IMPORTANCE OF STEAM TECHNOLOGY IN PRESCHOOL EDUCATION AND CHILDREN'S DEVELOPMENT

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Igamberdiyeva , D. . (2023). IMPORTANCE OF STEAM TECHNOLOGY IN PRESCHOOL EDUCATION AND CHILDREN’S DEVELOPMENT. Modern Science and Research, 2(8), 271–274. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/23124
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article reflects on the modern forms of education and their importance in the world education system, the development, theoretical foundations, opportunities and achievements of STEAM education, calculated from the modern forms of education, are widely considered. The advantages of using STEAM educational technology in the preschool education system are justified. It was also noted that this program is considered a leading activity for comprehensive development of preschool children.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

271

MAKTABGACHA TA'LIMDA, BOLALARNING RIVOJLANISHIDA STEAM

TEHNALOGIYASINING AHAMIYATI

Igamberdiyeva Dilnoza Alisherovna

Zomin tumani Dashtobod shahar 16 -DMTT Psixologi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8267948

Annotatsiya.

Ushbu maqolada zamonaviy taʼlim shakllari va ularning dunyo taʼlim

tizimidagi ahamiyati haqida fikr yuritilib, zamonaviy

taʼlim

shakllaridan

hisoblangan

STEAM

taʼlimning rivojlanishi, nazariy asoslari, imkoniyatlari va yutuqlari haqida keng mulohaza
yuritilgan. Maktabgacha taʼlim

tizimida STEAM

taʼlim

texnologiyasidan foydalanishning

afzalliklari asoslab berilgan. Hamda bu dastur maktabgacha yoshdagi bolalarni har
tomonlama rivojlantirish boʻyicha

yetakchi

faoliyat

hisoblanishi taʼkidlab oʻtilgan.

Kalit so’zlar:

STEAM, STEM, texnologiya, fan, muhandislik, san’at, matematika,

maktabgacha yoshdagi bolalar, kognitiv faoliyat.

IMPORTANCE OF STEAM TECHNOLOGY IN PRESCHOOL EDUCATION AND

CHILDREN'S DEVELOPMENT

Abstract.

This article reflects on the modern forms of education and their importance in

the world education system, the development, theoretical foundations, opportunities and
achievements of STEAM education, calculated from the modern forms of education, are widely
considered. The advantages of using STEAM educational technology in the preschool education
system are justified. It was also noted that this program is considered a leading activity for
comprehensive development of preschool children.

Keywords:

STEAM, STEM, technology, science, engineering, art, mathematics, preschool

children, cognitive activity.

ЗНАЧЕНИЕ ПАРОВОЙ ТЕХНИКИ В ДОШКОЛЬНОМ ВОСПИТАНИИ И

РАЗВИТИИ ДЕТЕЙ

Аннотация.

В данной статье отражены современные формы образования и их

значение в мировой системе образования, широко обсуждается развитие, теоретические
основы, возможности и достижения STEAM-образования, которое считается одной из
современных

форм

образования.

Обоснованы

преимущества

использования

образовательной технологии STEAM в системе дошкольного образования. Также было
отмечено, что данная программа считается ведущим мероприятием по всестороннему
развитию детей дошкольного возраста.

Ключевые слова:

STEAM, STEM, технология, наука, техника, искусство,

математика, дошкольники, познавательная деятельность.

Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, bu soha har

tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat
muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, ushbu tizimda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, farmon va
qarorlarda

belgilangan

vazifalarning

ijrosi davlatimiz

rahbarining

doimiy e’tiborida

bo‘layotganligini guvohi bo‘lmoqdamiz.

Jumladan, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama

intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, maktabgacha ta’lim
sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

272

tubdan

yaxshilash,

ta’lim-tarbiya

jarayoniga

jahon amaliyotida

keng qo‘llaniladigan

zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, maktabgacha ta’lim muassasalariga
pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat
dolzarb vazifalar qo‘yildi.

Ayniqsa,

maktabgacha

ta’lim

muassasalari

faoliyati

uchun

yetarli

sharoit

yaratilmaganligi bois, binolar qarovsiz holga kelib, bo‘shab yotganligi, ulardan

samarali

foydalanilmayotganligi tanqid qilinib, 2022-yilning birinchi yarmida amalga oshirilishi lozim
bo‘lgan yo‘nalishdagi strategik vazifalar belgilab berildi.
Maktabgacha ta’lim uchun kadrlar tayyorlaydigan institutlarning qabul
kvotalarini real ehtiyojdan kelib chiqib belgilash hamda maktabgacha ta’lim pedagoglariga
qo‘yiladigan talablarning qayta ko‘rib chiqilishi tom ma’noda sohani dunyo standartlari
darajasiga olib chiqilishiga xizmat qilishi shubhasiz.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har

tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratish maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-
tarbiya jarayonini tashkil qilishning mavjud tartibini qayta ko‘rib chiqishni hamda maktabgacha
ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishning zamonaviy usullarini joriy etishni talab qiladi.

Maktabgacha ta’limni yanada rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlaridan

biri

ta’lim-tarbiya

jarayoniga

zamonaviy

yondashuvdir.

Maktabgacha

yoshdagi bolalarni

intellektual,

axloqiy,

estetik

tomonlama

rivojlantirish

uchun

maktabgacha ta’lim

muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning mavjud tartibini yangilash hamda
maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishning zamonaviy

usullarini joriy etishni amalga

oshirishdan iboratdir. Ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish bolalarning rivojlanganligi
darajasini va ularning umumiy boshlang‘ich ta’limga tayyorligini, shuningdek, ularning
ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, jismoniy va ijodiy rivojlanishini baholash asosida amalga
oshirilishi lozim,

bunda bolalarda vatanga muhabbat hissini, oilaga, o‘z xalqining milliy,

tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat, atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni
shakllantirishga alohida e’tibor qaratilishi lozim.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini, bolaning rivojlanishi va uning

umumiy boshlang‘ich ta’limga tayyorligini kompleks baholashning yangi mexanizmlarini
ishlab chiqish, maktabgacha ta’lim muassasalari uchun o‘quv-metodik, didaktik materiallar va
badiiy adabiyotlarni bolalarning yoshiga mos qilib tanlab olish bilan birga ulardan foydalanish,
bolalarni sog‘lom turmush tarzini yuritishga o‘rgatish, shaxsiy gigienaga e’tiborini qaratish, o‘z
vaqtida kerakli vositalardan: sovun, salfetka, spirtli suyuqliklardan muntazam foydalanishga,
faol o‘yinlar o‘tkazish, musobaqalar uyushtirish, gimnastikalar bajarish bilan birgalikda
tarbiyalanuvchilarni axloqiy,

estetik, jismonan sog‘lom o‘sishiga zamin yaratish. STEAM

an’anaviy o‘qitishga muqobil yondashuv hisoblanadi. Bunda bolalar Science (tabiiy fanlar),
Technology

(texnologiya), Engineering (muhandislik),

Art

(san’at)

va

Mathematics

(matematika)ni fanlararo bog‘lanishlar va amaliy yondashuvga asoslangan holda o‘rganadilar

Hozirgi kunda STEAM ta’lim tizimi dunyo miqyosida keng tan olinmoqda. Ba’zi

mamlakatlarda ushbu ta’lim tizimi milliy ta’lim tizimi etib tayinlangan. 2016- yil natijasiga ko‘ra
STEAM ta’lim tizimi bo‘yicha maktabni tamomlaganlar

taqsimotiga ko‘ra yuqori

texnologiyalar bo‘yicha jadal tarzda rivojlanib borayotgan Xitoy birinchi o‘rinni, AQSH va
Rossiya munosib ravishda 3 va 4 o‘rinni egalladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

273

STEAM ta’limi nima degani? STEAM so‘zi ingliz 4 so‘zning bosh harflaridan tashkil

topgan abreviatura bo‘lib, unda: S-Science - Fan, T- Technology -

Texnologiya,

E-

Engineering - Injinerlik, M – Mathematics – Matematika, yaqin kunlarda ushbu apreviaturaga
A-Art -San’at bo‘limi ham qo‘shilgan.
STEAM tizimida ta’lim ushbu 4 yo‘nalishga urg‘u bergan holda, undan

tashqari ularning bir-biri bilan bog‘liqligini ko‘rsatgan holda olib boriladi. Globallashuv

davridagi

texnologik

o‘zgarishlarni

ortidan

qolib

ketmaslik maqsadida,

yangi

texnologiyalar, bazalar shakllanishi, sun’iy aql kabi trend

texnologiyalarni bilish, ularga

muvofiq ta’lim berish hozirgi zamon pedagoglarning, pedagogik texnologiyalarning asosiy
vazifalaridan biri hisoblanmoqda. STEAM bizning kundalik hayotimizdagi innovatsiyalarni ta’lim
tizimiga kiritib beradi.

Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, STEAM ta’lim tizimi orqali bolada

kreativlik, qunt, qiziquvchanlik va hozirgi kunda eng muhim bo‘lgan xususiyat - muammoni
hal qilish (problem- solving skills) qobiliyati shakllanadi. O‘zbekiston Respupblikasida STEAM
ta’lim tizimini davlat ta’lim tizimiga kiritish bo‘yicha o‘tgan 2 yil mobaynida ishlar amalga
oshirilmoqda.

Ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish bolalarning rivojlanganligi darajasini va

ularning umumiy boshlang‘ich ta’limga tayyorligini, shuningdek, ularning ijtimoiy,
shaxsiy, hissiy, nutqiy, jismoniy va ijodiy rivojlanishini baholash asosida amalga oshirilishi lozim.
Bunda bolalarda Vatanga muhabbat hissini, oilaga, o‘z xalqining

milliy, tarixiy, madaniy

qadriyatlariga hurmat, atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga
alohida e’tibor qaratilishi lozim.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida quyidagilar nazarda tutiladi:
- maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini, shuningdek, bolaning rivojlanishi va
uning

umumiy

boshlang‘ich

ta’limga

tayyorligini

kompleks

baholashning

yangi

mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;

- maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun o‘quv-metodik, didaktik materiallar va badiiy

adabiyotlarni tanlab olishni va ekspertizasini ishlab chiqilgan tartibga muvofiq o‘tkazish;

- maktabgacha ta’limning muqobil shakllari uchun yangi o‘quv-metodik materiallarni

ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
- “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturini keng joriy etish;

- tarbiyalanuvchilarning yakka tartibdagi ish daftarlari, kartochkalar, tarqatma va sanoq

materiallari mazmuni va dizaynini o‘rnatilgan talablarga muvofiq ishlab chiqish; -rivojlanishida
jismoniy yoki ruhiy buzilishlari bo‘lgan bolalar ta’limining kompleks texnologiyalarini ishlab
chiqish, inkluziv ta’lim, eng yangi reabilitatsiya va

abilitatsiya usullarini keng joriy etish,

ularning

izchil

ijtimoiylashuvi

va

umumiy

maktabgacha

ta’lim umumiy

tizimi

integratsiyalashuviga ko‘maklashadigan moslashtirilgan dasturlar va yakka tartibdagi ta’lim
yo‘nalishlarini ishlab chiqish;

- maktabgacha ta’limda fanlarni rivojlantiruvchi muhitning innovatsion texnologiyalari va

modullarini ishlab chiqish, maktabgacha va umumiy boshlang‘ich ta’lim izchilligining mazmun va
protsessual komponentlarini optimallashtirish;

- mashg‘ulotlar davomiyligining eng maqbul vaqtini va ularning ketma-ketligini

aniqlash maqsadida o‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini optimallashtirish;

- bolalarni sog‘lom turmush tarzini yuritishga o‘rgatish, gimnastika va faol o‘yinlar


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

274

bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali tarbiyalanuvchilarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari va
sportga qiziqish uyg‘otishni shakllantirish, jismonan sog‘lom o‘sib kelayotgan yosh avlodni
tarbiyalash;

- maktabgacha yoshdagi bolalarning badiiy-estetik va musiqiy tarbiya hamda ta’lim

darajasini oshirish, erta yoshdan boshlab STEAM o‘qitish asoslarini joriy etish; - bolaning
kelgusida o‘zini o‘zi muvaffaqiyatni namoyon qilishi uchun asos sifatida ijtimoiy-
emotsional ko‘nikmalarni rivojlantirish;
- maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnamaydigan bolalar uchun ta’lim xizmatlari

turlari:

pullik ta’lim xizmatlari, qisqa muddatli guruhlar va boshqalarni
kengaytirish.

REFERENCES

1.

R.A. Mavlonova, N. H. Raxmonqulova, K.O.Matanazarova, M. K. Shirinov S. Hafizov
”Umumiy pedagogika” « Fan va texnologiya» nashriyoti T.: 2018

2.

N.N.Azizxo’jayeva “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” «O’zbekiston
yozuvchilar uyishmasi Adabiyot jamg’armasi» nashriyoti T.: 2006

3.

S.T.Turg’unov, L.A.Maqsudova, H.M.Tojiboyeva, G.M.Nazirova, M.A.Umaraliyeva
“Padagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, sifat va samaradorligini oshirish
texnologiyalari” «O'zbekiston Respublikasi O'zPFITI » nashriyoti, T.:2014

4.

J.G‘.Yo‘ldoshev, M.K.Shirinov, F.I.Ochilov “Pedagogik diagnostika” o’quv metodik
qo’llanma T.:2014

5.

O’tkir Tolipov, Dilnoz Ro’ziyeva “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat”
«Toshkent innovatsiya-ziyo» T.: 2019

References

R.A. Mavlonova, N. H. Raxmonqulova, K.O.Matanazarova, M. K. Shirinov S. Hafizov ”Umumiy pedagogika” « Fan va texnologiya» nashriyoti T.: 2018

N.N.Azizxo’jayeva “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” «O’zbekiston yozuvchilar uyishmasi Adabiyot jamg’armasi» nashriyoti T.: 2006

S.T.Turg’unov, L.A.Maqsudova, H.M.Tojiboyeva, G.M.Nazirova, M.A.Umaraliyeva “Padagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, sifat va samaradorligini oshirish texnologiyalari” «O'zbekiston Respublikasi O'zPFITI » nashriyoti, T.:2014

J.G‘.Yo‘ldoshev, M.K.Shirinov, F.I.Ochilov “Pedagogik diagnostika” o’quv metodik qo’llanma T.:2014

O’tkir Tolipov, Dilnoz Ro’ziyeva “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” «Toshkent innovatsiya-ziyo» T.: 2019

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов