FOCUS ON SPORTS DEVELOPMENT AND PHYSICAL EDUCATION IN UZBEKISTAN

HAC
Google Scholar
To share
Haydarova, Z. (2023). FOCUS ON SPORTS DEVELOPMENT AND PHYSICAL EDUCATION IN UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 2(9), 377–381. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24202
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Currently, the mutual competition between the countries of the world, the manifestation of strength, is expressed in the demonstration of sports and intellectual opportunities. This article provides information about the legal framework for the development of the sports sector in the Republic of Uzbekistan and the reforms in the field of physical education and sports in our country.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

377

O‘ZBEKISTONDA SPORTNI RIVOJLANTIRISH VA JISMONIY TARBIYAGA

QARATILGAN E’TIBOR

Haydarova Zebogul Komiljon qizi

Qaraqalpog’iston Respublikasi, Nukus shahri O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport

universiteti Nukus filiali, Sport turlari fakulteti,

“Badiiy gimnastika” yo’nalishi 3-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8384508

Annotatsiya.

Hozirda dunyo davlatlari o’rtasidagi o’zaro raqobat, kuch-qudratini namoyon

etish sport va intelektual imkoniyatlarni namoyish etishda ifodalanmoqda. Mazkur maqolada
O’zbekiston Respublikasida sport sohasining rivojidagi qonuniy asoslar va yurtimizda jismoniy
tarbiya va sport sohasidagi islohotlar haqida ma’lumot berilgan.

Kalit so’zlar:

Sport, jismoniy tarbiya, “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”,

“Universiada”, “Yangi O’zbekiston”, “Harakatlar strategiyasi”, konsepsiya, Osiyo o’yinlari va
chempionatlari, olimpiada o’yinlari.

FOCUS ON SPORTS DEVELOPMENT AND PHYSICAL EDUCATION IN

UZBEKISTAN

Currently, the mutual competition between the countries of the world, the manifestation of
strength, is expressed in the demonstration of sports and intellectual opportunities. This article
provides information about the legal framework for the development of the sports sector in the
Republic of Uzbekistan and the reforms in the field of physical education and sports in our country.

Keywords:

Sports, Physical Education, “sprouts of Hope”, “harmonious generation”,

“Universiade”, “New Uzbekistan”, “strategy of action”, concept, Asian Games and
championships, Olympics.

АКЦЕНТ НА РАЗВИТИЕ СПОРТА И ФИЗКУЛЬТУРЫ В УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация.

В настоящее время взаимное соперничество между государствами

мира, демонстрация своей мощи выражается в демонстрации спортивных и
интеллектуальных возможностей. В данной статье представлена информация о
законодательных основах развития спортивной сферы в Республике Узбекистан и
реформах в области физической культуры и спорта в нашей стране.

Ключевые слова:

спорт, физкультура, “Умид нихоллари”, “Баркамол авлод”,

“Универсиада”, “новый Узбекистан”, “стратегия действий”, концепция, Азиатские игры
и чемпионаты, Олимпийские игры.


KIRISH

Bugungi kunda farzandlar ta’lim-tarbiyasi davlat siyosati darajasidagi muhim masalaga

aylandi. Shu sababli ham mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish muhim vazifa
qilib belgilangan. Bu borada respublikamizda amalga oshirayotgan ishlarni jaxon miqyosida
yuqori baxolanayotganligining shohidimiz.

O’sib kelayotgan yosh avlod hayotidagi har bir qadami, uning ezgu-niyatlari, intilish va

harakatlari avvaldan ilmiy asoslangan, dasturlashtirilgan pedagogik-psixologik jihatdan to’g’ri
yo’naltirilsa, albatta, ulardan jamiyatda muhim o’rin tuta oladigan, yetuk mutaxassis-kadrlar
tayyorlanishiga hech shubxa yo’q.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

378

Barkamol avlodni jismonan sog’lom va baquvvat qilib tarbiyalash jarayonini, bu jarayonga

ta’sir etuvchi omillarni psixologik jihatdan ilmiy-asosda o’rganish, tahlil qilish, metodikalar va
tavsiyalar ishlab chikishdan iboratdir. Buning uchun quyidagi vazifalar yechimini topish zarur:

Barkamol avlodni jismoniy tarbiyalash jarayoniga tayyorlashning psixologik asoslarini

o’rganish;

Jismoniy tarbiyalash jarayonini psixologik jihatdan o’rganishning hozirgi holatini

o’rganish;

O’tmish allomalarining insonni jismoniy-ruhiy yetuk, barkamol qilib tarbiyalash haqidagi

qarashlari;

Barkamol avlodni jismoniy va psixologik yetuk, barkamol inson qilib tarbiyalashning

ijtimoiy-psixologik muammolarini hal etishning usullarini ishlab chiqish.

Yosh avlodni jismoniy tarbiyalash jarayonini ilmiy asosda o’rganib, unga ta’sir etuvchi

psixologik omillarni, tarbiya jarayoniga psixologik ta’sir etish yo’llarini, metodikalarini ishlab
chiqilsa, jismoniy tarbiya yanada samarali bo’ladi.

METOD VA METODOLOGIYA

Hurmatli Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan,

yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech
qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va
jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” degan da’vatlari ta’limning sifatli
va samarali tashkil etilishini talab qiladi va o’quvchilarni mustaqil fikrlaydigan, yuksak
intellektual va ma’naviy salohiyatga ega shaxs sifatida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb
masalalaridan biri hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3-iyundagi PQ 3031-sonli “Jismoniy

tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi qarori, 2018 yil
14 avgustdagi PQ-3907-sonli “Yoshlarni ma’naviyaxloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash,
ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarish chora-tadbirlari
to’g’risida” gi qarori, 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-sonli “Jismoniy tarbiya va sportni yanada
takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni hamda mazkur sohaga
tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda xizmat qiladi.

Takidlash lozimki, barcha turdagi o’quv yurtlarida davlat ta’limi tizimi asosida jismoniy

tarbiya dars sifatida o’tkazilmoqda. Darsdan tashqari, sport to’garaklari mashg’ulotlari, xilma-xil
sport musobaqalari o’tkazilib, ularning negizida kasb - hunarga tayyorlanishda jismoniy
barkamollikning mazmun va mohiyat jihatdan ustuvor ekanligi aniqdir. Shu sababdan ta’limning
uzluksizligi bilan bevosita bog’liq bo’lgan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada”
kabi nufuzli ko’p bosqichli sport musobaqalari an’anaga aylandi. Eng muhim tomonlardan biri
shuki, bolalar sportini rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan Prezident Farmonlari va hukumat
qarorlari o’quvchi yoshlar o’rtasida sportni ommalashtirish, iqtidorli bolalarni tanlash, sinov-
tajribalardan o’tkazish, ularni yetuk sportchi qilib tarbiyalashga jiddiy e’tibor kuchaymoqda.
Ularning kelajakda Xalqaro sport musobaqalarida mamlakatimiz sharafini himoya qilish, uni
yanada yuksak cho’qqilarga olib chiqishlari aniq maqsadlar qilib qo’yilmoqda.

TAHLIL VA TADQIQOT NATIJALARI


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

379

Hozirda dunyo davlatlari o’rtasidagi o’zaro raqobat, kuch-qudratini namoyon etish sport va

intelektual imkoniyatlarni namoyish etishda ifodalanmoqda. O’zbekiston Respublikasining
birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Sport – tinchlik elchisidir. Bizning maqsadimiz
ham tinchlik, osoyishtalik va shu asosda jahon ahli bilan hamkorlik qilish.

Hech bir narsa mamlakatni sport kabi tezda dunyoga mashhur qila olmaydi. Darhaqiqat,

mamlakatimiz sportchilari Markaziy Osiyo va Osiyo o’yinlari, turli xalqaro turnirlar, jahon
birinchiligi va Olimpiya o’yinlarida muvaffaqiyat bilan ishtirok etib, egallagan sovrinli o’rinlari
uchun O’zbekistonning xalqaro nufuzi oshmoqda. Sportdagi bu yutuqlar xalqimizning o’zligini
anglash, birdamlik va vatanparvarlik hissiyotlarini o’sishiga sabab bo’ladi.

O’zbekiston Respublikasida keyingi to’rt yil mamlakatimiz va xalqimiz uchun hech bir

mubolag’asiz sifat jihatidan tub o’zgarishlar va jadal taraqqiyot davri bormoqda. Yurtimizning
barcha hududlari misli ko’rilmagan qurilish maydoniga aylangan - eng yangi texnologiyalarga
asoslangan zamonaviy korxonalar, ko’rkam, barcha qulayliklar muhayyo qilingan turar joylar,
keng va ravon ko’chalar barpo etilmoqda.

Xalqimiz hayoti tubdan yaxshilanib, inson huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi va

ijtimoiy adolat qaror topmoqda. Jahonga bu o’zgarish va yangilanishlar natijasida mamlakatimiz
ijobiy tomonga jiddiy o’zgarayotganining e’tirofi sifatida “Yangi O’zbekiston” ifodasini
muomalaga kiritdi. Ushbu o’tgan to’rt yil davomida jismoniy madaniyat va sport sohasida aholi
sog’lig’ini mustahkamlashga ko’maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni
sportga keng jalb qilish, sport turlari bo’yicha yuqori natijalarni ta’minlaydigan mahoratli
sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qo’shimcha shart-
sharoitlar yaratish, mamlakatda yuksak madaniyatga ega bo’lgan har tomonlama yetuk hamda
jismonan sog’lom avlodni shakllantirish maqsadida so’nggi to’rt yil davomida jismoniy madaniyat
va sport sohasiga doir quyidagi yangi me’yoriy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi,
jumladan:

O’zbekiston Respublikasida 2017 yil 7 fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining

“2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi
bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi PF-4947 sonli Farmoni,

2017 yil 3 iyunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va ommaviy

sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ3031 sonli qarori,

2017 yil 10 avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston davlat

jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida” gi PQ-3197 sonli Qarori,

2018 yil 5 martda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport

sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to’g’risida” gi PF-
5368 sonli Farmoni,

2018 yil 5 martda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida” gi PQ-3583 sonli qarori,

2018 yil 25 oktabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’quvchi va

talaba yoshlar o’rtasida o’tkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada
takomillashtirish to’g’risida”gi 864-sonli qarori,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

380

2019 yil 13 fevralda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2019-2023 yillar

davrida O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida” gi 118-sonli qarori,

2020 yil 24 yanvarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston

Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida” gi PF-5924 sonli Farmoni,

“O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025 yilgacha rivojlantirish”

konsepsiyasi qabul qilindi.

Yuqorida qabul qilingan jismoniy tarbiya va sport sohasiga doir yangi me’yoriy normativ-

huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi va ularning ijrosi bilan bog’liq mamlakat aholisining barcha
qatlamlari, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanishi
uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o’z
irodasi, kuchi va imkoniyatlariga ega bo’lgan ishonchini mustahkamlash, mardlik, vatanparvarlik,
ona yurtga sadoqat tuyg’ularini kamol toptirish, yurtimiz vakillarining Olimpiada o’yinlari, jahon
chempionatlari, Osiyo o’yinlari va chempionatlari va boshqa nufuzli xalqaro musobaqalarda
yuksak natijalarga erishayotgani jahonda O’zbekistonning obro’sini yanada yuksaltirishga,
jismoniy madaniyat va sportni yanada rivojlantirishga yo’naltirilgan keng ko’lamli ishlarning
amalga oshirilayotganligi yurtimizning har bir fuqarosi uchun juda katta imkoniyatlar eshigini
ochmoqda.

XULOSA

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, bugun “Yangi O’zbekistonda” jismoniy madaniyat

va sportga berilayotgan e’tibor, yoshlarimizni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam
shug’ullanishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, bularning barchasi yoshlarimizning
ma’naviy yetuk, jismonan sog’lom bo’lib voyaga etishlari, har-xil yot g’oyalarga berilmasliklari,
qolaversa dunyoda o’zbek bayrog’ini yuqoriga ko’tarilishiga xizmat qilmoqda. Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 29 yilligiga bag’ishlangan
tantanali marosimdagi nutqida xalqimizning ulug’vor qudrati jo’sh urgan hozirgi zamonda
O’zbekistonda yangi bir uyg’onish - Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilayotganini
ta’kidladi. O’zbekistondagi Uchinchi Renessans jismoniy madaniyat va sportni yuksaltirishga ham
yo’naltirilganligi ushbu “hayotiy qobiliyat” ni oshirish maqsadi ko’zlanganligi bilan izohlanadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham “Sportni jadal rivojlantirish, xalqaro musobaqalarda

yuksak natijalarga erishgan sportchilarni rag’batlantirish va qo’llabquvvatlashga bundan buyon
ham katta ahamiyat beramiz” deb alohida ta’kidlagani bejiz emas.[1]

2019 yil 19 mart sanasida O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan

mamlakatimizda ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo’lga
qo’yish bo’yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchisi ikkinchisi yoshlarni jismoniy
chinqіtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar
yaratishga yo’naltirilganligi buning amaliy isbotidir. Bu jamiyatda sog’lom turmush tarzini -
jismoniy faollik, badantarbiya mashqlari, sport bilan muntazam shug’ullanish qaror topishining
asosidir.

“Yangi O’zbekiston” sportchilari mamlakatimizda Uchinchi Renessans davriga poydevor

yaratishga o’zlarining munosib hissalarini qo’shishlari shubhasizdir. Yuqoridagilar ayni paytda


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

381

“Yangi O’zbekistonda” jismoniy madaniyat va sport sohasida davlat siyosati darajasidagi ustuvor
vazifalardan biriga aylangani va bu sohada yangi bosqich boshlanganidan dalolat beradi.


REFERENCES

1.

Хайдаров, М., Алламуратов, М., & Хайруллаева, Н. (2021). Сравнительная оценка
физического состояния подростков 11-16 лет с нарушением интеллекта. Academic
research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

2.

Сафарова, Д. Д., Пулатова, М. Д., & Султанова, Ю. А. (2017). Взаимоотношения
показателей гемодинамики с проявлением физической работоспособности у
спортсменок-дзюдоисток. Наука и спорт: современные тенденции, 14(1).

3.

Пўлатова, М. Д. (2020). Применение восстановительных комплексов после
травматических повреждений квалифицированных борцов. Интернаука, (8-1), 22-23.

4.

Шукурова, С. С., Пулатова, М. Д., & Серебряков, В. В. (2021). Изменения показателей
макроэлементов в крови у футболистов после физической нагрузки. Academic research
in educational sciences, 2(Special Issue 1).

5.

Nazirov, B. S. (2020). Master who devoted his life to sports. Theoretical & Applied Science,
(6), 78-82.

6.

http://lex.uz. Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni.

References

Хайдаров, М., Алламуратов, М., & Хайруллаева, Н. (2021). Сравнительная оценка физического состояния подростков 11-16 лет с нарушением интеллекта. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

Сафарова, Д. Д., Пулатова, М. Д., & Султанова, Ю. А. (2017). Взаимоотношения показателей гемодинамики с проявлением физической работоспособности у спортсменок-дзюдоисток. Наука и спорт: современные тенденции, 14(1).

Пўлатова, М. Д. (2020). Применение восстановительных комплексов после травматических повреждений квалифицированных борцов. Интернаука, (8-1), 22-23.

Шукурова, С. С., Пулатова, М. Д., & Серебряков, В. В. (2021). Изменения показателей макроэлементов в крови у футболистов после физической нагрузки. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

Nazirov, B. S. (2020). Master who devoted his life to sports. Theoretical & Applied Science, (6), 78-82.

http://lex.uz. Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов