INSTALLATION AND MAINTENANCE OF PHOTOELECTRIC SYSTEMS. CURRENT STATUS OF RENEWABLE ENERGY SOURCES.

HAC
Google Scholar
f
148-156
1
0
To share
Qodirova, A. . (2023). INSTALLATION AND MAINTENANCE OF PHOTOELECTRIC SYSTEMS. CURRENT STATUS OF RENEWABLE ENERGY SOURCES. Modern Science and Research, 2(10), 148–156. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25813
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides general information about the principle of operation of photoelectric systems and their current state. Efficiency, efficiency and lifetime of solar panels. The results of the project and research on the development of several changes and measures in this regard are presented in our country.

Similar Articles


background image


148

FOTOELEKTRIK TIZIMLARNI O’RNATISH VA ULARGA XIZMAT KO’RSATISH.

QAYTA-TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBAALARINING HOZIRGI HOLATI.

Qodirova Arofat Abdukarimovna

Toshkent davlat agara universiteti

Texnologik jarayonlar ishlab chiqarishni

avtomatlashtirish va boshqarish yo’nalishi 3-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10158185

Annotatsiya.

Ushbu maqolada fotoelektrik tizimlarning ishlash prinsipi va ularning

hozirgi kundagi holati to’g’risida umumiy ma’lumotlar berilgan. Quyosh panellarining foydali ish

koeffitsiyenti, samaradorligi va ishlash muddati. Yurtimizda bu borada olib borilayotgan bir

qancha o’zgarishlar va chora tadbirlarning ishlab chiqilishi bo’yicha loyiha va tadqiqot natijalari

keltirilgan.

Kalit so’zlar:

QTEM, FES, SHES, fotovaltaika, ON-GRID, OFF-GRID, HYBRID, SMART-

GRID, quyosh panellari, invertorlar, energiya samaradorligi, energiya auditi.

INSTALLATION AND MAINTENANCE OF PHOTOELECTRIC SYSTEMS.

CURRENT STATUS OF RENEWABLE ENERGY SOURCES.

Abstract.

This article provides general information about the principle of operation of

photoelectric systems and their current state. Efficiency, efficiency and lifetime of solar panels.

The results of the project and research on the development of several changes and measures in

this regard are presented in our country.

Key words:

QTEM, FES, SHES, photovoltaics, ON-GRID, OFF-GRID, HYBRID, SMART-

GRID, solar panels, inverters, energy efficiency, energy audit.

МОНТАЖ И ОБСЛУЖИВАНИЕ ФОТОЭЛЕКТРИЧЕСКИХ СИСТЕМ.

СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ ВОЗОБНОВЛЯЕМЫХ ИСТОЧНИКОВ ЭНЕРГИИ.

Аннотация.

В данной статье представлены общие сведения о принципе работы

фотоэлектрических систем и их современном состоянии. Эффективность,

эффективность и срок службы солнечных панелей. В нашей стране представлены

результаты проекта и исследования по разработке ряда изменений и мер в этом

направлении.

Ключевые слова:

QTEM, FES, SHES, фотоэлектрика, ON-GRID, OFF-GRID,

HYBRID,

SMART-GRID,

солнечные панели, инверторы, энергоэффективность,

энергоаудит.


background image


149

KIRISH.

Bugungi kunda elektr energiyaga bo‘lgan talabi kundan-kunga ortib borayatgani

sababli ko‘plab muammolar kelib chiqmoqda bunga sabab esa aholi soni va energiyaga talabning

o‘sishidir. Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSH) Energetika vazirligi hisobotiga ko‘ra, AQShda elektr

energiyasiga bo‘lgan talab va iste’moli so‘nggi 20 yil ichida har yili 2.5% ga oshgan bu esa o‘z

navbatida global iqlim o‘zgarishi, uskunalarning ishdan chiqishi, energiyani saqlash muammolari

kelib chiqib, elektr energiyasini taqsimlash tarmog‘i juda murakkab va hozirgi kun ehtiyojlariga mos

kelmaydi. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, XX asrda tashkil etilgan markazdan boshqariladigan tarmoq

XXI asr ehtiyojlariga mos kelmasligi ushbu mavjud elektr tarmog‘ining muammolarini hal qilish

uchun qayta-tiklanuvchi energiya manbaalariga murojaat qilindi.

Bilamizki kundan kunga dunyo

o’zgarib bormoqda iqlim va ekologiya haqida bugun aytilgan gaplar erataga aytiladigan gapga

to’g’ri kelmayapti. Shu bilan birgalikda odamlar soni ham ortib bormoqda, energiyaga bo’lgan

ehtiyoj ham shu zayilda global muammoga aylanib bormoqda. Avval an’anaviy usuldan

foydalanib kelgan gegemonlar ham endi bu usuldan voz kechmoqdalar. Ular uning o’rniga

noan’anaviy usulni tanlashdi va undan to’laqonli foydalanishmoqda. Bundan ko’rinadiki bugungi

kuimiz raqamli texnologiyalar ustiga qurilayotgan bo’lsada biz energiyaga muhtojmiz. Shu

sababli ham yurtoboshimiz bu borada ko’plab qarorlar va farmoyishlar bermoqda.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Energiya tizimlarida qayta- tiklanuvchi energiya manbaalaridan foydalanish ancha smarali

hisoblanadi. Hozir shu yuzasidan prezidentiimiz qarorlariu va shular ijrosi bilan tanishamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.02.2023 yildagi PQ-57-sonli qarori ya’ni 2023-yilda

qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni

jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida, bunga ko’ra ijtimoiy va uy-joy kommunal xizmat

ko‘rsatish sohalarida hamda iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng

joriy etish, energiya samaradorligini oshirish orqali respublika hududlarida energiya taqchilligi

qoplanishini ta’minlash, bu boradagi ishlarni kompleks tashkil etish hamda investorlar uchun qulay

sharoitlar va rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy qilish;

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi va

vodorod energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 9 apreldagi PQ–5063-son

qaroriga muvofiq Energetika vazirligi huzurida tashkil etilgan Qayta tiklanuvchi energiya manbalari

milliy ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi.(

1-rasm

)

Institutda ushbu sohada bir qator ilmiy va amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan Osiyo

taraqqiyot bankining texnik ko‘magi asosida fotoelektrik modullarini sinovdan o‘tkazish


background image


150

laboratoriyasining bazaviy hamda konseptual dizayni ishlab chiqilib, xalqaro standartlar talablari

asosida o‘ndan ortiq zamonaviy o‘lchov qurilmalari bilan jihozlangan.

O’zbekiston hududi keskin

kontinental iqlimiy mintaqada joylashganligi, yoz va qish fasllarida kun davomida havo haroratining

keskin o‘zgarishlari, shuningdek yog‘ingarchilik kunlarining ko‘pligi qayta tiklanuvchi energiya

manbalaridan foydalanish sohasida yuqori sifatli texnologiyalardan foydalanishni talab etadi.

Shuning uchun ham olimlar O’zbekiston sharoiti uchun xamonaviy ko’p imkoniyatlarga ega

bo’lgan meteostansiya qurishibdi. (2-rasm) Rasmda ko’rishingiz mumkin bo’ladi.

1-rasm. 2-rasm.

Bu meteostansiya bir vaqtning o’zida Quyosh nurlanishi quvvvatini , shamol tezligini

va yo’nalishini, atrof muhit haroratini o’lchash imkonini berar ekan. Meteostansiya quyosh

nurlanishini o’lchaydigan datchiklar, shamol tezligini o’lchovchi anemometr va haroratni

o’lchaydigan termometr kabi qurilmalardan tashkil topgan bo’lib bu qurilmalardan olingan

ma’lumotlarni bilvosita kuzatib borish mumkin. Malumotlar institut olimlari tomonidan

yaratilgan dasturga kelib tushadi va ular kompyuterda ko’rsatkichlarni bevosita statistik kuzatb

boradilar. Bu esa o’z o’rnida energetic bashoratlash imkonini beradi. Bu stansiya nima hisobiga

ishlaydi/ degan savol tug’iladi, albatta elektr energiyasidan quvvatlanib ishlaydi va energiyani

shu yerda o’rnatilgan quyosh fotoelektrik stansiyalaridan oladi. Ustozning aytishiga ko’ra bunday

meteostansiyalar yana ko’plab joylarda o’rnatilish ko’zda tutilgan ekan. Hozirga qadar

O‘zbekistonda meteostansiya ishlab chiqarilmagan, ya’ni xorijdan import qilingan. Ular yaratgan


background image


151

qurilma import o‘rnini bosadi. Ayni paytda meteostansiyani kichik seriyada ishlab chiqarishni yo‘lga

qo‘yilgan.

Qayd etilishicha, uskunaning afzalligi — arzonligida. Masalan, Osiyo taraqqiyot banki orqali

O‘zbekistonga 6ta meteostansiya 100 ming dollarga xarid qilingan bo‘lsa, uning yillik litsenziyasini

uzaytirish 103 ming yevroni tashkil etadi. Ya’ni, meteostansiyaning narxidan uning litsenziyasini

uzaytirish qimmat. Shu sababli, ular o‘zimizning dasturiy mahsulotni ishlab chiqdik va uning narxi

50 mln so‘m atrofida. Meteostansiyada shamol, quyosh, namlik qurilma datchiklari orqali

informatsiya kompyuterga yig‘iladi. Uskuna orqali respublikaning turli nuqtalaridagi ma’lumotlarni

bir joyga jamlash, barcha iqlimiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilib borish mumkin.

Endi asosiy yurtimizda keng ko’lamli foydalanib kelinayotgan quyosh fotoelektrik

stansiyalari va shamol elektrostansiyalari haqida gaplashsak. Energiya tizimlarida fotoelektrik

tizimlarini qo’llash ikkita asosiy sohaga bo’linishi mumkin: tarmoqdan tashqari (Off-grid) yoki

tarmoqqa ulangan (On- grid) tizimlar. ON-GRID va OFF-GRID bu qanday tizim degan savol

tug’iladi? Bilamizki biz quyosh panellarida elektr toki oladigan bo’lsak doimo

akkumulyatorlardan foydalanishimizga to’g’ri kelgan chunki energiya bir joyga to’plab olinmasa

elektr energiyasi ishlab chiqarishni nim a keragi bor axir. Agar uni to’g’ridan to’g’ri yuklamga

ulab qo’ysak ham xato ish bo’ladi. Shuning uchun hozirgi kunda invertorlar yaratilgan. Invertor

bu- o’zgaruvchan tokni o’zgarmasga aylantirib beruvchi ham elektr tokini nazorat qiluvchi va

sizning smartfoningizfa bu haqida ma’lumot yetkazib turuvchi qurilmadir. Hozirgi kunda

invertorlarning 3 xil turi mavjud:


background image


152

1.

ON-GRID

2.

OFF-GRID

3.

HYBRID

Bugungi kunga kelib yurtimizda asosan ON-GRID tizimidagi invertorlar qo’llanilib

kelmoqda sababi u FES ishlab chiqarayotgan elektr toki sizga yrtmay qolganda tarmoqdan

olib beradi. Agar aksincha bo’ladigan bo’lsa ya’ni sizning iste’molingizdan ortganini tarmoqqa

sotadi. Va bu albatta qo’shimcha daromad manbayi bo’lib xizmat qiladi. Ham o’zingiz va ham

qo’shningizni elektr energiyasi bilan ta’minlashingiz mumkin bo’ladi. Ammo bir muammo bor

quyosh panellari bilasz kichkina narsa emas u o’ziga nisbatan ko’proq joy egallaydi. Agar

siz panellar qoidasiga ko’ra to’g’ri tashkil etsangiz muammo yo’q biroq to’g’ri tashkil etilmasa

anchagina muammolar kelib chiqadi.

Quyosh panellari ham asosan 3 turga bo’linadi va har birining sifatiga ko’ra 4 ta klass

mavjud: A, B,C va D klass.Turlari esa:

1.

Monokristall

2.

Polikristall

3.

Amorf kremniyli QP lar

Hozirda asosan monokristall kremniyli quyosh panellaridan foydalaniladi. Chunki uning

foydali ish koeffitsiyenti polikristallnikiga qaraganda yuqoriroq aaslini olganda ikkalisini ham

teng deyish mumkin chunki FIK lar farqi faqatgina 1-2% xolos. Kremniy bu yarim o’tkazgich

ya’ni aynan mana shu modda quyosh nuri ta’sirida erkin elektronlar ajralinb chiqishiga yordam

beradi va elektr energiyasi hosil bo’ladi . Shundan so’ng diod bizga elektr energiyasini

o’tkazgichga bir taraflama o’tkazadiva to’g’ri avtomatga yo’naladi, avtomatdan so’ng

invertorga kirib ketadi, invertordan chiqib yana avtomatga yo;naladi, avtomatdan chiqib

yuklama sari uo’l oladi.

FES ning va’da qilingan quvvatni berishi uning sifatiga ega balki juda ko’p omillarga

bog’liq sanaladi:

1.

Quyosh radiatsiyasi

2.

Ekologiya

3.

Harorat

4.

Soyalanish

5.

To’g’ri konstruksiya

FES larning siz kutgan natijani berishi eng avvalo quyosh radiatsiyasiga bog’liq

hisoblanadi. Yurtimizda yilning 300 kuni quyoshli hisoblanar ekan yoz kunlarida o’rtacha


background image


153

kunnig 16 soati quyoshli bo’lib shundan soat ayni 12:30da quyosh radiatsiyasi yuqori

darajaga chiqishi meteorologlar tomonidan tasdiqlangan. Bundan ko’rinadiki 10 yoki 20 KW

lik FES ham sizga hamma vaqt shuncha KW energiya beradi degani emas. Quyosh radiatsiyasi

darajalari esa Yerning o’z o’qi atrofida aylanishiga bog’liq hisoblanadi. Bundan tashqari

nurlanishning ham turlari mavjud bo’lib:

1.

Diffuz nurlanish

2.

Tik nurlanish

3.

Yig’indi nurlanish hisoblanadi.

Endi esa ekologiya. Ekologiyaga keladigan bo’lsak agar ekologiya haddan ortiq

changlanib ketadigan bo’lsa FES ning FIK I keskin ravishda tushib ketadi. Agar bitta

panelning FIK I 20% bo’ladigan bo’lsa Quyoshdan kelyotgan 1000W energiyaning 20 foizi

ya’ni 200 w elektr energiya beradi sizga. DEmak bundan kelib chiqadiki havo changli

bo’ladigan bo’lsa FIK tushib ketsa sizga berayotgan energiyaning 50%ini ham bermaydi

degani bu. Natija kutgilgandek bo’lmagach firma yoki boshqalarni ayblab yuramz bu esa xatodir.

Shuning uchun bilishimiz kerak bo’lgan omillarni o’rganib olishimiz yoki yaxshgi mutaxassis

yollashimiz kerak bo’ladi.

Harorat. Quyosh panellari havo harorat o’rtacha 25*C da energiya smaradorligi yuqori

bo’ladi. Agar havo harorati tashqarida 40 darajani ko’rsatadigan bo’lsa panelni harorati 70

darajaga ko’tarilib ketadi natijadi panel biz kutgan energiyani bermaydi va aksincha quvvat

koeffitsiyenti pasayib ketadi.

Soyalanish. Soyalanish bevosita to’g’ri konstruksiyalanish bilan bog’liq jarayondir.

Chunki panellar ko’p joylashtirilganida orqa tarafdan joylanadigan keyni panelga soya tushib

qoladigan bo’lsa unda ham ham biz kutgan effektni bermaydi.

To’g’ri konstruksiyalash. QFES larni hozirgi kund oddiy inson ham loyihalash ga

qodir chunki bugungi kunga kelib raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektlar ancha

rivojlanib ketti. Xususan PV & SOL va SOLR GISA programmalari yordamida o’z

hududingizga yoxud uyingiz uchun ham QFES larni loyihalash imkoniyatiga egasz. Buning

uchun o’z iste’molingizni bilsangiz bas. Lekin olgan loyihangizni konstruksiylash jarayoniga

kelganda esa yaxshi mutaxassis va auditorlar b sizga kerak bo’ladi. QFES larni o’rnatish

jarayonida ham visual xatolarni toppish mumkin agar mutaxassis bo’lsa nafaqat visual balki

tashqi va ichki o’rnatish xatolarini ham aniqlab beradi. Auditor esa konstruktorlar ishining

qanchalik sifatli va xavsiz yoki bo’lmasam qanchalik sifatsiz va nojo’ya bo’lganligini sizga

aniqlab beradi. Mana ko’rib turganimizdek biz ahamiyat berishimiz va o’rganib olishimiz


background image


154

kerak bo’lgan omillar talaygina. Chunki hech narsa ideal emas 10 KW deb belgilangan

QFES ham sizga qanchalik to’g’ri o’rnatilmasin, oylar davomida changlardan tozalab

turilmasin kutilgan natijani ololmasliginingiz mumkin .Chunki uni ham yaratislish jarayonda

xatoliklar bo’lgan bo’lishi va aksincha 10 KW lik stansiyangiz sizga balki 12-15Kw ham

berishi mumkin bu fikrlar fandan biroz yiroqdir ammo bo’lishi mumkin degan hodisa ham

bor.

TADQIQOT NATIJALARI

Prezidentimizning qarorlariga muvofiq ravishda uning chet davlatlari bilan

hamkorlikda ko’plab xalqaro bitmlar va kelishuvlar amalga oshirildi.

Prezident o‘tkazgan

yig‘ilishda 2023-yilda hududlarda 18 ta quyosh elektr stansiyasi barpo etilishi ta’kidlandi.

Bu orqali xonadonlarga beriladigan elektr 50 foizga ko‘payadi.

Qayd etilishicha, so‘nggi 3 yilda energetika sohasiga 8 milliard dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri

investitsiyalar jalb qilindi. Navoiy va Samarqand viloyatlarida quyosh elektr stansiyalari ishga

tushirildi. 2023 yilda 18 ta shunday stansiyalar barpo etilmoqda. Prezidentning 16

fevraldagi

qarori

bilan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishni jadallashtirish

bo‘yicha dastur qabul qilingan. Jumladan, “Yashil energiya” kompaniyasi tashkil etilib, unga

dastlabki 10 million dollar yo‘naltirildi. Mazkur dasturga ko‘ra, 2023 yilda tadbirkorlar, ijtimoiy


background image


155

soha va aholi xonadonlarida 1 ming 700 Megavatt quvvatli quyosh panellari o‘rnatish ko‘zda

tutilgan.

Yig‘ilishda ijtimoiy soha obyektlari va davlat idoralarida 220 Megavatt, tadbirkorlar

tomonidan 1 ming 300 Megavatt va yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylar tomida 15 Megavatt

quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatilishi aytildi. Bu borada Andijon, Qashqadaryo,

Surxondaryo, Farg‘ona, Navoiy va Samarqandda faol ish boshlagani ta’kidlandi. Farg‘ona

viloyatining O‘zbekiston tumanida 98 mln dollar evaziga quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh

fotoelektr stansiyasi quriladi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov loyihani 2024 yil 2-choragida

emas, balki 2023 yil oxirigacha yakunlash kerakligini aytib, buning uchun har tomonlama

ko‘mak ko‘rsatilishini bildirdi. Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida quvvati 100 MVt

bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish rejalashtirilmoqda. Ma’lum qilinishicha, viloyat

hokimi Xayrullo Bozorov Turon Eco Cement tomonidan amalga oshirish rejalashtirilayotgan

quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasiga oid taqdimot bilan

tanishgan.

Ta’kidlanishicha, loyihani korxonaning o‘z mablag‘lari hamda bank krediti jalb etish

hisobiga barpo etish ko‘zda tutilmoqda. Qiymati 98 mln dollar bo‘lgan loyiha amalga oshirilsa,

yillik 400 mln. kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Avvalroq, Sirdaryo IESda quvvati 1,3

MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgani haqida xabar berilgan

edi

. Bu esa


background image


156

qo‘shimcha 2,3 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish hamda yiliga 750 ming kub metr

tabiiy gazni tejash imkonini berishi ta’kidlangandi.

XULOSA

Xulos qilib shuni aytish mumkinki yurtimizda energiya tizmilarini isloh qilish

bo’yichsa bir qator tizimli amallar joriy etilgan bo’lib ularni muntazam, kuzatib borish esa

o’z mutaxassislari qo’llariga topshirilgan. Bugungi kunga kelib quyosh nurlaridan to’g’ri va

unumli samarador foydalanish sekin-0asta bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Hali

o’rganilmagan ishlar g’oyalar juda-juda ko’p ularni ro’yobga chiqarib tadbiq etish uchun esa

vaqt talab etiladi. Shu sababdan ham kelajak avlodga energiya manbaalarini meros qoldirish

maqsadida bu ishlar amalga oshirilmoqda.

REFERENCES

1.

T.Majidov Qayta-tiklanuvchi energiya manbaalaridan oqilona foydalanish asoslari 2017.

2.

Rajabov Jamoliddin Baxtiyor o’g’li, Xudoynazarov Anvar Panji o’g’li ,Erkinov

Ro’zimurod Shavkat o’g’li. Jahoda smart gridning elektr energiyasi tizmida qo’llanilish

tahlili

3.

U.S. Department of Energy , 2011 .Aviable http://www.oe.energy.gov

4.

Elektr tarmoqlari va sistemalari: uslubiy qo‘llanma/ O‘zR O O‘MTV; Rasulov A.N.,

Taslimov A.D., Mamarasulova F.S., Raxmonov I.U.-Toshkent: TDTU, 2014. - 90 b

5.

V. C. Gungor, B. Lu, and G. P. Hancke, “Opportunities and challenges of wireless sensor

networks in smart grid,” IEEE Trans. Ind. Electron vol. 57, no. 10, pp. 3557–3564, Oct.

2010.

6.

N.A. Matchanov, A.A. Mirzayev, G’.X. Xasanov, F.F. Sodiqov, A.P. Xudaynazarov.

“O’rnatilgan quvvati 20 kVt bo’lgan fotoelektrik stansiya mahalliy elektr tarmoq bilan

parallel ishlaganda ulanish nuqtasidagi kuchlanish vat ok kuchi garmonikalarining

tadqiqi”. Energiya va resurs tejash muommolari. Toshkent 2022. №3 198-206 betlar.

7.

INTERNET SAYTLAR

8.

https://www.facebook.com/minenergyuz

9.

https://lex.uz/uz/docs/-6385716

10.

https://president.uz/oz/lists/view/6359

References

T.Majidov Qayta-tiklanuvchi energiya manbaalaridan oqilona foydalanish asoslari 2017.

Rajabov Jamoliddin Baxtiyor o’g’li, Xudoynazarov Anvar Panji o’g’li ,Erkinov Ro’zimurod Shavkat o’g’li. Jahoda smart gridning elektr energiyasi tizmida qo’llanilish tahlili

U.S. Department of Energy , 2011 .Aviable http://www.oe.energy.gov

Elektr tarmoqlari va sistemalari: uslubiy qo‘llanma/ O‘zR O O‘MTV; Rasulov A.N., Taslimov A.D., Mamarasulova F.S., Raxmonov I.U.-Toshkent: TDTU, 2014. - 90 b

V. C. Gungor, B. Lu, and G. P. Hancke, “Opportunities and challenges of wireless sensor networks in smart grid,” IEEE Trans. Ind. Electron vol. 57, no. 10, pp. 3557–3564, Oct. 2010.

N.A. Matchanov, A.A. Mirzayev, G’.X. Xasanov, F.F. Sodiqov, A.P. Xudaynazarov. “O’rnatilgan quvvati 20 kVt bo’lgan fotoelektrik stansiya mahalliy elektr tarmoq bilan parallel ishlaganda ulanish nuqtasidagi kuchlanish vat ok kuchi garmonikalarining tadqiqi”. Energiya va resurs tejash muommolari. Toshkent 2022. №3 198-206 betlar.

INTERNET SAYTLAR

https://www.facebook.com/minenergyuz

https://lex.uz/uz/docs/-6385716

https://president.uz/oz/lists/view/6359

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов