Authors

  • Zebogul Haydarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.44274

Abstract

This thesis cited definitions and descriptions of physical education.

background image


Oktabr, 2024-Yil

348

JISMONIY TARBIYA TUNCHASI VA UNING TAVSIFI

Haydarova Zebogul Komiljon qizi

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnalogiyalar universiteti

1-bosqich magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.13925784

Annotatsiya.

Ushbu tezisda jismoniy tarbiya haqida berilgan ta’riflar hamda tavsiflar

keltirib o’tildi.

Kalit so’zlar:

Sport, jismoniy tarbiya, pedagogika, ta’lim, madaniyat, mashqlar, jismoniy

ta’lim.

PHYSICAL EDUCATION TRAINING AND ITS DESCRIPTION

Abstract.

This thesis cited definitions and descriptions of physical education.

Keywords:

sports, physical education, pedagogy, education, culture, Exercise, Physical

Education.

Jismoniy tarbiya deganda eng avvalo inson tanasining anatomik tuzilishi, a’zolarning

shakllanishi, rivojlanishi va harakat faoliyatlarni (fiziologik) bajarish darajalari tushu-niladi.

Ularni tabiiy harakat malakalar va maxsus mashqlar bilan tarbiyalash, saqlash va о‘stirish badan

tarbiya tushunchasini bildiradi.

Jismoniy tarbiya – pedagogik jarayon bо‘lib, inson organizmini morfologik va funksional

jihatdan takomillashtirishga, uning hayoti uchun muhim bо‘lgan asosiy harakat malakasini,

mahoratini, ular bilan bog‘liq bо‘lgan bilimlarni shakllantirish va yaxshilashga qaratilgan. Bu

tavsif fan tilida ishlatilganda asosli deb tan olish mumkin. Talabalar va oddiy kishilar jismoniy

tarbiya deganda maxsus mashq-о‘yinlar bilan shug‘ullanish va harakat faoliyatlarni rivojlantirish

deb anglaydilar. Bunda albatta, tarbiyada qо‘llaniladigan vositalar va bilimlar mavjud bо‘ladi

Jismoniy tarbiya vositasi tarkibida umumrivojlantiruvchi mashqlar, turli xil о‘yinlar, sport

turlari, sayohatlar, tabiatning sog‘lomlashtiruvchi ta’sir kuchlari (suv, havo, quyosh) hamda

gigiyenik omillar mavjuddir.

Jismoniy ta’lim deganda esa mazkur vositalarni tanlash, maqsad yо‘lida qо‘llash yо‘llari,

yaxshi samaralarga erishishni tushuniladi.

Umuman olganda, jismoniy tarbiya vositalari va ulardan foydalanib, salomatlikni

yaxshilash va jismoniy barkamollikka erishishda qо‘llaniladigan usullarni jismoniy tarbiya deb

atash – tushunishni osonlashtiradi. Demak, jismoniy tarbiya, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy


background image


Oktabr, 2024-Yil

349

barkamollik va undagi vositalar, yо‘l-yо‘riqlar о‘zaro mujassamlashib, bir butun tushuncha –

badantarbiyani tashkil etadi.

Jismoniy tarbiya ta’limotida jismoniy sifatlarga (kuch, tezlik, chidamlilik va h.k.) alohida

о‘rin beriladi. Chunki, harakat faoliyatlar faqat tiriklik, tetiklik, baquvvatlikni saqlashgagina

qaratilmasdan, balki murakkab bо‘lgan jismoniy mehnat, mashqlar, sport turlarida ishlatiladigan

о‘ta murakkab amaliy harakat faoliyatlarni maqsadli bajarishga yо‘naltiradi.

Jismoniy tarbiya jarayonida mashqlarni shakl va mazmun jihatdan ijro etishda usullar

asosiy о‘rinda tursa-da, ular kо‘proq madaniyat tushunchasi bilan ham bevosita bog‘liq bо‘ladi.

Bunda asosan ikki yо‘nalish kо‘zga tashlanadi, ya’ni:

1. Mashqlarning chiroyli qilib bajarilishi, о‘zgalarning diqqatini jalb etishi,

shug‘ullanuvchining gavda tuzilishi va nafis harakatlari. Masalan, badiiy gimnastika mashqlari,

balandlikka sakrashlar, suvda suzish va tramplindan aylanib sakrashlar, tо‘pni darvozaga tepib

kiritishlar va h.k.

2. Mashq-о‘yinlar va sport turlarida ommaviy bо‘lib bajarishlar (jamoa, guruh va h.k.),

bayramlar, nufuzli sport musobaqalarida kо‘rgazma – namoyish chiqishlar. Bu ikki holatda ham

san’at bilan (musiqa, raqs va h.k.) jismoniy mashqlar, sportning uyg‘unlashib ketishi jismoniy

madaniyat tushunchasini bildiradi. Shu sababdan fanlarda jismoniy madaniyat (fizkultura)

umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi deb sanaladi.

REFERENCES

1.

A.Normurodov. Jismoniy tarbiya. О‘quv qо‘llanma. Toshkent, 2011 y.

2.

Abdumalikov R. Sog‘lom avlod tarbiyasida jismoniy tarbiya va sport. О‘quv–uslubiy

qо‘llanma. Toshkent, 2003 y.

3.

Axmedov F.K. Jismoniy talimda milliy an’analarning о‘rni. Monografiya. Toshkent, 2010

y.

References

A.Normurodov. Jismoniy tarbiya. О‘quv qо‘llanma. Toshkent, 2011 y.

Abdumalikov R. Sog‘lom avlod tarbiyasida jismoniy tarbiya va sport. О‘quv–uslubiy qо‘llanma. Toshkent, 2003 y.

Axmedov F.K. Jismoniy talimda milliy an’analarning о‘rni. Monografiya. Toshkent, 2010 y.