CURRENT ECOLOGICAL CONDITION OF AGRICULTURE IN UZBEKISTAN

HAC
Google Scholar
To share
Suyunova, K., & Qodirova , A. . (2023). CURRENT ECOLOGICAL CONDITION OF AGRICULTURE IN UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 2(9), 48–53. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/23891
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article is devoted to the conditions, opportunities and current ecological situation of agriculture in Uzbekistan.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

48

O’ZBEKISTONDA QISHLOQ XO’JALIGINING HOZIRGI EKOLOGIK

AHVOLI

Suyunova Komila Sanjar qizi

Toshkent davlat Agrar universiteti

O’rmon xo’jaligi va landshaft dizayn fakulteti

O’rmonchilik yo’nalishi 4-bosqich talabasi

Tel: +99897171-10-99

Qodirova Arofat Abdukarimovna

Toshkent davlat Agrar universiteti

O’rmon xo’jaligi va lanshaft dizayn fakulteti

3-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8337120

Annotatsiya.

Ushbu maqola O’zbekistonda qishloq xo’jaligi uchun yaratilgan shart-

sharoitlar, imkoniyatlar va qishloq xo’jaligining hozirgi ekologik ahvoliga bag’ishlangan.

Kalit so’zlar:

Qishloq xo’jaligi, hosil, savdo, korxona, zavod, chiqindi, qo’riqxona, sanoat

markazlari, tabiy landshaft, yaylov, dala.

CURRENT ECOLOGICAL CONDITION OF AGRICULTURE IN

UZBEKISTAN

Abstract.

This article is devoted to the conditions, opportunities and current ecological

situation of agriculture in Uzbekistan.

Key words:

Agriculture, harvest, trade, enterprise, factory, waste, reserve, ww industrial

centers, natural landscape, pasture, field

СОВРЕМЕННОЕ ЭКОЛОГИЧЕСКОЕ СОСТОЯНИЕ СЕЛЬСКОГО

ХОЗЯЙСТВА В УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация.

Данная статья посвящена условиям, возможностям и современному

экологическому состоянию сельского хозяйства Узбекистана.

Ключевые слова:

Сельское хозяйство, урожай, торговля, предприятие, фабрика,

отходы, заповедник, промышленные центры, природный ландшафт, пастбище, поле.


O’zbekiston Markaziy Osiyoning qulay hududida joylashgan. Uning hududida azaldan

insoniyat uchun nihoyatda kerakli hisoblangan turli xildagi qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab
chiqariladi. Chunki bu hududda tabiiy-iqlim sharoitlar yetarlidir. Jumladan, Respublikada yillik
samarali temperatura 26-30° ni tashkil etib, quyoshli soat 3600 dan ortiq bo’lib, bir yilda bir necha
marta hosil olish imkonini beradi.

Aholi zich yashaydigan Samarqand va Farg`ona viloyatlariga yirik kimyo zavodlarining

joylashishini noo`rin deb hisoblash mumkin. Hozirgi davrda kelib, respublikada kun sayin
aholining o`sib borishini e`tiborga olgan holda, yangi turar joy hududlarini barpo etish talab
qilinadi. Respublikamizning ko`pchilik shahar va boshqa turar joy markazlari qadimdan
shakillanganligi, savdo va boshqa turdagi ijtimoiy ma`muriy hizmat korxonalariga moslashganligi
uchun atroflariga esa sanoat markazlarining tashkil etilishi, ekologik muammolarni keltirib
chiqaradi. Ayrim joylarida zavod rahbarlarining tashabbusi bilan yirik zavodlar atroflarida ham
turar joy hududlari barpo etiladi. Masalan, Samarqand kimyo zavodi yonida “Kimyogarlar”
shaharchasi barpo etilgan shaharcha rivojlanib borishi tufayli, alohida ahamiyatga ega bo`lgan


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

49

kichik shahar toifasiga yaqin hisoblanadi. Shaharcha hududida yil davomida vaqti-vaqti bilan
kimyo zavodi tutunlari paydo bo`lishi turardi. Respublikamizda tabiiy boyliklardan asosiysi
sug`oriladigan yerlar bo`lib, ushbu joylardan sanoat va turar joylarini joylashtirish tabiat muhitini
buzilishiga va respublikaning kelgusidagima`nviy boyliklarni yo`qolishiga olib keldi. Ushbu
omillarni e`tiborga olib, tabiat muhitini muhofaza qilish tabiiy boyliklarni saqlash va ulardan
samarali foydalanish hamda iqlimni saqlab qolish maqsadida faoliyat darajasiga qarab
respublikamiz mintaqalariga bo`linadi:

1. Tabiatdagi qo`riqxonalar, yirik o`rmonlar, tog`-dam olish joylari, daryo ko`l vasuv

havzalarining qirg`oqlari hamda tabiiy iqlim omillari bo`yicha ahamiyatli hisoblanadigan
hududlar.

2. Qishloq xo`jalik ekinlariga moslashgan hududlar (sug`oriladi gan yerlar va boshqa har

xil o`simliklar hamda daraxtzorlar mumkin bo`lgan joylar).

3. Turar joy va o`zidan zararsiz chiqindilar chiqaradigan sanoat markazlari joylashgan

hududlar bunday hududlarda shaharsozlik va tibbiy geyinik talablar asosida ular orasida himoya
mintaqasi joylashadi.

Bunday zararsiz korxonalar turkumini atmosferaga zaharli tutun chiqarmaydigan suv

havzalari va zaminga o`zining chiqindisini o`tkazmaydigan o`zidan katta shovqin chiqarmaydigan
korxona tashkil qiladi.

Ekologik nuqtai nazaridan dam olish va davolanish uchun taqsimlanayotgan hududiy

mintaqalar respublika viloyat va tumanlarda bosh reja loyihasida ko`rsatiladi. Unda ishlab
chiqarish kuchlarining turar joy hududlarining o`rni ommaviy dam olish sayohatchilar va ular
davolanish uchun joylar ko`rsatiladi. Bunday hududiy taqsimot atrof muhitni muhofaza qilish
uchun eng yuqori darajadagi shaharsozlik tadbiri bo`lib, hisoblanadi.

Zarafshon daryosi qirg`oqlari va Urgut tog`lari va boshqa tabiat ko`rkam joylar ma`daniy

hordiq chiqarish dam olish maskani sifatida ajratilishi mumkin.

Agar viloyatlarda hududiy taqsimotni maqsadga binoan ishlab chiqarish yo`lga quyilsa

o`sha joy aholisining turmush tarsi keskin ravishda rivojlanadi, yaxshilanadi. Tabiy muhitning
holati nuqtayi nazaridan va O`zbekiston tabiatini muhofaza qilish chizma loyihasi asosida
respublika hududini uch ta ekologik faoliyat doirasidagi mintaqalarga ajratish mumkin:

-tabiiy landshaft
-xo`jaliklar uchun foydalanishi chegaralangan mintaqa
-xo`jaliklar jadal foydalanishi mumkin bo`lgan mintaqa
Birinchi faoliyat mintaqasiga kuchli va maxsus tabiatni muhofaza qililsh talab etilgan

holatlar kiradi qo`riqxonalar milliy bog`lar o`zlashtiriladigan hudud, o`rmon xo`jaligi ko`chat
yetishtiradigan xo`jalik, ovchilik xo`jaliklari.

Respublika hududida bir qancha qo`riqxonalar bo`lib, ular davlat tomonidan qo`riqlanadi.

Qo`riqxonada tabiat boyligi bo`lib, soni kamayib ketadigan jonuvorlar va o`simliklar qo`riqlanadi.
Qo`riqxonalar bilan birgalikda bir necha milliy bog`lar ham mavjud. Bu bog`larda qadimiy
daraxtlar va o`simliklar rivojlanishi uchun imkoniyat yaratilgan.

Shunday bog`lardan Toshkent viloyati hududida Bo`stonliq va Ohangaron tumanlariga

qarashli Chotqol tog`o`rmon qo`riqxonasi bo`lib, uning maydoni 500 ming ni tashkil qiladi.
Sherobod tumanidagi qo`riqxona esa 254 mingga, Qashqadaryo viloyati hududidagi Shahrisabz,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

50

Yakkabog`, Kitob, Qamashi va Dehqonobod tumanlaridagi “G`uzor” qoriqxonasining maydoni
250 mingga.

Haydar ko`l Nurota va Tomdi tumani atrofidagi qo`riqxonaning maydoni esa 150 mingga

yaqin. Ushbu qo`riqxonalarning va milliy bog`larning yordamida suv yo`nalishlari o`z holiday
saqlanadi. Selning miqdori kamayadi. Daraxtzorlar barpo etilishiga imkoniyat yaratiladi va tabiiy
qayta shakillanish ro`yobga chiqadi. Bunda tabiiy muhit tadbirlari birinchi navbatda tabiatni o`z
holatida saqlashga qaratilgan bo`lishi kerak. Ikinchi faoliyat doirasidagi mintaqaga ochiq past
tekisliklar adirlar va inson tasirida nisbatan o`zgargan tog` oldi hududlari kiradi. Bu mintaqada
tabiiy muhitni ifloslantiradigan ishlab chiqarish korxonalarning ko`pchiligi joylashgan bo`lib,
birinchi navbatda ularning ekologik ta`sirini ishonchli tadbirlar orqali kamaytirish talab qilinadi.
Uchunchi faoliyat doirasidagi mintaqasi esa sug`oriladigan hududlar kiradi. Bunda qishloq
xo`jaligi yaxshi rivojlangan bo`lib, shuning bilan bir qatiorda sanoat markazlari hisoblangan
shahar va qishloqlar o`z o`rnini topgan. Shuning uchun ham ushbu mintaqada havoning eng ustki
va eng ostki suvlarining buzilishi, tuzilishinin ghaddan tashqari yomon holatdagiligi tabiiy
muhitga ta`sir qiladi.

Eng yirik sug`rish hududlari Farg`ona va Zarafshon vodiysida, Amudaryoning quyi

qismida, Sirdaryoning o`rta qismida va Surxandaryo vodiysida joylashgan. Mintaqada tezlik bilan
ekologiyaga bo`lgan antropologik ta`sirni cheklash lozim. Tabiiy holdagi landshaft mintaqasi 44,1
ming km yoki 9,8 % hududni tashkil etadi. Xo`jalikda foydalanish cheklangan mintaqa 355,14
ming kilometer yoki 47,4 %. Xo`jalik uchun jadal foydalanish mumkin bo`lgan mintaqa 48,3 ming
km. kv. Yoki 10.8 % hududni tashkil etadi. Samarqand va Jizzax viloyatrlarida noqulay, nisbatan
qulay va noqulay hisoblangan tabiiy muhit mintaqalari bo`lib, qulay chegara qiymatlariga to`g`ri
keluvchi mintaqalarga ajratilgan Muhandislik ekologiyasi nuqtayi nazaridan qulay sharoit deb
hisoblangan: mintaqaga: qo`riqxonalar hududlari, ormonchilik, Urgut, Samarqand va Qo`shrabot
tumanlarida tog`li joylar kiradi. Bu joylarda qo`riqxonalar va o`rmon xo`jaliklarining mavjudligi
sababli ob-havoga, suv havzalari, yer usti qatlamiga insonning ta`siri kam.

Ekologik cheklangan noqulay sharoitdagi mintaqadagi tog` oldi tumanlari, adirlar va odam

ta`sirida nisbatan kamroq o`zgartirilgan hududlar tashkil qiladi. Bunga Samarqand viloyatining
Qo`shrabot tumani, Samarqandning bir qismi, Urgut tumani Jizzax viloyati Baxmal tumaning bir
qismi, Zomin, G`allaorol hamda o`rtasoy past tekisligi atrofidagi Forish tumani kiradi.
Atmosferadagi chang miqdori haddan tashqari ko`p suv miqdori favqulotda cheklangan. Tuproq
nurash jarayoniga uchragan bo`lib, u xalq xo`jaligiga hamma zarar yetkazadi. Shu mintaqada
tabiiy muhoitga inson faoliyati ta`sirini kamaytirish bialn birga sug`orish maydonlari atrofida
shamolni to`suvchi daraxtzorlar barpo etib, yerga solinadigan kimyoviy o`g`itlar miqdorini
kamaytirish, yer ustki va ostki suvlarini ifloslantirishdan saqlash tadbirlarini qo`llash lozim.
Ekologik noqulay ushbu mintaqa qishloq xo`jaligiga moslashagn sug`oriladigan maydonlardan
iborat bo`lish, unda sanoat markazlari joylashgan. Shuning uchun mintaqada tabiat muhitini
ifloslantiradigan manbalar ko`p bo`lganligi sababli ularning zararli ta`sirini oldini olish chora
tadbirlarini ishlab chiqish lozim.

-Oqdaryo, Qora daryo quyi oqimidagi Narpay va Kattaqo`rg`on yer osti yuqori darajada

ifloslangan.

-Kattaqo`rg`on suv omborining g`arbiy qismiga suvni himoya qilishi maqsadida ekilgan

o`rmonga kimyoviy moddlarning zararli ta`siri bor.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

51

-Pastdargom tumanining bir qismiga Samarqand superfosfat zavodininngta`siri tufayli

joining havosi va suv manbalari zaharlangan.

-Jonboy va Samarqand tumanining bir qismi Zarafshon davlat qo`riqxonasi atrofida

chiqindilar va oqava suvlar ta`sirida ekologik muammolar yuzaga keladi. Insonnning turmushi va
yashash sharoiti ijtimoiy faolligi tabiat va unin gboyliklaridan foydalanish bilan chambarchas
bog`liqdir. Tabiiy sharoitning qulayligi tufayli sug`orishga asoslangan qishloq xo`jaligining
yuksaltirishga xizmat qilsa, suv manbalarining notekis taqsimlanganligi, yerning yuqori darajada
sho`rlanganligi va boshqa bir qator omillar, qishloq xo`jaligining rivojlanishiga keskin to`sqinlik
qiladi. Shunga binoan, bu omillarni o`z vaqtida to`la hisobga olish lozim. Hozirga kelib 4.1
darajada sho`rlangan. Kimyoviy o`g`itlar bilan hosildorlilkni oshirish mumkin, lekin, yerga har
yili tonnalab kimyoviy o`g`itlar berilishi, yer holatini bora-bora o`zgartiradi, uni oddiy til bilan
aytganda (charchatadi). Ikkinchidan bunday o`g`itlar mevalarni iste`mol qilish, sog`lom avlod,
umuman inson salomatligiga putur yetkazadi.

Meneral o`g`itlar ko`plab ishlatilish natijasida suv havzalari va yer osti suvlari, tuproq

qatlamlari haddan ortiq ifloslanmoqda. Meva, sabzavot va poliz maxsulotlari tarkibida kimyoviy
elementlar miqdori ko`p. Respublika paxta dalalarining har bir gektariga o`rtacha 54.5 kg turli
kimyoviy moddalarning to`g`ri kelganligi tashvishli xoldir.

Yangi ekin maydonlarini ochish, paxtazorlarning yildan yilga kengaytirilishi ularni suv

bialn ta`mirlash uchun bag`riga kanallar qazilib, obihayotning, zovur suvlarinin gqayta daryo
o`zanlariga tashlanishi, suv tarkibining ifloslanishi olib, keldi. Suv tanqisligi sezilayotganligiga
qaramasdan suvni tejash uchun yangi sug`orish usullari va texnologik jarayonnin gsustkashlik
bilan joriy etilish usullari va texnologiya jarayonlarining sustkashlik bilan joriy etilishi xo`jaliklar
aro va xo`jaliklarning shaharliklari o`zanida sodir bo`layotgan milliardlab kubometr suv
sizilishining oldini olish ishlari oqsayotganligi, suv tanqislilgini yanada kuchaytirmoqda.

Adirlarda, yaylovlarda yangi yerlarning ochilishi asrlar davomidayerning yuqori qatlamida

paydo bo`lgan o`simliklarning yo`qolib ketishiga olib keldi. Bu o`simliklar ildizi juda chuqur
bo`lgan shuning uchun ham bunday yaylovlarda o`tlagan mollarning goshti va suti shirin bo`lgan.
Qorako`l terilari ham juda yuqori sifatli bo`lgan. Hozirgi texnika vositalari “faoliyati” natijasida
yaylovlarda bunaqangi mazzali yoki sifatli chorva maxsulotlarni ba`zi joylardagina uchratish
mumkin.

Kishilar oxirgi paytda tog` oraliqlarini ham o`zlashtirib, dehqonchilik va “yashirin” ekinlar

ekish bilan shug`ullanib, dorivor o`simliklarning ekishga va shu joylarda unga necha barobar ziyod
daromat keltiruvchi chorvachilikka to`sqinlik qila boshladilar. Daryo va kanallardan
sug`oriladigan loyqa qumli suvni tindirgichlar yordamida to`g`ridan tog`ri ekinzorlarga oqizishga
shu joylarda hosildor yerlarning yuza qismida yillar o`tishi bilan qumloq qatlamini oshishiga
sababchi bo`ldilar. Buning oqibatlarini Urgut tumani “quyi qishloq” va “Goyibota” qishloqlarining
ekinzor yerlaridagi bir vaqt hosildor bo`lgan yerlarni misol keltirish mumkin. Bu ikkala qishloq
o`rtasidan yangi ariq kanali o`tgan. Shu ariqning sharq tomoni balandlik bo`lib, qadimda
sug`orilmagan. G`arb tomoni pastlik bo`lib, Yangi ariq suvi bilan sug`orilganligi uchun hozirgi
paytda yangi olingan yuqori tomonidagi yerlarning hosili quyi tomondagi hosilga nisbatan ikki
uch barobar sifati bilan ham, og`irligi bilan ham farq qiladi. Ikkala tarafdan quritilgan 5 metrli
uzunlikdagi ipga tizilgan tamaki bargining og`irligi tarozida tortilganda-quyi tomonidagi o`rta


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

52

hisobda 4-6 kg, yuqori tomonidagi esa 12-14 kgni tashkil qiladi. Vaholangki, ikki tarafga ham bir
xil mehnat bir xil ozuqa sarflanadi.

Buning sababi yer usti qismida vaqt o`tishi bilan ariqdan oqib kelayotgan qumni ekinzorga

tarqalib ketishi natijasida shu zamin qadimgi zaminlarga nisbatan issiqlik haroratiga chidamsiz
bo`lib, ikki uch barobar suv sarfini talab qiladi. Agarda jamoa xo`jaliklari asosiy kanaldan suvni
olish joyida maxsus tindirgich hovuz o`rnatib, tindirilgan suvni ekinzorga yuborilsa ekinzorni
sug`orish uchun ketadigan suv sarfi ikki uch barobar tejaladi. Hovuzda cho`kkan tozza va uvilgan
qumdan shu xo`jalik qurilish materiallari sifatida foydalanish imkoniyatiga ega bo`ladi.

Ko`pgina tog`larda tabiiy o`sadigan o`simliklar: rivoch, tog` piyozi, sunbul lola maydonlari

yil sayin kamayib bormoqda.Masalan,Urgut tog`laridagi rivoch va tog` piyozlari tipiga selitra
solinib, suniy tarzda va ko`paytirilib,bozorda sotilmoqda.Natijada bu o`imliklar g`oyat kamayib
ketmoqda.

Atmosfera havosi va suv manbalarining ifloslanishi shaharda istiqomat qilish uchun zarur

bo`lgan muayyan shart-sharoitlarni ayniqsa yomonlashtiradi, uning iqtisodiy taraqqiyot, ijtimoiy
soha tarmoqlari darajasini pasaytiradi. Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, sanoat jihatidan
ko`proq rivojlangan shaharlarda istiqomat qiluvchi aholi besh yuz mingdan ortiq turli moqddalar
ta’sirida bo`lar ekan.

Shahar havosining buzulishi yirik shaharlardagi haroratni bir muncha ko`tarib yuborishi

ham mumkin. Ko`p qavatli binolar va transport vositalaridan keladigan issiqlikni tez tarqalib
ketish qiyinligi tufayli shunday xodisa yuz beradi. Shaharlarda tabiiiy muhitning qisman bo`lsada
ifloslanishi kishilar sog1ligiga, yashash sharoitiga, aholining faravonligiga katta ta’sir ko`rsatadi.

Uzoq kuzatishlar shuni ko`rsatdiki, ishlab chiqarishda band bo`lgan har bir kishi faqat havo

suvning ifloslanganligidan oziq-ovqat mahsulotlarida netratlarning haddan tashqari ko`p
bo`lishidan o`rta hisobidan yiliga o`n kun kasal bo`lar ekan. Ular orasida nafas olish yo`llari qon
aylanishi, oshqozon-ichak, allergic xastaliklari ko`proq uchraydi. Shahar aholisining ishdan bo`sh
vaqtini qanday o`tkazishi ham atrof-muhitning qay ahvolda ekanligi bilan bog`liq.

Ayniqsa urbanizatsiya jarayoni kuchayib borayotgan bir sharoitda xususan insonning tabiat

bilan munosabatida uning o`ziga xos ekolog ehtiyojlari shakllana boradi.

Atrof-muhit, inson-sog`liq asosan shovqun-suron atmosfera havosi va suvning sarflanishi

orqali ta’sir ko`rsatishi mumkin. Shunga ko`ra shaharlarda istiqomat qilish tabiiy tartibni huquqiy
jihatlarni aniqlash va ularga rioya etishni ta’minlashi zarur.

Bu huquqiy qoidalarda tashqi muhitni suv manbalarni zararli, oddalar bilan ifloslanishidan

saqlash, shovqin-suron natijasida ro`y beradigan salbiy ta’sirlarni kamaytirish kabi masalalar
kiradi.

Turli xil sanoat tarmoqlari transport vositalari, qurilishning shakllanishi va rivojlanishi

yangi shaharlar sonining ko`payib borishi ayniqsa issiq iqlimda O`zbekiston sharoitida yangidan-
yangi muammolarni keltirib chiqaradi. O`zbekiston hozirgi kunga kelib ekologik vaziyat eng
murakkablashgan mamlakatlardan biri hisoblanadi.


REFERENCES

1.

Iqtisodiyotning agrar sektori. T.Jo'rayev, Sh. Allayarov, X.Asatullayev, T. Umarov,
Ma'ruzalar matni. -T.: TIM, 2012


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

53

2.

Salomov T. Hamdamov Q.S. Tursunxo'jayev T.L., To'raxo'jayev T.I., Hakomov R.X.,
O'roqov N.I., Aripov I.M., Jahon qishloq xo'jaligi. O'quv qo'llanma. - T.: TDIU, 2004.

3.

Hakimov R. Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti, -T.: MCHJ ―RAM-S‖, - 2007

4.

Hakimov R., Otaqulov M., Yusupov E., Yusupov M., Agrosanoat majmui iqtisodiyoti.
O'quv qo'llanma. - T.: TDIU, 2004.

5.

Salimov T., Hamdamov Q.S., Tursunxo'jayev T. L., To'xtayev T.I., Xakimov R.X.,
O'roqov N.L., Aripov I.M. Jahon qishloq xo'jaligi. O'quv qo'llanma. - T.: TDIU, 2004.

6.

Saidova D.N., Rustamova I.B., Tursunov Sh.A. ―Agrar siyosat va oziq-ovkat
xavfsizligi‖. O‘quv qo‘llanma. T.: ―O‘zR Fanlar Akademiyasi Asosiy kutubxonasi‖
bosmaxonasi nashriyoti, 2016.

References

Iqtisodiyotning agrar sektori. T.Jo'rayev, Sh. Allayarov, X.Asatullayev, T. Umarov, Ma'ruzalar matni. -T.: TIM, 2012

Salomov T. Hamdamov Q.S. Tursunxo'jayev T.L., To'raxo'jayev T.I., Hakomov R.X., O'roqov N.I., Aripov I.M., Jahon qishloq xo'jaligi. O'quv qo'llanma. - T.: TDIU, 2004.

Hakimov R. Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti, -T.: MCHJ ―RAM-S‖, - 2007

Hakimov R., Otaqulov M., Yusupov E., Yusupov M., Agrosanoat majmui iqtisodiyoti. O'quv qo'llanma. - T.: TDIU, 2004.

Salimov T., Hamdamov Q.S., Tursunxo'jayev T. L., To'xtayev T.I., Xakimov R.X., O'roqov N.L., Aripov I.M. Jahon qishloq xo'jaligi. O'quv qo'llanma. - T.: TDIU, 2004.

Saidova D.N., Rustamova I.B., Tursunov Sh.A. ―Agrar siyosat va oziq-ovkat xavfsizligi‖. O‘quv qo‘llanma. T.: ―O‘zR Fanlar Akademiyasi Asosiy kutubxonasi‖ bosmaxonasi nashriyoti, 2016.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов