Authors

  • Zebogul Haydarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.24210

Keywords:

healthy sports

Abstract

This article describes the importance of the sport of rhythmic gymnastics in the education of young people today as a spiritual and harmonious generation.

background image



117

MA’NAVIY VA JIMONIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA BADIIY

GIMNASTIKANING O’RNI VA AHAMIYATI

Haydarova Zebogul Komiljon qizi

Qaraqalpog’iston Respublikasi, Nukus shahri O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport

universiteti Nukus filiali, Sport turlari fakulteti,

“Badiiy gimnastika” yo’nalishi 3-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8388400

Annotatsiya:

Ushbu maqolada bugungi kunda yoshlarni ma’naviy va jimoniy barkamol

avlod etib tarbiyalashda badiiy gimnastika sport turining ahamiyati haqida fikrlar bayon qilingan.

Kalit so’zlar:

sog’lom sport, barkamol avlod, jismoniy tayyorgarlik, badiiy gimnastika.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF ARTISTIC GYMNASTICS IN RAISING A

SPIRITUALLY AND SOCIALLY PERFECT GENERATION

Annotation:

this article describes the importance of the sport of rhythmic gymnastics in the

education of young people today as a spiritual and harmonious generation.

Keywords:

healthy sports, harmonious generation, physical fitness, rhythmic gymnastics.

РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ СПОРТИВНОЙ ГИМНАСТИКИ В ВОСПИТАНИИ

ДУХОВНО И СОЦИАЛЬНО СОВЕРШЕННОГО ПОКОЛЕНИЯ

Аннотация.

В данной статье высказываются мысли о значении художественной

гимнастики в воспитании молодежи как духовно и социально зрелого поколения.

Ключевые слова:

здоровый спорт, зрелое поколение, физическая подготовка,

художественная гимнастика.

Vatan, xalq shuhratini dunyoga tarannum etishda jismoniy tarbiya va sportning o’rni

beqiyosdir. Jahon miqyosidagi turli nufuzli musobaqalarda o’zbek yoshlari erishayotgan

g’alabalar bu haqiqatni tasdiqlab turibdi. Chunki barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining

poydevori va kelajak asosi hisoblanadi. Ona Vatan buyuk bo’lmog’i uchun shu zaminda

yashovchilar aqlan va jismonan sog’lom bo’lishlari shart. Ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni

tarbiyalash -faqat milliy ehtiyojgina emas, balki umumdavlat ahamiyatiga molik masala

hisoblanib, u ko’p millatli Vatanimizda tug’ilib o’sgan, tomir yoygan barcha qardosh xalqlar

uchun birday ezgu maqsaddir. Lev Tolstoyning mashhur so’zi bilan aytganda: “Ma’nan sog’lom

bo’lish uchun jisman bardam bo’lmoq kerak” .

Badiiy gimnastika sport turlari ichida har jihatdan qizlarga mos turi bo’lib, ularning

jismoniy, fiziologik jihatdan shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu sohaning


background image



118

rivojlanishida mamlakatimizda keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Bu esa o’z navbatida

gimnastikachi qizlarimizning erishayotgan yutuqlari zamirida o’z ifodasini topib kelmoqda.

Badiiy gimnastika elementlari qiz bolalarda sakrash, muvozanat saqlash, burilish, siltash,

buyumlarsiz, buyumlar bilan, yo’nalish va bo’shashtirish mashqlarini navbatlantirish bilan hamda

tayanch xolatidagi mashqlarni o’z ichiga oladi, gavda, qo’l, oyoq mushaklarini mustahkamlaydi.

Ular nafaqat kuchni, bo’g’imlardagi harakatchanlikni rivojlantiradi balki, mushaklardagi nozik

sezgini, harakat koordinatsiyasini tarbiyalaydi, to’g’ri qaddi-qomatni shakllantiradi, murakkab

sharoitda muvozanat saqlashga yordam beradi.

Badiiy gimnastikada yuqori ko’rsatkichlar namoyish qilish, yo bo’lmasa yuqori natijalarga

erishish uchun albatta erta yoshlardanoq ushbu sport turi bilan jiddiy shug’ullanish talab etiladi.

Shuni hisobga olish lozimki, 5-7 yoshli qiz bolalarning organizmi har tomonlama va tez

rivojlanadigan davr bo’lib hisoblanadi. Bu yoshda organizm harakatlanish funksiyalari juda tez

rivojlangan. Shu tufayli bu yoshdagi bolalar uchun faol hayot tarzi xos bo’ladi. 5-7 yoshdagi

bolalarning suyak tuzilishi ham o’ziga xos bo’lib umurtqa pog’onasining egiluvchanligi,

bo’g’imlarning cho’ziluvchanligi va mustahkam emasligi badiiy gimnastika sport turi bilan

shug’ullanish uchun alohida ahamiyatga ega.

Bu yoshdagi bolalarda yurak, nafas olish, mushak, asab sistemalari mukammal rivojlangan

emas. Diqqatni jamlash, aqliy mehnat qilish qobiliyati ko’p emas, atigi 15 daqiqa xolos. O’yin va

birovga taqlid qilish reaktsiyalari yaxshi rivojlangan. Ayni shu jihatlarning yaxshi rivojlanganligi

sababli kichik yoshdagi qizlarni badiiy gimnastika sport turiga yo’naltirish maqsadga muvofiq.

Shuni alohida takidlash joizki, bu sport turi butun mamlakatimiz bo’ylab keng tarqalmagan,

xususan qishloq hududlarida badiiy gimnastika sport turining rivojlantirishdagi ayrim muammolar

o’z yechimini topmaganligi birinchi muammo bo’lsa, ilmiy, amaliy hamda nazariy jihatdan yuqori

malaka va bilimga ega bo’lgan mutaxassislarning kamligi ikkinchi muammo bo’lib hisoblanadi.

Yuqorida ko’rsatilgan muammolar o’z yechimini topishida quyidagilarni inobatga olish

maqsadga muvofiqdir:

1. Mamlakatimizning chekka tumanlarida badiiy gimnastika sport turini rivojlantirishni

targ’ib etishni yo’lga qo’yish.

2. Mahalla fuqarolar yig’ini va sport maktablarining o’zaro hamkorligi asosida sport turlari

bo’yicha yuqori natijalarga erishgan sportchilarning aholi ayniqsa yoshlar bilan davra suhbatlarini

o’tkazish.


background image



119

3. Ilmiy-amaliy jihatdan o’z isbotini topgan dalillar asosida keng ommaga yetkazib berish.

Bu masalada yoshlarning faolligini oshirish maqsadida yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda aniq reja

asosida keng ko’lamli ishlarni olib borish muhim ahamiyat kasb etadi

Badiiy gimnastika mashqlarini o’tkazishda raqsga xos elementlar va birikmalardan har xil

yugurish va sakrash turlaridan foydalanish o’ziga xos xususiyatga ega. Bolalar bu mashqlarni

bajara turib yengil harakat qila olishlari uchun o’z tanalariga bemalol egalik qila oladilar. Badiiy

gimnastikada shug’ullanuvchilarga mashqlarni to’g’ri bajarishni o’rgatish uchun ularning o’ziga

xosligini tushuntirish va uning boshqa gimnastika turlaridan qanday farqi borligini bilishi kerak.

Uning asosiy xususiyatlari dinamiklik va yaxlitlikdir. Ular qon aylanish va moddalar

almashinuvini yaxlitlashga, harakat apparati, yurak qon-tomir tizimining funksional

imkoniyatlarini oshirishga, ish qobiliyatini o’sishiga yordam beradi.

Xulosa o’rnida shuni aytib o’tish kerakki, sport bilan erta yoshlardan shug’ullanish insonni

nafaqat jismoniy kamolotga yetishida balki ham ruhiy, aqliy va ma'naviy jihatdan yuksalishida

benihoya katta ahamiyatga ega. Badiiy gimnatika sport turi bilan shug’ullanish qizlarning erta

yoshdanoq jismoniy sifatlarning yaxshilanishi, sog’ligiga ijobiy ta'sir ko’rsatishi bilan bir qatorda

ular qad-qomati hamda gavda tuzilishining to’gri shakllanishida muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek har tomonlama sog’lom voyaga yetgan qizlarimiz kelajakda sog’lom avlodning kamol

topishida yetakchi o’rinda turadi.

REFERENCES

1.

M.N. Norqobilov., Z.S.Mirxodjaeva., V.V.Mahmudov. Jismoniy madaniyat va sport

mashg’ulotlarida sog’lom turmush tarzini talabalar ongiga singdirishda pedagogik

yondashuvlar. Monografiya. Toshkent 2019.

2.

Petrov П. Методика преподавания гимнастики в школе. дарслик Москва.2007.

3.

Сушко Г.K. Гимнастика и методика её преподаваниятдпу, 2008.

4.

Шлемин А.M., Брикин А.T. Гимнастика: –Tashkent, ўқитувчи, 2011.

References

M.N. Norqobilov., Z.S.Mirxodjaeva., V.V.Mahmudov. Jismoniy madaniyat va sport mashg’ulotlarida sog’lom turmush tarzini talabalar ongiga singdirishda pedagogik yondashuvlar. Monografiya. Toshkent 2019.

Petrov П. Методика преподавания гимнастики в школе. дарслик Москва.2007.

Сушко Г.K. Гимнастика и методика её преподаваниятдпу, 2008.

Шлемин А.M., Брикин А.T. Гимнастика: –Tashkent, ўқитувчи, 2011.