EXTREMISM AND TERRORISM – A THREAT TO THE STABILITY OF SOCIETY

HAC
Google Scholar
To share
G‘ulomov , B. ., & Muzaffarov, A. (2023). EXTREMISM AND TERRORISM – A THREAT TO THE STABILITY OF SOCIETY. Modern Science and Research, 2(10), 218–225. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24323
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, today's impact of extremism and terrorism on the stability of society and the role of Uzbekistan in combating extremist and terrorist activities and in Uzbekistan The main priorities of the National Strategy of the Republic of Uzbekistan to fight against extremism and terrorism for 2021-2026 are discussed. There are also suggestions for preventing negative consequences in this regard.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

218

EKSTREMIZM VA TERRORIZM – JAMIYAT BARQARORLIGIGA

TAHDID

G‘ulomov Bahodir Jabborovich

Kogon tuman IIB TQKG katta tezkor vakil, mayor

Muzaffarov Abdullo Sayfiddin o‘g‘li

Kogon tuman IIB TQKG tezkor vakil, katta leytenant

https://doi.org/10.5281/zenodo.8418611

Annotatsiya.

Mazkur maqolada bugungi kunda ekstremizm va terrorizmning jamiyat

barqarorligiga ta’siri hamda ekstremistik va terrorchilik faoliyatlariga qarshi kurashishda
O‘zbekistonning tutgan o‘rni hamda Oʻzbekistonda 2021-2026-yillarga moʻljallangan
ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy
strategiyasining asosiy ustuvor yoʻnalishlari haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, bu boradagi
salbiy oqibatlarni oldini olish bilan bog‘liq takliflar keltirilgan.

Kalit

so‘zlar:

aqidaparastlik, ekstremizm,

terrorizm, vijdon erkinligi, preventiv,

konvensiya, Milliy strategiya.

EXTREMISM AND TERRORISM – A THREAT TO THE STABILITY OF

SOCIETY

Abstract.

In this article, today's impact of extremism and terrorism on the stability of

society and the role of Uzbekistan in combating extremist and terrorist activities and in Uzbekistan
The main priorities of the National Strategy of the Republic of Uzbekistan to fight against
extremism and terrorism for 2021-2026 are discussed. There are also suggestions for preventing
negative consequences in this regard.

Key words:

fanaticism, extremism, terrorism, freedom of conscience, prevention,

convention, National strategy.

ЭКСТРЕМИЗМ И ТЕРРОРИЗМ – УГРОЗА СТАБИЛЬНОСТИ ОБЩЕСТВА

Аннотация.

В данной статье рассматривается сегодняшнее влияние экстремизма

и терроризма на стабильность общества и роль Узбекистана в борьбе с экстремистской
и террористической деятельностью и в Узбекистане.

Обсуждаются основные приоритеты Национальной стратегии Республики

Узбекистан по борьбе с экстремизмом и терроризмом на 2021-2026 годы. Есть также
предложения по предотвращению негативных последствий в этой связи.

Ключевые слова:

фанатизм, экстремизм, терроризм, свобода совести,

профилактика, конвенция, Национальная стратегия.


Ma’lumki, O‘zbekiston davlati mustaqillikning ilk kunlaridanoq o‘zining dinga

munosabatini aniq va qat’iy belgilab oldi. Davlatning dinga munosabati “Inson e’tiqodsiz yashay
olmaydi”, “Dunyoviylik – dahriylik emas” degan aniq tamoyillar asosida belgilandi. Bu tamoyil
bosh qomusimiz Konstitutsiya hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi
qonunda o‘zining huquqiy ifodasini topgan

1

.

1

Qarang. Oʼzbekiston Respublikasining 2023 yil 30 apreldagi Konstitutsiyasi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy

bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

219

Bugungi kunda dinga bo‘lgan qiziqishning kuchayib borishi globallashuv jarayonlarining

o‘ziga xos in’ikosi deyish mumkin. Zero, globallashuv dunyoni bir butun va yaxlit qila borishi
bilan bir qatorda, uning hosilasi sifatida alohida olingan millat va jamiyatlar darajasida o‘z-o‘zini
anglashga bo‘lgan intilishning chuqurlashuviga ham zamin yaratmoqda.

Afsuski, kommunikatsiya va informatsion texnologiyalarning tez sur’atlardagi taraqqiyoti

g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarining kengayishiga turtki bo‘lib, geosiyosiy maqsadlarga
bo‘ysindirilgan, inson qalbi va ongi uchun kurashlarning yangidan-yangi usul va vositalarining
ko‘payib borayotgani, ayniqsa, bu borada din omilidan foydalanishga urinishlarda yaqqol
namoyon bo‘lmoqda. Aksariyat holatlarda ushbu kurash qurolli tus olib, ko‘plab xalqlarning
boshiga fojiali kunlarni solmoqda.

So‘nggi yillarda dunyoning qator mamlakatlarida, xususan, Yaqin Sharq mamlakatlarida

turli noqonuniy qurolli tuzilmalar tomonidan islomiy davlat qurish shiori ostida insoniyatga qarshi
jinoyatlar sodir etilmoqda. Oqibatda, Iroq, Suriya, Liviya kabi aslida ulkan iqtisodiy salohiyatga
ega mamlakatlar chuqur ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy tanazzulni boshidan kechirmoqda.

Siyosiy hokimiyatga intilayotgan, diniy shiorlarni niqob qilib olgan aqidaparast oqimlar

Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga salbiy ta’sir
o‘tkazishga harakat qilmoqda. So‘nggi yillarda “jihodchilar”, soxta “salafiylar” kabi diniy-siyosiy
guruhlar, shuningdek, “Xizbut tahrir” diniy-ekstremistik guruhi respublikamizda faol harakat
qilishga urinmoqdalar.

So‘nggi yillarda mutaassib oqimlar yoshlar ichidagi faoliyatini xorijiy mamlakatlardagi

mehnat migrantlarini ta’sir doirasiga olish, “Internet” orqali targ‘ibot o‘tkazish, oila a’zolari,
yaqinlari va qo‘shnilarini o‘z guruhiga tortish, yashirin “hujralar” tashkil etish, diniy-ekstremistik
mazmundagi materiallarni bosma, elektron ko‘rinishda tarqatish kabi usullarda amalga
oshirmoqda.

Mutaxassislarning fikricha hozirda 100 mingdan ortiq ekstremizmning turli ko‘rinishlarini

o‘zida tashuvchi g‘oyalar targ‘iboti bilan shug‘ullanuvchi saytlar faoliyat olib bormoqda. Internet
orqali suhbat olib borish jarayonida yoshlarga kufr diyori, hijrat, jihod, shahidlik, xalifalikni
tiklash kabi g‘oyalar singdirlib, ular turli to‘qnashuv va nizo o‘choqlariga jalb qilinmoqda.
Muayyan siyosiy kuchlarning nog‘orasiga o‘ynayotgan diniy-ekstremistik va terrorchi oqimlar
tomonidan u yerlarda amaliyotni o‘tab kelgan aqidaparast, diydasi qotgan, mustaqil fikrlashdan
mahrum, rahnamolarining har qanday buyruqlarini qonun deb biluvchi zombi jangarilardan tinch
mintaqalarda ham turli nizolar va beqarorliklarni keltirib chiqarishda foydalanish maqsadi bugun
ko‘pchilikka ayon haqiqatdir.

Ekstremizm va terrorizm insoniyat bilan birga XXI asrga kirib kelgan, eng xavfli

ijtimoiy illatlardan biridir. Diniy rangbaranglikni rad etishi bilan mamlakat taraqqiyotining
muhim tarixiy omili boʻlgan fuqarolararo hamjihatlikka rahna solishiga, aqidaparastlar
nafaqat ijtimoiy hayotning siyosiy, iqtisodiy yoki madaniy sohalariga zarar yetkazishi, balki
jamiyatga ommaviy tarzda psixologik bosim oʻtkazib, eng mudhish oqibatlarga olib
kelishiga hamda dinni siyosiylashtirish va soxtalashtirish orqali mamlakatdagi ijtimoiy
barqarorlikni izdan chiqarishga qaratilgan har qanday harakatning oldini

olishda

barchamizning oldimizda turgan hayotiy muhim masalalardan biridir.

Jamiyatda qabul qilingan qadriyatlar va meʼyorlarga zid qarashlarni ilgari surish,

keskin qarashlar va choralarga moyillik ekstremizmning asosiy xususiyati hisoblanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

220

Ekstremizm va terrorizm dunyodagi deyarli barcha mamlakatlarda shaxs, jamiyat va
davlatning hayotiy muhim manfaatlariga tahdid solmoqda. Albatta, bu jarayonlar
barchamizni ogohlikka chaqiradi. Boisi, tinchlik boʻlmagan joyda taraqqiyotga yoʻl yoʻq.
Yurtimizda

turli

sohalarda

erishilayotgan

barcha

ulkan

yutuqlarimizning

zamirida

jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikning ahamiyati kattadir.

Ekstremistik va terroristik tuzilmalarning asosiy maqsadi aslida jamiyatni qoʻrquv va

vahimada tutib turish va shu yoʻl bilan omma ongida noilojlik, ertangi kunga ishonchsizlik
tuygʻularini shakllantirishga qaratilgan. Bu esa oʻz navbatida ijtimoiy hayotning turli
jabhalarida

barqarorlikka

erishishni

soʻndirish

va jamiyat taraqqiyotini jiddiy

shikastlanishiga olib keladi. Eʼtiborlisi shundaki, ekstremistik va terroristik ruhdagi
tuzilmalarning hech biri biror bir shaklda oʻzlari jar solayotgan, oʻzlari “intilayotgan”
jamiyat qurilishi modelini taklif etolmaydi. Yana tan olish kerakki, ommaviy axborot
vositalarining rivoji va axborot omili taʼsirining kuchayishi ham bugungi kunda ekstremizm va
terrorizmning hech narsa bilan oʻlchab boʻlmaydigan darajada koʻzga tashlanadigan ijtimoiy
hodisaga aylanishiga olib kelmoqda.

Ekstremizm va terrorizm illatining soʻnggi paytlarda tobora kuchayib borayotgani

mazkur muammoning naqadar dolzarb ekanini koʻrsatadi. Bugungi kunda ekstremizm va
terrorizm alohida mamlakatlarning milliy xavfsizligi va umuman jahon hamjamiyatiga jiddiy
tahdid uygʻotayotgan omilga aylanib ulgurgan. Umumbashariy muammoga aylangan ekstremizm
va terrorizmni jahon hamjamiyati faqat birgalikda, turli tor geosiyosiy manfaatlardan
voz kechgan holda harakat qilibgina yenga olishi mumkinligi aksariyat davlatlar tomonidan
tan olingani ayni haqiqatdir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bu borada: “Ayni vaqtda
dunyoning baʼzi mintaqalarida yuzaga kelgan notinch vaziyat aholi migratsiyasi kuchayishiga,
bu esa, oʻz navbatida, terrorizm va ekstremizmning tarqalishiga hamda ularning global
muammolardan biriga aylanishiga olib kelmoqda. Bunday vaziyatda milliy

davlatchiligimiz,

mustaqilligimiz, aholimizning tinch va osoyishta hayoti va xavfsizligimizni saqlash biz
uchun eng ustuvor vazifaga aylanib bormoqda”

2

deya taʼkidlaganlar.

Aytish joizki, turli ekstremistik va terroristik tashkilotlar Markaziy Osiyo

davlatlaridagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqarishga qaratilgan faoliyatini davom
ettirmoqda. Shu nuqtai-nazardan, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev jahon
hamjamiyati eʼtiborini Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash maqsadida
amaliy

hamkorlikni

yanada

mustahkamlash,

terrorizm

va

ekstremizm,

transmilliy

jinoyatchilik va narkotrafik tahdidlariga qarshi samarali kurashishni BMT preventiv
diplomatiya usullaridan foydalangan holda, shuningdek, MDH, SHHT, YEXHT va boshqa
nufuzli xalqaro hamda mintaqaviy tuzilmalar mexanizmlari doirasida taʼminlash mumkin
ekaniga, xavfsizlikka tahdidlarni “oʻziniki va oʻzgalarniki” deb ajratishdan voz kechish,
“yaxlit xavfsizlik” tamoyiliga amalda rioya qilish zarurligiga qaratmoqda.

Bizning xalqimiz terrorizm dahshatini oʻz boshidan bir necha bor kechirgan, bu

buzgʻunchilik harakatining aziyatlarini juda yaxshi tushunadi. Jumladan, Toshkentda roʻy
bergan

fevral

voqealari,

Surxondaryo

viloyatining

Sariosiyo,

Uzun

tumanlaridagi

xunrezliklar, poytaxtimizdagi xorijiy davlatlar elchixonalarida terrorchilik akti sodir etishga

2

O‘zbekiston Respulikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 22.12.2017-y.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

221

boʻlgan urinishlar, Andijon voqealari va boshqa terroristik harakatlarning bari ana shu
yovuz kuchga birikkan jangarilarning konstitutsiyaviy tuzumga qarshi xurujlari edi.
Yurtimizda ushbu illatlarga qarshi kurashish, uning sabablarini oldini olish boʻyicha jahon

hamjamiyatiga

namuna

boʻla oladigan darajada oʻziga xos tajriba shakllangan.

Respublikamizda Prezidentimiz boshchiligida hukumatimiz tomonidan ekstremizm

va

terrorizmga qarshi kurash borasida jahon hamjamiyati uchun namuna boʻlishi mumkin boʻlgan
samarali ishlar qatorida quyidagilarni qayd etish mumkin:

- toʻgʻri yoʻldan adashganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ularni sogʻlom hayotga

qaytarish maqsadida mazkur shaxslar bilan keng jamoatchilikni jalb etgan holda
tushuntirish-profilaktika ishlarini tizimli tashkil qilish, ularni maxsus roʻyxatdan chiqarish
boʻyicha mexanizm yaratildi. Mazkur mexanizmning samarasi sifatida aqidaparastlik
gʻoyalari taʼsiriga tushgan 16 mingdan ziyod fuqarolarning ichki ishlar organlarining
maxsus hisobidan chiqarilishi jamiyatda katta ijobiy rezonans berdi;

- yoshlarni ilm-maʼrifatga oʻrgatish, ularga islom dinining insonparvarlik mohiyati, islom

madaniyatining

asl

qadriyatlarini

yetkazish,

maʼrifiy

islom

taʼlimoti,

buyuk

ajdodlarimizning ulkan maʼnaviy merosini chuqur oʻrganish, jamiyatda diniy va milliy
bagʻrikenglik va hamkorlikni mustahkam qaror toptirish orqali aholi, ayniqsa, yoshlarda
aqidaparast gʻoyalarga nisbatan mustahkam maʼnaviy himoya qobigʻi shakllantirish
maqsadida Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyati yoʻlga
qoʻyildi. Samarqandda hadis va kalom ilmi maktabi, Buxoroda tasavvuf maktabi,
Qashqadaryoda aqida maktabi, Fargʻonada islom huquqi (fiqhi) ilmiy maktablari ochildi.
Shuningdek, Davlat Rahbari darajasida respublikada mavjud diniy konfessiya rahbarlari bilan
muloqotlar uyushtirilib, barcha din vakillariga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda;

- har yili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining diniy ekstremizmga

qarshi kurash, millatlararo

va konfessiyalararo hamkorlikni yanada

kuchaytirishga

yoʻnaltirilgan kompleks tadbirlar dasturi qabul qilinadi. Ushbu dastur doirasida davlat va
jamoat tashkilotlari, mahalla yigʻinlarida, aholining turli qatlamlari orasida ekstremizm va
terrorizm bilan bogʻliq tahdidlarning oldini olishga qaratilgan seminar, uchrashuv va davra
suhbatlari oʻtkazish yoʻlga qoʻyilgan;

- aqidaparastlik gʻoyalari tarqalishini oldini olish uchun OAV va boshqa axborot

yetkazish vositalaridan samarali foydalanishga urgʻu berilmoqda. Xususan, “Diniy
ekstremizm – kelajakka tahdid”, “Ekstremizm va terrorizm – taraqqiyot kushandasi”, “Ogoh
boʻling “Sekta”, “Din niqobi ostidagi axborot xurujlari” nomli bukletlar tayyorlanib,
mahallalarga, turli vazirlik, tashkilot va idoralar orqali aholiga yetkazilmoqda;

- xorijdagi mehnat migrantlari, talabalar va vaqtincha istiqomat qilayotgan

vatandoshlarimizni ekstremistik oqimlar taʼsiriga tushib qolishini oldini olish yuzasidan zarur
tadbirlar

amalga

oshirilmoqda.

Respublikamizning

taniqli

ulamolari

Rossiya

Federatsiyasining

Moskva,

Sankt-Peterburg,

Yekaterinburg,

Novosibirsk

va

Qozon

shaharlari, Chuvash Respublikasi, Sibir oʻlkasi, Sverdlovsk va Omsk viloyatlariga
Ukrainaning Kiyev shahriga xizmat safariga yuborilib, mazkur tashriflar davomida
oʻtkazilgan diniy-maʼrifiy uchrashuvlarda maʼrifiy islom taʼlimoti hamda hozirda
buzgʻunchi oqimlar tomonidan notoʻgʻri talqin qilinayotgan “hijrat”, “jihod”, “shahidlik” kabi
tushunchalarning asl mohiyati haqida keng tushunchalar berilmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

222

Dunyoda ekstremizm va terrorizm tahdidlari, ayniqsa, soʻnggi yillarda kuchayib

borayotgani ularga qarshi, asosan, kuch ishlatish yoʻli bilan kurashish usuli oʻzini
oqlamayotganidan dalolat beradi. Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasi 72-
sessiyasidagi nutqida xalqaro terrorizm va ekstremizmning ildizini boshqa omillar bilan birga,
jaholat va murosasizlik tashkil etishi, shu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda,
yoshlarning ongu tafakkurini maʼrifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifa
ekaniga eʼtibor qaratildi

3

.

Bu borada koʻp hollarda tahdidlarni keltirib chiqarayotgan asosiy sabablar bilan

emas, balki ularning oqibatlariga qarshi kurashish bilangina cheklanib qolinmoqda. Shu
munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini maʼrifat asosida
shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir. Ayni paytda aqidaparastlik, ekstremizm va
terrorizm (xalqaro terrorizm) dunyo ahlining

xavfsizligiga

jiddiy

tahdid

solayotgani

koʻpchilikka sir emas. Yovuz niyatli ekstremistik va terrorchi oqimlarning tarafdorlari
xalqimizning tinch-totuv hayotiga raxna solishga, ayniqsa, kelajagimiz egalari boʻlgan
yoshlarimizni yoʻldan ozdirishga harakat qilmoqdalar. Bu yovuz niyatlilarning farovon
hayotimizni koʻra olmaslik kayfiyati, tuzumimizga qarshi tajovuzdan iborat urinishlari
barcha

taraqqiyparvar

kishilarni gʻazablantirmoqda. Ularning bunday xatti-harakatlarini

qonun ham qattiq qoralaydi.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalarida

ekstremistik, boshqa taʼqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok
etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Shunday ekan, qabih va razil toʻdalar har
qancha urinishmasin, bizni oʻz tanlagan yoʻlimizdan chalgʻita olmaydi. Davlatimiz
muntazam ravishda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash va uni oldini olish borasida
izchil siyosatni yuritib kelmoqda. Shu nuqtai-nazardan, Prezidentimizning ikki global ahamiyatga
ega, yaʼni yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan
umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat – BMTning “Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi
xalqaro konvensiya” sini ishlab chiqish hamda BMT Bosh Assambleyasining “Maʼrifat va diniy
bagʻrikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish haqidagi takliflari

barcha

mamlakatlar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi va qoʻllab-quvvatlandi. Darhaqiqat,
jadal suratda oʻzgarayotgan bu zamonda eskicha yondashuv oʻz samarisini bermaydi.

Yoshlarni oʻzimiz tarbiya qilmasak, ota-bobolarimiz yurgan yoʻldan yurmasak, ular

erishgan yutuqlarga yeta olmaymiz. Respublikamizda soʻngi yillarda ekstremizm va
terrorizmga qarshi maʼrifiy yoʻl bilan kurash olib borishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu
yoʻlda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, ekstremistik oqimlar safiga adashib kirib
qolgan, qoʻli qonga botmagan va qilgan ishidan chin dildan pushaymon boʻlganlarga nisabatan
kechirimlilik siyosatini olib borish, yosh avlodning turli buzgʻunchi oqimlar safiga kirib
qolishining oldini olish boʻyicha muntazam targʻibot ishlarini olib borish dolzarb vazifalar
etib belgilangan.

Oʻz navbatida, mamlakatimizning ekstremizm va terrorizmga qarshi maʼrifiy yoʻl bilan

kurash olib borayotgani koʻplab davlatlar va xalqaro tashkilotlar hamda mustaqil ekspertlar

3

Qarang. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida

so‘zlagan nutqi. 20.09.2017-y.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

223

tomonidan yuqori baholanmoqda. Bu borada targʻibot-tashviqot ishlari muhim oʻrin
tutmoqda.

Ommaviy

axborot

vositalaridagi chiqishlar,

barcha ta’lim muassasalarda,

mahallalarda, huquqni muhofaza qilish idoralarining rahbar xodimlari, qishloq va mahalla
fuqarolar yigʻinlari raislari, masjidlarning imomlari, ota-onalar vakillari, oʻqituvchi va
oʻquvchilar ishtirokida suhbat va uchrashuvlar, “Ekstremizm va terrorizm – insoniyat
dushmani” mavzuida yigʻilishlar, ushbu mavzudagi videofilmlar, profilaktik tadbirlar
oʻtkazilmoqda.

Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash davlatlarning doimiy eʼtiborini, uning

oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan koʻp qirrali siyosatni amalga oshirishda sabrlilik va
sobitlikni talab etadi. Shakllanib, keng tarmoq otgan ekstremizm va terrorizmga qarshi
kurashmagan davlatlar zaiflashib, oʻz xalqi va mamlakati osoyishtaligi va barqaror
rivojlanishini xavf ostida qoldiradi.

Darhaqiqat, ekstremizm va terrorizm bir-biri bilan bogʻliq boʻlgan yagona jarayonning

birin-ketin rivojlanadigan bosqichlaridir. Shunday ekan, ekstremizm va terrorizm global
miqyosga chiqqan hozirgi sharoitda, davlat unga qarshi kurashda ichki va tashqi omillarning
taʼsirini hisobga olgan holda, muvozanatlashtirilgan strategiyani ilgari surishi kerak. Ayni paytda
ekstremizm va terrorizm bilan bogʻliq taʼqiqlangan har qanday faoliyat

Markaziy Osiyoda

asosiy tahdidlarlan biri boʻlib qolmoqda.

Bunda birinchi

galdagi vazifalardan

biri

mintaqa

davlatlari

va

xalqaro

hamjamiyatning

saʼy-harakatlarini birlashtirishni taqozo etmoqda. Shu munosabat bilan

Oʻzbekistonda “2021-2026-yillarga moʻljallangan

ekstremizm

va

terrorizmga

qarshi

kurashish

boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi”ni (keyingi o‘rinlarda

Milliy strategiya) qabul qilinishi mazkur noqonuniy faoliyatni mamlakatimiz va qoʻshni
davlatlarda nafaqat avj olishini balki, ushbu faoliyatga qarshi kurashishga qaratilagan
chora-tadbirlarni oʻzida mujassamlashtiradi hamda bir qator ustuvor yoʻnalishlar va asosiy
vazifalarni amalga oshirish zarurligini talab etadi.

Quyidagilar

qabul

qilingan

Milliy

strategiyaning

ustuvor

yoʻnalishlari etib

belgilangan:

- vatanlarvarlik, anʼanaviy qadriyatlar va bagʻrikenglik mafkurasini targʻib qilish;

- voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida ekstremizm va terrorizm gʻoyalari

tarqalishining oldini olish;

- ayollar huquqlarini himoya qilish hamda ularning ekstremizm va terrorizmga qarshi

kurashishdagi rolini kuchaytirish;

- uzoq muddat xorijda bulgan fuqarolarni ekstremizm va terrorizm gʻoyalari

taʼsiridan himoya qilish;

- Internet jahon axborot tarmogʻidan ekstremistik va terrorchilik maqsadlarda

foydalanishga qarshi kurashish;

- fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborotvositalarini ekstremizm va

terrorizmga qarshi kurashishga keng jalb qilish;

-

ekstremistik

va

terrorchilik

harakatlarini

sodir

etganlik

hamda

ularni

moliyalashtirganlik

uchun

huquqiy

taʼqib

va

javobgarlikka

tortish

choralarini

takomillashtirish;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

224

- ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi normativ- huquqiy bazani

takomillashtirish;

- ushbu sohadagi xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish

4

.

Fikrimizcha, Oʻzbekistonda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishda xalqaro

hamkorlikni mustahkamlash hamda ushbu noqonuniy faoliyat taʼsirida yuzaga kelishi
mumkin boʻlgan salbiy holatlarni oldini olish maqsadida quyidagi vazifalarni amalga
oshirilishi lozimdir:

- ekstremizm va terrorizm tahdidlarini oldini olishning xalqaro-huquqiy asoslarni

takomillashtirish va har qanday taʼqiqlangan faoliyatni amalga oshirganlik uchun
javobgarlikning muqarrarlik tamoyilini keng targʻib qilish;

- ekstremizm va terrorizm tahdidlariga ogoh turish borasida ijobiy natijaga erishgan

davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan mazkur sohada hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy
asoslarini kengaytirish;

- chet el davlatlarida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari bilan ekstremizm va

terrorizmga

qarshi

kurashish

boʻyicha olib borilayotgan profilaktik choralarning

samaradorligini oshirish;

- nafaqat O‘zbekiston balki, butun Markaziy Osiyoda ekstremizm va terrorizmga

qarshi kurashish boʻyicha birgalikdagi harakatlar doirasida axborot almashinuvi va
hamkorlikni rivojlantirishga yordam beruvchi xalqaro tashabbuslarni kengaytirish.

Yuqorida qayd etilgan tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida ekstremizm va

terrorizmning jamiyat barqarorligiga ta’sir etuvchi tahdidlarni oldini olish boʻyicha
huquqiy, tashkiliy va mafkuraviy mexanizmlarning samarali tizimini shakllantirishga hamda
jamiyatning turli qatlamlarida ekstremistik va terrorchilik gʻoyalarining tarqalishiga toʻsqinlik
qilishda davlat organlari faoliyatining samaradorligini oshirishiga erishish mumkin.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, mintaqa va umuman dunyodagi vaziyatning

murakkabligiga qaramay, mamlakatimizning yangi islohotlar va rivojlanish davrida Prezident
Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirib kelinayotgan oqilona ichki va tashqi siyosat
hamda xalqimizning kuchli irodasi, mehnatsevarligi, bag‘rikengligi va ma’rifatparvarligi tufayli
mamlakatimizda tinchlik va barqarorlik ta’minlanib kelinmoqda.

Shunday ekan, yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning

mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qo‘shish – har birimizning, shu aziz Vatanda
yashayotgan turli millat va din vakillarining eng asosiy vazifalaridan bo‘lmog‘i lozim.


REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 30 apreldagi Konstitutsiyasi. Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son;

2.

O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 5 iyuldagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to‘g‘risida”gi O‘RQ-699-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
06.07.2021-y., 03/21/699/0635-son;

4

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-iyuldagi “2021 — 2026-yillarga mo‘ljallangan ekstremizm va

terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
PF-6552-son Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2021-y., 06/21/6255/0638-son.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

225

3.

O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabrdagi “Terrorizmga qarshi kurash
to‘g‘risida”gi 167-II-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son;

4.

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

2021-yil

1-iyuldagi

“2021 — 2026-yillarga mo‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
PF-6552-son Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2021-y.,
06/21/6255/0638-son;

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi
72-sessiyasida so‘zlagan nutqi. 20.09.2017-y;

6.

O‘zbekiston Respulikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi. 22.12.2017-y.

Internet saytlari

7.

www.lex.uz

8.

www.uza.uz

References

O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 30 apreldagi Konstitutsiyasi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son;

O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 5 iyuldagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-699-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.07.2021-y., 03/21/699/0635-son;

O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabrdagi “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi 167-II-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-iyuldagi

“2021 — 2026-yillarga mo‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi

PF-6552-son Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2021-y., 06/21/6255/0638-son;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi. 20.09.2017-y;

O‘zbekiston Respulikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 22.12.2017-y.

Internet saytlari

www.lex.uz

www.uza.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов