FORMATION OF ARTISTIC AESTHETICS IN STUDENTS BASED ON THE CLUSTER APPROACH

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Umarova, G. (2023). FORMATION OF ARTISTIC AESTHETICS IN STUDENTS BASED ON THE CLUSTER APPROACH. Modern Science and Research, 2(8), 129–133. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/22422
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article is devoted to the formation of artistic aesthetics in pupils. The subject, methods of formation and sources of artistic aesthetics were studied and approached to it by the cluster method. The cluster approach of artistic aesthetics has been analyzed and the scheme for the formation of artistic aesthetics has been created.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

129

KLASTERLI YONDASHUV ASOSIDA O’QUVCHILARDA BADIIY ESTETIKANI

SHAKLLANTIRISHDA KLASTERLI YONDASHUV

Umarova Gulhayo Murodiljon qizi

Boshlang’ich ta’lim fakulteti o’qituvchisi

Chirchiq davlat pedagogika universiteteti

gulhayoumarova03@gmail.com

Tel: +998 97 544 56 54

https://doi.org/10.5281/zenodo.8242567

Annotatsiya.

Ushbu maqola o’quvchilarda badiiy estetiklikni shakllantirishga

bag’ishlangan. Badiiy estetiklikning predmeti, shakllantirish usullari va manbalari o’rganilib,
unga klaster usulida yondashilgan. Badiiy estetiklikning klasterli yondashuvi tahlil qilingan
hamda badiiy estetiklikni shakllantirish sxemasi yaratilgan.

Kalit so‘zlar:

badiiy estetiklik, klaster, estetik did, nafosat, madaniyat, san’at, ijod.

FORMATION OF ARTISTIC AESTHETICS IN STUDENTS BASED ON THE

CLUSTER APPROACH

Abstract.

This article is devoted to the formation of artistic aesthetics in pupils. The subject,

methods of formation and sources of artistic aesthetics were studied and approached to it by the
cluster method. The cluster approach of artistic aesthetics has been analyzed and the scheme for
the formation of artistic aesthetics has been created.

Key words:

artistic aesthetics, cluster, aesthetic taste, elegance, culture, art, creativity.

КЛАСТЕРНЫЙ ПОДХОД В ФОРМИРОВАНИИ ХУДОЖЕСТВЕННОЙ

ЭСТЕТИКИ У УЧАЩИХСЯ НА ОСНОВЕ КЛАСТЕРНОГО ПОДХОДА

Аннотация.

Данная статья посвящена формированию у читателей

художественной эстетики. Предмет, методы и источники формирования
художественной эстетики исследовались и подходили к ней кластерным способом.
Проанализирован кластерный подход художественной эстетики и создана схема
формирования художественной эстетики.

Ключевые слова:

художественная эстетика, кластер, эстетический вкус,

изысканность, культура, искусство, творчество.


KIRISH

Insonning voqelikni idrok etishi, ijodiy faoliyatni amalga oshirishi, shaxs sifatida kamol

topishi bevosita uning badiiy estetiklik darajasi bilan bog’liq bo’lib, butun hayoti davomida
shakllantirishni, rivojlantirishni talab etadi. Estetik tafakkur shakllanib borgan sari ijtimoiy-ruhiy,
mafkuraviy-g‘oyaviy, siyosiy va ma’naviy intilishlar ham ortib boradi, hayotga bo’lgan
qarashlarni o’zgartiradi. Zamonaviy pedagogikaning oldida turgan asosiy masalalardan biri ham
o‘quvchilarda badiiy estetiklikni shakllantirish hisoblanadi. Estetik madaniyatni shakllantirish –
bu borliqdagi va san’atdagi go’zallikni to‘liq idrok etadigan va to‘g‘ri tushunadigan shaxs
qobiliyatlarini rivojlantirishga.Inson dunyoga kelgan kundan tarbiya va tashqi muhit ta’siri ostida
shakllanib boradi. Toki uning atrofidagi muhit ijobiy bo’lsa uning tarbiyasiga va kelajakdagi o’zini
tutishi, shaxs bo’lishida muhim axamiyat kasb etadi. Barkamol shaxs tarbiyasida oila,
maktabgacha ta’lim, o’rta ta’lim, oliy ta’lim va doimo tashqi muhit ta’siri katta bo’ladi. Kic


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

130

U o‘zida badiiy kechinmalar, qarashlar va e’tiqodlar tizimini aks ettiradi, haqiqiy estetik

qadriyatlardan zavqlanishni ta’minlaydi. Shu bilan birga bu orqali o‘quvchilarda turmushning
hamma tomonlaridagi go’zallik unsurlarini ilg’ab olish, xunuklik, didsizlikka kurashga harakat
qilishni tarbiyalaydi[1]. Hozirgi davr, shart-sharoitlar o‘quvchilarda badiiy estetiklikni
shakllantirishning yangicha yondashuvini talab qilmoqda. Ushbu masalaga klaster usulida
yondashish badiiy estetiklikning shakllanish manbaalarini aniqlash, ularni o‘zaro birlashtirish va
jarayonni jadallashtirish imkoniyatini yaratadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

G’arbda professorlar V.P. Krutous hayot falsafasi estetikasi, rus estetikasi, badiiy ijod

psixologiyasi), T.V. Kuznetsova kundalik hayot, san'at va moda estetikasi), A.A. Oganov
rassomlik, ijodkorlik, teatr san'ati nazariyasi muammolari); Dotsentlar A.R. Apresyan san'at tarixi
va nazariyasi, badiiy til muammolari va uning talqinlari, rassom shaxsini idrok etishni belgilovchi
omillar), S.A. Dzikevich estetika, reklama estetikasi, zamonaviy san'at, ekologik estetikaning
ontologik va epistemologik muammolari), S.A. Zavadskiy deviant estetika, zamonaviy san'atning
nazariy masalalari), E.A. Kondratyev talqinning estetik muammolari, san'at sintezi muammolari,
kompozitsiya estetikasi), katta o'qituvchi A.G. Rukavishnikov rus diniy va falsafiy fikri, teologik
estetikasi, ikonkalarni tasvirlash tarixi va umuman xristianlik san'ati, shuningdek psixologiya,
madaniyatshunoslik va estetikaning o'zaro aloqasi bilan bog'liq ko'plab muammolar)
O’zbekistonda M.Nurmatov, M.Abdullayev, T.Mahmudovestetik qadriyatlar), T.Mahmudov,
A.Qurbonmamadov, Umarov, A.Sher, B. Husanov “Estetika nazariyasi va tarixi”ga doir jiddiy
izlanishlar olib bormoqda [2]. Estetika nafosat, did, goʻzallik, xunuklik, ulugʻvorlik, tubanlik,
fojiaviylik, kulgililik, moʻʼjizaviylik, hayolilik singari kategoriyalar bilan ish koʻradi. Ular orasida
nafosat tushunchasi alohida oʻrin egallaydi. U bir tomondan, estetik anglashning barcha jihatlarini
estetik hissiyot, estetik zavq, estetik did, estetik muhokama va boshqalar), ikkinchi tomondan,
estetik xususiyatlarni — amaldagi goʻzallik, ulugʻvorlik, fojiaviylik, kulgililik va h.k. jihatlarni
oʻz ichiga oladi. Ana shu keyingi jihati bilan nafosat baʼzan estetikaning predmeti sifatida ham
qabul qilinadi. Estetik tarbiyaning vazifalari:

kishilarda san'at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o'zlashtirish balki, ularning

estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish;

jamiyat a'zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan foydalana bilishga

ishonch tuyg'usini uyg'otish;

tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg'u bilan munosabatda bo'lishga va

ularni ravnaq toptirish yo'lida astoydil faoliyat olib borish ko'nikmalarini hosil qilish;

o'tmish ma'naviy merosimizga hurmat hissini uyg'otish, milliy g'urur, milliy iftixor

tuyg'ularini shakllantirish uchun zamin yaratish;

ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat manfaatlari

uchun naf keltiradigan tomonlarini targ'ib qilishga undashdir.

“Klaster” bitta sohaga birlashgan va bir-biri bilan uzviy aloqada boʼlgan faoliyatlar tizimini

nazarda tutadi [3]. Badiiy estetiklikning shakllanishi ham huddi shunday kontseptual asosga ega
jarayon boʼlib, uning shakllari, koʼrinishlari, uslublari va vositalari turlicha boʼlsa-da, maqsad
shaxsni barkamol qilishdan iborat. Badiiy estetiklik go’zallik, san’at, ma’naviyat, sport,
ulug’vorlik, did, his-tuyg’u va tasavvurni o’zida jamlaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

131

Oila xalqning, jamiyatning hayoti, turmushiga oid urf-odatlarni oʻzida sinovdan oʻtkazadi.

Oila oʻz farzandlarini tarbiyalab, ularga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish bilan ularga
boshlangʻich ijtimoiy yoʻnalish beradi [4]. Oʻz farzandlarini katta oqimgajamiyatga qo’shish bilan
esa oila jamiyat yoʻnalishi, iqtisodiyoti, madaniyati va maʼrifatini ham belgilashga oʻz taʼsirini
koʻrsatadi. Oilada bola odob-axloq, hurmat, mehr-muhabbat, fahm-farosat, ilm-ma’rifatga
muhabbat va mehnatsevarlikni ma’lum darajada shakllantiradi. Uzluksiz ta’lim jarayoni shaxsning
har tomonlama qaror topishi uchun eng qulay davr sanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari
hamda kasb-hunar ma`lumotlarini o‘zlashtiradi, yuksak ma‘naviy-axloqiy sifatlarga ega shaxs va
malakali kadr sifatida kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash shakllanadi. O’zbekistonda
uzluksiz ta’lim jarayoni maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta‘lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta‘limi, oliy ta‘lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta
tayyorlash, maktabdan tashqari ta‘limni o’z ichiga oladi[5]. Ma’naviy-ma’rifiy ko’ngilochar
maskanlar teatr, muzey, kino, konsert, kutubxona, tarixiy qadamjolar va istirohat bog’lari va
boshqalarni o’z ichiga olib, o’quvchilarning dunyoqarashini o’stirib, ma’naviy hordiq chiqarishga
ko’maklashadi, fikrlashga undaydi. Ommaviy axborot vositalar qisqartmasi: OAV) keng ommaga
axborot yetkazuvchi vositalar: internet, radio, televideniya, gazeta, jurnallar va h.k. Hozirgi jadal
rivojlanib borayotgan davrda o’quvchilarni so’nggi yangiliklar, ixtirolar, innovatsiyalar, ilm-fan
yutuqlaridan boxabar qilib, o’z zamonasi bilan hamnafas bo’lishi imkonini yaratadi. Yoshlarning
badiiy ijodiy faoliyati- bu o’quvchilarning mustaqil izlanish va kashf etish bilan bog’liq bo’lgan
jarayon bo’lib, “Yoshlar ittifoqi”, “Kamalak” va turli xil ko’rgazmalar, badiiy havaskorlik
to’garaklari, yoshlar forumlarini o’z ichiga oladi.

MUHOKAMA

Nazariy adabiyotlarni o’rganish jarayonida badiiy estetiklikni shakllantirishning quyidagi

shartlari aniqlandi:

shaxsning individual xususiyatlarini aniqlash;

shaxsning dunyoqarashini o’stirish, keng fikrlilikni shakllantirish maqsadida san’atga,

badiiy adabiyotga, sportga qiziqish uyg’otish;

o’quvchilarni tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash;

o’quvchilarda insonparvarlik, vatanparvarlik, go’zallikni sevish tuyg’ularini shakllantirish;

o’quvchilarda estetik didni tarkib toptirish va nutq madaniyatini rivojlantirish.

NATIJALAR

G’arb va sharq estetik madaniyati talablarni o’rganib chiqqan holda, umumiy va maxsus

badiiy estetika klasteri ishlab chiqildi. O’quvchilarning badiiy estetikliklarini oshirish manzillari
aniqlandi. Bular: oila, uzluksiz ta’lim jarayoni, ma’naviy-ma’rifiy ko’ngilochar maskanlar,
yoshlarning badiiy ijodiy faoliyati markazlari va ommaviy axborot vositalari. Bugungi kunda
ommaviy xaborot vositalari orqali targ’ib etilayotgan barcha tele ko’rsatuvlar yoshlarni yetuklikka
chorlay olmaydi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, o’quvchilarda estetik madaniyatni shakllantirish yordamida

dunyoqarashi, iste’dodi, iqtidorini, individual xususiyatlarini hisobga olgan holda o’quvchilarning
estetik tafakkurini kengaytirish, badiiy tasavvurini boyitish, didini rivojlantirish orqali go’zallikni
yaratish imkoniyatlarini ochishdan iboratdir. Birinchi sinf bolasi uchun yangi, juda muhim ijtimoiy


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

132

aloqalar paydo bo'ladi: birinchi navbatda o'qituvchi bilan, keyin esa sinf jamoasi bilan. Uning
sinfdagi xatti-harakatlariga yangi talablarning paydo bo'lishi, o'zgarishlar paytida, uning o'quv
faoliyatiga qo'yiladigan talablarning paydo bo'lishi - o'qish, butun sinf bilan topshiriqlarni bajarish,
uyda dars tayyorlash, o'qituvchining tushuntirishi va uning javoblariga diqqat bilan munosabatda
bo'lish. o'rtoqlar, uning farovonligini o'zgartiradi va uning tajribasiga ta'sir qiluvchi kuchli omilga
aylanadi. Ijtimoiy tajriba hissiyotlarning tartibga solish funktsiyasining shakllanishiga asos bo'lib,
o'quv faoliyati uchun eng muhim hisoblanadi. Tuyg'ularning tartibga soluvchi roli nafaqat u yoki
bu o'quv faoliyatiga hamroh bo'ladi, balki uni oldindan ko'ra oladi, buning natijasida u kichik
o'quvchini ushbu faoliyatga tayyorlaydi. Shunday qilib, his-tuyg'ular nafaqat unga ta'sir qiladi,
balki o'quv faoliyatiga ham bog'liqdir. K.E.Izardning so‘zlariga ko‘ra. his-tuyg'ularning
motivatsion funktsiyasi, birinchi navbatda, qiziqishning shakllanishida yotadi. Natijada, kichik
yoshdagi o'quvchilar o'z ehtiyojlarini, istaklarini qondirish va ta'lim faoliyati maqsadiga
muvaffaqiyatli erishishda ijobiy his-tuyg'ularga ega. Bolalarning o'quv faoliyatida ular o'rganish
uchun motivatsiya, muvaffaqiyat motivatsiyasi qondirilganda o'zini namoyon qiladi. Kichik
maktab yoshidagi o‘quvchilarni maktab ta’limiga nisbatan emotsional barqarorligini oshirish
maqsadida ular bilan maxsus ishlab chiqilgan dastur asosida psixologik o‘yinlar tashkil qilindi.
Unga ko‘ra, o‘quvchilar uchun tanlab olingan psixologik o‘yinlar ularning o‘quv faoliyatiga
nisbatan intilish va ishtiyoqlarini oshirishga xizmat qiladi. Shundan so‘ng, biz tomonimizdan taklif
qilingan psixologik o‘yinlarning samaradorlik darajasini tekshirish maqsadida ular bilan qayta
diagnostika ishlari amalga oshirildi. O'qish uchun qulay sharoitlarda va bolaning aqliy
rivojlanishining etarli darajasida o'quv faoliyati asosida nazariy ong va tafakkur uchun zarur shart-
sharoitlar paydo bo'ladi. Maktabda, hayotning yangi sharoitida, bu egallangan refleksiv
qobiliyatlar bolaga o'qituvchi va sinfdoshlar bilan munosabatlardagi muammoli vaziyatlarni hal
qilishda yaxshi xizmat qiladi. Muvaffaqiyatli ta'lim faoliyati to'g'risida bo'rttirilgan va asossiz
da'volar ushbu faoliyatda eng muvaffaqiyatli bo'lgan sinfdoshlariga salbiy hissiy munosabatni
yaratadi.

REFERENCES

1.

S.M. Abduxamidov. O‘quvchilarda badiiy-estetik tafakkurini rivojlantirish – dolzarb
pedagogik muammo sifatida. Maktab va hayot. 2020 №2 30-31.

2.

Abdulla Sher. OʻzME. Toshkent, 2000-2005.

3.

Xusanov B. “Estetik tarbiya klasterining ta’limiy asoslari”. Science and Education, vol. 1,
no. 1, Nov. 2020, pp. 561-566.

4.

Murodiljonovna U. G. KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O'QUVCHILARNI O ‘QISHGA
BO ‘LGAN QIZIQISHINI OSHIRUVCHI TEXNOLOGIYALAR //American Journal of
Interdisciplinary Research and Development. – 2022. – Т. 9. – С. 210-224.

5.

Ximmataliyev D., Umarova G. THE ATTITUDE OF PRIMARY SCHOOL PUPILS
TOWARDS READING //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. B2. – С. 266-270.

6.

Murodiljonovna G. U. et al. KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARNI
O’QISHGA BO’LGAN MUNOSABATINI //Journal of Integrated Education and Research.
– 2023. – Т. 2. – №. 1. – С. 150-154.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

133

7.

Murodiljonovna G. U. et al. KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O'QUVCHILARNI ANIQ
FANLARGA QIZIQISHINI OSHIRISH METODIKASI //Conferencea. – 2023. – С. 163-
172.

8.

Murodiljonovna G. U. et al. KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARNI
MATIMATIKAGA BO’LGAN MUNOSABATINI KUCHAYTIRISH METODLARI
//TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2023. – Т. 3. – №.
2. – С. 360-366.

9.

Murodiljonovna G. U. et al. KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARNI
O’QISHGA BO’LGAN MUNOSABATINI SHAKLLANTIRUVCHI METODLARI
//Conferencea. – 2023. – С. 75-81.

10.

Murodiljanovna G. U., Ximmataliyev D. O. O ‘smirlarda vatanparvarlik tuyg ‘ularini
shakllantirishning usullari va vositalari //Ustozlar uchun” fidoyi va jonkuyar pedagoglar
jurnali. – С. 13-23.

11.

Murodiljanovna U. G. Kichik maktab yoshidagi o ‘quvchilarda o ‘qishga bo ‘lgan qiziqishni
klasterli yondashuv asosida rivojlantirish //Pedagogs” international research journal. – Т. 21.
– С. 7-10.

12.

Murodiljonovna G. U. et al. INKLYUZIV TA’LIM VA UNING BUGUNGI KUNDAGI
RIVOJLANISHI //Conferencea. – 2022. – С. 108-111.

13.

Umarova G., Ximmataliyev D. FORMATION OF ATTITUDES TOWARDS LEARNING
IN YOUNGER SCHOOL-AGE STUDENTS //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №.
B1. – С. 184-186.

14.

Umarova G. PREPARING FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS FOR
PROFESSIONAL ACTIVITY BASED ON THE DEVELOPMENT OF THEIR DIGITAL
COMPETENCIES //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. B7. – С. 71-77.

15.

Abdullayeva B., Umarova G. ORGANIZATIONAL AND PEDAGOGICAL CONDITIONS
OF DEVELOPING DIGITAL COMPETENCIES OF FUTURE PRIMARY CLASS
TEACHERS //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. B7. – С. 67-70.

References

.M. Abduxamidov. O‘quvchilarda badiiy-estetik tafakkurini rivojlantirish – dolzarb pedagogik muammo sifatida. Maktab va hayot. 2020 №2 30-31.

Abdulla Sher. OʻzME. Toshkent, 2000-2005.

Xusanov B. “Estetik tarbiya klasterining ta’limiy asoslari”. Science and Education, vol. 1, no. 1, Nov. 2020, pp. 561-566.

Murodiljonovna U. G. KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O'QUVCHILARNI O ‘QISHGA BO ‘LGAN QIZIQISHINI OSHIRUVCHI TEXNOLOGIYALAR //American Journal of Interdisciplinary Research and Development. – 2022. – Т. 9. – С. 210-224.

Ximmataliyev D., Umarova G. THE ATTITUDE OF PRIMARY SCHOOL PUPILS TOWARDS READING //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. B2. – С. 266-270.

Murodiljonovna G. U. et al. KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARNI O’QISHGA BO’LGAN MUNOSABATINI //Journal of Integrated Education and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 1. – С. 150-154.

Murodiljonovna G. U. et al. KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O'QUVCHILARNI ANIQ FANLARGA QIZIQISHINI OSHIRISH METODIKASI //Conferencea. – 2023. – С. 163-172.

Murodiljonovna G. U. et al. KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARNI MATIMATIKAGA BO’LGAN MUNOSABATINI KUCHAYTIRISH METODLARI //TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2023. – Т. 3. – №. 2. – С. 360-366.

Murodiljonovna G. U. et al. KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARNI O’QISHGA BO’LGAN MUNOSABATINI SHAKLLANTIRUVCHI METODLARI //Conferencea. – 2023. – С. 75-81.

Murodiljanovna G. U., Ximmataliyev D. O. O ‘smirlarda vatanparvarlik tuyg ‘ularini shakllantirishning usullari va vositalari //Ustozlar uchun” fidoyi va jonkuyar pedagoglar jurnali. – С. 13-23.

Murodiljanovna U. G. Kichik maktab yoshidagi o ‘quvchilarda o ‘qishga bo ‘lgan qiziqishni klasterli yondashuv asosida rivojlantirish //Pedagogs” international research journal. – Т. 21. – С. 7-10.

Murodiljonovna G. U. et al. INKLYUZIV TA’LIM VA UNING BUGUNGI KUNDAGI RIVOJLANISHI //Conferencea. – 2022. – С. 108-111.

Umarova G., Ximmataliyev D. FORMATION OF ATTITUDES TOWARDS LEARNING IN YOUNGER SCHOOL-AGE STUDENTS //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. B1. – С. 184-186.

Umarova G. PREPARING FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS FOR PROFESSIONAL ACTIVITY BASED ON THE DEVELOPMENT OF THEIR DIGITAL COMPETENCIES //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. B7. – С. 71-77.

Abdullayeva B., Umarova G. ORGANIZATIONAL AND PEDAGOGICAL CONDITIONS OF DEVELOPING DIGITAL COMPETENCIES OF FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. B7. – С. 67-70.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов