Authors

  • Otabek Ismatov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.24342

Keywords:

freedom, Goal

Abstract

This article talks about the hard work of Abdulla Avloni, one of the representatives of the literature of the national renaissance period, for freedom.

background image



39

ILK HURRIYAT MATLABI

Ismatov Otabek Otamurod oʻgʻli

Guliston Davlat Pedagogika institutining pedagogika fakulteti pedagogika yoʻnalishi 2- kurs

talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8424386

"Umir buyi xalqimning maʼrifati, ozodligi uchun kurashdim . Haq yoʻl deya hurriyatga

ergashdim, bu yoʻlning xatoligini juda-juda kech angladim"

(A.Avloniy).

Annotatsiya.

Ushbu maqolada milliy uygʻonish davri adabiyoti vakillaridan biri Abdulla

Avloniyning hurriyat uchun qilgan mashaqqatli mehnati hususida so’z boradi.

Kalit soʻzlar:

Hurriyat, Matlab, "Birinchi muallim", "Ikkinchi muallim", Jadid,

Progressev, Diplomatiya, Optimistik gʻoya, Fenomenal, Kategoriya.

FIRST GOAL OF LIBERATION

Abstract.

This article talks about the hard work of Abdulla Avloni, one of the

representatives of the literature of the national renaissance period, for freedom.

Key words:

freedom, Goal, "First teacher", "Second teacher", Jadid, Progressive,

Diplomacy, Optimistic idea, Phenomenal, Category.

ПЕРВАЯ ЦЕЛЬ ОСВОБОЖДЕНИЯ

Аннотация.

В данной статье рассказывается о упорном труде Абдуллы Авлони,

одного из представителей литературы периода национального Возрождения, за свободу.

Ключевые слова:

свобода, Цель, «Первый учитель», «Второй учитель», Джадид,

Прогрессив, Дипломатия, Оптимистическая идея, Феноменальность, Категория.

Kirish

Oʻzbek xalqining zabardast vakillaridan biri, milliy uygʻonish davri adabiyotining e'tiborli

shoiri, dramaturgi, pedagogi, jurnalisti shu bilan birga mohir diplomati A.Avloniy oʻz hayotini

xalqining maʼrifatli boʻlishiga bagʻishladi. Asarlarida oʻsha davr yoshlarini ma'nan va jismonan

rivojlanishida ta'lim- tarbiyaning ahamiyati naqadar muhim ekanligini bot-bot takrorladi.

Bu yoʻlda ilmiy asarlar va maqolalar chop ettirdi. Davr nuqtai nazaridan kelib chiqqan

holda, ta'limga, dunyoviylikka toʻsiq boʻlayotgan hukumron tabaqaning ma'naviy tuʻbanligini

qoralaydi. Diniy ulamolarning axloqsizliklarini hajv orqali xalqqa yetkazmoqchi boʻlib, koʻp sayi-

harakatlarni amalga oshirdi.


background image



40

Avloniy asarlarida usha davr yoshlarini zamonga, jamiyatga boʻlgan fikrlarini,

munosabatini, dunyoqarashini oʻsishida, rivojlanishida katta rol oʻynagani rost. Mana bugun ham

yoshlarni tarbiyalashda Avloniyning asarlariga ehtiyoj har qachongidan ham koʻproq sezilmoqda.

Sababi ijodkor asarlaridagi sharqona oʻziga xos jozibaning yangicha bir uslubda kitoblarga

singdirilganligidadir va xalqona sodda tilda yozilishidir.

Nimaiki boʻlmasin buguni va ertasini oʻylagan oʻzbek xalqining zabardast vakillaridan biri

boʻlgan Avloniyday qahramonlarning asarlari oʻqilar ekan millatning ertasiga boʻlgan ishonchi

yanada yuksak pogʻonaga koʻtariladi!

Tarixni bilish oʻzlikni anglash, oʻz qahramonlarini ulugʻlash, kelajakni oʻtmish

saboqlaridan xulosalar chiqarib qurishdir. Xuddi ana shunday tariximizning bir davri borki, bu

yillarni tarix kitoblarida qisman adabiyot, san'at va me'morchilik rivoji bilan eslasak, yana bir

tomonini aytib oʻtish kerak boʻladi. Buni oldingi erishilgan yutuqlarni hammasini yopib ketadigan

feodal xonlarning va ayrim din ulamolarining qaboxatga berilishi bilan eslaymiz.

Undan keyingi davr boʻlsa oldingi xatolaridan toʻgʻri xulosalar chiqarmagan xonlar tufayli

xalqini chor Rossiyasining qaram oʻlkalaridan biri boʻlishiga olib keldi. Bu davrda Toshkent

barcha hududlar orasida eng yirigi va tez rivojlanayotgan joylardan edi.

Xuddi shu Toshkentning Mergancha mahallasida 1878-yilning 12-iyulida Abdulla Avloniy

toʻgʻilgan. A.Avloniyning asl kelib chiqishi Qoʻqonga borib taqaladi. Bobosi Mirnematboy

qoʻqonlik oʻqchi yoychilardan edi. Otasi Miravlonboy aka mayda hunarmandchilik-toʻquvchilik

bilan shugʻullangan. Qahramonimizni tarbiyalagan munis onalarining ismlari oʻzi taʼkidlab oʻtgan

tarjimayi holida onamning oti Fotimadir deydi.

Avloniy dastlabki bilimlarni madrasada, ya'ni Mulla Umar Oxund qoʻlida oladi. Ammo

oʻqishni uzoq davom ettira olmaydi. Usha davrining ogʻir qiyinchiliklari tirikchilik qilishga, pul

topishga majbur etadi. Shoirning oʻzi aytganidek "1891-yildan boshlab faqat qish kunlari oʻqib,

boshqa fasllarda mardikorlik qildim". Keyinchalik oʻqishni butunlay tashlab, hunar oʻrganishga

kirishadi.

Suvoqchilik, pechkashlik, duradgorlik ishlarini oʻrgandi. Oʻz uylarini oʻzining mehnati

bilan qurdi (74- uy). Bush vaqitlarida she'rlar mashq qilib turgan. Ammo bolalik chogʻlaridagi

she'rlari bizgacha yetib kelmagan. Yoshligidan koʻp mehnat qilib har xil joylarda boʻlgan Avloniy

koʻproq usha davr uchun muhim boʻlgan rus tilini urganishga harakat qiladi.

Koʻproq savlar (til) oʻrganishga tirishdi. Katta bir savdogar qulida ishlab, tijorat

masalalarida koʻp joylarda boʻldi, olimlar va shoirlar davrasiga qoʻshildi. Bu Avloniy uchun uning

kelajakdagi faoliyati uchun katta zamin hozirlaydi. Rus tilini mukammal oʻzlashtirib olgandan


background image



41

soʻng endi rus adabiyoti va madaniyati bilan tanishishga muvaffaq boʻldi. Rus tili,adabiyoti

,madaniyati , siyosiy va ijtimoiy hayotini koʻrdi, bu uning dunyoqarashida yangi bir olamni kashf

etishiga, shu orqali Yevropa madaniyati , ilm-fani bilan ham qiziqishiga sabab boʻldi.

Yevropa va rus madaniyati bilan tanishgan Avloniy endi oʻzining vatanidagi holat va u

yerdagi holatni solishtirib koʻrdi. Angladiki bizning Turkistonning aholisi ancha qoloq ahvolda

ekanligini sezdi va chel elda erishilayotgan ilim- fan yutuqlarini bizda ham yoyishga harakat qila

boshlaydi. Vatanga qaytgan shoir birinchi boʻlib maktab ochishga kirishdi.

Maktab uchun zarur boʻlgan kitoblar va qoʻllanmalarni tayyorlashga kirishdi. Usha davr

katta muallimlaridan biri Yusuf Tohiriy Avloniy haqida shunday iliq fikrlar keltirib oʻtgan."

Shaharning qarama - qarshi chekkasida temir yoʻl ishchilari istiqomat qiladigan Mirobodda yangi

tipdagi maktab ochilganligi haqida eshitib qoldik. Tez orada bu maktabning fazilatlari haqidagi

shov-shuvlar, uning muallimi Avloniyning dovrugʻi butun shaharga tarqaldi.

Hammaning tilida"Miroboddagi maktab olti oyda oʻqish,yozishni oʻrgatarmish joʻgʻrofiya,

hisob , tabiatni oʻrganish degan darslar oʻqitilarmish " degan gap yurardi. Bizga sirli tuyilgan bu

maktabni va uning muallimini koʻrishga hammamiz oshiqardik. Nihoyat bir kuni uch toʻrttamiz

borishga jazm qildik.

Maktab pastakkina, nim qorongʻu boʻlib, masjid yoʻlagiga joylashgan edi, xonaning

tepasidagi yorugʻlik uchun qoldirilgan tuynukdan qish va bahorda qor bilan yomgʻir ham tushib

turardi.

Lekin xonada oʻquvchilar va oʻqimoq uchun kelganlar soni koʻp edi. Xayolimizdan

domlaning allaqanday sirli tomoni bor edi. Bizni qotmagina, kichik jussalli, qorachadan kelgan,

istarasi issiq bir kishi kutib oldi. Bu nomi tillarga tushgan muallim Avloniy edi. Oʻqishga qabul

qilindi. Tez orada koʻz oldimizda yangi bir dunyo ochilganiga ishonch hosil qildik.

Ular oʻqish va yozishda, hisob - kitobda, tabiat hodisalaridan xabardor boʻlishlari bilan birga juda

koʻp she'r va hikoyalar yod bilishi hammamizni lol qoldirdi. Ayni zamonda bizning eski

maktabimiz boʻshab, Miroboddagi A.Avloniy maktabi bizdan borgan bolalar bilan liq toʻldi. Shu

tariqa bu maktab tobora shuhrat topib bordi "[Tanlangan asarlar].

Koʻrinib turibdiki Avloniyning maktab ochishi va yangi dunyoviy ilmlarni oʻragtishini

ba'zi ziyolilar yoqlab ham maʼnaviy ham moliyaviy taraflama oʻz yordamini ayamaydi.

A.Avloniyning asosiy faoliyati 1904-1905-yillarda boshlanadi.

Bu yillarda rus-yapon urushi boʻlayotgan bir davrda, urushning ta'siri rus jamiyati va unga

yondosh xalqlarga ham bilingandi. Avloniyning siyosiy faoliyati ayni shu paytdan boshlab koʻzga

tashlandi. Endi jamiyat ziyolilari hurriyat uchun kurasha boshladi. Bu yoʻlda inson maʼnaviy


background image



42

olamining birlamchi oʻringa koʻtarilishining asosiy sababi xalqni ilimli qilmasdan hurriyatga

erishib boʻlmasligini tushinganliklarini anglatardi.

Xalqning maʼnaviyatini yuksaltirishdagi dastlabki qadamlar teatr tashkil etish va unga

badiiy sahna asarlarini yozishdan boshlandi. Badiiy sahna asarlari, ilmiy maqolalar, felitonlar,

hikoyalarning hammasi xalqning ijtimoiy hayotidan olingan eng qoloq va oʻzgarishni talab

qiladigan jarayonlar misolida yozildi.

Yaratilayotgan barcha sahna asarlarini, ilmiy qoʻllanmalarni xalqning siyosiy va maʼnaviy

olamini boyitishga xizmat qilishi kerak edi.

A.Avloniy maktablar uchun yozgan darsliklari orasida "Birinchi muallim", "Ikkinchi

muallim", "Turkiy guliston yoxud axloq" asarlari qoʻllanma sifatida foydalanilgan. Hatto bu

qoʻllanmalar namunalaridan Afgʻonistondagi maktablarda bolalarga dars oʻtishda darslik sifatida

ham foydalanilgan.

Avloniyning bu uch asarini qisqacha izhlab oʻtsak, buni uch kategoriyaga boʻlib tahlil

qilish maʼqboʻl boʻladi

• "Birinchi muallim" asari savod va yozishning innovatsion uslublarini oʻz ichiga olgan

holda, alifbo shaklida bolalarning savodini tez oson chiqarishga xizmat qilgan;

• "Ikkinchi muallim" asari savod olishning boshlangʻich qismi tugagandan keyin, bunda

savodning keng va tushinarli boʻlishini taʼminlovchi qisqa hikoya va sheʼrlardan foydalanib,

oʻquvchining keng dunyoqarashi va ravon fikirlashiga xizmat qilgan;

• "Turkiy Guliston yoxud axloq" asari bu yuqoridagi ikkala asarni gʻoyasi ilm olish kabi

metodikadan tashqari oʻquvchining tarbiyaviy va axloqiy meʼyorlarga koʻproq eʼtibor qaratiladi,

ya'niki ilmni muxofaza etish uchun yaxshi axloqni shakillantirish qoidasi boʻlib xizmat qilishi

kerak edi.

Shu oʻrinda tabiiy savollar tugʻiladi. Nega Avloniy asrlari bugungi kunda muhim ahamiyat

kasb etmoqda? Axir bu asrlar qarib yuz yil oldin yaratilgan boʻlsada koʻp muammolarni oldini

olishda xizmat qilmoqda.

Nima uchun Avloniy asarlarida koʻproq tarbiyaviy jihatlariga koʻp ahamiyat bergan?

Sababi shundan iboratki Avloniy yashagan davr rus jamiyati va millatining madaniyati va Yevropa

an'analarining dastlabki kirib kelishi bosqichiga toʻgʻri keladi.

Hozirgi kunda boʻlsa, ommaviy madaniyatning butun dunyo boʻylab shiddat bilan

rivojlanib borayotgan bir davrida yuz yil oldingi holat bilan hozirgi kunni solishtirsak boʻladi.

A.Avloniy xavfni va uni keltirib chiqaruvchi salbiy oqibatlarni oldindan his eta olganini usha


background image



43

davirning holatini va kelajakda boʻlishi mumkin boʻlgan salbiy jarayonlarning oldini olish uchun

ham ta'lim va tarbiyani uzviyligini oʻzmagan holda olib borilishini taminlashni tushinib yetgan.

XX- asr boshlaridagi jadidchilik harakati oʻzbek xalqining feodal tizimdan sotsialistik

tizimga oʻtish davrida vujudga keldi va faoliyati yuritdi. Jadid harakati, jadid adabiyoti oʻzbek

xalqining Fenomenal bir davridirki bu tarixni bu harakatning asosiy maqsadi va gʻoyalarini

oʻquvshilarga yetkazish bizning burchimiz hisoblanadi.

Bilamizki soʻnggi yillarda Oʻzbekistondagi islohotlar jarayonida yangi uchunchi

renessansni yaratishdagi fenomen sifatida yoshlarga jadid harakatini koʻrsatsak boʻladi. Jadidlar

harakati ularning qilgan ishlari maʼnaviy merosini qadriyat sifatida ulugʻlab yoshlar ongi va

qalbida vatanga boʻlgan muhabbat hissini shakillantirishga, tarbiyaviy ilmiy merosini oʻrganishga

eʼtibor berish kerak boʻladi.

Zamonaviy jadid harakati ham yuzaga kelishi va buning harakatlantiruvchi kuchi yoshlar

boʻlishini hisobga oladigan boʻlsak,bizdan jarayonlarni teran va tezkorlik bilan tahlil qilishni talab

etadi. Neojadidchilik harakati oʻzining asosiy yuksaltiruvchi gʻoyasini belgilashi va shu gʻoya

asosida mamlakatni va xalqning maʼnaviy, siyosi, iqtisodiy, texnalogik jihatdan yuksalishida oʻz

pozitsiyasiga ega boʻlishi lozim.

Bu esa gʻarb tasiriga tushib qolmaslik, oʻzining harakatini moliyaviy jihatdan taʼminlash

yoʻllarini talab qiladi. Shu holatni ham hisobga olish kerak boʻladiki, turli toifalar orasidagi

konfliktlarni yechimini topish, ularni yagona gʻoya asosida birlashtirishga harakat qilishi bu yoʻlda

moliyaviy ustunlarni oʻziga jalb etishi kerak.

Xulosa oʻrnida shuni aytish kerakki global,integiratsiyalshgan, axborot maydonida

aylanayotgan yer yuzidagi barcha xalqlar va millatlarning qadiryat an'analarining toʻqnashuvini

tezlashtirmoqda. Bu esa qadiryatlar pulyuralizimiga salbiy taʼsir etishi va ommaviy madaniyatning

tez tarqalishini taminlaydi.

A.Avloniy asrlarini oʻrganish va jadid adabiyotini chuqur tahlil qilib oʻzimiz va kelajak

avlodlar tarbiyasini yaxshilashni hozirdan boshlamasak kelajakda juda katta oʻzgarish va

muammolar girdobida qolishimiz mumkin.

REFERENCES

1.

"Tanlangan asarlar" 1-jild "Maʼnaviyat" 2009. A.Avloniy "Adabiyot yoxud she'rlar ".

"Tanlangan asarlar "2-jild, " Turkiy guliston yoxud axloq".

2.

"Qaldirgʻoch qissasi" Toxir Malik


background image



44

3.

3.Абдуллаева,

З.

И.

(2021).

ИЗУЧЕНИЕ

КОММУНИКАТИВНО-

ОРГАНИЗАЦИОННЫХ ОСОБЕННОСТЕЙ ОДАРЕННЫХ ДЕТЕЙ. Вестник науки и

образования, (8-2 (111)), 90-94.

4.

Каракулович Ю. А., Исмоиловна А. З. (2021). ПСИХОЛОГИЧЕСКОЕ

ИССЛЕДОВАНИЕ ЭМОЦИЙ И ЭМОЦИЙ В МИРОВОЙ ПСИХОЛОГИИ. Galaxy

International Interdisciplinary Research Journal, 9(10), 419-421.

5.

Исмоиловна А. З., Нарзуллаевна К. Г. (2022). В процессе формирования личности,

преодоления эмоционального состояния в семейном окружении. Евразийский журнал

гуманитарных и социальных наук, 6, 31-33.

6.

Ismoilovna, A. Z. (2021). Methodology of organizational capacity development in gifted

children. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 1957-

1961.

7.

Ismoilovna, A. Z. (2022). Prerequisites for identifying gifted children and shaping their

abilities. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 12(6), 308-

311.

References

"Tanlangan asarlar" 1-jild "Maʼnaviyat" 2009. A.Avloniy "Adabiyot yoxud she'rlar ". "Tanlangan asarlar "2-jild, " Turkiy guliston yoxud axloq".

"Qaldirgʻoch qissasi" Toxir Malik

3.Абдуллаева, З. И. (2021). ИЗУЧЕНИЕ КОММУНИКАТИВНО-ОРГАНИЗАЦИОННЫХ ОСОБЕННОСТЕЙ ОДАРЕННЫХ ДЕТЕЙ. Вестник науки и образования, (8-2 (111)), 90-94.

Каракулович Ю. А., Исмоиловна А. З. (2021). ПСИХОЛОГИЧЕСКОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ ЭМОЦИЙ И ЭМОЦИЙ В МИРОВОЙ ПСИХОЛОГИИ. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(10), 419-421.

Исмоиловна А. З., Нарзуллаевна К. Г. (2022). В процессе формирования личности, преодоления эмоционального состояния в семейном окружении. Евразийский журнал гуманитарных и социальных наук, 6, 31-33.

Ismoilovna, A. Z. (2021). Methodology of organizational capacity development in gifted children. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 1957-1961.

Ismoilovna, A. Z. (2022). Prerequisites for identifying gifted children and shaping their abilities. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 12(6), 308-311.