozida yosh
tankchi belarusiya fronti qo’shinlariga qo’shildi. U o’zi qatnashgan tank bilan ko\pgina shaharlarni
bosqinchilardan ozod qilishga kirishdi va jasorati uchun 3- darajali “shuhrat” ordeni bilan
taqdirlandi. 1946-yil 18-avgustda sevimli qishlog’iga qaytdi. Hozir Aliboy aka kolxozda bosh
injener bo’lib ishlayotir. Nurmat Tojiev 1943 –yil 19-may kuni komsomol biletini qo’lga
olganida endi 23 baxorga qadam qo’ygan edi. Bu bilet uni mard va jasur bo’lishga chorladi. U
darxaqiqat dushmanga qarshi mardona jang qildi, og’ir janglarning birida Nurmat aka oyog’idan
qattiq yaralanib, meditsina komissiyasi xulosasiga binoan o’z yurtiga qaytarildi. Nurmat Tojiyev
frontdan qaytib kelgach, xozirgi kommunizm kolxozining Namuna uchastkasidagi ustaxonaga
temirchi bo’lib ishlay boshladi. U kolxozchilarning og’irini yengil qildi. ustaxona yonida buzilib
yotgan kosilkani tiklash uchun juda ko’p ishlar qildi. Bundan tashqari arava kuzov kabinalar
yasadi.kolxoz raisi uni chaqirib eskirgan piloramani ishlatishga topshirganda yo’q demadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

413

Piloramaning xamma tomonini ko’zdan kechirib chiqdi. Kerakli joylarini moyladi, payvandladi,
singan detallarni almashtirdi. Xullas tez orada kolxozdagi yagona pilorama ishga tushirildi. Bu
yordamida nqanchadan qancha yog’ochlar tozalanib, binolar qurilishi uchun foydalanildi. Bir
qancha molxonalar qurildi. U shu kasbda 21 yil ishladi. Kolxozda qolgan qiz-juvonlar, keksalar
ham vatan boshiga og’ir kun tushganda qo’l qovushtirib turmadilar.

Urush yillari, dep eslaydi To’ra bobo “juda og’ir yillar bo’ldi, lekin xalqimizning eng qiyin

paytlarda ham Vatanga sadoqat bilan, g’alabaga chuqur ishonch bilan yashaganliklarini, o’zimiz
uchun ham, frontda jang qilayotganlar uchun ham mehnat qilishimiz kerakligini, chuqur his
etardik. Ocharchilik, qishning qaxraton sovug’i daxshatli xuruj qilar, etishmovchilik kishining
sillasini quritardi. Ot-ulovlar frontga olingan, traktorlar etishmasdi. Dalada asosiy ish qurollari
plug va ketmon edi.

Kunlarning mashaqqatli bo’lishiga qaramay, kolxoz odamlari sabr-toqat bilan mehnat

qilishar, og’ir kunlar oldida esankirab qolmaslikning payida bo’lishardi. Qizlarguz Fayzullateva,
Ungal bozorova, Oysha Allanazarova, Oysara Sagizova, Oybahor Muhammadiyeva, jorqin
Shopmurodova, Bibisuluv xayitova, jumbul Soatova, Chorshanbi bobo, Xudoyberdi bobo, Xolmat
bobo, Turdimurod bobo, Oltin Valiyeva, Jumbil Ergasheva, ro’zixol Choriyeva, Gulxol
Allanazarova, Oysoat Pirimova, O’ng’al Ermatova, soli Mudaeva, Robiya xurramova, Mopar
Jo’rayeva, Xojar Qilichova, Iqbol Jumayeva, Oyimxol Mengqulivolar va Boshqa bir qancha
otaxon hamda onaxonlar dalaga chiqib yigitlar o’rnini egalladilar.

Qizil soqchi kolxozining oddiy a’zosi Oysha Pardayevaning turmush o’rtog’i o’zining

yigitchilik burchini oqlash uchun Qizil armiya safiga otlandi. U oysha bilan xayrlashar ekan kolxoz
dalasiga chioqib fidokorona mehnat qilishni davom ettirishni tayinladi. Oysha qanday ish qilsa
kolxozga ko’proq foyda keltirishdi o’yladi, so’ngra traktorchi bo’lib ishlashga qaror qildi. Huddi
shu vaqtda jarqo’rg’on MTS qoshida qiz-juvonlardan traktor haydovchilari tayyorlov kursi
ochildi. Oysha, O’ngal shu kursga kirib, texnika sirlarini qunt bilan o’rgnadilar, tinmay o’qidilar.
Natijada o’qishni a’lo baholar bilan tamomlab, ulkar o’z qishlog’iga tamomlab, ular o’z
qishlog’iga qaytadilar. Ular har kuni normadagi 2.5 gektar yer haydash o’rniga 4.5 gektarlab yerni
shudgor qilardilar. Oysha, O’ngal bilan birga 20 dan oshiq, qiz-juvonlar ana shu kursni bitirib
chiqdi.

Biz qiz-juvonlar deydi Oysha Pardayeva, jonajon vatanimizni nemis bosqinlari hujumidan

qutqarish uchun kurashayotgan, ajoyib g’alabalarini qo’lga kiritayotgan erlarimiz, aka-ukalarimiz,
otalarimiz o’rnida ishlab, o’z burchimizni bajarish uchun sharaf bilan kurashdik.

1941-yilda hozrigi Komunizim kolxozi territoriyasida mavjud bo’lgan kolxozlarning har

birining ekin maydoni 450-600 gektarni tashkil etar edi. Shu yili 200-250 gektar yerda ingichka
tolali paxta yetishtirib, har gektarida 23-25 senterdan bajarildi. Davlat go’sht, tuxum, sut, jun
yetkazish planlarini 124 prosentga bajarildi.

D.Razzaqov 1940-1941- yillarda zeveno boshlig’i bo’lib ishlab, o’ziga biriktirilgam 85

gektar yerning har gektarida 55 sentrdan hosil ko’tardi. U 1944-yili 100 sentnerchilar brigadasi
boshlig’i bo’ldi. Har besh gektardan paxta maydoniga 38 tonna go’ng, 58 tonna eski devor tuprog’i
tashab solindi. Hosildorlik 55 sentnerdan 60 sentnerga ko’tarildi. Partiya va hukumatimiz
D.Razzaqovning mehnatini taqdirlab, uni Mehnat Qizil Bayroq, ordeni bilan mukofatlaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

414

1942- yilda Kommunizm kolxozi 300 tonna paxta, 2346 kilgramm go’sht, 620 kilogramm

pilla yetishtirib, davlatga sotdi. Kolxozchilar 5000-10000 so’mgacha harbiy zayomlarga yozdilar.
Kolxoz g’alab uchun qaysi ish qilinishi kerak bo’lsa, uning hammasi so’zsiz bajariladi.

1943-yil 2-aprelda Ilg’or Surxon uchun oblast gazetasida N-qism jangchilarinig oblast

mehnatkashlarga ochiq, xati bosilib chiqdi. Bu maktubda Surxondaryolik shongli jangchilardan
Chori ermatov, Xolbay Xolmatov, Oltiboy Rahimov, Rahim Boboyev, Sulton Jo’rayev va
boshqalarning fashizimga qarshi mardlik va qahramonlik ko’rsatayotganliklari to’g’risida habar
qilingan edi. Vatani himoya qilayotgan bu jangchilarning maktubi minorliklarni ham katta
hayojonga soldi. Ular ham barcha yurtdoshlari qatori mehnat qahramonlik namunalarini
ko’rsatishga intildilar. Keksa otaxonlar, xotin-qizlar kunduzni-kunduz, kechani-kecha
demasdanmehnat qildilar. kunlik topshiriqlarni 2-3 xissa qilib ortig’I bilan bajardilar. Butun
kolxozchilar hosildorlikni oshirish, frontga ko’proq, oziq-ovqat, kiyim-kechak yetqazib berish
uchun jonbozlik ko’rsatdilar. Bunday muhim ishga kolxoz pravleniyasi, va partiya va komsomol
tashkilotlari va yetakchilik qildilar.

Xo’jalikda paxta, pilla, sut, sabzavot va boshqa qishloq, xo’jalik va mahsulotlari ishlab

chiqarish davlat planlarini bajarish choralarini ko’rildi. Barcha kolxoz a’zolari va dala ishlariga
bajarish choralari ko’rildi. Barcha kolxoz a’zolari dala ishlariga safarbar etildi. Bu esa partiyaning
front, front ortida olib borgan ashkilotchilik ishlari, to’g’ri rahbarlikning natijasi edi.

Hamma joyda bo’lganidek, Kommunizm kolxozi a’zolari ham frontdagi jangchilarimiz

uchun kiyim-kechak tikish, mudofa fondi uchun pul to’plab jo’natishga o’zlarining munosib
hissalarini qo’shdilar.

Dehqon Ittifoq kolxozi a’zosi Eshonqurbonov, Qizil soqchi kolxozi a’zolari Yodgor,

Xudoyberdiyev kabi o’nlab ishlarning har biri yuz so’mdan pul to’plab topshirdilar. Kolxoz
bo’yicha jami 800ming so’m pul 60 tonna oshqovoq, 90 tonna sabzi front uchun jo’natildi. Har bir
kishi vatanparvarlik tuyg’usini naqadar a’zolari ezozlashi, vatan so’zini muqaddas deb bilish
o’shabda yaqqol namayon bo’lgan edi. Kommunizimliklar so’nggi bir burda nonni ham front
jamg’armasiga berishga tayyor edilar. Yetishmovchilik paytida bu zo’r jasorat edi. Oddiy
kolg’ozchi turg’unboyeva har kuni kunlik topshiriqni 2-2.5 xissa bajarish bilan birga kolxozchilar
o’rtasida agitatorlik ishlarni ham olib bordi, kundalik habarlar bilan tanishtirib bordi. Masalan u
gazetadan Andijon oblast Jalolquduq, rayoni mehnatkashlarining Toshkent shahri ishlariga oziq-
ovqat yuborganlilari haqidagi maqolani o’qib berdi. Butun kolxoz a’zolari shu tashabbusni
maqullashdi. Ular ham o’z tomorqalaridan yetishtirib olgan sabzi, oshqovoq, va boshqa oziq-ovqat
mahsulotlarini Toshkent shahar mehnatkashlariga yuborish uchun to’play boshladi. Qisqa vaqt
ichida 30 tonnadan oshiq, mahsulotlari yuborildi- deb yozadi Ilg’or surxon uchun gazetasi ana shu
tashabbus haqidagi maqolada.

Shuningdek kolxozchilar o’rtasida Qizil Armiyaning 25 yillik bayrami munosabati bilan

revolyusatsiya beshigi-Leningrad shaxrini himoya qilayotganlarga bayram sovg’alari yuborish
ishlari qizib ketdi.

Og’ir kunlar va yillar o’tib ketdi. Kishilarning orzu qilgan kunlari yetib keldi. Urush yillari

tufayli ro’y bergan qiyinchiliklar bartaraf etilib, butun kuch va imkoniyatlari davlat planlarini
bajarishga qaratildi.

Ulug’ g’alabaning 30 yilligi munosabati bilan kolxoz pravleniyasining yangi binosi yonida

tashkil etilgan kichkina bog’da xalqimizning baxt-saodati, ozodligi uchun nemis bosqinchilariga


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

415

qarshi olib borgan jangda qahramonlarcha halok bo’lgan 109 sher yigitlarning xotirasi sharafiga
o’rnatilgan yodgorlik ochildi. Bu joy kolxoz komsomol-yoshlari va mehnatkashlarning muqaddas
joyiga aylanib qolgan. Yodgorlik atrofida urushda halok bo’lgan jangchilarning familyalari
zarxarflar bilan bitilgan.

Ular quyidagilardir:
Xakqimiz Mardlik-mangulik- deydi. To’kilgan qon, qurbon bo’lganlar xotirasi xech

qachon, xech kimning esidan chiqmaydi. Xech kim, xech narsa unutilmaydi!

REFERENCES

1.

Musallam Joʻrayev. OʻzME. Toshkent, 2000-2005.

2.

Finlandiya va SSSR oʻrtasida tinchlik haqidagi kelishuv, III band, Moskva, 12-mart 1940

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Xotira kitobi — Kniga pamyati Respubliki Oʻzbekiston [maxsus
jild], T., 1995

4.

Fashizm ustidan qozonilgan gʻalabada Oʻzbekistonning tarixiy hissasi. 1941 — 1945
[Ilmiynazariy konferensiya materiallari], T., 1996

5.

Raimov M. BOUT THE HISTORY OF THE INDEPENDENCE OF TERMIZ FROM THE
CHIGATOY SHARE //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 1150-
1154.

6.

Rahmonov, M. (2023). TRADITIONAL LIFESTYLE OF THE TOKCHI PEOPLE OF
SURKHAN OASIS. Modern Science and Research, 2(4), 720-722.

7.

Rahmonov, M. (2023). Surxon vohasi toqchi qavmlari hududiy joylashuvining ilmiy
tahlili. Марказий Осиё тарихи ва маданияти, 1(1), 341-344.

8.

To‘Rayev, S. G. O. G. L., & Raxmonov, M. X. O. G. L. (2022). BX KARMISHEVA
TADQIQOTLARIDA SURXON VOHASI YUZ URUG‘LARINING ETNIK TAVSIFI.
Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 43-51.

References

Musallam Joʻrayev. OʻzME. Toshkent, 2000-2005.

Finlandiya va SSSR oʻrtasida tinchlik haqidagi kelishuv, III band, Moskva, 12-mart 1940

Oʻzbekiston Respublikasi Xotira kitobi — Kniga pamyati Respubliki Oʻzbekiston [maxsus jild], T., 1995

Fashizm ustidan qozonilgan gʻalabada Oʻzbekistonning tarixiy hissasi. 1941 — 1945 [Ilmiynazariy konferensiya materiallari], T., 1996

Raimov M. BOUT THE HISTORY OF THE INDEPENDENCE OF TERMIZ FROM THE CHIGATOY SHARE //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 1150-1154.

Rahmonov, M. (2023). TRADITIONAL LIFESTYLE OF THE TOKCHI PEOPLE OF SURKHAN OASIS. Modern Science and Research, 2(4), 720-722.

Rahmonov, M. (2023). Surxon vohasi toqchi qavmlari hududiy joylashuvining ilmiy tahlili. Марказий Осиё тарихи ва маданияти, 1(1), 341-344.

To‘Rayev, S. G. O. G. L., & Raxmonov, M. X. O. G. L. (2022). BX KARMISHEVA TADQIQOTLARIDA SURXON VOHASI YUZ URUG‘LARINING ETNIK TAVSIFI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 43-51.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов