Authors

  • S.O Ochilova.
  • J.B. Elmanov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.24296

Keywords:

strong economy

Abstract

This article reflects on the indicators of foreign economic activity in the Republic of Uzbekistan.

background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

330

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT

KO’RSATKICHLARI

S.O Ochilova.

TKTI Shahrisabz filiali katta o’qituvchisi.

Elmanov J.B.

TKTI Shahrisabz filiali talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.8428743

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat

ko’rsatkichlari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar:

kuchli iqtisodiyot, milliy qadriyatlar, rivojlantirish strategiyasi,

raqobatbardosh iqtisodiyot, tashqi iqtisodiy faoliyat.

INDICATORS OF FOREIGN ECONOMIC ACTIVITY IN THE REPUBLIC OF

UZBEKISTAN

Abstract.

This article reflects on the indicators of foreign economic activity in the Republic

of Uzbekistan.

Keywords:

strong economy, national values, development strategy, competitive economy,

foreign economic activity.

ПОКАЗАТЕЛИ ВНЕШНЕЭКОНОМИЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В

РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН

Аннотация.

В данной статье рассмотрены показатели внешнеэкономической

деятельности в Республике Узбекистан.

Ключевые слова:

сильная экономика, национальные ценности, стратегия развития,

конкурентная экономика, внешнеэкономическая деятельность.

“Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga

tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi –
ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat.”, - deya
ta’kidladilar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.

O'zbekiston

iqtisodiyotini

rivojlantirish

strategiyasi

diversifikatsiyalangan

va

raqobatbardosh iqtisodiyotni yaratishga, innovatsion texnologiyalar va bozorni boshqarishning
yangi usullaridan foydalangan holda milliy resurslardan maksimal darajada foydalanishga
yo'naltirilgan. Mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati, xususan tashqi savdo sohasida amalga
oshirilayotgan islohotlarning pirovard natijasi aholining turmush darajasiga bevosita o'z ta'sirini
o'tkazadi.

“O’zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy Faoliyat To’g’risida”gi Qonunning 3-

moddasiga binoan:

“Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda O’zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy

shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar
bilan o’zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o’rnatish va rivojlantirishga qaratlgan faoliyati
tushuniladi”.

O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, shuningdek, O‘zbekiston

Respublikasining hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan va yakka tartibdagi tadbirkor


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

331

sifatida ro‘yxatga olingan jismoniy shaxslar tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishga
haqlidir.

Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
1. tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining erkinligi va iqtisodiy mustaqilligi;
2. tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining tengligi;
3. savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;
4. tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdan o’zaro manfaatdorlik;
5. tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat

tomonidan himoya qilinishi.

O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatning quyidagi asosiy yo’nalishlari

mavjud:

1. Xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik;
2. Tashqi savdo faoliyati;
3. Chet el investitsiyalarini jalb qilish;
4. O’zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati.
Tashqi savdo faoliyati xalqaro tovarlar, ishlar (xizmatlar) savdosi sohasidagi tadbirkorlik

faoliyatidir. Tashqi savdo faoliyati tovarlarni, ishlarni (xizmatlarni) eksport va import qilish yo‘li
bilan amalga oshiriladi.

Tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan ularni qayta olib kirish

to‘g‘risidagi majburiyatni olmasdan olib chiqib ketilishi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida
belgilanmagan bo‘lsa, tovarlar eksportidir.

Tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga ularni qayta olib chiqib ketish

to‘g‘risidagi majburiyatni olmasdan olib kirilishi tovarlar importidir.

O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan xorijiy davlatning

yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlar bajarish (xizmatlar ko‘rsatish), ularning bajarilish
(ko‘rsatilish) joyidan qat’i nazar, ishlar (xizmatlar) eksportidir. Xorijiy davlatning yuridik yoki
jismoniy shaxsi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun
shlar bajarish (xizmatlar ko‘rsatish), ularning bajarilish (ko‘rsatilish) joyidan qat’i nazar, ishlar


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

332

(xizmatlar) importidir. O'zbekiston, jahonning 150dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini
amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Rossiya Federatsiyasida (16,7 foiz),
Xitoy Xalq Respublikasida (16,6 foiz), Qozog'istonda (8,3 foiz), Koreya Respublikasida (7,4 foiz),
Turkiyada (5,6 foiz), Qirg'iziston Respublikasida (2,0 foiz) va Germaniyada (2,0 foiz) qayd
etilgan. 2022 yilning yanvar-dekabr oylari O'zbekiston tashqi savdo aylanmasida Mustaqil
davlatlar Hamdo'stligi (MDH) davlatlari ulushi 32,6 foizni, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi(EOII)
davlatlarining ulushi 27,1 foizni tashkil qilgan.

Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 13,3 mlrd dollar, import esa 16,7 mlrd dollarni

tashkil etdi. Bunda tovarlar eksporti 5,9 mlrd dollarga yetgan bo‘lib, ularning eng katta qismi
sanoat tovarlariga to‘g‘ri kelgan. Tovarlar importi esa jami 15,7 mlrd dollarni tashkil qilgan bo‘lib,
ularning 37,8 foizini mashinalar va transport asbob-uskunalari egallagan. O‘tgan davr mobaynida
O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkori Xitoy Xalq Respublikasi bo‘ldi. Ikki davlat o‘rtasidagi
tashqi savdo aylanmasining umumiy hajmi 5,1 mlrd dollarni tashkil qilib, shuning 1,57 mlrd
dollari eksport, 3,5 mlrd dollari esa importga to‘g‘ri keladi.

DSQ ma’lumotlariga ko‘ra, tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar

orasidan beshta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan. Xususan, Afg‘oniston (607,7 mln
dollar), Qirg‘iziston (508,4 mln dollar), Tojikiston (242,3 mln dollari), va Eron (40,9 mln dollar)
shular jumlasidandir. Qolgan 16 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.

REFERENCES

1.

O’zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy Faoliyat To’g’risida gi Qonun 2000 yil 26
maydagi yangi tahriri;

2.

Vahobov А. va boshqalar. Xalqaro moliya munosabatlari. -T.: Sharq, 2003;

3.

Tojiboeva D. Iqtisodiyot nazariyasi. Ikkinchi kitob. -T.: Sharq, 2003;

4.

Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari;

5.

Axmedov I.A. va boshqalar Investitsiya va lizing asoslari:

References

O’zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy Faoliyat To’g’risida gi Qonun 2000 yil 26 maydagi yangi tahriri;

Vahobov А. va boshqalar. Xalqaro moliya munosabatlari. -T.: Sharq, 2003;

Tojiboeva D. Iqtisodiyot nazariyasi. Ikkinchi kitob. -T.: Sharq, 2003;

Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari;

Axmedov I.A. va boshqalar Investitsiya va lizing asoslari: