THE PROCESS OF FORMATION OF EDUCATIONAL ACTIVITIES AND MOTIVATIONS IN JUNIOR SCHOOL AGE

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Umarova, G. (2023). THE PROCESS OF FORMATION OF EDUCATIONAL ACTIVITIES AND MOTIVATIONS IN JUNIOR SCHOOL AGE. Modern Science and Research, 2(8), 125–128. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/22421
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article focuses on the development of the child's growth, the development of his psyche and consciousness, the manifested features of the child's cognitive processes during educational activities, the occurrence of psychological difficulties in the development of intelligence qualities and thought-provoking processes, the psychological changes of the junior school age.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

125

KICHIK MAKTAB YOSHIDA O’QUV FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH

JARAYONLARI

Umarova Gulhayo Murodiljon qizi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Boshlang’ich ta’lim fakulteti

umarova.g@cspi.uz

Tel: +998 97 5445654

https://doi.org/10.5281/zenodo.8242525

Annotatsiya.

Ushbu maqolada bolaning o’sishi, uning psixikasi va ongining taraqqiyoti,

o’quv faoliyati davomida bolaning bilish jarayonlarining namoyon bo’luvchi xususiyatlari, aql
sifatlari va fikr yuritish jarayonlarining rivojlanishida psixologik qiyinchiliklarning yuzaga
kelishi, kichik maktab yoshi davrining psixologik o’zgarishlari haqida fikr yuritiladi.

Kalit so’zlar:

Maktab, o’quvchi, diqqat, idrok, taraqqiyot, xulq, axloqiy

normalar, xarakter.

THE PROCESS OF FORMATION OF EDUCATIONAL ACTIVITIES AND

MOTIVATIONS IN JUNIOR SCHOOL AGE

Abstract.

This article focuses on the development of the child's growth, the development of

his psyche and consciousness, the manifested features of the child's cognitive processes during
educational activities, the occurrence of psychological difficulties in the development of
intelligence qualities and thought-provoking processes, the psychological changes of the junior
school age.

Key words:

School, pupil, attention, perception, development, behavior, moral norms,

character.

ПРОЦЕССЫ ФОРМИРОВАНИЯ УЧЕБНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В

МЛАДШЕМ ШКОЛЬНОМ ВОЗРАСТЕ

Аннотация.

В данной статье рассматриваются вопросы роста ребенка, развития

его психики и сознания, проявляющиеся особенности познавательных процессов ребенка в
процессе учебной деятельности, возникновение психологических трудностей в развитии
качеств интеллекта и мыслительных процессов, психологические изменения периода
младшего школьного возраста.

Ключевые слова:

школа, ученик, внимание, восприятие, прогресс, поведение, этика

нормы, характер.


Bolaning o’sishi, uning psixikasi va ongining taraqqiyoti, jamiyat a’zosi sifatida voyaga

yetishi muayyan qonuniyatlarga bo’ysunadi. Kichik maktab yoshi davri 1-4 sinf o’quvchilarining
yosh oralig’ini o’z ichiga oladi. Bu davrda bola psixikasida muayyan o’zgarishlar sodir bo’lishini
kuzatish mumkin. Bolani birinchi bor maktab ostonasiga qadam qo’yishi bilan unda bir qator
psixologik qiyinchiliklar yuzaga kela boshlaydi. Kichik maktab davrida bolaning birinchi bor
maktab ostonasiga qadam qo’yishi unda o’quv faoliyatining boshlanishi hisoblanadi. Bu davrni
bola uchun qiziqarli, ta’sirchan o’tkazish talab etiladi. [1]

O’quv faoliyati bolaning bilish jarayonlarining ixtiyoriy va barqaror xususiyatlarini, aql

sifatlari va fikr yuritish jarayonlarining rivojlanishida psixologik qiyinchiliklarning paydo
bo’lishiga sabab bo’ladi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning barcha o’qish faoliyati qat’iy


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

126

ravishda maqsadga muvofiqlashtirilgandir. Birinchidan, o’quvchilar o’qish, yozish, va hisoblash
malakasini egallashlari, arifmetika, ona-tili, tarix, geografiya va tabiyatshunoslikdan
geometriyaning elementar asoslaridan ancha katta hajmda bilimni orttirishlari kerak. Ikkinchidan,
bolaning bilim darajasi va bilish qiziqishlari kengayadi hamda rivojlanadi. Uchinchidan bilim
jarayonlarining taraqqiyoti, aqliy rivojlanishi yuzaga keladi. Faol mustaqil ijodiy faoliyat uchun
qobiliyat tarkib topadi va nihoyat o’qishga bo’lgan yo’nalish, o’qishga nisbatan ma’suliyatli
munosabat hissi tarkib topa boshlaydi. [2]

Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning bilim jarayonlari va ularning faoliyatida bir qator

o’zgarishlarni kuzatish mumkin: Jumladan, bola idrokining o’tkirligi, sofligi bilan farq qiladi.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilardiqqatining asosiy xususiyati sifatida esa uning ixtiyoriy
zaifligini keltirish mumkin. Shuningdek, aynan shu yoshda diqqatni iroda kuchi bilan moslash va
uni boshqarish imkoniyati cheklangan bo’ladi.

Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda xotira jarayoni haqida so’z yuritadigan bo’lsak, bu

davrda so’z mantiq xotirasining va ma’nosiga tushunib esda olib qolishning roli va uning salmog’i
kuchayadi, tartibga solish imkoniyatlariga bo’ladi. Birinchi signal sistemasi faoliyatining nisbatan
ustunligi tufayli kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda so’z mantiq xotirasi deb atalgan xotiraga
qaraganda ko’rgazmali-obrazli xotira ko’proq rivojlangan bo’ladi. Kichik maktab yoshidagi
o’quvchilar qoida va tushuntirishlarga qaraganda konkret ma’lumotlarni, voqeliklarni, qiyofalarni
narsalarni va faktlarni yaxshi tez esda olib qoladilar va xotiralarida mustahkam saqlaydilar.

Hayol bilish faoliyatida esa o’quvchining xayoli uning o’quv faoliyatining ta’siri va

talablari bilan tarkib topadi. [3] Shuning bilan bir qatorda bevosita taassurotlar (muzeylarga
sayohat, kartinalarni ko’rish, ekskursiyalarga borish, maktab yer uchastkasida ishlash va
boshqalar) ham xayolni rivojlantiradi. Axloqiy normalar va xatti-harakatlar qoidalarini
o’zlashtirish jarayoniga kichik maktab yoshidagi davrda axloqiy xatti-harakat poydevori qo’yiladi,
axloqiy normalar va xatti-harakat qoidalari o’zlashtiriladi. SHaxsning ijtimoiy yo’nalishi tarkib
topa boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarninng axloqiy onglari 1 -sinfdan 4-sinfgacha
bo’lgan davr mobaynida muhim o’zgarishlarga uchraydi.

Bu yoshning oxirgi davrlariga kelib axloqiy bilimlar tasavvurlar va mulohazalari sezilarli

darajada boyiydi, ancha anglangan bo’ladi, turli tushunchalarga ega bo’ladi, umumlashadi. 1 va 2
sinf o’quvchilarining axloqiy mulohazalari o’z xatti-harakatlari tajribasida va o’qituvchilar hamda
ota-onalarning konkret ko’rsatmalari va tushuntirishlarigaasoslanadi. 3-4 sinf o’quvchilari esa
axloqiy mulohazalarida o’z xatti-harakatlari tajribasiga va kattalarning ko’rsatmalariga asoslanish
bilan boshqa kishilarningtajribalarini ham analiz qilishga intiladilar. 7-8 yoshdagi bolalar
to’g’ridanto’g’ri kattalarni, jumladan, o’qituvchining ko’rsatmalarini kutib o’tirmay, ijobiy
axloqiy ishlarning qanchasini o’z tashabbuslari bilan amalga oshiradilar.

Kichik maktab yoshdagi bolalarda namayon bo’ladigan xarakter xususiyatlarini, xatti-

harakatlarni tahlil qilar ekanmiz, hamma vaqt ham munosabatlar amalga oshiriladigan barqaror va
mustahkam xatti-harakat formalari deb bo’lavermaydi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda
xarakter jiddiygina tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi bolalar xarakteri, xatti-
harakatlari o’zining beqarorligi va qaramaqarshiligi bilan farq qilishi mumkin. Shu munosabat
bilan ba’zan ulardagi o’tkinchi psixik holatlarni xato ravishda xislatiga qo’shib yuborish mumkin.
[4] Maktab ta’limining dastlabki yillarida qiziqishlar, xususan, bilishga bo’lgan qiziqish, tevarak-


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

127

atrofdagi olamni bilishga bo’lgan qiziqish ko’proq bilimga bo’lgan tashnalik va intellektual
qiziquvchanlik juda sezilarli ravishda rivojlanadi.

Kuzatuvlarga qaraganda, qaraganda dastavval ayrim faktlarga, boshqa narsalardan ajratib

olingan yolg’iz hodisalarga nisbatan qiziqishlar bo’ladi. Undan keyin esa sabablarini,
qonuniyatlarini, hodisalar o’rtasidagi aloqa va o’zaro bog’liqliklarni bilib olish uchun bo’lgan
qiziqishlar rivojlanadi. Agar 1-2 sinf o’quvchilarini «bu nima ?» degan savol qiziqtirsa birmuncha
kattaroq yoshdagi bolalar uchun «nima sababdan», «qanday qilib?» degan savollar tashkil bo’lib
qoladi. O’qish malakasining rivojlanishi bilan kitob o’qishga, qiziqarli bo’lgan muayyan
adabiyotlarni, ertaklarni o’qishga, bundan ham so’ngroq qiyin bo’lmagan ilmiy fantastik va
sarguzashtlar haqidagi kitoblarni o’qishga qiziqish paydo bo’ladi. Texnikaga, ayniqsa, hozirgi
zamon texnikasiga, raketalarga, eng yangi tipdagi avtomobil va samolyotlarga bo’lgan qiziqish tez
tarkib topadi.

Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun mehnatning tarbiyaviy ahamiyati kattadir. Biroq

shuni ta’kidlab o’tish lozimki, har qanday mehnat ham shaxsda ijtimoiy jihatdan qimmatli
xislatlarini tarbiyalayvermaydi. Mehnat o’z shaxsiy manfaati uchun bajonudil va ko’p mehnat
qilishga bo’lgan xudbinni ham tarbiyalaydi. Bolalar o’z-o’ziga xizmat qilish va o’zlari uchun
foydali bo’lgan narsalarni tayyorlash bilan shug’ullanayotganlarida ularda mehnatsevarlikni
tarbiyalashga xususan zo’r e’tibor berish kerak. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni sekin-asta
ko’pchilik foydasiga qaratilgan, boshqalar uchun bo’lgan ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etish juda
muhimdir. O’quv faoliyati kichik maktab yoshidagi o’quvchi uchun nafaqat bilish jarayonlarining
yuqori darajada rivojlanishi, balki, shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish uchun ham imkoniyat
yaratadi. [5]

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, yetakchi bo’lgan o’quv faoliyatidan tashqari boshqa

faoliyatlar-o’yin, muloqot va mehnat faoliyati ham o’quvchi shaxsi rivojiga bevosita ta’sir
ko’rsatadi. SHuningdek, bu faoliyatlar asosida muvafaqqiyatga erishish motivlari bilan bog’liq
bo’lgan shaxsiy xususiyatlar tarkib topa boshlaydi. O’quv faoliyati kichik maktab yoshidagi
bolalarda o’qishda ma’lum yutuqlarga erishish extiyojini qondirishga, shuningdek, tengdoshlari
orasida o’z o’rniga ega bo’lishiga imkoniyat ham yaratadi. Aynan ana shu o’rin yoki mavqega
erishish uchun ham bola yaxshi o’qish uchun harakat qilishi mumkin. Bu yoshdangi bolalar doimiy
ravishda o’zlari erishgan muvaffaqqiyatini boshqa tengdoshlari muvaffaqiyati bilan solishtiradilar.
Ular uchun doimo birinchi bo’lish nihoyatda muhim. [6]

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, bu yoshdagi bolalarda mavjud bo’lgan

ishonuvchanlik, ochiqlik, tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik, itoatkorlik kabi xususiyatlari ularni
shaxs sifatida tarbiyalash uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Kichik maktab yoshi davrini bolaning
turli faoliyatlarda muvaffaqiyatga erishishini belgilab beruvchi asosiy shaxsiy xususiyatlarning
yuzaga kelish va mustahkamlanish davri deb hisoblash mumkin. Mustaqillikni shakllantirish
uchun bolaga mustaqil bajaradigan ishlarni ko’proq topshirish va unga ishonch bildirish nihoyatda
muhimdir.

SHuningdek, shunday bir ijtimoiy psixologik muhit yaratish lozimki, unda bolaga biron bir

ma’sul vazifani mustaqil bajarishni topshirish, bu ishni bajarish jarayonida bola o’zini
tengdoshlari, kattalar va boshqa odamlarning lideri deb his qilishiga imkon yaratib berish lozimdir.
Ana shu his bolada keyinchalik mustaqil bo’lishga undovchi motivlarni yuzaga keltirishda asosiy
ro‘l o’ynashi mumkin. O'quvchilarni tengdoshlari va oila darasidagi o’zini tutishishi uning fikrini


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

128

to‘liq bayon etishiga ta’siri katta shunday ekan har bir bola bir olam uning fikri ham juda muhim
hisoblanadi. Mustaqil fikrini bayon etishidan kunlik o'qituvchi tomonidan beriladigan topshiriqlar
muhim sanaladi. Psixologik topshiriqlar va ertak terapiya darslari o'quvchilarni hayotida juda
muhim. Chunki ular bu kabi topshiriqlarda katta qiziqish bildiradi. Ota onalar bilan hamkorlikda
olib borilgan ishlar, psixolog va logaped bilan olib borilgan ishlar natijadorligi yuqori bo‘ladi. Bu
ishlarni tartib va ma'lum reja asosida tashkil etish ma’sul hodimlardan talab etiladi.


REFERENCES

1.

Xusanov B. “Estetik tarbiya klasterining ta’limiy asoslari”. Science and Education, vol. 1,
no. 1, Nov. 2020, pp. 561-566.

2.

Murodiljonovna U. G. KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O'QUVCHILARNI O ‘QISHGA
BO ‘LGAN QIZIQISHINI OSHIRUVCHI TEXNOLOGIYALAR //American Journal of
Interdisciplinary Research and Development. – 2022. – Т. 9. – С. 210-224.

3.

Ximmataliyev D., Umarova G. THE ATTITUDE OF PRIMARY SCHOOL PUPILS
TOWARDS READING //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. B2. – С. 266-270.

4.

Murodiljonovna G. U. et al. KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARNI
O’QISHGA BO’LGAN MUNOSABATINI //Journal of Integrated Education and Research.
– 2023. – Т. 2. – №. 1. – С. 150-154.

5.

Murodiljonovna G. U. et al. KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O'QUVCHILARNI ANIQ
FANLARGA QIZIQISHINI OSHIRISH METODIKASI //Conferencea. – 2023. – С. 163-
172.

6.

Murodiljonovna G. U. et al. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni matimatikaga bo’lgan
munosabatini kuchaytirish metodlari //ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali. –
2023. – Т. 3. – №. 2. – С. 360-366.

7.

Murodiljonovna G. U. et al. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni o’qishga bo’lgan
munosabatini shakllantiruvchi metodlari //Conferencea. – 2023. – С. 75-81.

8.

Murodiljanovna G. U., Ximmataliyev D. O. O ‘smirlarda vatanparvarlik tuyg ‘ularini
shakllantirishning usullari va vositalari //Ustozlar uchun” fidoyi va jonkuyar pedagoglar
jurnali. – С. 13-23.

9.

Murodiljanovna U. G. Kichik maktab yoshidagi o ‘quvchilarda o ‘qishga bo ‘lgan qiziqishni
klasterli yondashuv asosida rivojlantirish //Pedagogs” international research journal. – Т. 21.
– С. 7-10.

10.

Murodiljonovna G. U. et al. INKLYUZIV TA’LIM VA UNING BUGUNGI KUNDAGI
RIVOJLANISHI //Conferencea. – 2022. – С. 108-111.

11.

Umarova G., Ximmataliyev D. FORMATION OF ATTITUDES TOWARDS LEARNING
IN YOUNGER SCHOOL-AGE STUDENTS //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №.
B1. – С. 184-186.

12.

Umarova G. PREPARING FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS FOR
PROFESSIONAL ACTIVITY BASED ON THE DEVELOPMENT OF THEIR DIGITAL
COMPETENCIES //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. B7. – С. 71-77.

13.

Abdullayeva B., Umarova G. ORGANIZATIONAL AND PEDAGOGICAL CONDITIONS
OF DEVELOPING DIGITAL COMPETENCIES OF FUTURE PRIMARY CLASS
TEACHERS //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. B7. – С. 67

References

Xusanov B. “Estetik tarbiya klasterining ta’limiy asoslari”. Science and Education, vol. 1, no. 1, Nov. 2020, pp. 561-566.

Murodiljonovna U. G. KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O'QUVCHILARNI O ‘QISHGA BO ‘LGAN QIZIQISHINI OSHIRUVCHI TEXNOLOGIYALAR //American Journal of Interdisciplinary Research and Development. – 2022. – Т. 9. – С. 210-224.

Ximmataliyev D., Umarova G. THE ATTITUDE OF PRIMARY SCHOOL PUPILS TOWARDS READING //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. B2. – С. 266-270.

Murodiljonovna G. U. et al. KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARNI O’QISHGA BO’LGAN MUNOSABATINI //Journal of Integrated Education and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 1. – С. 150-154.

Murodiljonovna G. U. et al. KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O'QUVCHILARNI ANIQ FANLARGA QIZIQISHINI OSHIRISH METODIKASI //Conferencea. – 2023. – С. 163-172.

Murodiljonovna G. U. et al. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni matimatikaga bo’lgan munosabatini kuchaytirish metodlari //ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali. – 2023. – Т. 3. – №. 2. – С. 360-366.

Murodiljonovna G. U. et al. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni o’qishga bo’lgan munosabatini shakllantiruvchi metodlari //Conferencea. – 2023. – С. 75-81.

Murodiljanovna G. U., Ximmataliyev D. O. O ‘smirlarda vatanparvarlik tuyg ‘ularini shakllantirishning usullari va vositalari //Ustozlar uchun” fidoyi va jonkuyar pedagoglar jurnali. – С. 13-23.

Murodiljanovna U. G. Kichik maktab yoshidagi o ‘quvchilarda o ‘qishga bo ‘lgan qiziqishni klasterli yondashuv asosida rivojlantirish //Pedagogs” international research journal. – Т. 21. – С. 7-10.

Murodiljonovna G. U. et al. INKLYUZIV TA’LIM VA UNING BUGUNGI KUNDAGI RIVOJLANISHI //Conferencea. – 2022. – С. 108-111.

Umarova G., Ximmataliyev D. FORMATION OF ATTITUDES TOWARDS LEARNING IN YOUNGER SCHOOL-AGE STUDENTS //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. B1. – С. 184-186.

Umarova G. PREPARING FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS FOR PROFESSIONAL ACTIVITY BASED ON THE DEVELOPMENT OF THEIR DIGITAL COMPETENCIES //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. B7. – С. 71-77.

Abdullayeva B., Umarova G. ORGANIZATIONAL AND PEDAGOGICAL CONDITIONS OF DEVELOPING DIGITAL COMPETENCIES OF FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. B7. – С. 67

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов