PEDAGOGICAL INSTRUCTIONS AND METHODS OF CONDUCTING EXERCISES IN A GYMNASTICS LESSON.

HAC
Google Scholar
To share
Sayfiyev, H. (2023). PEDAGOGICAL INSTRUCTIONS AND METHODS OF CONDUCTING EXERCISES IN A GYMNASTICS LESSON. Modern Science and Research, 2(10), 255–259. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24329
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

Sport rimnastikasining inson tanasiga ta’siri yosh xususiyatga qarab mashg’ulotlarning ta’siri va mashq jarayonida arganizimning holati haqida. Taraqqiyotining bir-birini to'ldiruvchi tizimini ta'minlaydi va ta’limdagi gimnastika darsi sifat va uni shakillantirish borasida qaratilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

255

GIMNASTIKA DARSIDA PEDAGOGIK KO‘RSATMALAR VA MASHQLARNI

O‘TKAZISH USULLARI.

Sayfiyev Hikmatullo Xayrulloyevich

Osiyo Xalqaro Universiteti Jismoniy Madaniyat kafedrasi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8419000

Annotatsiya.

Sport rimnastikasining inson tanasiga ta’siri yosh xususiyatga qarab

mashg’ulotlarning ta’siri va mashq jarayonida arganizimning holati haqida. Taraqqiyotining bir-
birini to'ldiruvchi tizimini ta'minlaydi va ta’limdagi gimnastika darsi sifat va uni shakillantirish
borasida qaratilgan.

Kalit so’zlar:

Qobiliyat, muvozanat, sport gimnastikasi ta'sir, mashg'ulot jarayoni,

sog'lomlashtiruvchi, Gimnastika hissiy barqarorlikni, Tana tarbiyasi, Ta'lim, Jismoniy ta'lim-
tarbiya, vosita, Osonlikdan qiyinchilikka, Kombinatsion darslar, Muayyan-umumiy, Ta'lim.

PEDAGOGICAL INSTRUCTIONS AND METHODS OF CONDUCTING

EXERCISES IN A GYMNASTICS LESSON.

Abstract.

The effect of sports gymnastics on the human div is about the effect of training

depending on the age characteristics and the state of the organism during training. It provides a
complementary system of development, and the gymnastics lesson in education is focused on
quality and its formation.

Key words:

Ability, balance, impact of sports gymnastics, training process, fitness,

Gymnastics emotional stability, Physical education, Education, Physical education-education,
tool, From ease to difficulty, Combination lessons, Specific-general, Education.

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ УКАЗАНИЯ И МЕТОДЫ ПРОВЕДЕНИЯ

УПРАЖНЕНИЙ НА УРОКЕ ГИМНАСТИКИ.

Аннотация.

влияние спортивной гимнастики на организм человека о влиянии

тренировок в зависимости от возрастной особенности и состояния арганизма в процессе
тренировки. И урок гимнастики в образовании ориентирован на качество и его
формирование.

Ключевые слова:

способность, баланс, спортивная Гимнастика влияние,

тренировочный процесс, оздоровительный, гимнастика эмоциональная стабильность,
физическая подготовка, образование, физическая подготовка, моторика, легкость.


Darsning asosiy qismini o ‘tkazish bo‘yicha umumiy uslubiy ko‘rsatmalar va umumta’lim

maktablarining jism oniy madaniyat fan dasturidagi gimnastika mavzularini o‘qitish jarayoni
jismoniy madaniyat mutaxassisi egallashi lozim bo‘lgan kasbiy-amaliy bilimlar qatoriga kiradi.

Gimnastika darsining asosiy qismini o ‘tkazishga qo‘yladigan talablami bajarish uchun o

‘qituvchi quyidagilami bilishi lozim:

1. Shug‘ullanuvchilar harakat faoliyatini tashkil qilish va baholash, xatolami yo'q qilish,

mashqlaming bajarilishi xavfsizligini ta’minlaydigan choralami qo‘llashni bilish.

2. O'rgatish uslublarini bilish. Ularga quyidagilar kiradi: o'qituvchining o ‘zi mashqlarni

chiroyli namoyish qilishi, uning bajarilish texnikasini tushuntirishi, ijro texnikasini turli xil
ko'rgazmali qurollar orqali namoyish etishi lozim.

3. Shug‘ullanuvchilarga yordam ko'rsatish. Har bir shug‘ullanuvchining mashqni

bajarishini ta'm inlash maqsadida, uning tanasini qo‘l bilan kuzatishi, kerak bo‘lsa, jismoniy


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

256

yordam ko‘rsatishi va bir vaqtning o‘zida xato, yutuqlarni aytib turish bilan yordam ko‘rsatadi.
Agar shug‘ullanuvchining harakat sifatlari talab darajasidan past boTsa, shug‘ullanuvchi
topshirilgan mashqni birinchi marta bajarishga urinayotgan bo‘lsa, har tomonlama m e’yorda
yordam ko'rsatiladi.

4. Mashq texnikasining muhim tarkiblaridan biri - bu harakat maromidir. Aksariyat

holatlarda shug'ullanuvchilar aynan shu harakat maromini his qila olmaydilar. O'qituvchi lozim
bo’lgan paytda tovushi bilan yoki shug‘ullanuvchini “turtib" qoMi bilan himoya qilib, zaruriy
harakat maromini tanlab berishi lozim.

5. Kuzatish va xatolarni tuzatish. Mashqning bajarilmaganligi yoki biron-bir xato oqibatida

noto‘g‘ri bajarilganligini sezish qiyin emas. Buning uchun alohida bilimlar talab qilinmaydi.
Buning ustiga, bunday kuzatish natijalarini o‘quvchiga aytib berish xafagarchilikdan boshqa
narsani bermaydi. Muhimi, mashqning noto‘g‘ri bajarilish sababini ko‘ra bilish hamda uni bartaraf
etish lozim (xatolarni aniqlashvatuzatishni so‘ngi bo‘limlarda o‘qiysiz).

6. Mashqlaming bajarilish xavfsizligini ta’minlash choralari. Mashg‘ulotlaming bir

me’yordagi tartibiga rioya qilish hamda ulami to‘g‘ri tanlash mashg‘ulotning xavfsizligini
ta’minlaydigan muhim shartlardan biri hisoblanadi.

Bundan tashqari, mashg‘ulotlar o‘tkazish joyini puxta tayyorlash va ehtiyotlash usullarini

faqat o‘qituvchining o‘zi emas, shug'ullanuvchilar ham yaxshi o‘zlashtirishlari zarur.
Jarohatlanishning oldini olish uchun yangi mashqni bajarishda birinchi urinishda har bir
shug‘ullanuvchini ehtiyotlab turiladi. Ehtiyotlovchi o‘qituvchi yoki o‘quvchi bo‘lishi mumkin.
Keyinchalik ehtiyotlashni faqat zarur hollardagina qo‘llash tavsiya qilinadi.

Darsning asosiy qismidagi mashqlaming ayrim turlarino‘tkazish usuliyatlari.

Gimnastika darsining asosiy qismida qo‘llaniladigan barcha mashqlaming ijrosini tashkil qilinishi
xususiyatlariga ko‘ra quyidagi uchta guruhga bo‘linadi:

a)

gimnastika snaryadlaridagi mashqlar, sakrashlar, akrobatika mashqlari va ayrim amaliy
mashqlar;

b)

erkin mashqlar va uning kombinatsiyalari;

c)

jismoniy tayyorgarlik mashqlari (umumiy va maxsus);

Biz quyida umumiy ta’lim maktabi gimnastika darsi dasturida o‘qitiladigan eng sodda mashqlarni
e’tiboringizga havola qildik


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

257

Yuqorida qayd qilingan dastur materiallari 4 yosh va 4-9-sinf o‘quvchilari uchun

gimnastika jihozlari (snaryadlari)da bajariladi va harakat texnikasi

Maklarga ajratib o‘qitiladi. Bu mashqlarni o ‘tkazishda o'qituvchilar quyidagi tavsiyalarga

rioya qilishlari lozim:

1) darsda. mashg‘ulot joyini tez tayyorlashga erishish. Shug‘ullanuvchilarning o‘zaro

munosabatlarini aniq belgilash va uning bajarilishini nazorat qilish bunga kafolat bo‘lib xizmat
qiladi;

2) mashqning bajarilishini kuzatib turish uchun shug‘ullanuvchilarga optimal sharoitlarni

yaratish. Shug‘ullanuvchi tomonidan joyning to‘g ‘ri tanlanishi bunga yordam beradi. Chunki
joyning to ‘g ‘ri tanlanishi kuzatish uchun qulay lik yaratadi hamda ko‘rib his qilish orqali
qo‘zg‘atuvchilarning zararli ta’sirlari kamayadi;

3) asosiy mashq bajarilishidanoldinmaxsus razminka o'tkazish. Darsning asosiy qismida

har bir mashq turi oldidan mashg'ulotlar maxsus badan qizdirish mashqlaridan boshlanadi.




background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

258

Maxsus badan qizdirish mashqlari harakat a‘zolarini tayyorlashga yordam beradi va

shug'ullanuvchining aynan shu paytdagi holatini u yoki bu mashqni bajarishga bo‘lgan imkoniyat
darajasini aniqlashga yordam beradi (gimnastlar iborasi bilan aytilganda bu «snaryadni his
etish»da qo‘l keladi)

Badan qizdirish vositalariga quyidagilar kiradi: buyumlar, buyumlarsiz va og‘irlik bilan,

ommaviy turdagi snaryadlar bilan bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar hamda
shug‘ullanuvchi bajarish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan gimnastika turining mashqlari.
Gimnastika bilan shug‘ullanishni yangi boshlaganlarga mashqlarni tanlash va me’yorlash
o'qituvchi (trener) tomonidan aniqlanadi.

Tajribali gimnastikachilar maxsus tayyorgarlik gimnastikasi (razminka)ni odatda mustaqil

o ‘tkazadilar;

4) belgilangan uslubiy tavsiyalarga amal qilgan holda, mashg‘ulotdagi vaziyatni hisobga

olib, asosiy mashqlarni o‘tkazish.

Jismoniy tayyorgarlik, erkin mashqlar va kombinatsiyalar. Erkin

mashqlar

kombinatsiyalarini o ‘rganishda (ularda murakkab akrobatika elementlari yo‘q) o'qituvchi yalpi
uslubdan foydalangan holda mashg'ulotni olibboradi. Bunda u quyidagicha harakat qiladi:

1. Eng avvalo bajariladigan harakatni ko‘rsatib beradi va bir vaqtning o'zida uni birgalashib

bajarishni shug'ullanuvchilarga taklifqiladi. Agarbu harakatlarnosim m ctrik bo'lsa, unda o
‘qituvchi uni guruhga orqasi yoki yon tomoni bilan turgan holda ko‘rsatadi. Harakat murakkabligi
va shug'ullanuvchilar tarkibiga qarab, bu harakat bir necha marta takrorlanadi.

2. Shug‘ullanuvchilarga harakatni namoyishsiz - o ‘zi ko'rsatib bermay bajarishni

taklifqiladi.

3. Xatolarni tuzatadi va birinchi darajadagi, o‘rganilishi zarur bo‘lgan harakatning

texnikasini to‘liq egallagunga qadar takrorlaydi.

4. Xuddi shu tarzda birinchi to'rtta sanada bajariladigan harakatlami o'rgatadi. Takrorlashni

esa hohlagan hisobdagi harakatlardan boshlaydi.

5. Harakatlami mustaqil o ‘rganish uchun 1-2 daqiqa vaqt beradi.
6. Shu tarzda keyingi to‘rtta hisobni o ‘rgatadi.
7. Shug'ullanuvchilarga egallangan harakatlami musiqa jo ‘rligida bajarishni taklif qiladi

va o‘zi sanab turadi. Xuddi shuni o ‘zi, lekin sanalmaydi.

8. K o‘rsatilgan tartibda kombinatsiyani oxirigacha bajarish uchun harakat qiladi.

Takrorlashni istalgan fazadan boshlaydi.

Jismoniy tayyorgarlik mashqlari. Shug‘ullanuvchayrim harakat sifatlarining rivojlanish

darajasi bir xilda emasligi sababli, ushbu mashqlaming mazmuni, sur’ati va me’yorlarini turli
holatda alohida olib borish maqsadga muvofiqdir. Lekin, buni amalga oshirish aytarli darajada
qiyinligi uchun umum ta’lim maktablarida, o'rta maxsus va oliy o ‘quv yurtlarida yakka tartibda
yondoshishdan butunlay voz kechib, barcha uchun bir xil mashqlar berish bilan chegaralanmoqda.
Bu mashqlar o‘zining harakat tarkibiga ko‘ra murakkab bo‘lmay, mashqni o ‘qituvchi tomonidan
ko‘p martalab ko'rsatib berish hamda so'z orqali tushuntirishdan holi qilishi bilan afzallikka ega,
xolos.




background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

259

REFERENCES

1.

USMANOV

U.H

“GIMNASTIKA

DARSLARIDA

INNOVATSION

TEXNOLOGIYALAR” Toshkent – 2013

2.

Karimov M.K. Akrobatika. Т., “Elsona” MCHJ, 2002- y.

3.

Karimov M.K. Saf mashqlari va ulami o'rgatish uslubi. - Т.: «Elsona» MCHJ, 2003- y.

4.

Karimov M.K. Xoreografiyamashqlari vabadiiy gimnastika. - Т.: «Elsona» MCHJ,
2003- y.

5.

Петров П. Методика преподавания гимнастики в школе. Дарслик. - М., 2003.

References

USMANOV U.H “GIMNASTIKA DARSLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR” Toshkent – 2013

Karimov M.K. Akrobatika. Т., “Elsona” MCHJ, 2002- y.

Karimov M.K. Saf mashqlari va ulami o'rgatish uslubi. - Т.: «Elsona» MCHJ, 2003- y.

Karimov M.K. Xoreografiyamashqlari vabadiiy gimnastika. - Т.: «Elsona» MCHJ, 2003- y.

Петров П. Методика преподавания гимнастики в школе. Дарслик. - М., 2003.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов